"10 YILLIK"KA AJOYIB TUHFA
2020-yil "ISHONCH" KREDIT-SAVDO kompaniyasi uchun muhim yil hisoblanadi. Chunki bu yil umidli kompaniya o'zining o'n yoshini nishonlamoqda. Tug'ilgan kunga har kim har xil sovg'a tayyorlaydi. Hamma ham o'z sovg'asini o'ziga xos bo'lishini istaydi. Bu borada Jasurbek Qodirov kutilmagan, va bir vaqtning o'zida orziqib kutilgan ishni qildi. Yosh ijodkor hodim yubileyga "ISHONCH" deb nomlangan, kompaniya tarixidagi ilk videoklipni sovg'a qildi.
Jasurbek Qodirov 2019-yil sentabr oyida ISHONCH KREDIT-SAVDO Uchko’prik filialida sotuvchi-maslahatchi bo'lib ish boshlagan. Keyinchalik Bag’dod filialiga o’tkazilgan Jasurbek, hozirda u yerda Reklama bo’limi mutaxassisi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Videoklip e‘lon qilingandan so’ng Jasurbek bilan bog’landik va kompaniya Rahbariyati minnatdorchiligini bildirdik.
Fursatdan foydalanib, qo’shiq va klip haqida biroz suhbatlashdik.
- Jasurbek, qo’shiq yaratish fikri sizga qachon kelgan va bunga sizni nima undagan?
- Kompaniyada ish boshlaganimdan so’ng, bu yerdagi bir-birini hurmat qiladigan, qo’llab-quvvatlaydigan ahil jamoa, xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, har qanday xolatdayam o’z xodimlarini eshitadigan va ularni tushunadigan rahbariyat va ularning xalq uchun qilayotgan hizmatlari menga qattiq ta’sir qildi, qalbimda ulkan faxr hissini uyg’otdi. O’zim san’atga begona bo’lmaganligim sababli, ushbu hissiyotlarni qo’shiq orqali ifoda etishga qaror qildim. O’zining 10 yoshini nishonlash arafasida turgan kompaniyaga ham o’ziga xos tug’ilgan kun sovg’asi bo’ladi deb o’yladim. Shu tariqa qo’shiq ustida ishlay boshladim. Barcha o’yu-fikrlarimni qog’ozga tushirib, shoirga olib bordim. Ushbu so’zlardan chiroyli bir she’r yaratildi. Shundan so’ng qo’shiqni ijro etdim. Bir yo’la qoshiqqa klip ham suratga oldik. Qo’shiq va klip barchaga yoqdi degan umiddaman.
- Albatta, Jasurbek. Menimcha ham ijod mahsulingiz barchaga manzur bo’lgan. Siz his qilgan tuyg’ular “ISHONCH”ning har bir xodimi qalbidan o’tgan bo’lsa ajab emas. Qo’shiq va klip ustida ancha mehnat qilinganligi ko’rinib turibdi.
Jasurbek, yana shunday qo’shiqlar yaratish rejangizda bormi?
- Albatta. Birgina qo’shiq bilan to’xtab qolmoqchi emasman. Bu hali boshlanishi. Kompaniyamizni madh etadigan ko’plab taronalar yaratish niyatim bor.
- Ajoyib! Sizga yubiley sovg’asi uchun yana bir bor minnatdorchilik bildiramiz va “ISHONCH” jamoasi nomidan kelgusi faoliyatingizga omad va zafarlar tilab qolamiz.
- Katta rahmat. Menga ko’rsatilgan yuksak e’tibor uchun “ISHONCH” jamoasiga chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Agar klipni ko'rmagan bo'lsangiz, ko'rishni tavsiya qilamiz. Ishonavering, sizga albatta yoqadi.
"Bag'dodda shunday hofizimiz bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz" - deyishadiku.
"ISHONCH" KREDIT-SAVDO Kommunikatsiyalar bo'yicha kichik mutaxassisi Abduqodir Abduraximov suhbatlashdi.