Телеграм (Telegram) бизнес
February 26, 2023

Telegram-kanal orqali daromad qilishning sinalgan yo'llari!

Bu maqolada siz telegram-kanal orqali qanday qilib daromad qilish haqida bilib olasiz. Maqola Advertisa jamoasi tomonidan yozilgan.

Advertisa — Telegram-kanallarni rivojlantirish va ularni ilk daromadga olib chiqarish bilan shug'ullanadi. 4 yillik tajriba, ekspertlardan tuzilgan jamoa, +30 muvaffaqiyatli keyslar.

Kanalingiz uchun yaxshi nisha tanlang

Bu yerda nisha - mavzu, tematika, kategoriya.

Konkurensiya o'ta yuqori nishalar:

  • Sport, ayniqsa futbol
  • Yangiliklar
  • Musiqalar
  • Kinofilmlar, seriallar va multfilmlar
  • Rasmlar (wallpapers va shunga o'xshash)
  • Hajviy kontent
  • Iqtiboslar (Цитаты)


Nishalarni o'zingiz tekshirishingiz uchun link — https://uz.tgstat.com/

Nega to'g'ri nisha tanlash muhim?

Agar siz yuqoridagi kabi nishalarni tanlasangiz, konkurentlaringizdan o'tishingiz ancha mushkullashadi. Sababi bu oson nishalar va ularni barcha yurita oladi. Bunday kanallarga talab past, sababi qayerga qaramang, yo musiqa, yo futbol, yo yangiliklar.

Qanday nisha tanlashni maslahat qilasiz?

Iqtisod, biznes, IT va texnologiyalar, sayohatlar, ta'lim, o'yinlar, shaxsiy blog, marketing va hokazo. Odatda bu nishada kanallar kam va aksariyati sifatsiz, sifatlilar esa sanoqli.

Bunday nishalarda kanal yuritish uchun bu sohani o'zingiz yaxshi bilishingiz kerak. Bo'lmasa kanal yuritishda juda ko'p xatolarga yo'l qo'yishingiz mumkin.

Har kuni kamida 1 ta post yozing

Kanalingizda aktiv yuqori bo'lishi va obunachilaringiz qiziqishi tushib ketmasligini istasangiz, kamida 1 dona post yozing.

Ammo 3 tadan ko'p post yozmang. Eng ko'pi - 3 ta. Ertalab, kunduz va kechqurun. Bir vaqtda 3 ta post chiqarmang. Eng ideal variant - 2 ta. Kunduz va kechqurun.

Reklama beruvchilarni qayerdan topaman?

Juda nozik savol, albatta. Boshqa kanalning adminlariga birma-bir yozib chiqish bu eng katta xato. Sizga o'zlari murojaat qilishlari kerak.

Agar sizdan ilgari reklama olishgan bo'lsa, siz ulardan reklama haqida fikr berishlarini so'rang. Barcha fikrlarni bitta joyga yig'ing - masalan birorta kanalga. Fikrlar tagida o'z fikringizni ham yozing, masalan:

"Assalomu alaykum. Reklamadan menga +2200 ta obunachi keldi, katta rahmat. Menga juda yoqdi, barchaga tavsiya qilardim. O'z pulini oqladi"
@kanal egasi 2 kun oldin bizning kanalimizdan reklama sotib olgan edi. Kanal ilgari juda kam obunachiga ega edi, ammo bizdan reklama sotib olgach, ularning aktivi ko'tarildi va obunachilar borgan sari ko'payib bordi. Agar siz ham effektiv reklamani sinab ko'rishni istasangiz, menga yozing

1-sida reklama olgan insonning fikri, 2-sida reklama sotgan. Ya'ni ikkala tomondan ham fikr bo'lishi kerak. Shunda reklama olishga shubhalanib turgan obunachida ishonch hosil bo'ladi.

Mendan ilgari reklama olishmagan bo'lishsa-chi?

Unda reklama uchun alohida kanal ochamiz va u yerda kanal haqida batafsil gapirib, reklama orqali nimalarga ega bo'lishi va qanchalik foyda bo'lishini qayd qilib o'tamiz.

Ilk reklamani olishlari uchun siz bonuslar berishga majbursiz. Masalan +24 soat lenta, +5 soat TOP, yoki +1 soat pin (zakrep). Yoki reklama matni. Ha aytgancha, agar siz yuqori effekt beradigan, kreativ va esda qoluvchi reklama matniga ega bo'lishni istasangiz, telegram orqali @advertisa_support ga yozing va #TELE promokodi orqali 30% chegirmaga ega bo'ling!

Kanalingiz aktiv va zo'r kontentlar chiqarsa, sizdan albatta reklama olishadi.

Reklama olishmasa-chi?

Reklama olishmasa, bunga 2 ta narsa sabab bo'lishi mumkin.

  1. Sizda aktiv juda past, ya'ni obunachilar soni ko'p, ko'rishlar soni esa atigi 40% dan past.
  2. Sizda ko'rishlar soni 50% dan yuqori, ammo obunachilar soni kam. Odatda 2000 dan past bo'lgan kanallardan reklama olish ehtimoli past.

Demak: Aktivni ko'tarib, kanalga investisiya qilish kerak.

Pulim yo'q, ammo obunachilar sonini oshirishim kerak.

Bunisini esa biz, afsuski, bilmaymiz, deyishimiz mumkin, ammo Advertisa kanallar bo'yicha ekspert va barcha savollarga javob bera oladi. Bepul konsultatsiya kerakmi? @advertisa_support ga yozing va qiziqtirgan savollaringizga bepul javob oling.

Yechimi - reklama almashish, adminlar tilida aytganda VP (взаимопиар).

Obunachilar soni yoki ko'rishlar soni deyarli teng, ammo sifatli va yaxshi kontent qiluvchi kanallar ro'yxatini tuzasiz. Ro'yxatdan birorta kanal adminiga shu narsani taklif qilasiz va birorta ajoyib reklama matni bilan reklama almashasizlar. Shu orqali tahminan 1000-1500 gacha chiqarsa bo'ladi. Qiyin bo'ladi, ammo amallasa bo'ladi.

Xulosa

Kanalingizda obunachilar kam bo'lsa, obunachilarni ko'paytiring.

Obunachilar soni ko'p bo'lsa-yu, ko'rishlar soni kam bo'lsa, aktivni ko'tarishga harakat qiling

Barchasi joyida bo'lsa, biroz sabr qiling, sababi biz ham ilk reklamani kanal ochilganidan 7 oy o'tib ilk reklamani sotganmiz.

Kanalni qanday qilib bitta bot orqali aktiv emas, kanalga kirmay qo'yganiga aaaancha bo'lib ketgan, kanalni o'qimaydigan obunachilardan tozalash mumkin? @adm_choyxonasi guruhimizga + yozing va botdan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo'ling.