Fikr
Ana shunaqa qilib biz isteʼdodlarni halok qilamiz. Zakiylik va moʻjizalar yaratish faqatgina maktab oʻquv dasturlarida cheklangan emas. Shaxslarni munosib oʻrniga qoʻyish bilan biz moʻjizalar yaratishimiz mumkin.
Sinfimizda ikkichilar bor edi. Muallimlar doimo ularga “senlar odam boʻlmaysan” dan nariga oʻtishmas edi. Ular darslarda ikkichi boʻlishsada mototsiklning motorini titib tashlab boshqatdan tera olar edi. Holbuki, aʼlochilar bu ishni qila olmas edi. Oʻsha ikkichilar “odam boʻlmaysan”ni eshitaverib oxiri buzuq yoʻllarga kirib juvonmarg boʻlib ketdi.
Yoshlarning ruhini sindirib qoʻymaylik. Ulardagi isteʼdodni aniqlab oʻsha tomon yoʻnaltiraylik. Ana shunda haqiqiy moʻjizani koʻramiz inshaalloh!
Oʻqituvchining maoshi kolleksiyani bezashga arzirlik tangadir.