Atamalar izohi
konferensiya — eng muhim muammolar boʻyicha, ularni hal etish yuzasidan kelishilgan tarzda xulosalar qabul qilish va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, tadqiqot markazlari va boshqa tashkilotlarning, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillarini, shuningdek olimlar, ekspertlarni jalb etgan holda oʻtkaziladi (qoida tariqasida konferensiyada ishtirok etish uchun kamida ellik kishi taklif etiladi);
xalqaro konferensiya — eng muhim muammolar boʻyicha bir necha davlat manfaatlariga daxldor mavzularni muhokama etish maqsadida xorijiy davlatlarning va xalqaro tashkilotlarning vakillarini hamda ekspertlarini jalb etgan holda oʻtkaziladi;
ilmiy konferensiya — nazariy xususiyatga ega boʻlgan masalalarni muhokama etish uchun ilmiy-nazariy muammoni hal etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida oʻtkaziladi;
ilmiy-amaliy konferensiya — mavzu amaliy xususiyatga ega boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi. Bunda asosiy maqsad amaliy muammolarni ilmiy asoslangan tarzda hal etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat boʻladi;
davra suhbati — muayyan muammoni (mavzuni) muhokama etish (ayrim muammo yoki masala boʻyicha) va uni hal etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish uchun torroq doiradagi ishtirokchilar bilan oʻtkaziladi (qoida tariqasida davra suhbatida ishtirok etish uchun kamida oʻttiz kishi taklif etiladi);
seminar — nazariy bilimlarni va amaliy koʻnikmalarni oshirish maqsadida oʻtkaziladi. Seminarlar mavzu doirasiga qarab oʻquv seminarlariga (treninglar), ilmiy (ilmiy-nazariy) va ilmiy-amaliy seminarlarga boʻlinadi (qoida tariqasida seminarda ishtirok etish uchun kamida ellik kishi taklif etiladi).
Elektron hukumat – davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash yoʻli bilan davlat xizmatlari koʻrsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni taʼminlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi;
Elektron davlat xizmati — ariza beruvchilarning soʻrovlariga koʻra amalga oshiriladigan, davlat organlarining vazifalarini bajarish boʻyicha ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmat. Agar qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatish funksiyalari boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan boʻlsa, ular ham davlat xizmatini koʻrsatishlari mumkin;
Foydalanuvchi – davlat xizmatiga ehtiyoji boʻlgan va uni olish uchun texnik imkoniyatiga ega boʻlgan, ushbu Kelishuvda bayon qilingan shartlarda ushbu Kelishuvni tuzgan yuridik va/yoki jismoniy shaxs;
Jismoniy shaxs — jismoniy shaxsning pasporti boʻyicha aniqlanadigan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)ga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs;
Yuridik shaxs – Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tashkil qilingan, soliq xizmati idoralarida hisobga olingan, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR)ga ega boʻlgan tashkilot;
ERI – Davlat xizmatlari markazlaridan olish mumkin boʻlgan elektron raqamli imzo.
Teonimiya-Ollohning nomi va atributlarini ifoda qiluvchi atoqli otlar va uning majmui.
Demononim - iblis, shayton; jin kabilarga berilgan maxsus nomlar.
Mifonomiya - ertak, epopeya, xalq dostonlari, afsonalarda uchraydigan xayoliy, afsonaviy atoqli otlar, ularning majmui.
Anemonim - tabiat stixiyalari (boʻron, shamol, tayfun, siklon va b. ga berilgan atoqli otlar.
Ideonim - xalq tarixi uchun ahamiyatli boʻlgan baʼzi tarixiy hujjatlar, asarlarning atoqli oti.
Fitonimiya - yakka holda olib nomlangan bir dona oʻsimlik va daraxtlar atoqli oti.
Politonim - davlat ramzlari (bayroq, tamgʻa, emblema va shu xil atributlar)ining atoqli oti.
Ergonim - faoliyat yuzasidan uyushgan kishilar jamoasi, shuningdek, muassasa, tahskilot va korxonalar atoqli oti.
Faleronim - har qanday orden, medal, koʻkrak nishonlari, tojlar va sh.k. atoqli oti.
Dignitonim - faxriy unvonlar, mansablar va sh.k. atoqli oti.
Kosmonim - kosmik fazoda joylashgan samoviy obʼektlarning atoqli oti.
Stratonim - geologik formatsiyalar, gorizontlar va ularning qismlariga berilgan atoqli ot.
Poreyonim - har qanday transport vositasining bir nusxa( dona) siga berilgan atoqli ot.
Gemeronim - matbuot organlari (gazeta, jurnal, byulleten va b. ning atoqli oti.
Xrematonim - xalq tarixi, madaniyati uchun ahamiyatli boʻlgan noyob qurollar, asbob-uskunalar, sanʼat va musiqa asarlarining bir donasiga berilgan atoqli ot.
Xrononim - tarixiy davrlar, bosqichlarning atoqli oti.
ansambllar — tarixan tarkib topgan hududda aniq koʻzga tashlanadigan, atrof manzarasi bilan umumiyligi yoki aloqadorligi tarixiy, arxeologik, meʼmoriy, estetik yoki ijtimoiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan, ijtimoiy, maʼmuriy, diniy, ilmiy, oʻquv-taʼlim, istehkom, saroy, turarjoy, savdo, ishlab chiqarish va boshqa ahamiyatga molik hamda rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak sanʼati, meʼmorchilik asarlari bilan bogʻliqlikda alohida yoki oʻzaro birgalikda turgan yodgorliklar, imoratlar va inshootlar guruhlari, shuningdek tarixiy tarhlarning hamda manzilgohlar imoratlarining qoldiqlari, landshaft arxitekturasi va bogʻ-rogʻ sanʼati asarlari (bogʻlar, istirohat bogʻlari, xiyobonlar, sayilgohlar);
diqqatga sazovor joylar — inson va tabiat ijodining mushtarak mahsuli, shuningdek tarixiy, arxeologik, shaharsozlik, estetik, etnologik yoki antropologik qimmatga ega boʻlgan hududlar, shu jumladan xalq hunarmandchiligi maskanlari, tarixiy manzilgohlar yoki shaharsozlik tarhi markazlari va tarixiy (shu jumladan harbiy) voqealar, yodgorliklar, atoqli tarixiy shaxslarning hayoti bilan bogʻliq boʻlgan imoratlar, xotira joylari, tabiiy landshaftlar, shuningdek koʻhna shaharlar, shahristonlar, manzilgohlar, qarorgohlar imoratlarining madaniy qatlamlari, qoldiqlari, marosimlar bajo etiladigan joylar;
yodgorliklar — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan ayrim imoratlar, binolar va inshootlar, ular bilan bogʻliq boʻlgan rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak sanʼati asarlari hamda shu imoratlar, binolar va inshootlarning tarixan tarkib topgan hududlari, shuningdek memorial uylar, kvartiralar, qabristonlar, maqbaralar va ayrim qabrlar, monumental sanʼat asarlari, fan va texnika (shu jumladan harbiy texnika) obyektlari, antropologiya, etnografiya, numizmatika, epigrafika, kartografiya, fotografiya materiallari, kinofilmlar, audio-, video yozuvlar hamda boshqa jismlardagi yozuvlar, adabiyot va sanʼat asarlari, arxiv, qoʻlyozma va chizma hujjatlar, qadimgi qoʻlyozma kitoblar, harf terish usulida chiqarilgan dastlabki kitoblar, nodir va noyob nashrlar, notalar, muqaddas buyumlar va memorial xususiyatga ega boʻlgan ashyolar, tosh haykallar, qoyaga oʻyib solingan tasvirlar, arxeologiya yodgorliklari;
madaniy meros obyektlari — moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari;
moddiy madaniy meros obyektlari — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan ansambllar, diqqatga sazovor joylar va yodgorliklar;
nomoddiy madaniy meros obyektlari — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan urf-odatlar, xalq ijodiyoti (soʻz, raqs, musiqa, tomosha sanʼati), shuningdek ular hamda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼati bilan bogʻliq bilimlar, koʻnikmalar, asbob-anjomlar, artefaktlar, madaniy makonlar.