January 21, 2022

Uch og‘ayni Erix Mariya Remark

#Taqriz
#Uch_og‘ayni
#Erix_Mariya_Remark


Erix Mariya Remarkni Uch og‘ayni kitobini qo‘limga olganimda ochig‘ini aytaman hammasi faqat kitobxonlar uchrashuvi uchun edi. Ukamdan bu yozuvchi asarlaridan iqtiboslarni ko‘p eshitardim. Menga yoqardi lekin negadir bilasizmi meni bir yomon odatim borda asl tilidan o‘zbekchaga tarjima qilinmagan bo‘lsa kitobni o‘qimaydigan. Shu sabab G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q kitobini o‘qimagandim. Asar boshida qandaydir bosim ostida majburiyat yuzasidan o‘qirdim, chunki bir oydan keyin muhokamasi bo‘lardi kitobni. Lekin asar bir nuqtaga keldiki kitobni qo‘limdan qo‘ymasdim. Afsus tobim qochib kitobimdan ancha chetlashdim. O‘qishga holim yo‘q edi. Bir kuni shu kitobni o‘qiyatgan bir do‘stimdan habar keldi. Qiziqish kuchayib kitobdan keltirilgan parchadan kitobni yana qo‘limga oldim. Betobligim sabab men uchun bu o‘g‘irlik qilardi. Meni 9 yildan buyon bir kasallik bilan og‘riyman. Patni hastaligidan farqli o‘laroq albatta ehtimol shifo topib ko‘rmaganday bo‘lib ketarman. Har oqshom og‘riq sabab uxlolmasdim. Hastalik kamtay ko‘zimga ta‘sir qilar ko‘zim boshim qo‘shilib og‘rir. Bunga bardosh berolmasdim. Necha bor shu 9 yil ichida davolanmay hech butunlay tuzalib ketolmasdim. Burnim shunday achishardi bunga toqat qilishni hech iloji yo‘q edi. Avvallari bir yilda bir bor qaytalardi bu kasallik. Yillar o‘tib oyiga bir necha bor qaytalaydigan ahvolga yetib keldi. Har davolanishdan so‘ng uzog‘i bilan ikki hafta o‘zimni yaxshi his qilardim. Shu safar juda istadim o‘zimni yaxshi qilishni og‘riq tunlari uyqu bermasdi. Lekin bilasizmi Pat bilan Robertni ko‘rib bir narsani istadim. Bu Robert Patni sevganiday kimdir menga chin dildan ko‘ngil qo‘yishini. Huddi u kabi hech ham menga to‘ymasligini. Bilasizmi agar shunday inson bo‘lsa agarda men hech qachon tuzalmaslikka ham rozi bo‘lardim. O‘lishga hatto tayyor edim. Qani edi shunday bir inson bilan qisqa muddat bo‘lsa ham baxtli bo‘lsam. Betob bo‘lib yillab to‘shakka mixlanib yotishga ham. U inson yonimda bo‘lsa bularni bariga bardoshim yetardi. Negadir Gottfridni o‘limi qattiq ta‘sir qilganini aytmasa men Pat vafotini oddiy qabul qildim. Huddi shunday bo‘lishi kerakday. Lekin Gottfridni o‘limi kutilmaganda yuz berganday ancha vaqt o‘zimga kelolmadim. Do‘stim menga kitobni o‘qib bo‘ldim, lekin tashlab boshqa kitobga o‘tolmayapman, uch og‘aynidan ketolmayaan deganda shunday ahvolda edimki, kitobing bilan qo‘shmozor bo‘l degim keldi. O‘zimni tiydim. Bu huruj oldidagi vasvasa edi xolos deb o‘zimga taskin bermoqchi bo‘ldim. Aslida esa bu kitobni o‘qiyotgan vaqtim ruhiyatimda tubdan o‘zgarish yuz berayotganini keyin angladim.


@Diyoraxonnosirova