November 10, 2022

Barcha havaskor va professional fotograflar uchun xalqaro fototanlov. Barcha g'oliblarga pul va Fransiyaga sayohat!

01/09/2022 - Qabul boshlanishi

Mukofot - Moliyalash turi

Fransiya - Davlat

01/12/2022 13:00 - Oxirgi muddat

Umumiy maʻlumotlar

Fransiyaning Somme ko'rfazida har yili Bird and Nature Festivali o'tkaziladi. Festival doirasida International Wildbird Photo Competition - Xalqaro Yovvoyi Qushlar Fototanlovi tashkil etiladi. Tanlovning asosiy maqsadi fotografiyadan o'quv va ijodiy vosita sifatida foydalangan holda qushlar haqidagi bilimlarni targ'ib qilish va odamlarni qushlarni himoya qilishga chaqirishdir.

Tanlovda millatidan qati'y nazar barcha fotografiyaga qiziquvchilar, havaskor, professional fotograflar o'zlarining yovvoyi qushlarni aks ettiruvchi fotosuratlari bilan qatnashishi mumkin.

Tanlovda jami 6 ta yo'nalish mavjud:

  • 18 yoshdan kattalar toifasi uchun:
    • Bird Portrait
    • Bursting Colors
    • Birds Relationships
    • Bird in Action
    • Artistic Vision of Bird
  • 15-17 yosh toifasi uchun:
    • Young Talent.

Maqbullik shartlari

  • Fototanlov onlayn tarzda bo'lib o'tadi va barcha havaskor yoki professional fotograflar uchun ochiq.

Tanlov 2 xil yosh toifasida bo'lib o'tadi:

  1. 15-17 yosh.
  2. 18 yoshdan yuqori.

Foydali tomonlari

Tanlov g'oliblari quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

  • Bosh sovrin (Grand Prix) - €1500;
  • Har bir yo'nalishdagi 1-o'rin g'oliblari - €800;
  • "Yosh fotograflar" yo'nalishi g'olibi €500;
  • “Public Prize” ya'ni ko'rgazma mehmonlari tomonidan tanlangan g'olib - €500.

Shuningdek, har bir g'olib ishtirokchi 2023-yil bahorda Fransiyadabo'lib o'tadigan ko'rgazmaga taklif qilinadi. Sayohat, turar-joy va oziq-ovqat xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi (g'olib bilan kelgan hamroh uchun ham).

Tanlov haqida batafsil ma'lumot bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Hujjat topshirish

15-17 yosh toifasida ishtirok etish uchun havola.

18 yoshdan katta toifada ishtirok etish uchun havola.

Har bir ishtirokchi 10 tagacha fotosuratlar bilan qatnashishi mumkin.

Fotosuratlar:

  • Avval boshqa tanlovlarga taqdim etilmagan;
  • JPEG formatida;
  • Chegara, ramka yoki imzosiz;
  • 3:2 nisbatda;
  • Uzun tomonida 3500 piksel va qisqa tomonida ~2,333 piksel bo'lishi kerak.

Eslatma: 18 yoshdan katta bo'lgan ishtrokchilar har bir fotosurat uchun €2 miqdorida badal puli to'lashi kerak.