Abdusamiy
July 29

Hayot yo'lim hamrohim!!!

Assalomu alaykum!!! Qadirli qadri baland qadirdonim hayot yo'lim hamrohim. Yaxshimisiz? Men Abdusamiy do'stingiz siz bilan yana bir fikir va hulosalarim bilan bo'lishish niyatida g'oyibona uchrashib turganimdan bag'oyatda hursandman.
Hayot yo'limizda davom etar ekanmiz biz insonlar juda ko'plab rollarni ijro etar ekanmiz va ko'pincha u rollarni biz o'zimizni ya'ni shax sifatida o'zimizniki bo'lmasa ham o'zimizniki deb o'ylar ekanmiz. Biz har bir rollarimizni atrofimizdagi yonimizdagi insonlar qanday rollarni ijro etishimizni hohlashgani va kutishgani uchun ijro etar ekanmiz. Aslida bu rollarni ozimiz hohlab emas o'zimizni shaxs sifatida qabul qilmasdan yolg'on shaxs sifatida qamab yo'q qilib o'zimizga azoblar berar ekanmiz. Shaxs sifatida shuni anglab yettimki inson o'laroq o'z fikirlarimizda harkatlarimizda planlarimizda ya'ni g'oyalarimizda qanchalik erkin bo'lsak shunchalik asl baxtni his qilib yashar ekanmiz. O'zimizni unutishga berkitishga qabul qila olmaslikka ko'p hollarda yon atrofimizdagi insonlar nima diydi o'ylab topilgan qandaydir holatlarga mintalitetga qaysidir millat vakili ekanligimizga oilamizga to'g'ri kemidi dib shaxsiyatimiz qotili bo'lib qolayotganimizni anglamay qolar ekanmiz. Shuning uchun har bir inson Shaxs u mavjudligi uni hurmat qilish qabul qilish erkinligini chegaralamaslik insoniylikni eng oliy ko'rinishlaridan biri ekanligini anglagan holda davom etishimiz kerak. Qadrli hamrohim hayot yo'lizda davom etar ekansiz sizga kimlar hamroh bo'lishidan qat'iy nazar o'z rolingizni shaxs sifatida erkin ekanligingizni anglagan holatda yon atrofizdagi insonlarni hali ijro etmagan rollaringizni hulosasini hayollarga berilib ularni fikiri va munosabatiga teskari bo'lsa ham o'zingizdan hech qachon kechmang insonlar sizni borligizcha qabul qilishmasa ularga majburan o'zingiz hohlamagan rollarni ijro etishga vaqtingizni kuchingizni zoye ketkazishga azoblashga urunmang. Shaxsiyatingizni o'zligingizni qotili bo'lmang.... Hamrohim anglaganlarimga anglagan fikir mulohazalaringizni bo'lsa chat guruhda izohlarda qoldirsangiz albatta hursand bo'laman. Tushunmayotgan narsalarimizni tushunishimiz bizni qutqaradi...