Админам
February 22, 2023

Ushbu 5-qoida kanalingizni daromadga olib chiqishi mumkin...

Hammaga salom!

Advertisa jamoasi — 2019-yildan beri telegram-kanallar bilan hamkorlik qilib, ularning auditoriyasini oshirib, daromadga olib chiqishga erishgan ilk agentliklardan biri!

Bugun aynan Advertisa jamoasi siz — ya'ni Telegram-kanal adminlari uchun mutlaqo BEPUL maslahatlar to'plamini taqdim etadi.

Ushbu maslahatlarni Advertisa asoschisi, kanal yuritish bo'yicha 4 yillik tajribaga ega, yirik kanallarni yuritib, ularni daromadga chiqara olgan mutaxassis Abror Shonazarov tomonidan yozilgan.

— Oltin qoidalarga o'tishdan avval...

Quyidagi savollarga ko'z tashlang:

  • Nega har kuni post yozaman-u, ammo aktiv tushib ketmoqda?
  • Nima uchun raqobatchilardan reklama olishadi-yu, mendan olishmaydi?
  • Nima uchun qimmat reklama sotib olsam ham, effekt past?
  • Nima uchun obunachilarim har kuni chiqib ketishaveradi?

Agar ushbu savollardan kamida bittasi sizning muammoingiz bo'lsa, demak ushbu qoidalar aynan siz uchun!

1. Kanalingiz tashqi ko'rinishini o'rganib chiqing

Tashqi ko'rinish deganda, biz quyidagilarni nazarda tutdik:

  • Logotip
  • Kanalning bio qismi, ya'ni description (Описание канала)
  • Kanalning nomi
  • Kanalning username qismi

Keling, endi har biriga birma-bir to'xtalamiz

Logotip: Brend, stilistika va unikallik

Logo kanalingizni o'zi qayerdan kelgan? Dizaynerga buyurtma bergansizmi, Google'dan olgansizmi, yoki onlayn-konstruktor (masalan Canva) orqali o'zingiz taxlab olgansizmi?

Agar Google'dan olgan bo'lsangiz, bu logotip mualliflik huquqiga ega bo'lishi yoki sifati past bo'lishi mumkin. Agar logotipingiz sifati chindan ham past va o'zingizga ham unchalik yoqmasa, demak dizaynerga buyurtma berishga to'g'ri keladi.

Agar logotip tayyorlatishga grafik dizayner uchun MABLAG'INGIZ BO'LMASA, buning ham BEPUL YECHIMI BOR va bu haqida bilish uchun kanalimizga a'zo bo'lsangiz bas, 24 soatda ushbu yechim haqida ham kanalimizda post yozamiz.

Agar logotipingiz dizayner orqali tayyorlangan bo'lsa, demak hammasi zo'r, deyishimiz mumkin, ammo..

Ammo dizayner logotipning qanaqadir ma'no anglatishiga e'tibor qilmasa, yoki umuman boshqa mavzuni anglatuvchi element ishlatgan bo'lsa, bu faqat minus keltiradi.

Quyida yomon va yaxshi logotiplar solishtirilgan.

Kanalning bio qismi (Описание канала)

Kanalning bio qismi qisqa va tushunarli bo'lishi kerak.

1-qator: Kanalingiz nima haqidaligi. Masalan, kanalingiz yangiliklar haqida va shunga binoan ilk qatorni shunday boshlaymiz:


O'zbekiston va jahon bo'yicha eng aktual yangiliklar!

2-qator: Qo'shimcha ma'lumotlar. Masalan, yangiliklar kanali uchun qo'shimcha ma'lumot bunaqa bo'lishi mumkin:

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Instagram: -
Facebook: -

Agar boshqa ijtimoiy tarmoqlarda sahifangiz bo'lmasa, bunga e'tibor bermasangiz ham bo'ladi.

3-qator, albatta, murojaat uchun link. Masalan:

Savol yoki tijoriy hamkorlik uchun: @murojaat

Keling, misolda ko'ramiz:

Ha aytgancha, @teznewstv kanali tayyor holatda chiroyli username bilan BEPUL beriladi. Ushbu unikal username orqali keyinchalik yangiliklar bo'yicha kanal yuritsangiz bo'ladi. Username'ni yutib olish uchun @advertisachat guruhimizga qo'shilib, + yozsangiz bas. Biz tasodifiy ishtirokchiga topshiramiz. G'olib aynan siz bo'lishingiz ham mumkin!

Username: U nima uchun qisqa va unikal bo'lishi kerak?

Telegramning izlash (Поиск) qismida kanalingiz birinchilardan chiqishi, kanalingizni oson topish uchun va unikallik uchun sizga aynan qisqa va unikal username kerak. Agar username nima ekanligiga tushunmagan bo'lsangiz, bu kanalingiz linki, masalan @advertisa.

Username esda qolarli, qisqa va tushunarli bo'lishi kerak. Raqamlar iloji boricha ishlatilmaslik kerak, albatta, raqam hech qanaqa ma'no anglatmasa. Sababi @futbol777, @kosmetike9999 kabi linklar ko'rinishga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Kanalning tashqi ko'rinishin tugatdik. Bo'ldi, tugadimi? Shumidi "oltin" maslahatlar? - deb savol berishga shoshilmang, sababi biz eeeendi boshladik 😁

2. Post madaniyati: Uni qanday yozish kerak?

Eng qiziq joyi hali oldinda..

Biz kanal uchun chiroyli logotip qo'ydik, uning bio qismini to'g'riladik, unikal username qo'ydik, endi post yozishga o'tsak ham bo'ladi.

Bunaqa postning plyus tomoni shundaki, u oxirigacha o'qiladi va ko'zga yoqimli. Chap tarafdagi na'munani esa shaxsan men oxirigacha o'qimadim ham.

Shunchaki qisqa va diqqatni jalb qiluvchi sarlavha (klikbeyt va yolg'on aralashmagan holda) va o'rtada maksimum 3 qatorli matn. Agar 3 qatordan oshsa, yangi abzats qo'shamiz. Oxirida esa kanalimiz linki. Aytdim-ku, bu o'ylaganingizdanda oson!

Ha aytgancha, emodjilarga keladigan bo'lsak. Emodjilar postda maksimum 4 ta bo'lishi kerak, o'rtacha 2-3 ta. Abzats yoki qator o'rtasida ishlatish mutlaqo tavsiya etilmaydi. Emodjilar doim abzats boshida bo'lishi kerak, masalan rasmdagidek.

Rasm masalasiga kelsak, bu ham oson.

Vector rasmlar: freepik.com

Sifatli, 4K rasmlar: unsplash.com

Stok rasmlar: pexels.com

Illyustratsiya va vektorlar: pixabay.com

Shuningdek, rasmlarni o'zingiz xohlagan texnik vazifa orqali qo'lga kiritishingiz mumkin. Bunda sizga Midjourney sun'iy intellekti yordam beradi. Qanday qilib undan ro'yxatdan o'tib, foydalanishni o'rganmoqchi bo'lsangiz, kanalimizdan chiqib ketmasdan, biroz kutishni tavsiya qilamiz, sababi yaqin orada biz buni rejalashtirganmiz.

3. Reklama

Agar kanalingizni yirik va mashxur kanallarda reklama qilmoqchi bo'lsangiz, sizning oldingizda muhim vazifa turadi: real samara beruvchi reklama matni. Sababi xato yozilgan reklama matni orqali siz nafaqat pulni havoga sovurib yuborasiz, balki kanalingiz obro'siga ham putur yetkazasiz.

Yoki mashxur AIDA formulasidan foydalansangiz ham bo'ladi:

Внимание - Diqqat tortish. Интерес - Qiziqtirish. Желание - Xohish paydo qilish. Действие - Biror bir amal qilishga undash. Masalan obuna bo'lishga chorlash.

4. Kanal statistikasini kuzatish muhim

Kanal statistikasini kuzatish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi, aynan shu orqali siz to'g'ri yoki noto'g'ri yo'lda ekanligingizni aniqlaysiz. Daftar olib, nechta kishi kirdi, nechtasi chiqdi, bu postda ko'rishlar soni qancha, bunda layk qanchaligini yozib borish shartmas, bu uchun maxsus saytlar bor.

tgstat.ru — Telegram kanallar joylashgan eng yirik platformalardan biri hisoblanadi. Ushbu sayt orqali siz kanalingiz statistikasini kuzatib borsangiz bo'ladi.

5. Foydali botlar

Ba'zilar o'z kanaliga murojaat uchun bot linkini qo'yishadi. Hech o'ylab ko'rganmisiz, nima uchun hammada bot har xil, ammo ishlashi bir xil? Ular shunchaki @livegrambot orqali bot qo'shishadi xolos. Livegrambot sizga murojaat uchun bot tayyorlashga yordam beradi. Interfeys sodda, shu uchun barcha bu ishni bemalol eplashadi. Agar siz eplay olmasangiz, kanalimiz izohida yozib qoldiring, biz albatta alohida post qilamiz.

Undan tashqari bizda ilgari juda mashxur bo'lgan, hozir aktualligini yo'qotgan yana bir bot bor - @controllerbot. Telegram reaksiyalar va отложенный post funksiyasini qo'shgach, bu bot aktualligini biroz yo'qotdi, ammo undan hanuz foydalanishmoqda.

@postbot ham foydali botlardan hisoblanadi. Bu bot orqali postning tagiga gif va har xil knopkalar qo'shishingiz mumkin. Bu ishni botsiz qilib bo'lmaydi.

@combot guruhingizni nazorat qiluvchi bot desak, mubolag'a bo'lmaydi. Keraksiz spam, reklamalarni tozalab turadi.

@acceptuserbot - Bu botga qo'shilish uchun keladigan so'rovlarni avtomatik qabul qiluvchi aqlli bot.

.....

Agar ushbu qoidalarga amal qilib, kanalingiz yuritishni boshlasangiz va albatta reklama uchun investitsiya qilsangiz, uzog'i 2 oyda kanalingiz ilk daromadga chiqadi. Buni 4 yillik tajribamiz bilan ayta olamiz.

Tushunarsiz joylar bo'lsa, izohlarda so'rashingiz mumkin. Qo'shimcha savollarni ham so'rasangiz bo'ladi.

E'tibor uchun rahmat!

Muallif: Abror Shonazarov, Advertisa asoschisi