March 17

Navoiyda 1 apreldan ichimlik suvi tariflari oshadi

Ushbu narxlar O‘zbekiston bo‘yicha eng baland miqdorni tashkil etadi.

Navoiy viloyatida 1 apreldan ichimlik suvi narxlari oshadi.

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi tomonidan 2024 yil 15 martda Navoiy viloyatida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar (narxlar) tasdiqlandi.

Unga ko‘ra 2024 yilning 1 apreldan quyidagi belgilangan tariflar amalda qo‘llaniladi:

Ichimlik suvi:

a) aholi uchun –1 m3 – 2 700 so‘m;
b) budjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 6 500 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 - 8 000 so‘m;

Oqova suv xizmati:

a) aholi uchun – 1 m3 – 1 600 so‘m;
b) budjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 4 600 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 – 6000 so‘m.

Mazkur miqdor O‘zbekiston bo‘yicha eng qimmat narxlardir.

Avval Namangan va Jizzaxda ham ichimlik suvi narxlari oshirilgandi.

Avval Qoraqalpog‘iston va Buxoroda 15 yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlari qimmatlashishi ma’lum bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, shu kungacha Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida ichimlik suvi narxlari oshirilgandi.

Qashqadaryo viloyatida esa ichimlik va oqova suv narxlari 2 baravar qimmatlagani yetmagandek, 6 oyda 2 marta oshirilgan.