January 21, 2022

Beparvolikning nozik san‘ati Mark Menson

#Taqriz
#Beparvolikning_nozik_san‘ati
#Mark_Menson


Beparvolikning nozik sanʼati, hayot muammolardan iboratligi va bu muammolar hech qachon tugamasligi, ularni yechish uchun harakatlar barisi oʻzi aslida baxt ekanligi haqidagi kitob. Hammasi oʻz qoʻlimizda. Tanlov oʻzimizga bogʻliq. Biz hamma narsaga ham ahamiyat qaratishimiz shart emas. Hayot muammolardan iborat. Biz shunchaki, muammolarni muhim yoki keraksizga ajratib olsak va muhimlari ustida bosh qotirsak boʻlgani. Bu unchalik qiyin emas va unchalik oson ham emas. Nimanidir kutishni bas qiling va shunchaki yashang. Hozirdan lazzat oling. Qachondir nimadir boʻlib hayotingiz oʻzgarishini kutsangiz, umringiz oʻtib ketganicha kutib yashaydiz va barini barbod qilasiz qoʻyasiz. Nimani toʻgʻri deb bilsangiz oʻshani qiling. Barbir bari notoʻgʻri, shunchaki biz maʼlum bir miqdorda notoʻgʻridan sal yaxshiroq qarorni qabul qilamiz holos. Hech bir qarorimiz mutloq toʻgʻri boʻlmaydim. Hayotdagi barcha tushunchalar nisbiy. Shuning uchun ham siz mutloq toʻgʻri emas balki nisbatan notoʻgʻri qarorlar qabul qilasiz. Faqatgina boshqasidan koʻra ozroq nisbatan yaxshirogʻini tanlaysiz. Hayotda baxt bu siz muammolarga yechim topishingiz. Muammolarsiz baxtsiz boʻla olmaysiz. Shunchaki hech narsani oʻylamay, muammolarni yoʻq deb hisoblab ham yashay olmaysiz. Chunki bu bilan ham baxtga yetib boʻlmaydi. Baxtga muhim muammolaringizga yechim topib yetasiz.


@Diyoraxonnosirova