January 6, 2023

3-kurs sirtqida o‘qiyotgan talaba ishlashi mumkinmi?

Assalomu aleykum savolim shunday: 3 kurs sirtdan o'qiyotgan psixologiya fakultet talabasi maktabda Xoʻjalik ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimida ishlashi mumkinmi? Umuman olganda sirtdan o'qiyotgan 1-2-3 kurs talaba maktabda kadrlar bo'yicha menejer, labarant kabi lavozimlarda ishlasa bo'ladimi, javob uchun oldindan rahmat!

Xalq ta'limi vazirining 2019-yil 7- dekabrdagi 393-sonli buyrugʻi ilovasidan ko'chirma "XALQ TA'LIMI XODIMLARI ASOSIY LAVOZIMLARINING MALAKA TAVSIFLARI"ga binoan xoʻjalik ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari bo'lish uchun bakalavr darajasidagi oliy ma'lumot talab etiladi.

Shunday ekan, Bu lavozimda ishlay olmaysiz. Ammo kadrlar boʻyicha menejer yoki laborant lavozimlarida ishlashingiz mumkin. Chunki bu lavozimlarga oliy ma'lumot talab etilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21- dekabrdagi 275-son qaroriga 3-ILOVA "Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to'lash toʻgʻrisida"gi nizomning 8-bandiga muvofiq Oliy ta'lim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi taʼlim shakllarining pedagogika yo'nalishlarida o'qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o'qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta'lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga o'rta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.