Legendary love
Bugun qirollikda katta bayram. Hosil bayrami va valiahd shahzodaning to‘yi sharafiga poytaxt ko‘chalari o‘zgacha shukuhda bezatilgan, xalq hursandchiligi cheksiz edi. Bu vaqtda faqat 2inson baxtsiz edi.
Bo‘lajak malikalik unvoni va o‘zi istamagan bu to‘ydan Duri mutlaqo mamnun emas edi. U oilasi sha'ni va otasining hoxishi sabab bugungi to‘yga rozi bo‘lgan edi. Bolalikdan uni aynan shu maqsadda tarbiyalashgan edi. Zodagon oilalardagi tartibga ko‘ra o‘g‘il farzand oila merosxo‘ri hisoblanadi. Qiz farzand esa balog‘at yoshiga yetgach oila sha'ni va mansabi uchun manfaatdor bo‘lgan inson bilan turmush qurishi lozim. Har ikkisi ham sulolasining nomi uchun o‘zini qurbon qilishga majbur. Bularni Duri yaxshi anglar edi.
O‘z xonasida yotoq yoniga ilingan to‘y libosiga tikilgancha o‘y surib o‘tirgan shahzoda bugun juda asabiy edi. Uning fikricha Duri malika bo‘lish hoxishi bilan, mansab uchun unga turmushga chiqayotgan tannoz va takabbur zodagon oila qizi edi. Bunday hayollar sabab Taehyungda Duriga nisbatan faqat nafrat va g‘azab tuyg‘usi mavjud edi.
Nihoyat nikoh marosimi boshlanish vaqti bo‘lganini bildiruvchi qo‘ng‘iroq bong urdi. Istamasada majburiyat sabab o‘sha hushbichim to‘y libosini kiygan shahzoda yo‘lak bo‘ylab zina yoniga yurdi va bo‘lajak rafiqasini kutdi.
Qarshisida mutlaqo o‘zgacha ko‘rinish olgan malikasini ko‘rib yigit hayratini yashira olmas edi. O‘ziga yarashgan yoqimli pardoz va soch turmagiga ega bo‘lgan qizning egnidagi to‘y ko‘ylagi uning qomatini qo‘g‘irchoq kabi bezab turar edi.
Qizning yengil yo‘talib qo‘yishi sabab hayollarini jamlab olgan yigit vaziyatni qayta yodiga oldi. U biroz qo‘pollik bilan qizning qo‘lini tutdi va sovuq nigohini saqlagan holda zina bo‘ylab pastga tushishni boshladi. Saroyda nikoh marosimi uchun yig‘ilgan barcha ularni pastda havas va mehr ko‘zlari bilan kuzatar edi. Yosh kelin-kuyov nozik va mayin qadamlar bilan mehrob yoniga yaqinlashdi.
Rohib qiz va yigitning roziligini olgach nikohni rasmiy tasdiqladi va navbat bo‘sa saxnasiga yetdi. Shahzoda qizning labidan istamay kichik bo‘sa oldi. Marosimga yig‘ilganlarning qarsaklaridan so‘ng kechki ball ochilishi e'lon qilindi. An'anaga ko‘ra shahzoda va malika valsi ballni ochib berishi kerak edi. Taehyung hamon o‘zining sovuqqonligini yo‘qotmay malikani raqs maydonchasiga yetakladi. Ularning ortidan barcha mehmonlar o‘z juftlari bilan valsga jo‘r bo‘lishdi. Durining ko‘zlari yerga qadalgan, nigohi ma'yus edi. Bundan Taehyung battar asabiylashdi va uning qulog‘iga egilib, shivirladi
-boshingni ko‘tar, hammaning nigohi senda. Aks holda pushaymon qildiraman
Qiz biroz qo‘rquv va talvasa bilan boshini ko‘tardi.
Nikoh marosimi yarim tunda o‘z nihoyasiga yetdi. Mehmonlar tarqalishdi va shahzoda va malika o‘z xonasida yolg‘iz qolishdi. Bu xolatda Duri juda asabiy edi. Marosim davomida shahzodaning fe'l atvorini ko‘rib, uning tanasini ko‘proq qo‘rquv egallagan edi.