HAVOLA (SNOSKA)
1. Havola (snoska) qoʻyishda soʻzga izoh berish kerak boʻlsa ham, soʻz qoʻshimchalar bilan kelgan boʻlsa, qoʻshimchalardan soʻng, yaʼni, soʻz tugagandan soʻng havola qoʻyiladi.
Havola (snoska) – biror bir soʻzga yoki gapga raqam qoʻyib, soʻng sahifa ostida (raqam bilan) izoh berish.
2. Havola (snoska) toʻliq gapga tegishli boʻlsa, nuqtadan keyin qoʻyiladi.
Baʼzilar havola (snoska) butun gapga tegishli boʻlsa ham nuqtadan oldin havola (snoska) qoʻyadi. Bu – notoʻgʻri. Chunki bunda havola (snoska) nuqtadan oldingi soʻzga tegishlidek boʻlib qoladi.
Soʻzchi holin boqma, soʻz holina boq.2
3. Soʻzdan keyin havola (snoska) qoʻyish kerak boʻlsa, lekin soʻzdan keyin tinish belgisi kelsa, tinish belgisidan oldin havola (snoska) qoʻyiladi.
Yuqorida aytilganidek, faqat havola (snoska) toʻliq gapga tegishli boʻlsagina nuqtadan soʻng qoʻyiladi. Qolgan barcha hollarda tinish belgisi va soʻzning orasida qoʻyiladi.
Alisher Navoiy, haqiqatda, “gʻazal mulkining sultoni”3, “besh asrkim nazmiy saroyni titratgan zanjirband sher”dir4.
1 Ikki Umar – Falonchi va falonchi deb izoh beriladi.
2 Misrani iqtibos keltirib, soʻng havolada Alisher Navoiy misrasi deb izoh berish mumkin.