December 28, 2024

Legendary love

**3-qism**

Duri biroz qo‘rquv va hayajondan titragancha yotoq chetida o‘tirar edi. Taehyung bu vaqtda o‘zining yo‘g‘on va biroz g‘azab aralashgan ovozida gap boshladi

-ho‘sh niyatingga erishding, ko‘ngling joyiga tushdimi? Yoki shunchaki bu to‘y unga yetishingda ilk qadammi?

Duri shahzodaning so‘zlariga tushunmay unga hayron bo‘lib qaraydi. Taehyung bundan ko‘proq g‘azablanar edi

-sodda va begunoh malika rolini o‘ynama. Hamma ayollar shunday, hokimiyat va mansabga intilasizlar

Duri Taehyungning ifodasini angladi va o‘ziga nisbatan bo‘lgan bunday xaqoratdan g‘azablandi

-men siz o‘ylagan toifa vakillaridan emasman.

Yigit kesatiq bilan labi chetida tabassum qildi va keskin ohangda gapirdi- hamma o‘zini oqlaydi azizam. Ho‘sh sen... Avvaliga valiahd shahzodaga turmushga chiqib malika maqomiga ega bo‘lding. Keyinchalik men taxtga o‘tirganimda qirolicha ham bo‘lasan.

-men bu haqida o‘ylamaganman!

Taehyung o‘zining hotirjam ohangida davom etdi

-shundaymi? demak bular senga kamlik qiladi. Ha, balki sen men uchun valiahd dunyoga keltirmoqchidirsan?! Oh qanday yaxshi eshitiladiya "Bo‘lajak ona qirolicha!" Naqadar sharafli nom.

Yigit qizning iyagidan tutib, yuzini unga juda yaqin keltirgan holda past va g‘azablangan ovozda shivirladi

-yaxshi, sen shunday bo‘lishini orzu qilgan ekansan, bugun tunda orzuingga bir qadam yaqinlashasan. Bardoshli bo‘l azizam, ona qirolicha mavqeiga yetishish oson bo‘lmaydi...

Taehyung va Duri

____________

Tongda charchoq bilan ko‘zlarini ochgan yigit yotoqda yolg‘izligini sezdi va oyna yonida soch turmagining kamchiliklarini to‘g‘irlayotgan malikasini ko‘rib biroz hayron bo‘ldi.

Duri

-erta tongdan qayerga otlanding?

Duri nihoyat ishini yakunlab javob berdi- qirol bizni nonushtaga chaqirtirib odam yubordilar. Hozir dasturxon qarshisida bizni kutmoqda.

-yaxshi. Biroz kutib tur, birga nonushtaga tushamiz.

Taehyung va Duri birgalikda qirol bilan nonushta qilishdi. Taehyung hamon Duriga nisbatan sovuq munosabatdaligi qirolni biroz bezovta qilar edi. Nonushtadan so‘ng qirol Taehyungni xonasiga chaqirtirdi.

Taehyung qirol xuzuriga kirib hurmat bilan taʼzim qildi

-meni chorlagan ekansiz ota

Qirol: ha, kel o‘tirib ol. Malika bilan munosabatlaringiz haqida so‘ramoqchi edim. Menga sening muomalang biroz ziddiyatli tuyildi

Taehyung: men sizga aytgan edim, men uni rafiqam sifatida qabul qilishni istamayman. Endi u bunga ko‘nikishi kerak.

Qirol: Taehyung aql bilan ish tut. Xissiyotlarga berilma. Sen valiahd shahzodasan, tez orada taxtga o‘tirasan. Butun qirollik taqdiri qo‘lida bo‘lgan inson oddiy xis tuyg‘ularga bo‘ysunishga haqqi yo‘q

Taehyung: ota ammo...

Qirol: bas qil. Sen ularning qiziga uylanganing uchun Park oilasi doim seni qo‘llab quvvatlaydi. Ular mamlakatning eng obro‘li sulolasi, shuning uchun xalq ishonchidagi qirol bo‘lishingda ular senga ko‘maklashadi.

Taehyung: ammo oilasi uchun unga ko‘ngil qo‘ya olmayman.

Shahzoda Taehyung

Qirol: malika o‘z hoxishi bilan senga turmushga chiqqan deb o‘ylaysanmi? Sen shu qadar saviyasiz qirol bo‘lasanmi? Hech qachon o‘ylab ko‘rmadingmi hozir u nimani xis qilayotgan bo‘lishi mumkin deb? Sen kabi u ham oilasi uchun bu nikohga rozi bo‘ldi. Men malikani qattiq hurmat qilaman, sababi u juda tarbiyali va sulolasining obro‘si uchun sening bemaʼni qiliqlaringga chidayapti. Gaplarimdan xulosa chiqar va to‘g‘ri yo‘l tut. Taxtga loyiq qirol ekaningni isbotla!

Qirol

_____

Qasrning kimsasiz qismidagi nim qorong‘u xonada yigit va qiz yashirincha suxbatlashib o‘tirar edi.

Qiz ohista so‘z boshlaydi: nonushta davomida muhtaram shahzodamizning malikaga nisbatan sovuqqonligini sezdingmi?

Yigit: buni hamma sezdi nazarimda...

Qiz: ularning munosabatlari keskin ko‘rinadi. Bu biz uchun ayni muddao. Qirol ham ular bilan chalg‘igan bir vaqtda, biz rejamizni osongina amalga oshira olamiz.

Yigit: ammo yangi malika menga biroz yoqmayapti. Undan ehtiyot bo‘lganimiz yaxshi deb o‘ylayman

Qiz: azizim yoshgina nozik qizdan hayiqishning hojati yo‘q. Agar u bizga halaqit bersa, shunchaki yo‘ldan olib tashlaymiz....

______

Pov Taehyung

Otamning so‘zlaridan so‘ng yuragimga og‘ir bir tosh solingandek xis paydo bo‘ldi. Bu aybdorlikmi... pushaymonmi... yoki g‘azabmi... tushuna olmadim. Toza havodan nafas olish uchun biroz vaqt hovlida yolg‘iz sayr qildim. Sovuq va musaffo havo fikrlarimni teranlashtirishga yordam beradi deb o‘ylagan edim. Ammo qancha urinsam ham hech narsani tahlil qila olmas edim. Ayni dam hayolim faqat Durida edi. Negaligini bilmayman, ammo beixtiyor uning xonasiga bordim. Sukunat hukm surayotgan xonada mening go‘zal malikam surʼat chizayotgan edi. Uning masʼum yuzida men doim bu qasr ayollarida ko‘rib kelgan ayyorlik va xudbinlik aslo ko‘rinmas edi. Ohista uning ortidan yaqinlashib, surʼatga qiziqish bilan qaradim. Nahotki?! Ko‘zlarimga ishonmayman... Surʼatda suvoriy libosidagi men va qarshimda malikam tasvirlangan edi. Taajjubki, malika mening ko‘zlarimda hech qachon ko‘ra olmagan mehr va muhabbatli nigohni o‘z asarida mahorat bilan tasvirlagan edi. Bularni ko‘rdim-u, qalbimdagi aybdorlik xissi ortayotganini xis qildim. Malikamga ohista savol berdim

Malika chizgan rasm

-buni sen chizdingmi?

U ohista bosh irg‘ab qo‘ydi va doimgi mayin ovozida so‘radi- surʼat sizga yoqmagan bo‘lsa...

Uning so‘zlarini darhol to‘xtatdim- yo‘q, sen juda chiroyli chizgansan. Hatto o‘zimni hech qachon bunday ko‘rmaganman. Buni yotoqxonamiz devoriga ilish haqida o‘yladim... Rozimisan?

Malikam mening ehtiyotkor va yumshoq ohangimdan hayratlangandek qaradi. Yo‘q, aniq shundan hayratlandi. Fikrimga odob bilan rozilik berganida esa qalbimda cheksiz minnatdorchilik va quvonch xissini tuydim...