𝘕𝘖𝘔𝘜𝘚 𝘝𝘈 𝘔𝘜𝘏𝘈𝘉𝘉𝘈𝘛...
Hamshira xonani tark etgach o‘z hayollari bilan yolg‘iz qolgan Yurani fikrini faqatgina o‘z joniga qast qilibgina bu xo‘rliklardan qutilish mumkin degan o‘ylar qamrab olgandi. Tizzalarini quchgancha o‘y surib o‘tirgan qizni xona eshigiga yengil urilgan mushtchalar tovushi chalg‘itdi. Bir ondayoq eshik sharaqlab ochilib undan mitti qizaloq kirib keldi. Opasini darrov tanigan qiz o‘ylanib o‘tirmay quvonch bilan uning bag‘riga otildi. Yura ham uni mahkam bag‘riga bosib dardlarini go‘yo bir on unutgandek bo‘ldi. Shu onda ochiq qolgan eshikdan vazmin qadam tovushlari bilan yana bir inson kirib keldi. Uni ko‘rib qizning yuzida endi qahr va qo‘rquv mujassam bo‘lgandi.
Suga: opa-singillar topishib olibsizlarda
Yura: yana nimani ko‘zladingiz. Nega uni bu yerga olib keldingiz?
Suga: bu muomalangni o‘sha qashshoqlardek kun kechirayotgan hayotingizdan singling ikkalangni olib chiqib, shunday shoxona hayotni ta'minlab berayotganim uchun tashakkur deb qabul qilaymi?-yigit qattiq g‘azablangan bo‘lsada o‘z tabiatiga xos bosiqlik billan so‘zlardi
Yura: bu yerda tutqun qush bo‘lgandan ko‘ra ozodlikda qiynalib yashaganimiz afzal biz uchun
Suga: bunday bemani fikrlarni endi miyangdan chiqarib tashla azizam. Senga tushuntira olmadim shekilli mening zurriyodim aynan shu uyda dunyoga keladi. Bunga qarshi chiqadigan har qanday insonni ayab o‘tirmayman. Bugungidek ahmoqlikni takrorlashni esa aslo hayolinga keltira ko‘rma. Agarda o‘liming bilan barchasidan qutilib ketaman deb o‘ylasang buni amalga oshirgan zaxoting jondan aziz singling ham ortingdan jahannamga ravona bo‘ladi.Shu gaplarimni ikkala qulog‘ingga ham yaxshilab quyib ol
Yura: qabih ishlaringizga yosh bolani ham aralashtirdingizmi. U beayb go‘dakku axir
Suga: hayot beshafqat azizam. Menga faqat zurriyodim kerak, senga esa singlingning hayoti. Qorningdagini dunyoga keltirishing bilan sen bilan o‘rtamizdagi barcha rishta uziladi.
Yura: o‘sha kunni intiqlik bilan kutaman-qiz nafrat bilan shu so‘zlarni aytarkan yigit kinoyali tabassum qilgancha xonani tark etdi.
Deyarli 3soatdan buyon qog‘ozlar ichiga ko‘milib o‘tirgan dugonasini chalg‘itmaslik uchun jimgina telefon titkilab o‘tirgan qiz oxiri chiday olmay uni bezovta qilishga majbur bo‘ldi.
Aeri: Soni 3soatdan beri nimani bunchalik qidiryapsan a? Shu 4varoq qog‘ozni ming marta qayta o‘qiding.
Soni: men umuman tushunmayapman. Marxuma haqida atiga shu ma'lumotlar bormi. Bu juda kamku. Qog‘ozlarda deyarli hech narsa yo‘q. Bu ketishda tergov nima bo‘ladi.
Aeri: hoy o‘zingni bosib yaxshilab o‘qidingmi? Balki biror kerakli ma'lumotlar bordir.
Soni: yo‘q Aeri hech narsa yo‘q. 3soatdan beri qayta qayta o‘qib chiqdim. Hujjatlarni hatto yodlab oldim. Bu yerda umuman bizga kerakli ma'lumot yo‘q. Faqat uning bolaligi, oilasi haqida ma'lumot va hozir Seulda yashashi va ijarasa turib, hech qayerda ishlamasligi yozilgan. Menimcha kimdir bizni bu haqida bilishimizni istamayapti.
Aeri: qo‘shnilaridan surishtirsakchi? Soni: politsiya bizdan avval surishtiruv o‘tkazgan. Nimadir aniqlashganda xabar bergan bo‘lar edi.
Aeri: baribir o‘zimiz surishtirishimiz kerak. Har bir insonni. Politsiya e'tiboridan chetda qolgan biror dalil yoki guvoh topilishi mumkin. Hududdagi kameralarni ham tekshirish kerak. Bunday o‘tirishdan foyda yo‘q.
Soni: haqsan. O‘sha yashiringan sirni albatta topish kerak.
Shahar ko‘rkiga yanada chiroy bag‘ishlab turgan ulkan bino... Koreyaning eng mashhur va boy kompaniyalaridan biri xisoblagan "Sparkling construction"ga tegishli inshoot yonida to‘xtagan hashamatli mashina ko‘pchilik xodimlar e'tiborini tortdi. Yirik biznes vakillaridek o‘ziga xos uslubda kiyingan ikki yigit mashinadan tushib bino ichiga hech ikkilanmay kirib keldi. Bu yigitlar butun Koreyaga tanilib borayotgan yosh va iste'dodli ishbilarmonlar, shu bilan birga eng obro‘li Kim va Jeon xonadonlarining merosxo‘rlari edi. Ko‘rinishidan kayfiyati juda yomon ekani sezilgan yigitlar hech bir xodimning e'tibor va xarakatlariga qiziqmagan holda lift orqali yuqori qavatga ko‘tarildi. Kompaniya direktorining xonasiga hech qanday ogohlantirishsiz kirib kelgan yigitlarni charm kresloda o‘tirgan inson vazmin holatini yo‘qotmay, tabassum bilan qarshiladi.
Taehyung: amakimning o‘rnida o‘tirish yoqimlimi hyung?
Seokjin: ahh kimni ko‘ryapmana! Taehyung, ukajon uzoq vaqt ko‘rishmaganimiz sabab yuzingni unutay dedim
Taehyung: menimcha siz men bilan tortishish va yana yutqazishni sog‘ingansiz akajon
Seokjin: hey bu nima deganing? Men aka sifatida sening ishingga yordam berishni istadim, shu xolos. Bu yigitcha Jeon Jungkookmi? U bilan tanishishni uzoq vaqtdan beri intiqib kutayotgan edim. Bugunga nasib etgan ekan.
Seokjinning takabburligi va muomalasidan g‘azablanishni boshlagan Jungkookni Taehyunning so‘zlari chalg‘itdi.
Taehyung: biz yosh bola emasmiz va sizning iflos ishlaringizga aralashmaymiz. Yaxshilikcha bu ishdan voz keching
Seokjin: yordamga uzatilgan qo‘llarni rad etish odobsizlik bo‘lishini bilmaysanmi Taehyung? Ohh nahotki juda tarbiyali onajoning senga buni o‘rgatmagan bo‘lsa?! Birgina mexmonxona tashkil qilganing bilan kuchli ishbilarmon bo‘lib qolmaysan. Jungkookda esa bu biznes olamiga ilk qadam. Kamtarona yordamimni qabul qilishingiz kerak.
Taehyung: har holda men 22yoshimda o‘z biznesimni hech qanday yordamsiz ishga tushirdim. Siz kabi otamning soyasida kun ko‘rayotganim yo‘q. Onamga esa umuman til tekkizmang. Keyingi safar o‘zimni boshqara olmay qolishim mumkin.
Seokjin: qo‘lingdan kelsa meni yo‘ldan olib tashla
Taehyung: demak shundaymi? Yaxshi, unda tomosha qiling akajon. O‘z hoxishingiz bilan buni qilishingizga majbur qilaman.
Ikki yigit o‘girilgancha xonani tark etishdi.
Jungkook: aytganingdan ham battar takabbur ekan. Nimasiga buncha keriladi?!
Taehyung: men bu iflosga ko‘rsatib qo‘yaman. 1hafta ichida o‘z hoxishi bilan yerni sening otangga qaytaradi.
Jungkook: aniqroq gapir. Biror rejang bormi?
Taehyung: men uni yaxshi bilaman. Bolaligidan shunday kekkaygan g‘alcha edi. Istagan ishimni qila olaman deb o‘ylaydi. Uning kirdikorlarini fosh qilish qiyin emas
Jungkook: ho'p yaxshi. Mendan qanday yordam kerak bo‘ladi?
Taehyung: sen faqat sabr bilan shu 1haftani o‘tkazib ol. Qolganini menga qo‘yib ber...
Devorlari eski va nurab qolgan, uzoq vaqt ta'mir ko‘rmagan sezilib turgan binoning kamera yozuvlari kuzatiluvchi xonada qizlar 2kun avvalgi tasvirlarni ko‘rish uchun tashrif buyurgan edi. Qo‘riqchi aynan shu vaqtdan 10daqiqa avvalgi tasvirlarni yoqdi. Tasvirda ko‘cha qorong‘i va tinch ko‘rinar edi. Bir necha daqiqadan so‘ng kamera ekrani qorayib, hech qanday tasvir ko‘rinmay qoldi.
Aeri: hoy bu qanaqasiga? Nega yozuvlar yo‘q?
Soni: ularni berkitishgan. Yaramaslar. Endi faqat guvohlar yordam berishi mumkin
Aeri: agar shunday odam bor bo‘lsa.
Soni: albatta bor. Uni topish uchun qo‘limdan kelganini qilaman.
2soat davomida binoning har bir uyiga kirib suhbat o‘tkazgan qizlar juda charchagan edi. Yana bir eshikni kuchsiz ishtiyoq va umidsizlik bilan taqqillashidan so‘ng ochilgan eshik ortida qariya ayol ko‘rindi.
Soni: hayrli kech xonim. Bezovta qilganimiz uchun uzr. Biz qo‘shni binoda yuz bergan qotillik bo‘yicha surishtiruv o‘tkazayotgan edik. Biror ma'lumotga ega bo‘lsangiz biz bilan ulasha olasizmi?
Ayol: ha yosh qizning o‘limi haqidami? Afsuski hech narsa bilmayman. O‘sha tunda sevimli ko‘rsatuvimni tomosha qilgan edim. Qulog‘im yaxshi eshitmagani uchun televizorni juda baland tovush bilan ko‘raman.
Aeri: xonim uyda sizdan boshqa inson yo‘qmi? Balki u guvohlik bera olar
Ayol: afsuski yo‘q. Nabiram o‘sha kuni tushlik vaqtida ketib tonggacha uyga qaytmagan edi. Falokat vaqtida u bi yerda bo‘lmagani aniq. Nabiram taksi haydovchisi, tun bo‘yi mijozlarga xizmat ko‘rsatgan
Aeri: xonim undan ham so‘rab ko‘rishimizga ijozat bering.
Ayol: hozir u uyda emas. Ishga ketgan. Yaxshisi boshqa kun keling
Soni: yaxshi xonim. Ko‘rsatmalaringiz uchun sizdan minnatdormiz. Albatta yana kelamiz, ko‘rishguncha