January 2, 2023

Gigant kemaning dvigateli ishdan chiqdi va uni hech kim tuzata olmadi.

Va nihoyat uni tuzatish uchun 40 yildan ortiq tajribaga ega boʻlgan muhandis-mexanikni taklif qilishdi.

U dvigatelni sinchkovlik bilan tekshirdi va sumkasidan kichkina bolgʻachani chiqardi. Keyin qaysidir detalni urdi. Dvigatel tezda ishlab ketdi. U taʼmirlangan edi!

Oradan 7 kun oʻtgach injener taʼmirlash xizmati haqini 20 000 dollar ekanligini aytdi.

— Nima?, — deya hayron boʻldi kema xoʻjayini. — Siz qariyb hech narsa qilmadingizku? Bizga batafsil tushuntirib bera olasizmi...

- Javob oddiy,- dedi mexanik. — Bolgʻa bilan urish bahosi 2 dollar. Ammo qayerga, qancha va qanday urishning qiymati 19 998 dollar. Oʻz bilim va tajribasini qadrlash muhim. Chunki bu — kurashlar, tashvishlar va koʻz yoshlar natijasidir. Agar men ishni 30 daqiqada tugatgan boʻlsam, buning sababi shundaki, men 20 yil davomida bu ishni 30 daqiqada qanday bajarishni oʻrgandim.

Hech qachon oʻz mehnatingizni arzon baholamang. Sizning 1 kunlik ish kuningiz, hayotingizning 1 kuniga tengdir...

Xulosa qiling.