June 12, 2020

FARG'ONALIK ISTE'DOD EGASI

Kompaniya kengayib borgani sari unda ishlayotgan xodimlar soni ham ortib boraveradi. Tabiiyki ushbu xodimlar orasida san'atga moyillari ham talaygina. Shunday iste'dod egalaridan biri Farg'onalik Umidxon Isakovdir. Umidxon o'zi faoliyat olib borayotgan kompaniyasi haqida "ISHONCH" deb nomlangan bir emas ikkita qo'shiq ijro etgan.


Umidxon Isakov

Umidxon "ISHONCH KREDIT-SAVDO"dagi faoliyatini 2018-yil 10-yanvarda Farg'ona filiali Reklama bo'limi mutaxassisi sifatida boshlagan. Hozirgi kunda ushbu bo'lim bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan Umidxonning kompaniya haqida aytgan qo'shiqlarini eshitgandirsiz.

Ushbu qo'shiqlar e'lon qilinganidan so'ng Umidxon bilan bog’landik va kompaniya Rahbariyati minnatdorchiligini bildirdik.


"ISHONCH" KREDIT-SAVDO rahbari tomonidan Umidxon Isakovga berilgan tashakkurnoma

Fursatdan foydalanib, Umidxon bilan qo'shiqlari to'g'risida biroz suhbatlashdik. Quyida ushbu suhbatni e'tiboringizga havola etamiz.


Umidxon Isakov

- Umidxon, avvalo ajoyib taronalar yaratganingiz bilan tabriklayman. Endi esa bu qo'shiqlarning yaratilishi haqida aytib bersangiz.

- Bilasizmi, endi ishga kirgan paytlarim, shijoat, ishtiyoq va sohamga bo'lgan qiziqish bir yangilik qilishga undadi. O'zim Reklama bo'limida ish boshlaganligim tufayli har xil tadbirlarda foydalanish uchun ham bir material bo'ladi deb o'yladim. Qo'shiqni yaratishimda do'stlarim yordam berishdi. Tarona 2018-yil bahorda tayyor bo'ldi. O'sha paytda bu haqiqiy yangilik bo'lgandi. Keyinchalik bu qo'shiqdan juda ko'p tadbirlarda foydalandik. Har safar bu qo'shiqni ijro etganimda kompaniyaga bo'lgan mexrim ortib boraveradi.

- Ajoyib. To'g'ri aytasiz, ushbu qo'shiq tashrif qog'ozi kabi bo'lgan, desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki qo'shiqda barcha o'ziga hos tomonlarimiz aks ettirilgan ekan. Endi ikkinchi qo'shig'ingizga to'xtalsak.

- Ikkinchi qo'shiq... Ha, uni yaratish oson bo'lmadi. O'zining 10 yoshini nishonlash arafasida turgan kompaniyamga o'ziga hos sovg'a tayyorlash haqida o'ylab qoldim. Yana bir qo'shiq yaratishga qaror qildim va g'oya ustida ishlay boshladim. Yo'nalish ham butunlay yangi bo'lishini xohladim. Shuning uchun hozirgi kunda yoshlar orasida yaxshigina urf bo'lgan rep uslubini tanladim. Yana o'sha qadrdon do'stlarimiz yordami bilan 2020-yil fevral oyida ikkinchi taronamiz ham tayyor bo'ldi.

- Qoyil, ikki yil ichida kompaniyaga atalgan ikkkita qo'shiq yaratdingiz. Bu, albatta, tahsinga sazovor. Kelgusida yana shunday ijod namunalari yaratish niyatingiz bormi?

- Albatta bor. Xudo xohlasa yana shunday qo'shiqlar yaratish niyatimiz bor. Har xolda reklamachiman. O'zim uchun ham qo'shimcha imkoniyat bo'ladi.

- Ajoyib! Sizga ushbu ikkita tarona uchun yana bir bor minnatdorchilik bildiramiz va “ISHONCH” jamoasi nomidan kelgusi faoliyatingizga omad va zafarlar tilab qolamiz.

- Katta rahmat. Menga ko’rsatilgan yuksak e’tibor uchun “ISHONCH” jamoasiga chuqur minnatdorchilik bildiraman.


Umidxon Isakov Farg'ona filialida

Umidxon Isakov bilan bo'lgan suhbatimizdan so'ng u ishlaydigan Farg'ona filialida taqdirlash marosimi ham bo'lib o'tdi. Xodim qilqan mehnati uchun munosib tarzda mukofotlandi.


Umidxon Isakovni taqdirlash marosimidan

Shunday iste'dodli yoshlar bilan ishlash har kimda ham ishtiyoq, shijoat uyg'otsa ajab emas. Agar Umidxonning qo'shiqlarini eshitmagan bo'lsangiz, tezda eshitib oling. Yana yangisi chiqib qolmasidan ulgurib qoling deymanda)))


"ISHONCH KREDIT SAVDO" Kommunikatsiyalar bo'yicha kichik mutaxassisi Abduqodir Abduraximov suhbatlashdi.