January 21, 2022

Dunyoning ishlari O‘tkir Hoshimov

#taqriz


O‘tkir Hoshimovning Dunyoning ishlari kitobi kichik kichik hikoyalar yig‘indisi bo‘lib ona haqidagi eng ajoyib o‘zbek adabiyotidagi asardir. Asar sujeti hammaga ma‘lum albatta. Men yod bo‘lib ketgan tafsilotlarga to‘xtalmoqchi emasman. Bu kitobni o‘qimagan kitobxon bo‘lmasa kerak. Men bu kitobni ilk bor 2014 yil bir tanlov uchun o‘qiganman. U vaqtlar kollejda birinchi bosqich talabasi edim. O‘shanda kitobni o‘qib chiqib tushundimki, muallif nima demoqchi, onalarimizni vaqtida qadrlaylik. U o‘zi keyinchalik qilgan xatolari uchun onasiga bog‘liq bo‘lgan albatta afsuslangan va boshqalar ham bunday afsuslanishini istamagani uchun ham shu kitobni yozgan. Ona desa shu jumla hayolimga keladi " Har bir istagimning chorasin topgan..." Meni onam ham asardagi ona ham ya‘niki muallifning onasi ham bolasini barcha istaklarini ro‘yobga chiqarishga intiladi. Shuningdek, hammamizning onamiz ham bu kitobni keyinchalik yana bir ikki marta o‘qidim va har safar amin bo‘ldimki, O‘tkir Hoshimov nima demoqchi bu kitob bilan bizga, ertaga kech bo‘lganda nadomat qilib yurmay o‘z vaqtida onalarimizni asraylik.
E‘tiboringiz uchun rahmat😊


@Diyoraxonnosirova