January 2, 2023
MIRTEMIR
Koʻzingni oʻynatma, kulma, qarama,
Nozli nigohlaring kerakmas sening.
Bogʻlab olarman, deb endi oʻylama…
Tortgan u “oh”laring chin emas sening.
Koʻp kunlar sudrading tusmol yoʻllarda,
Men-da tilsizlarcha ergashdim-ketdim.
Adashgan ekanman, bilsam, choʻllarda,
Mana endilikda tushunib yetdim…
Tushundim: u totli xayollar — xayol,
Aldanmas bu yurak shirin soʻzingta.