Meni izla ...๐
Malika Mia : bu borada sizlar bilishingiz shart emas , bu o'zimni masalam mening ishlarimga aralashmang iltimos.
Deb Malika Mia Saroy hovlisidan chiqib ketdi. Malika Ari ham sekinlik bilan Malika Lia dan ruhsat olgan bo'lib saroy dan chiqib aholi bozoriga bordi.
Malika Ari Sekinlik bilan Aholi yonidan yurar ekan Hamma Malikaga qarardi shuning uchun Malika yopinchiq tashlab oldi.
Malikaning ortidan kimdur mahkam quchib oldi....
3-qism
Malika ning ortidan kimdur quchib oldi.
Malika Ari darxol ortiga qaradi va yuzida mayin tabbasum paydo bo'ldi.
Malika Ari : ahir aholi ko'rib qoladi
Ular aholi orasidan tezlik bilan , Saroy chetidagi bog'ga yo'l olishdi. Bog'dagi katta daraxt tagida mayin shamol esar. Shamol Malikaning sochlarini to'zg'atib
Yuzlariga tushirardi. Gullarning shirin ifori Malika va Taehyungning burnini qitig'lar , Ammo Malikadan kelayotgan ifor Gulni iforini yo'q qilardi. Malika va Taehyung bir-birlariga sevgi otashida yonayotgan ko'zlari bilan temulishar ammo bir so'z aytishga uyalishardi.
Taehyung oddiy savdogarning o'g'li bo'lishiga qaramay , Malika Ari Taehyungni jasurligi va haqiiqy mard ekanligi uchun sevardi. Hattoki Malikalligidan voz kechib oddiy aholi kabi hayot kechirishga tayyor bo'lardi.
Malika Ari : Iltimos aholi bor joyda meni quchmang
Taehyung : mendan uyalasizmi , malikam ?
Malika Ari : Bu uyalishda emas , shunchaki qirollikdan kimdur ko'rib qolsa ikkovimizga ham yahshi bo'lmaydi.
Taehyung : bu haqida bilaman , shu sababli , qochib ketaylik : Malika Ari ning qo'lini mahkam ushladi
Malika Ari : yo'q , men bunday qila olmayman ! Men otamning gaplaridan chiqishim notog'ri.
Taehyung : Iloh yoniga boraylik , u bizga nima qilishimiz haqida aytadi.
Malika Ari , bosh siltab bu gapni maqulagan bo'ldi. Ular birga O'rmon ichidan Shar-Shara yoniga kelishdi.Shar-Shara ichida Ilohning uyi bor va bu iloh Taqdirni ko'ra olar , hamma san'at larni insonlarga Iloh Redri bergan edi.
(San'at - Iloh Redri yaratgan qobiliyat buni Istalgan insoniga beradi ammo Aynan Shu San'at ni berib bo'lgandan so'ngina ularni taqdirini ko'ra oladi. )
Malika va Taehyung Shar-Shara yoniga kelib o'tirishdi va Malika Shar-shara suvidan olib ichib dedi ...
Malika Ari: Iloh Redri , biz sening huzuringa keldik , darvozangni och va ba'zi savollarimizga javob ber.
Malika bu gaplarni 3 martta aytganidan so'ng Shar-Shara ichidan Iloh Redri chiqib keldi.
Iloh Redri : Nega huzuringa tashrif buyurdingiz ?
Malika Ari : Sen menga san'atingdan berding va sen meni taqdirimni ko'rib bila olasan. Iltimos bizga shuni aytki mening taqdirim qanday ?
Iloh Redri : Men hammaga taqdirni aytaversdi deb o'ylaysanmi. Agar sizlarni Taqdiringizni aytsam mendan Taqdir ilohining jaxli chiqadi.
Malika Ari : yo'q , iltimos menga ba'zi savollarimga javob ber shuni o'zi kifoyadir.
Iloh Redri : qanday savollar ?
Malika Ari : Bundan habaring bor , Men oddiy savdogarning o'g'li ni yahshi ko'raman , u bilan meni taqdirim bir mi ?
Iloh Redri : Qanday kulgili savol . Albatta Malikallar qirolik oilasiga turmushga chiqadi.Sening Taqdiring Shu saroyda Qirolicha bo'lish.
Malika Ari : Nima ? Ahir bu saroyda Shag'zoda Jin , akam borku . Men qanday qilib Qirolicha bo'laman , yoki Shag'zodaga nimadur bo'ladimi ?
Iloh Redri : bu savolga javob berishim mumkin emas !
Malika Ari : Iloh Redri , biz nima qilsak birga bo'la olamiz shuni ayt iltimos , sendan yolvorib so'rayman.
Iloh Redri : Sizlarning qirolligingizda bir sotqin bor , u sening yaqining va u seni sotadi. Undan uzoq yurishing shart !
Iloh shu gapni aytib yana Shar-Shara ichiga kirib ketgan bo'ldi
Taehyung : Ilohning so'zlarini ezhitding , biz birga bo'la olamiz faqat extiyotkor bo'lishimiz kerak.
Malika va Taehyung ortga qaytishdi va Malika Saroyga Taehyung esa bozorga borgan bo'ldi.
Malika Saroyga kirar ekan , Qirollik dasturxonida tushlik uchun Malika Ari ni Qirol , Malikallar va shag'zoda kutib turgan edilar.Malika ham dasturxon atrofiga o'tirdi.Birz ko'zi Shag'zodada edi chubki Ilohning "Sen shu qirollikning qirolichasi bo'lasan" degan gapi qulog'idan ketmas. Shag'zodagi biron korxol yetishidan havotirda edi. Sotqin esa kim ekanligi haqida fikridan ketmay qolgan edi.
Qirol : Malika Ari , tushlik qilmaysizmi
Malika Ari : Uzur so'rayman qirolim , hayol surib qoldim.
Hamma ning stoliga Tovuq oyoqchallarni qaynoq hokda dasturxonllariga hizmatkorlar qo'yib chiqdi.
Hizmatkorlar orasida yosh , latofatli ko'zlari chaqnoq "Jisoo" ismli qiz bor edi. Uni ko'rgan har kim uylanishni orzu qilardi Ammo Jisoo buni hohlamas ko'nglida kimdur bordek hali turmushga chiqmasdi.
U hammaga *Mening orzuyim qirollikda bir umir hizmat qilish* deb aytar , bu gaplardan hamma hayratda qolib , miyasi bilan urshib qolgan deb o'ylardi.
Turmush qurish har bir ayol orzusi bo'lsa , hizmatkor *Jisoo* buning aksi edi. Hizmatkor Jisoo hattoki Qirolning nazariga tushgan edi. Nozik ishlar bo'lsa bu yumishlar doim Jisoo ga aytilar chunki bu ishkarni Jisoo hech qanday xatollarsiz qilardi.
Qirollik Dasturxoni bo'shab qolishi bilan hamma hizmatkorlar , bir ma bir likopchallarni olib ketishardi. Qirolning eng hashamdor hechkimga ishonmaydigan qadahi ni esa Jisoo ko'tarib ketardi. Chunki bu qadahda 5 kg oltin 2p ta brilliant toshllari va 13 ta marvarid qo'yilgan orasida 3 ta nefrit ko'zlari bor edi. Bu qadah eng katta yashirin javonda turardi , bu javon joyini faqatgina Jisoo bilar edi.
Bunday eng martabali ish atigi 22 yoshli qizga ishonilganligi. , hammaning hayrat nigohlari bilan qoplangan edi.
Ko'pchillik Jisoo ga bo'xton lar to'qishdi , *Qirolning kanizagi* , *Qirol bilan tun o'tkazgan*
Bulalarga Jisoo ahamiyat ham bermasdan o'z ishlarini qilardi.
Rostan ham Jisoo *Qirol bilan tun o'tkazganmikan * ?
Yana tong otishi bilan har doimgidek , quyosh nurlari Malikallarning k['zlarini qamashtirib , ochilgan derazallardan esa mayin shamol sochlarini to'zg'atardi.
Jisoo birinchi bo'lib Qirol xonasiga kirib bordi va Qirolning xonasidagi derazalarni ochgan holda Xonani shamollatdi.
Jisoo yonidan Qoshiq chiqazib Qirol nonushtasidan tatib k['rib , Qirolga yetib borishiga zahahr qo'shilmagani ,sho'r
Yoki Shirin emasligini taminlab qirolga yetkazib Shag'zoda Jin ning xonasiga yo'l oldi
Shag'zodaning nonushtasini boshqa hiznatkor allaqachon bergandi ammo derazallar hanuz ochilmagan. Jisoo Derazallarni ochgan zahoti Shamol sochlarini to'zg'atdi. Endi xonadan chiqib ketmoqchi bo'lgan edi hamki Shag'zoda Jisoo ning qo'lidan ushkab tortdi......