January 2, 2023

Dars qilish haqida

Bilimli boʻlishning 90%i dars qilishdan.

Eshitib, kitob oʻqib qoʻyishning oʻzi kifoya emas.

Dars qilishga yaxshi odatlanganlarni ishda koʻrdim. Ular amaliy bilimlarni tez oʻzlashtirishadi, ishni puxta qilishadi. Yaxshi mutaxassis doimo dars qilib yuradi. Boshqalardan farqi shunda.

Dars qilish haqida

Dars qilish, biror narsani oʻrganish bu oʻqishimizda, bilim olishimizdagi eng asosiy va eng koʻp vaqt oladigan jarayondir. Balki hayotimizning ham ancha katta qismini oladigan jarayondir dars qilish. Xoʻsh shu dars qilish jarayonini qanday qiziqarliroq, foydaliroq qilib oʻtkazish mumkin. Qanday dars qilish kerak? Keling koʻrib chiqamiz.

Avvaldan aytib qoʻyish kerak bu usullar bir qancha internet orqali va bazi tanishlarim bergan tavsiyalar va shaxsiy tajriba orqali 3tasini jamlab tahlil qilinib “praktika”dan oʻtgan : ). Juda Aʼlochi yoki juda bilimli inson boʻlmasam ham shunday dars qilish orqali oʻzim uchun foydali boʻlib, kichik-kichik yutuqlarga erishdim.

Dars qilishdagi eng birinchi kerak boʻladigan narsa bu ... Yetarlicha uyqu. Uyqu juda muhim boʻlib kun davomida kam uxlashingiz bu nafaqat sogʻliqga balki biror narsa oʻrganishingizga ham keskin taʼsir qiladi. Uyqusiragan, charchagan, bosh ogʻrigan odamga hech narsa kirmaydi. Uyquni joyiga qoʻymasak dars qilishni unutaylik ...

Ikkinchi narsa esa — mos joy topish. Iloji boricha darsni bir yerda emas turli joylarda qilish kerak. Bir yerda oʻtirib, bir yerda dars qilishga oʻrganib qolmang. Bir kun (yoki dars qilishni bir bosqichini) turli joylarda oʻtkazamiz: Uydagi xonamizda, Universitetdagi xonada, kutubxonada, ishxonamizda, Kaffe da, Parkda, aylanadigan joylarda, piyoda sayrda, Metroda. Ha Metroda ham, ishonasiz-mi yoʻqmi man bir kun metroga tushib olib ham dars qilganman. Planshet, Naushnik, Blaknot va kitobni olib. Deyarli barcha stantsiyalarni aylanib bekatlariga oʻtirib dars qilib olardim.

Ingliz tili haqidagi postimda aytganimdek oʻrganish quyidagi bosqichlardan oʻtadi:

- Eshitish, — Oʻqish, — Yozish, — Gapirish.

Bunga + Vocabulary = Termin yodlashni ham kiritamiz. Nafaqat Tilni balki butun dars qilishimiz, oʻrganishimizni shu uslubga solamiz.

Eshitish

Dars qilayotgan Usha mavzuni tanlab You tube dan aynan shu mavzu haqida qilingan podkastlar, videolarni eshitish kerak. You tube da deyarli barcha soha boʻyicha, barcha mavzu boʻyicha videolar bor. Ingliz va Rus tili orqali topishingiz mumkin. Darsni 1chi Podkast eshitish orqali boshlashimiz bizga mavzuni umumiy tushunib olishimizga, tanishib chiqishimizga imkoniyat beradi.

Oʻqish.

Podkastni eshitib boʻlib endi Kitobni oʻqishni boshlaymiz. Berilgan mavzudan avval savollari berib chiqamiz. Koʻpincha mavzuni oxirida oʻzi savol bergan boʻladi. Boʻlmasa oʻzimiz beramiz.

Masalan: Inflatsiya nima? Qanday qilib Inflatsiya vujudga keladi? Inflatsiyaga mashhur misollar? Inflatsiyani oldini olish yoʻllari ? Shunga oʻxshash qilib savollarni toʻplab kitobdan qidirib koʻramiz. Eng asosiy qismlarga eʼtibor qaratamiz. Soʻzma soʻz emas Mavzuni negizini ochib bergan qismlarini gina oʻqiymiz. Avval Podkast eshitganingiz sabab mavzuni asosiy qismini topishga qiynalmay siz.

Yozish.

Oʻqib boʻlgach endi eng asosiy “Kalit” soʻzlarni Blaknotimizga koʻchirib olamiz. Konspekt qilishingiz yoki umuman fikringizni yozishingiz shart emas. Faqat Kalit soʻzlarni yozamiz. Mavzudagi eng esda qolishi kerak boʻlgan qismlarni yozamiz.

Masalan: 1453 — Istanbul, Usmoniylar vs Vizantiya, Yangi davr.

Rönesans, Kitob Bosma uskunasi, Italiya, Leonardo Da Vinci, Cherkov...

AQSh, GDP, Silikon Vodiysi, Crisis, Inflatsiya, Venasuela, Saylov, Qulchilik ....

Shu tartibda oʻzimiz uchun shifralar yozib chiqamiz. Maxsus Kod soʻzlar.

Iloji boricha soʻzlarni turli ranglarda ham yozing. Qizil, Yashil ruchka ishlating. Flomaster ishlating.

Gapirish

Blaknotimizga yozib olgan shifralarimiz orqali gapirish uchun “shpargalka” tayyorlab olganmiz. Shu orqali mavzuni tushunganingiz, esimizda qolganini gapirib beramiz. Prizintatsiya qilish mumkin. Power Pointda buni tayyorlash juda oson. Bu orqali shu mavzu boʻyicha erkin dars oʻtib bersangiz ham boʻladi. Yoki Diktafonga gapirib keyin xatolarimizni eshitishimiz mumkin. Gapirishda oʻzingizga qanday uslub qulay boʻlsa shunday gapiring. Signal soʻzlar ishlating, shifrlangan soʻzlar ishlating. Kerak boʻlsa Ruscha Inglizcha aralashtirib gapiring agar qulay boʻlsa. Muhimi gapiring !. Ustozlarni faqat Adabiy tilda gapirtirishi bu toʻgʻri deb bilmayman. Asosiy masala bu mavzuni tushunish. Bilim olish. Notiqlik emas.

Vocabulary

Va oxirida Terminlar bilan ishlaymiz. Qaysi sohaligiga qarab, qaysi mavzuga qarab ishlatilgan Terminlarni huddi yangi soʻz yodlagan kabi yodlab olamiz. Soʻz yodlash boʻyicha esa alohida post qilgandim.