January 3, 2025

Legendary love

4-qism

Kuzning dastlabki oyidagi issiq kunlari tugab, uning o‘rnini qish yaqinlashayotganini eslatuvchi yomg‘irli salqin havo egallay boshladi. Qirollikning barcha aholisi qish kunlariga tayyorlanish payidan bo‘ldi. Daraxtlar oltin va olovrang barglarini to‘kib, tabiat asta sekin uyquga ketar edi. Shunday pallada saroydagi ikki inson qalbida bahor uyg‘onmoqda. Bu ikki yoshning o‘rtasida hatto o‘zlari ham hech qachon kutmagan sevgi rishtasi kun sayin ularni bir-biriga qattiqroq bog‘lar edi. Hozir faqat muhabbat va baxt xissinigina tan olayotgan bu juftlikni na tabiat, na kunlarning harorati qiziqtirmaydi. Bunday o‘zgarishni ko‘rishdan mamnun bo‘lgan qirol shu kuz oxirida taxtni valiahd shahzodaga topshirish haqida bir qarorga kelgan edi.

__

______

O‘zining xos xonasidagi taxtida yolg‘iz o‘tirgan qirol huzuriga malika kirib keldi va ohista taʼzim qildi. Qirol malikani ko‘rib quvonchini yashirmadi- malika Yuna sizni yo‘qlamoqchi bo‘lib turgandim

Malika hurmat bilan javob qaytardi- sizni ovora qilmaslik uchun huzuringizga o‘zim yetib keldim oliy hazratlari

Qirol mamun tabassum bilan davom etdi- juda yaxshi. Sen bilan taxtni valiahd qo‘liga topshirish masalasi haqida maslaxatlashmoqchi edim.

Malika: o‘ylaymanki bu biroz shoshqaloqlik bo‘lar edi qirolim. Valiahd shahzoda uylanganiga endigina 2oy bo‘ldi. Qirollik taxtini egallashi uchun unda ishonchli voris bo‘lishi lozim.

Qirol: hozir malika va shahzodaning munosabatlari ancha yaxshilangan. O‘ylaymanki tez orada voris ham bo‘ladi. Bu borada tashvishlanishga hojat yo‘q

Malika: zoti oliylari, bu oddiy masala emas. Barchasi qonunlarga muvofiq bo‘lishi zarur. Iltimos bu qaroringizni hozircha keyinga suring. Ijozat bersangiz, shahzodaning vorisi masalasi bilan o‘zim shug‘ullanaman.

Qirol o‘ylanib qoldi- yaxshi. Ammo unutmang, taxt tez orada valiahdga topshirilishiga ishonch hosil qilishim lozim.

Malika: albatta ota. Bu haqida aslo tashvishlanmang- malika yengil taʼzim qilib, qirol xonasini tark etdi va o‘zining eng ishonchli vakiliga oqsuyak oilalarning 18yoshdan oshgan eng go‘zal qizlarini yashirincha saroyga yig‘ishni buyurdi.

______

2kundan so‘ng

Tun yarmiga og‘ib qolganda shahzoda o‘z xonasida hamon ishlar edi. Bugun qo‘shni davlatlar elchilari bilan birgalikda o‘tkazilgan savdo-sotiq aloqalari ushrashuvi sabab valiahd qattiq charchagan, hozir faqat tezroq ishlarini yakunlab, suyukli malikasi og‘ushida hordiq chiqarishni qo‘msar edi. Mana 1haftaki malika qattiq shamollagani sabab shahzodaga uning yoniga kirishga ruxsat berilmas edi. Hijron azobi malikani ham, shahzodani ham birdek qiynar edi. Shunday bir lahzalarda shahzodaning yotoqxonasiga malika Yuna tashrif buyurdi. Shahzoda diqqati bo‘linganligi sabab biroz asabiylshaganini yashirmay, sovuq ohangda gapirdi- malika Yuna, yarim tunda qanday sabab sizni yotoqxonamga kelishga majbur qildi?

Malika Yuna shahzodaning qo‘polligini odatiy holga yo‘yib, o‘zining doimgi muloyim ohangida gapirdi- shahzodam singlingizni ko‘rganingizdan mamnun emasmisiz?

Shahzoda: mening yonimga albatta bir tashvish yoki noxush xabarni yetkazish uchun kelgandirsiz?

Malika: akajon o‘z singlingiz bo‘la turib sizga yomonlik istayman deb o‘ylaysizmi? To‘g‘ri onalarimiz boshqa-boshqa bo‘lishi mumkin, ammo bu sizga bo‘lgan singillik mehrimni o‘zgartira olmaydi

Shahzoda malikaning soxta mehribonchiligini sezib turar edi va suhbatni tezroq yakunlashni istadi: aniq maqsadingiz nima? Ortiqcha mulozamatga hozir hushim yo‘q

Malika: qirol irodasi bilan yoningizga kirishga majbur edim. Zoti oliylari tez orada sizning taxtga o‘tirishingizni istaydilar. Ammo qonunlar bunga to‘sqinlik qilmoqda. Valiahd taxtga o‘tirishi uchun oila qurgan va o‘z merosxo‘riga ega bo‘lmog‘i lozim

Shahzodaning qoshlari chimirildi- bu qanday shoshqaloqlik? Axir hozir malikaning ahvoli otamga ham sizga ham maʼlum

Malika: malikaning 1haftagina betob bo‘lib yotgani bahona bo‘la olmaydi shahzoda. Tez orada to‘yingiz o‘tganiga 3oy to‘ladi. Ammo hamon malikamiz bizni yangilik bilan hotirjam qilganlari yo‘q.

Shahzoda: nima demoqchisiz?

Malika: balki malikaning bu borada biror sababi bordir...

Shahzoda g‘azablanishni boshladi: malikani bepusht ayol demoqchimisiz?!

Malika: qizishmang shahzoda. Men bu haqida o‘ylaganim yo‘q. Ammo bu ish kechikkani sayin saroyda va xalq orasida g‘iybatlar ortishidan qo‘rqaman. Ular sizga nisbatan shubha bilan qarashlari mumkin.

Shahzoda vaziyatni sekin anglay boshladi va og‘ir xo‘rsindi: nima qil deysiz? Malikamdan hozir men ham xavotirdaman.

Malika Yuna nihoyat maqsadi tomon yaqinlashganini sezdi va ayyor nigoh bilan shahzodaga qaradi: Joriya! Hozir sizni bu vaziyatdan qutqara oladigan yagona yo‘l shu

Shahzodaning eshitgan so‘zlaridan g‘azabi oshdi va deyarli baqirib yubordi: hozir nima deganingizni o‘zingiz tushunyapsizmi?

Malika Yuna ayyor nigohini va hotirjamligini yo‘qotmay gapirdi: shahzodam, bu nimaligini ikkimiz ham yaxshi bilamiz. Siz o‘z sog‘ligingizni isbotlash uchun albatta tezroq farzand ko‘rishingiz zarur.

Shahzodaning g‘azabi soniya sayin ortib bordi: bu qanday gap? Betob yotgan malikamning ahvolidan tashvishlanish o‘rniga joriya bilan o‘zimni ovutaymi?

Malika: bunday atamaylik shahzoda. Malika Duri ham sizning shaʼningiz oyoqosti qilinishini istamaydi. U buni albatta tushunadi. Axir baribir valiahdni malika dunyoga keltiradi, joriya emas.

Shahzoda asabiy tarzda o‘rindiqqa o‘tirdi. Malika Yuna shahzodani asta sekin ko‘nib borishini angladi va sezdirmay kichik tabassum qildi: xizmatchi! Shahzoda uchun musallas keltiring

Xizmatchilar shahzoda uchun Malika Yuna tomonidan tayyorlatib qo‘yilgan o‘tkir musallasni olib kirdilar. Malika undan bir idishga quyib shahzodaga uzatdi: men tanlagan joriya sizni shod qila oladi degan umiddaman shahzodam. Hayrli tun tilayman...

Malika Yuna rejasini amalga osha boshlaganidan quvonib, xonani tark etdi.

Ko‘p vaqt o‘tmay yangi tayinlangan joriya shahzodaning xonasiga mayin qadamlar bilan kirib keldi. Bu vaqtda yotog‘ida o‘tirgan shahzoda musallasga qo‘shilgan og‘u taʼsirida qattiq mast bo‘lib ulgirgan edi. Xonaga kirib, biroz qo‘rquv va titroq bilan yoniga yaqinlashgan qizni Taehyung bir harakat bilan yotoqqa yotqizdi va uning ustiga butun gavdasi bn ko‘tarildi. Bunday keskin harakatdan qattiq qo‘rqqan qiz shahzodaning ulkan gavdasi ostida yirtqich qo‘lida o‘lja bo‘lgan kiyik kabi titrar edi. Shahzoda mast tabassum bilan yuzini qizning sochlari orasiga ko‘mib, bo‘yniga qaynoq lablarini bosdi va sog‘inchga to‘la ovozda shivirladi: Duriyim... mening go‘zal malikam... seni juda qattiq sog‘ingan edim...

Qiz qo‘rquv bilan birgina gapni shivirlay oldi: men malika Duri emasman...

Qizning so‘zlarini mast holatida anglamagan Taehyung unga ochlik bilan tashlandi...

______

Oradan 10kun vaqt o‘tdi

Bu vaqt ichida havo sezilarli darajada sovib, qish eshik qoqa boshladi. Malika Durining kasalligi yetarlicha tuzaldi va nihoyat bugun sevishganlarning visol onlari yetib keldi. Malikasining sog‘ayganini eshitib quvongan shahzoda, kech tushishi bilan uning yotog‘iga shoshdi. Qattiq sog‘inch va muhabbat bilan malikasini quchgan Taehyung, qariyb 1soat davomida uni quchog‘ida ushlab o‘tirdi. Uning holsizlikdan rangi siniqqan yuzlarini, avvallari gilosdek qizarib turgan, hozir esa betoblik sabab oqargan lablariyu, unga maʼyus qarab turgan qop-qora munchoqdek ko‘zlarini ko‘rib qalbida og‘riq kuchayar edi. Uning sevgilisi shunday azoblarni boshidan o‘tkazayotgan bir vaqtda o‘zi begona ayolni quchog‘ida olib yotganini o‘ylab vijdoni qattiq qiynallar edi. Hozir aybdorlik xissi hammadan ko‘proq yuragini kemirar va bundan qutila olmas edi. U og‘ir yutindi va gapirishgan oldin uzoq o‘ylandi- Duriyim... senga bir narsani aytishim zarur. Ammo iltimos meni to‘g‘ri tushunishga harakat qil

Duri Taehyunning ko‘zlariga qarab nima demoqchiligini angladi. U bilar edi, barchasi haqida eshitgan. Betobligida undan yashirishgan bo‘lsa ham, xizmatkorlarning pinxona shivirlashlarini eshitgan edi. Duri shahzodasining qo‘llaridan ohista tutdi- Taehyung o‘zingizni qiynamang. Siz aytmoqchi bo‘lgan ishdan xabarim bor. Va men sizdan xafa bo‘lmoqchi emasman. Siz to‘g‘ri yo‘l tutgansiz. Qirollik va qirol oilasi manfaatlari hammasidan ustun turishi lozim.

Taehyung malikasining so‘zlaridan hayratini yashirmadi, uni qattiqroq bag‘riga bosib, lablarini qaynoq bo‘sa bilan birlashtirdi.

Taehyung: juda ham holdan toyibsan. Kasallik mening nozik gulimni anchayin so‘litib qo‘yipti

Duri: Taehyung, gulingizning bir iltimosini bajarasizmi?

Taehyung: yuzta bo‘lsa ham bajaraman. Ayt nima istaysan?

Duri: betob bo‘lganimdan buyon shu to‘rt devor ichida qamalib toliqdim. Qirol bog‘ining toza havosidan nafas olsam degandim

Taehyung: albatta seni u yerga olib boraman. Faqat bugun emas. Biroz kuchga to‘lib ol. Keyingi hafta ikkimiz birga bog‘da sayr qilamiz. Sen esa men uchun yana bir bor rasmimni chizib berasan. Kelishdikmi?

Duri mamnun tabassum bilan bosh irg‘adi.

Duri va Taehyung

____

O‘z xonasida maxfiy suxbat uyushtirgan malika Yuna hozir juda asabiy edi. Uning qarshisida o‘tirgan harbiy libosdagi erkak va xizmatchi ayol sukut saqlar edi.

Malika: demak shahzodamiz malikasining yoniga qaytiptida. Mayli ular baxtdan sarmast bo‘lishsin. Ammo men baribir niyatimga yetmaguncha to‘xtamayman. Shahzoda suyukli malikasi bilan ovvora bo‘laqolsin, ammo joriya allaqachon homilador. Qiziq, bu haqida malika Duri xabar topganda qay ahvolga tushar ekana?!

Xizmatkor ayol biroz qo‘rquv bilan so‘radi: malikam, bu haqida hozir saroyda xabar beramizmi?

Malika: yo‘q Choy xonim. Avvaliga malikaga boshqa tarafdan zarba beramiz. Soqchi Chan Sol menga bu borada yordamingiz kerak bo‘ladi...