MISSIONERLIK BALOSI
MISSIONERLIK BALOSI🗣 Assalomu aleykum. Avvalambor "Missionerlik " So'ziga tarif beraylik. Bu so'z lotincha "missio " - yuborish, vazifani topshirish degan so'z dan olingan bo'lib "missioner "- vazifa bajaruvchi degan ma'noni anglatadi. Missionerlik- bir dinga e'tiqod qiluvchi aholi o'rtasida boshqa dinni targ'ib qilish bilan bog'liq nazariy va amaliy faoliyatni anglatadi. Ma'lumotlarga ko'ra dunyodagi missionerlarning 2/3 qismini xristian missionerlari tashkil qiladi.Ma'lumki missionerlik bugungi kunning eng dolzarb ijtimoiy muammolaridan biri sanaladi. Qanchadan qancha dinni tushunmagan aka - ukalarimiz, opa - singillarimiz ularning puch g'oyalariga uchib islomdan chiqib ketishdi. Bu harakatlarni boshqarib, moliyalashtirib turuvchi dunyo miqyosidagi tashkilotlar mavjud bo'lib, ularning har bir mintaqa bo'yicha: MDH, Markaziy Osiyodaham bo'limlari, o'ziga xos dasturlari bo'lib ularga alohida to'xtalib o'tirmaymiz. Missionerlarning asosiy o'ljasi: ziyolilar, san'atkorlar, kutubxonachilar, maktab o'quvchilari, shuningdek imkoniyati cheklangan, oilaviy sharoiti og'ir, turli og'ir kasalliklarga chalingan, ishonuvchan, tashqi ta'sirga moyil kishilar ekanligini ko'rasiz.Ammo ularning asosiy e'tibori biz yoshlarga qaratilgan. Missionerlarning taniqli nazariyotchisi P. Jonson o'zining" Dunyo operatsiyasi" kitobida shunday yozadi :" Butun dunyoda universitet va kollejlarda 37 mln talaba yoshlar tahsil oladi. Ularning ko'pi 20 yillardan so'ng yirik mansablarni egallaydi ".Yuqorida keltirilgan iqtibosdan ham ularning qanday maqsadlarni ko'zlagani ayon.Masala faqat din bn bog'liq bo'lsaku maylikuya, bundan siyosiy maqsadlar, xalq orasiga nifoq solish, jamiyatni turli guruhlarga bo'lishga harakat qilish, turli inqiloblar orqali mamlakat yaxlitligiga raxna solish ko'zlangan bo'lsachi? Shuning uchun ham respublikamiz qonunlarida missionerlikning har qanday ko'rinishi taqiqlangan. ( " Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'grisidagi" qonun ( yangi tahr. ) 5- modda 3- qism.). Ammo negadir bunga qarshi yetarli kurashilmayotgandek tuyulyapti?O.A.V larda kunda kunora diniy ekstremiz, terrorizmga qarshi xabarlar, filmlar chiqib turipti.) Bu yaxshi albatta , qarshiligizmiz yo'q. Ammo qachon oxirgi marta missionerlik faoliyati bn shug'ullangan shaxslar qo'lga olindi degan xabar chiqdi? Yo biz be xabar qoldikmikan? Ichki ishlar xodimlari ham hujaralarda" NOQONUNIY DINIY TA'LIM" olayotgan, aslida esa hech kimga ziyoni tegmasdan tinchgina Qur'on yodlab turgan bolalarni ovlashdan bo'sh paytlarida bir bu tomonlarga ham e'tibor qaratsalar yaxshi bo'lar edi. Birodarlar shunaqa ta'sir doiralarga tushib qolayotgan tanishlarimizni iloji boricha bu yo'ldan qaytarishga harakat qilaylik. Zero tavfiq faqat Allohdandir. Manashunaqa ishlar bilan shug'ullanayotgan ba'zi bir *** larga esa "SIZGA- O'ZINGIZNING DININGIZ, MENGA O'ZIMNING DINIM " ( Kafirun surasi 6- oyat) deb qolamiz.