March 20

     "Raqamli iqtisodiyotni ko'raman" ...

301-guruh talabasi Jovliyev Abduraufboy

KALIT SO'ZLAR:Raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar,sun'iy-intellekt, elektron pullar, xizmat ko'rsatishni avtomatlashtirish, onlayn-savdo,elektron kutubxona.

KIRISH: Hozirgi kunga kelib raqamli iqtisodiyot juda keng rivojlanmoqda. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi hisobiga ko'plab sohalarning texnik jihatdan tobora ijobiy tarzga o'zgarib bormoqda desak, adashmagan bo'laman.Raqamli iqtisodiyot nafaqat sohalarda balki insonlarning yashash tarzini tobora o'zgartirib kelmoqda. Insonlarning axborotlashuv jarayoni tezkorlik ila amalga oshirmoqda. Avtomatlashtirish jarayonlari ham kundan-kunga tezik sari ilg'amlamoqda.

ASOSIY QISM: Hozirgi davr talabi bo'lgan raqamli iqtisodiyotsiz yashash 21-asrda xuddiki och qolgan inson kabi ta'rif bersak bo'ladi, negaki raqamli iqtisidiyotsiz bundan buyog'iga yashashning iloji yo'q deb tushunaman mening fikrimcha. Raqamli iqtisodiyotning men nuqta'i nazarimdan kelib chiqqan holatda bir ta'rif berib o'tmoqchiman "internetli hayot" deb nomlasak bo'ladi. Raqamli iqtisodiyotda men ko'raman misol uchun :

  1. Onlayn savdo;
  2. Elektoron pullar;

3.Xizmat ko'rsatishning avtomatlashtirish;

4.Elektron kutubxona;

Shu to'rtta manbada raqamli iqtisodiyotni men ko'raman, endigi navbat aynan nima uchun shularda ko'rishimni tasvirlab beraman.

Onlayn savdo bu birinchi bosqichda, sababi shundaki oldingiday siz yoki men yoki butun insoniyat nimadir kerak bo'lsa vaqtimizni ketkazib bozorlarga borib yurishimiz shart emas bo'lib qoldi. Onlayn do'konlarda hammaga kerakli barcha turdagi buyum yoki narsalarining mavjudligi orqali siz o'zingizga yoqqani telefon orqali buyurtma qilishingiz mumkin, agar siz o'ylaganingizday bo'lib chiqnama tovorlarni olmaslik huquqiga ham egasiz. shunaqa ustunliklari mavjud. Yana qo'shimcha tarzda logistik xizmatlari ancha rivojlangan.Birgina tovarni siz ma'lum bir daqiqalar ichida buyurtma qilishingiz mumkin.

Elektron pullar haqida yozishimga sabab shundaki, kelgusi hayotimizda mening fikrimcha tanga va qog'oz shaklida barcha pullarning yo'qolib ketish ehtimollikligi juda katta. Uning o'rniga esa faqat elektron pullardan foydalaniladi ya'ni avtomatlashtirilgan karta orqali to'lov tizimlaridan.

Xizmat ko'rsatishni avtomatlashtirish bu oddiygina kommunal to'lovlarga borib aynan soliq xizmatli markazlaridan to'lov qilmasdan onlayn to'lashni tushunsak bo'ladi. Bu ham aynan raqamli iqtisodiyotning rivojlanayotganligidan dalolatdir. Shu yerning o'zidan elekton-xizmat turlari vujudga kelmoqda, yana onlaync cash pullar mavjudligi, o'zingizning hisob-raqamingiz orqali to'lov shakllanishlari.

Raqamli iqtisodiyotni men ko'raman elektron kutubxononlarda, negaki siz birgina smartfoningiz orqali o'zingiz kerakli bo'lgan turli-xil kitoblarni olib o'sha sayt orqali ro'yhatdan o'tib bemalol o'qib o'rganishingiz mumkin. Lekin insonlar kitob o'qishda 2 turga bo'linishlari mumkin. 1-toifali insonlar bular kitobni haqiqaysini olib o'qimoqlikni nazarda tutishsa, 2-toifali insonlar esa o'zlarini mashaqqatlarsiz hayotni tarzidan foydalib elektron kitoblardan foydalanishadi. Kimga qaysi format qulay bo'lsa foydalanaverishadi.

Qo'shimcha qilib aytadigan bo'lsam raqamli iqtisodiyot juda ko'plab soholarda ko'rish mumkin va shu asnoda raqamli texnologiyalarni va iqtisodiyotni rivojlantirsak bo'ladi.

XULOSA: Meni xulosam bo'yicha zamon talabi ila yashamasak, biz ortda qolaveramiz. Raqamli iqtisodiyotning kengayishi juda ko'plab imkoniyatlarni yuzaga keltirib chiqarar ekan.