December 28, 2022

Qiziq, nega O'zbekistonda magistraturani sirtqi ta'lim shaklida o'qib bo'lmaydi?

"Magistratura ta'limi tor mutaxassislik bo'lgani sababli bu bosqichda talabalar tor yo'nalishda tayyorlanadi. Bugungi kunda magistratura bosqichi o'quv rejasidagi yuklama hajmiga e'tibor beradigan bo'lsak, uning 35-40 foizi bevosita auditoriyada o'tkaziladigan mashg'ulot turlari hisoblanadi. Qolgan 60-65 foizi esa ilmiy faoliyatni tashkil etish bilan bogʻliq o'quv yuklamasi sanaladi"

Qayd etilishicha, bu tartib talabadan o'zining ilmiy rahbari bilan bevosita ishlashni, ilmiy pedagogik faoliyatini davom ettirishni talab etadi. Bu esa talabaning o'quv muassasasida boʻlishini taqozo etadigan jarayondir. Magistratura bosqichi uchun sirtqi ta'lim keyinchalik tajribalarni o'rganib, ko'rib chiqilishi mumkin. Lekin hozirda bizda magistraturani sirtqi o'qishning iloji yo'q.

Oliy va o'rta maxsus ta'limi vaziri o'rinbosari Uzoqboy Begimqulov