Tinish belgilari
Oʻzbek tilida asosiy tinish belgilar 10 ta:
Tinish belgilarining qoʻllanilishi quyidagicha:
1. Fikr tugullangan boʻlsa, uning mazmuniga koʻra nuqta, soʻroq, undov belgilari va uch nuqta qoʻyiladi.
Bularning koʻpi bilan uchtasi bitta gapning soʻngida kelishi mumkin, lekin undan koʻpi birga kelmaydi. Koʻproq soʻroq va undov belgisi birga kelishi mumkin:
Nahotki sen kitob oʻqimaysan?!
Yoki soʻroq va uchta nuqta bitta gapning soʻngida kelishi mumkin. Bunda soʻroq va ikkita nuqta qoʻyiladi. Soʻroqdagi bitta nuqta hisobidan uchta nuqta toʻliq boʻladi:
2. Tugallanmagan yoki izoh talab qiladigan fikrlardan keyin uch nuqta qoʻyiladi. Masalan, Koʻklam quyoshidan koʻkargan qirlar, koʻm-koʻk…
Agar bunday gap soʻroq gap boʻlsa, yuqorida aytganimizdek, soʻroq belgisi va ikki nuqta, his-hayajon gap boʻlsa undov belgisi va ikki nuqta qoʻyiladi. Masalan:
Men yetim oʻsganman, oh, u yetimlik!..
Turli his-hayajon ifodalangan gaplarda tinish belgilar:
1. Gapda soʻroq va his-hayajon maʼnosi boʻlsa, soʻroq va undov belgisi qoʻyiladi:
Gapirsangiz-chi, nima boʻldi?!
2. His-hayajon va soʻroq maʼnosi boʻlsa undov va soʻroq belgisi qoʻyiladi:
3. Kuchli his-hayajon boʻlsa undov belgisi ikki marta qoʻyiladi: