November 9, 2022
"Turkiston qoʻrboshilari" mavzusida ilmiy-ommabop maqolalar tanlovi
Umumiy maʻlumotlar
Ijodkor va adabiyot shinavandalari uchun Yosh maslahatchilar Kengashi bilan hamkorlikda ilmiy-ommabop maqolalar tanlovi e'lon qilinadi.
Maqola mavzusi: "Turkiston qoʻrboshilari"
Maqolalar tanlovida qatnashish erkin bo'lib, 5 nafar g'olibga bosh mukofot sanalmish “Jadidlar to'plami” sovg'a qilinadi. Qolaversa, har bir munosib ishtirokchiga sertifikat beriladi.
Tanlovda ishtirok etish erkin. Maqolalar qabul qilish 10-noyabr, 20:20gacha davom etadi
Maqbullik shartlari
Foydali tomonlari
- Tanlovda gʻolib deb topilgan 5 nafar ishtirokchi Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan nashr etilgan "Jadidlar toʻplami" bilan taqdirlanadi;
- Har bir sifatli maqola muallifiga "Yosh maslahatchilar" Kengashi tomonidan maxsus sertifikat topshiriladi.
Hujjat topshirish
Maqolalarni ushbu telegram manziliga yuborish kerak.
- Annotatsiya, kirish soʻzlar, kalit soʻzlar, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar;
- Times New Roman shriftning 14-oʻlchamida, 1.5 interval oraligʻida, kamida 4-5 bet.
Muhim tafsilotlar
- Kimlar uchun
- Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
- Dastur tili
- O'zbek tili
- Yosh chegarasi
- Chegaralanmagan