January 21, 2022

Eliza K Qahva va Eng muhimi

#Taqriz
#Qahva_Eng_muhimi
#Eliza_K


Eliza K ning Eng muhimi va Qahva hikoyalarini o‘qidim. Menda endi uni nafaqat ijodiga balki shahsiy hayotiga ham qiziqish uyg‘ondi. Eng muhimi hikoyasida 4 yil uyidan uzoqda haqiqatini qidirgan va uning haqiqati yaqinlari ya‘niki onasi va singlisini yonida qadrdon uyida ekanligini anglagan qiz haqida. U oyisi va singlisisiz yashay olamanmi yo‘qmi deb o‘zini sinab ko‘rgan va bunday yashay olmasligini tan olgan. Yolg‘izlikdan deyarli nafratlana boshlagan, ko‘proq vaqtini yaqinlari bilan o‘tkazishni istaydigan bir qiz haqida edi.
Qahva hikoyasidagi persanaj esa yolg‘izlikni hush ko‘ruvchi o‘z ishini sevuvchi kitob dizayneri haqida bo‘lib, u bir insonni uchratgach ortiq yolg‘iz yashashni istasligini tushunib yetgani bilan bog‘liq. Ular turli mavzuda suhbatlashishar va bir - birlarini yaxshi tushunishardi. Ular qahvaxonada uch bor atay emas tasodifan birga qahva ichishgan va yigit birdan g‘oyib bo‘lgandi. Ular hatto bir birlarini ismlarini ham bilishmasdi. Qiz onasiga ortiq yolg‘iz yashay olmasligini aytmoqchi edi. Lekin ona buni qizini ko‘zlaridan o‘zi anglab oldi. Qiz onasi tavsiyasi bilan bir necha yigit bilan uchrashib ko‘rdi, lekin ular Emiliga umuman to‘g‘ri kelmasdi. Qiz ularni rad etdi. U yangi ish ustida ishlardi. Bu hali yosh va dunyo tanimagan bir adibga tegishli edi. Aynan shu sabab ham kitobni odamlar o‘qimasligi mumkin edi. Shunga qaramasdan nashriyotdagilar kitob dunyo yuzini ko‘rishini istashar va bu asar shunga arzirdi ham. Bu safargi buyurtma shunisi bilan qiyin va mas‘uliyatli edi. U ishidan fahrlanardi. Nashriyotga u ishni bitirib olib borganida ularga ish ma‘qul bo‘ldi va kitobni bosishga berishdi. Nashriyot yozuvchining kitobi butun yurt bo‘ylab kitob do‘konlarini bezashi bilan, nashriyot kitob ustida ishlaganlar uchun bazm uyushtirishga qaror qildi. Emili bazmga kirar ekan unga duch keldi. O‘zining Latte qahvasini ko‘rib hayratlandi. U bu yerda nima qilyabdi deb o‘ylardi qiz. Shu payt tahrirchi kelib ularni tanishtirdi:
- Emili go‘zalim tanish bu bestellerimiz muallifi...
- Jon bu kitob dizayneri...
Emili beixtiyor " Jon " deb takrorlardi. Mana endi ular bir - birlarini ismlarini bilishardi.


@Diyoraxonnosirova