Besh qavatli uyning oltinchi qavati Anor Rizoyev
#Taqriz
#Besh_qavatli_uyning_oltinchi_qavati
#Anor_Rizoyev
...endi hech vaqt, hech qachon ular bir divanda yonma - yon o‘tirib televizor tomosha qilmaydilar, oshxonada birgalikda choy ichmaydilar, bir - birlariga eshik ochmaydilar, bir - birlariga telefon qilmaydilar... Bundanda battar baxtsizlik bo‘lmasa kerak albatta. Kimnidir chin dildan sevsangizu, u kishi bilan birga bo‘lolmasangiz qanchalar dahshat. Bundanda daxshatlisi esa, birga bo‘lib keyinchalik ajralib ketish. Qo‘msash eng ko‘p azob beradi insonga. Oqibat nima bo‘ladi? U ketdi, yolg‘iz qoldingiz.
Qani imkon bo‘lsa, Tahminadek spirtli ichimliklar ichib oxiri jigarimni tamom qilib o‘lib ketsam deb o‘ylayman. Yo bo‘lmasa besh qavatli bir binoga kirsamu, liftga chiqib umuman mavjud bo‘lmagan oltinchi qavatga ko‘tarilib g‘oyib bo‘lib sarobga aylansam. O‘ylab qolaman, men hozir shu vaqtda 20 kun ichi qattiq og‘rib vafot estam kim men qo‘msab izlab yurarkan tushilarida bo‘lsa ham hech bo‘lmaganda. Bilmayman, kimga ham kerakman bilmadim. To‘g‘ri jigarimda muammo yo‘q menimcha. Lekin boshqa xastaliklar talaygina vujudim. Hozir ham ko‘z hamda bosh og‘irig‘idan aziyat chekayabman. Bilmadim bu o‘limga olib boradimi yo‘qmi. Albatta yo‘q. Hammasiga chidash mumkin kerak bo‘lsa ochlikka ham, lekin o‘ylab ko‘ring usizlikka chiday olasizmi? Yo‘q albatta. Shunday ekan nima naf bu o‘ladigan dunyoda arzimaydigan sabablar sabab bir - birga azob berish. Ertaga ikkisidan biri bu dunyoda bormi yo‘qmi?
Yaxshisi o‘z kitobingizni qaytadan yozing. Ko‘zingizni kattaroq oching. Sevish, sevilish, ishq kabilar hammaga ham nasib etavermaydi azizlar. Inson doim eng yaxshi ko‘rgan kishi bilan sinladi va sinib ketadi.
@Diyoraxonnosirova