January 21, 2022

Azizim Gi de Mopasson

#Taqriz
#Azizim
#Gi_de_Mopasson


Gi de Mopassan o‘zing Azizim romanida birgina oddiy dehqon farzandi Jorjning ma‘lum bir davrdagi hayoti ichida butun burjua jamiyati kibor olam va o‘z zamonasining turli illatlarini ajoyib tarzda ifodalaydi. Jorj quroldosh do‘sti Sharl bilan uchrashguncha uchma - uch kun ko‘rar ba‘zan maoshi oy oxirida tugab kelasi oy boshigacha och ham qolib ketardi. Sharl unga oson va tezroq ko‘proq daromad topsa bo‘ladigan ish topib berdi birmuncha pul ham qarz berib turardi. Jorj yaxshiliklarini qadrlamay hatto uning xotiniga ham ko‘z olaytirdi. Vaholanki, shundoq ham jazmani bo‘lgan Madlena uni rad etdi va dugonasi Klotildani unga tavsiya qildi. To‘g‘ri boshida Jorjning " Fransuz hayoti " da tezda ishi yurishib ketmadi. Lekin u Klotildani ilintirdi. U doim badavlat xonim bilan tanishishni u xonim uni sevib qolishini va shu tarzda tez sur‘atda badavlat bo‘lib ketishni orzu qilardi. Vaqt o‘tib Sharl do‘sti kasallikdan vafot edi. Madlena so‘nggi daqiqada erining vafotidan oldin uni yonimda bo‘ling meni yolg‘iz qoldirmang deb Kannga chaqirib oldi. Sharl xastaligi sabab janubda bo‘lishi kerak va shu sabab ular Parijdan Kannga vaqtincha ko‘chib o‘tishgandi. Sharl o‘limidan so‘ng chamasi bir yilcha o‘tib Jorj uni bevasiga uylanadi. Bu vaqt Jorjni ishlari ancha yurishib qolgandi. Bu orada Jorj boshlig‘ini xotini bilan ham don olisha boshlaydi. Bu ayol undan yosh jihatdan katta edi. Ko‘p o‘tmay bu ayol Jorjni joniga tegadi. Lekin undan qutulishi oson bo‘lmaydi. Bu orada ularni uyida ko‘p mehmon bo‘lgan Graf Vodrek vafot etib bor mol mulkini jazmani Madlenaga qoldiradi. Avvaliga Jorj janjal ko‘taradi bu pulni olmaysan deydi. Lekin asl maqsadi yarmini butunlay o‘zini qilish uchun pulni shu nayrangni o‘ylab topadi. Keyinchalik Jorj Madlenadan ko‘ngli qola boshlaydi. Uni xiyonatlarini sezib yuradi va nihoyat uzoq kutib zino ustida uni yangi jazmani ministr Larosh - Mante bn xususiy uylarni birida qo‘lga tushiradi va u bilan ajrashadi. Vaqt o‘tadi. U xotinidan qutulish barobarida boshlig‘i Volterni qizi ( sobiq jazmani ) ni ko‘z ostiga olib yuradi. Sababi undan anchagina qalin puli tegardida. Lekin agar ochiq qizingizga uylanaman desa aniq janjal chiqar ishidan ayrilardi. Qiz o‘zi men unga turmushga chiqmoqchiman deb ota - onasiga aytishiga ko‘ndirib olib qochib ketadi. Shunday ekan ular qizlarini Jorjga berishga majbur bo‘lishadi. Meni e‘tiborimni tortgan narsa shuki, jazmani Klotilda boshlig‘ini qizi Suzannaga uylanayotganini eshitib janjal ko‘targanida undan butkul kechib ketadi. Uning bu ishi bilan menga endi to‘g‘ri yo‘lga kirmoqchiday ko‘rindi. Lekin to‘y chog‘i ayon bo‘ldiki Klotilda uni kechirdi va ularni munosabati yana davom etishi muqarrar edi. Bir narsani tushunmaymanda nega erkaklar bir ayolga qanoat qila olmaydilar? Shu savol doim meni qiynaydi. Nahot ularga vafo tushunchasi yod. Nega? Erkaklarning shu jihati sabab men ulardan va muhabbatdan nafratlanaman... Bu kitob va Jorjni hayoti esa buni yanada kuchaytirdi... Bu kibor olamning chirkin fahsh dunyosidan jirkandim...


@Diyoraxonnosirova