Legendary love
Qasr bog‘ida tabiat tasvirini qog‘ozga tushirayotgan qiz ortidan kelgan og‘ir qadam tovushlarini eshitib, mo‘yqalamini idishga joyladi va ortiga o‘girildi. Uning ortida bir nechta sovut kiygan askarlar qad rostlab turar edi. Ular ichida hushbichim kiyimi bilan ajralib turgan kelishgan yigit biroz qiziqish va g‘azab bilan chala qolgan suratga qarab turar edi. Qiz odob bilan ularga kichik ta'zim qildi
-salom janoblar. Ma'zur tutasiz, biror xatoga yo‘l qo‘ydimmi?
-bu yerda adashib qoldingizmi xonim? Qirol bog‘i istagancha sayr qiladigan o‘rmon emas
-kechiring janob. Tabiat manzarasi meni o‘ziga jalb qildi..
-oh shundaymi? Balki sen ham kelishgan shahzodani ko‘rish uchun bu yerga kirgandirsan?
Yigitning odobsiz so‘zlaridan qizning jahli chiqdi
-yana qanday shahzoda?! Meni hech qanday shahzoda qiziqtirmaydi. Zodagon, manman yigitlarga hushim yo‘q
Qizning ta'rifidan yigit g‘azabga to‘ldi. Soqchilar boshlig‘i darhol qizni jim qilishga urindi
-hey qiz so‘zlaringga e'tibor ber. Cho Son qirolligi shahzodasi bilan gaplashyapsan! -shahzoda kinoyali tabassum bilan qizga qaradi
-ho‘sh mitti xonim, fikring hamon o‘zgarmadimi? Meni takabbur va manman deb o‘ylaysanmi?
Qiz hayrat va qo‘rquv sabab jim qoldi. Shu vaqtda qirol mulozimlaridan biri ularning yoniga keldi va shahzodaga ta'zim qilib, qirol buyrug‘ini e'lon qildi
-shahzodam, xazrati oliylari Park Duri xonim va sizni huzuriga chorlamoqda
-otam? Nima uchun? Park Duri kim?
Qiz biroz tashvish bilan ularga qaradi va javob berdi- men...
Shahzoda Duri tarafga achchiqlanib qaradi va o‘girilib, qasr tomon yurib ketdi. Qiz ham mulozim ortidan qasrga kirdi. Shahzoda qirol yonidagi kichikroq taxtga joylashdi. Duri qirol qarshisida ta'zim qildi va hurmat bilan so‘z boshladi
Qirol: hayrli kun Park xonim, qirol bog‘i sizga manzur bo‘ldimi?
Duri: bu men uchun sharaf edi xazrati oliylari
Qirol: u yerda shahzoda bilan tanishib olibsiz deb eshitdim
Duri: shahzodamizga biroz beodoblik qilganim uchun uzr so‘rayman xazrati oliylari
Qirol: aslo hijolat chekmang xonim. Shahzoda bundan shikoyat qilmadi. Bu yerga sizni chaqirishimning asl maqsadini sezgan bo‘lsangiz kerak
Duri: afsuski bundan bexabarman oliy xazrat
Qirol: bugun sizni bo‘lg‘usi malika sifatida qasrga chorladim
Qirolning so‘zlaridan qiz va yigit hayratda qolishdi
Shahzoda: xazrati oliylari bundan men ham bexabar edim?!
Qirol: nazarimda siz bunga albatta rozi bo‘lasiz shahzoda. Shu jumladan Park xonim ham. Uning otasi qirol oilasi bilan qarindosh bo‘lishdan mamnun bo‘lishini menga ma'lum qildi. To‘y kunini belgilash uchun sizlarni bugun chorladim. Nazarimda 2haftadan so‘ng hosil bayrami kuni to‘y uchun yaxshi sana
Shahzoda: ammo ota bizdan fikrimizni ham so‘ramadingiz
Qirol: ho‘sh Park xonim sizning fikringiz qanday?
Duri: sizning so‘zingiz men uchun qonun zoti oliylari
Qirol: demak to‘yga tayyorgarlikni boshlashimiz mumkin
Duri qirolga ta'zim qilib, qasrni tark etdi. Shahzoda darhol otasiga yuzlandi
Shahzoda: ota nega shu paytgacha bundan mening xabarim yo‘q?
Qirol: sen 22yil davomida mamlakatga manfaat keltiruvchi odil qirol bo‘lishing uchun tarbiyaladim. Nahotki bu to‘ydan asl maqsadni tushunmasang!
Shahzoda: men bu qizni hatto tanimayman
Qirol: bu qiz Park oilasining yagona merosxo‘ri. Uning oilasi nafaqat bizning qirollikda, balki qo‘shni qirolliklarda ham o‘z obro‘siga ega.
Shahzoda: men shahzodaman. Obro‘ va mansab uchun notanish qizga uylanishga majbur emasman
Qirol: Taehyung aqlingni yig‘! Men taxt uchun ancha qarib qoldim. Kun kelib o‘rnimni egallaganingda uning oilasi seni yanada qudratliroq qiladi.
Taehyung qirolning so‘zlaridan chuqur o‘yga to‘ldi.
Qirol: endi yosh bola emassan. Nolishni to‘xtat va to‘y tayyorgarligini o‘z nazorating ostiga ol
Taehyung qirolga ta'zim qildi va xonani tark etdi.