January 21, 2022

Agata Kristi Shohida

#taqriz


Agata Kristini Shohida hikoyasi menga juda yoqib qoldi. Undagi asli Avstriyalik bo‘lgan Voul ismli yigitni badavlat bir qari ayolni vahshiylarcha o‘ldirganlikda ayblashadi. U asosiy gumondor bo‘lib, uni oqlashni sira iloji yo‘q edi. Sababi Voul u ayol bilan avvaldan tanish bo‘lgan va ayol butun boyligini unga qoldirish maqsadida vasiyatnoma ham yozdirib qo‘ygandi. Uni advokati janob Meyxern bo‘lib, bu advokat juda mulohazali va tajribali edi. Voul aybsizligini aytarkan, birdan o‘sha vaqt uyda xotini bilan kechgi ovqat ustida o‘tirganligi yodiga tushib qoladi va uni aybsizligini isbotlovchi alibisi borligidan quvonib ketadi. Voul xotini uni sevishi va unga vafodorligini aytadi. Advokat xotiningiz bilan uchrashib gaplashib olishim kerak dedi. Lekin u Voulni gaplariga ishongandi. Advokat gumondorning rafiqasi bilan uchrashib kutilmagan vaziyat ustidan chiqib qoladi. Avval aktrisa bo‘lgan Voul xonim ajoyib tomosha bilan eri aybsizligini sudda isbotlaydi. Qizig‘i shundaki, hikoya so‘nggigacha kampirni kim o‘ldirgani mavhum bo‘lib qolaveradi. Shu qiziq va bu o‘quvchini o‘ziga tortadi. Shu yerda advokat bilan Voul xonimning hikoya so‘nggidagi suhbatini keltirish joiz deb topdim:
-Tushunaman, Voul xonim. Men uni aybsiz deb O‘YLAGANMAN. Siz esa uni aybsizligini BILGAN edingiz -ku?
-Hech narsani tushunmabsiz, muhtaram janob Meyxern. Ha men bilgandim. Bilgandim erimning... AYBDOR ekanini!..
Avval ham menga uni kitoblari yoqardi lekin hech biri bunchalik ta‘sir qilmagandi.


@Diyoraxonnosirova