January 21, 2022

Hammasi rasvo Mark Menson

#Taqriz
#Hammasi_rasvo
#Mark_Menson

Bu kitob Umid haqida deb o‘ylayabsizmi?! Muqovadagi yozuvdan kelib chiqib deymanda. Menimcha esa bu kitob erkinlik va u aslida qanday bo‘lishi, asli bizning hayotimiz butunlay izdan chiqqani haqidagi kitob. Bizning hayotimiz izdan chiqqaniga sabab esa biz o‘ylovchi miyaning halol, xolis, odil va oqil qarorlarini emas, xis qiluvchi miyaning noto‘g‘ri va be‘mani qarorlarini qabul qilishimizdir. Xis qiluvchi miyani bemalol tushuna oladigan yagona til - qayg‘urishdir. Qayg‘urish esa o‘ylovchi miyani vazifasi. Hammasi rasvo. Bu rasvoliklarning sababi ham oqibati ham umiddir.
Ikkinchi jahon urushi vaqtida Piletskiyning Aushvitz qamoqxonasidagi haqiqiy qahramonligi - umid qolmagan joyda umid paydo qilish, gugurt bilan tubsizlikni yoritish, bizga yaxshiroq dunyoni taqdim etish ( biz yashashni hohlagan emas, balki tasavvurimizga ham sig‘dira olmaydigan dunyoni ), hammasi izdan chiqqandek tuyulgan vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirish qobiliyatidir.
Piletskiy na fashistlar Germaniyasi va na Sobiq Sovet ittifoqi tarafida bo‘lmadi. Bu polyak josusi erkin va mustaqil Polsha orzusi tarafidagina ham bo‘lmadi. Ya‘ni u bir tomonlam emasdi. U butun insoniyat tarafida bo‘ldi. Mustaqillik, erkinlik, erk tarafda bo‘ldi. Shu bilan u yer yuzidagi ochko‘zlikka va yovuzlikka qarshi kurashdi. U sovetlar Polsha hukumati saylov natijalarini qalbakilashtirgani haqida G‘arbga habar berish bilan bir qatorda, urush vaqtida sovetlar sodir etgan shaqdagi xunrezliklari hujjatlashtirdi ham. Bu esa u butun insoniyat tarafida ekaligini isbotlaydi. Sovetlar uni fosh etgach, Italiyaga qochib ketishga imkon berishdi. Ammo u bu taklifni rad etdi va Polshada qolib, shu yerda o‘lishni tanladi, begona yurtda yashashdan voz kechdi. Erkin va mustaqil Polsha uning umidi edi. Busiz u hech kim emasdi. Shunday qilib umidi uning o‘limi sabab bo‘ldi. Uni turli xil qiynoqlarga girftor qilishdi. Bu qiynoqlar oldida Piletskiy keyinchalik rafiqasiga aytishicha Aushvitz qamoqxonasi shunchaki jannat edi.
O‘zingizdan va boshqalardan maqsadga erishish vositasi sifatida foydalanmang. Insonga vosita emas balki maqsad sifatida munosabatda bo‘ling.
Erkinlikning haqiqiy ko‘rinishi, uning yagona shakli - o‘z - o‘zini cheklashdir. Hayotda o‘zi hohlagan narsani tanlagan odam emas, balki nimadandir voz kecha olgan odam ko‘proq erkin hisoblanadi. O‘zingizga qo‘yadigan cheklovlaringizni belgilab olib, hoziroq qisman erkin shaxsga aylanishingiz mumkin. Siz bemalol har kuni ertaroq turishingiz, choshgohgacha pochtangizni bloklashingiz, telefoningizdan ijtimoiy tarmoqlarning ilovalarini o‘chirib tashlashingiz mumkin. Bu cheklovlar vaqtingizni tejashi, diqqatingizni bir joyga jamlab, tanlov imkoniyatingizni oshirishi sababli sizni erkinroq insonga aylantiradi. Ular ongingizga vosita emas, maqsad sifatida qaraydi. Soxta erkinlik qaramlikni keltirib chiqaradi. Ya‘ni aytaylik sizda cheksiz limitli vifi tarmog‘i yoki telefoningizda limitsiz tarif reja bo‘lisi bu sizni erkinligingiz degani emas. Bu sizni ijtimoiy tarmoqlarga qaram ekanligingizdir. Soxta erkinlik dunyoning xohishlaringiga mos bo‘lishini talab qiladi. Haqiqiy erkinlik esa dunyodan hqch narsa talab qilmaydi. U faqatgina irodangizga muhtojlik sezadi. Erkinlik bilan qaramlikni farqlay oling. Dunyoni tuyg‘ular boshqaradi shuni unutmang.

@Diyoraxonnosirova