ADOLAT
Amerikada hammaga mashhur bir sudya bor. Nihoyatda adolatli. Oʻsha sudya bir safar oʻn besh yoshli bir bola ustidan hukm qildi. Bola doʻkondan non va pishloq oʻgʻirlagan ekan. Bola qochish asnosida tokchalardan birini ham sindirgan. Hodisa tafsilotini eshitgan sudya boladan soʻradi:
-Sen haqiqatdan ham oʻgʻirlik qildingmi? Non oʻgʻirlab tokchani ham sindirdingmi?
Bola xijolatdan yerga qarab javob berdi:
-Oʻgʻirlagandan koʻra sotib olsang boʻlmasmidi?!
-Otang yoki onangdan pul olsang boʻlar edi-ku!
-Otam yoʻq. Onam borlar. U kishi bemor. Ishlay olmaydilar. U kishi uchun non va pishloq oʻgʻirladim!
-Mashinalarni yuvar edim. Onamga yordamlashish uchun xoʻjayindan bir kun javob soʻradim. Shuning uchun meni ishdan haydashdi!
Savol-javob tugagandan soʻng sudya hukmni eʼlon qildi:
“Oʻgʻirlik, xususan non oʻgʻirlash juda ham uyatli ish. Bu oʻgʻirlikda hammamiz sherikmiz. Mana shu zalda oʻtirganlarning bari bu jinoyatda sherik. Ular ichida men ham borman. Bundan barchamiz masʼulmiz! Bu yerda oʻtirganlarning bariga oʻn dollardan jarima solaman. Oʻn dollar bermasdan hech kim zaldan chiqmasin!”.
Birinchi boʻlib sudyaning oʻzi choʻntagidan oʻn dollar chiqarib stolga qoʻydi va dedi:
“Och qolgan bolani politsiyaga topshirgan doʻkon egasiga ming dollar jarima solaman. Agar doʻkondor pulni bermasa doʻkoni yopiladi. Modomiki, kimdir non oʻgʻirlar ekan, bundan barcha fuqarolar uyalishi lozim. Bu ish davlatimizdagi jamiyat aʼzolari uchun sharmandalik!”.
Zaldagi barcha ishtirokchilar boladan kechirim soʻrashdi. Hamma yigʻladi. Sudya ham zaldan koʻzlarida yosh bilan chiqdi. U rahmat va insoniylik asarini koʻrsatdi!