𝘕𝘖𝘔𝘜𝘚 𝘝𝘈 𝘔𝘜𝘏𝘈𝘉𝘉𝘈𝘛...
-salom go‘zalim
-axx dugonajon yaxshiyam kelding, men hozir aqldan ozaman
-nima uchun? Qaysi to‘nka meni dugonamni xafa qildi?
-mayor Park Jimin, chindan ham to‘nka. Baxtsiz hodisani jinoyatga chiqarib, meni ahmoq qilyapti. Buning jinoyat ekanini isbotlashim kerakmish. Shu yo‘l bilan meni ishdan bezdirish uning asl maqsadi
-shoshma, hovliqmasdan tushuntiribroq gapirsangchi
-manabu binoning 5-qavatidan bir qiz yiqilib xalok bo‘lgan, anavi to‘ng‘izmiya esa buni jinoyat deb turib olgan va men 3kun ichida buni isbotlashim kerak ekan. Nega uning g‘alati taxminlari uchun men yelib-yugurishim kerak?
-bo‘ldi asabiylashavermasangchi, to‘g‘ri sening darajang uchun og‘ir vazifa bergan, ammo mendan nima istaysan?
-qoidaga ko‘ra jinoyat izlarini topish uchun murda ekspertizadan o‘tkaziladi, sen esa shifokorsan
-qiziqarli ish, qani Chon xonim bemor tomon yo‘l boshlang
Qizlar birgalikda o‘likxonaga yetib kelishdi va darrov ishga kirishib, murdani tekshirishni boshlashdi.
-uni qanday o‘lgan deding?
-binoning 5-qavatidan yiqilgan. Mast holda bo‘lgani uchun ayvon chetiga yetib kelganini bilmay qadam tashlab yuborgan
-Soni menga murdaning ekspertiza tahlili natijalarini olib kela olasanmi, uni ko‘rishim kerak
-yaxshi 1daqiqa
-mana natijalar
-yaxshiii-qiz deyarli 15daqiqa davomida hujjatlarga ko‘z yugurtirish va murdani ko‘zdan kechirish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Nihoyat bir nimani aniqlaganini sezgan Soni uni so‘roqqa tutdi
-o‘sha to‘nka mayoring adashmapti
-ya'ni bu chindan ham jinoyat demoqchimisan?
-ha bu kundak ravshan. Birinchidan qiz yiqilganda tanasining old tomoni bilan yerga tushgan, buni yuzidagi va qorin qismidagi jarohatlardan aniqlash qiyin emas. Ammo uning ensa qismida kattagina lat yeyishdan qolgan jarohat mavjud. Jarohat izlaridan qattiq jism bilan zarba berilgan deyish mumkin. Bundan tashqari qiz alkogol ham qabul qilmagan. Shunday o‘ylashlari uchun murdaning og‘zidan spirtli ichimlik quyilgan. Ekspertiza qog‘ozida qizning qonida hech qanday alkogol mahsulotlari aniqlanmagani yozilgan.
-qoyil qolish kerak, buni qayerdan sezdi ekan?
-tajriba azizam, ish tajribasi. 3kunlik vaqting zoye ketmaydigan bo‘ldi. Sen ilk vazifangni 3soat ichida yakunlading.Ana endi borib o‘sha boshlig‘ingni lol qoldir.
-yo‘q men bormayman. Uning o‘zi bu yerga keladi
Qiz telefonini olib kerakli raqamlarni terdi. Birgina chaqiruv bo‘lishi bilan telefon ortidan yigitning ovozi keldi
-ho‘sh qizaloq vazifa og‘irlik qildimi, darhol qo‘ng‘iroq qilishni boshlading
-janob topshiriq bajarildi. Murdangiz yoniga kelsangiz siz istagan barcha dalillar bilan tanishasiz
-yaxshi 5daqiqada yoningizda bo‘laman
-ok
Yigit va'da qilgan vaqt ichida qizlarning yoniga yetib keldi
-kursant Chon vazifani to‘liq bajargansiz degan umiddaman
-havotir olmang men ishimga puxtaman mayor. Dalillar bilan sizni dugonam tanishtirib o‘tadi
-nima jinoyat ishini ham qizlar g‘iybat mavzusiga aylantirdingizmi? Dalillaringizni ham allaqachon taxmin qilayapman. Hoynahoy u ham sen kabi hayolparastlardandir
-Min Aeri janob. Yonsei tibbiyot universiteti talabasiman. Shu kungacha 10dan ortiq muvaffaqiyatli operatsiyalarda ishtirok etganman. Mening bilim va malakamga ishonishingiz mumkin.
-ho'sh davom etchi
Qiz barchasini boshidan tushuntirib bergach Jiminning yuziga tabassum yugurdi
-qoyil ajoyib natija, lekin quvonishga erta. Sababi ish hali yakunlanganicha yo'q, aksincha endi boshlandi.
-topshiriqqa tayyorman janob- Soni. tabassum bilan javob berdi
-yaxshi, unday bo'lsa hozir qizning qayerda va nima bilan shug'ullangani, so‘nggi 10kunlikda kimlar bilan bo‘lgani, umuman shubxali bo‘lgan har qanday faoliyati, barchasini aniqlashga kirish
-tushunarli, ish bajarildi deb xisoblayvering.
Ikki qiz birgalikda xonani tark etib, jinoyat joyi tomon yo'l olishdi.
-Soni endi nima qilamiz?
-sen eng katta ishni bajarding, yordaming uchun rahmat. Endi men qiz haqida surishtirishim kerak. Bu ish uzoq vaqt olishi mumkin. Shu sabab sen ketaver
-yo'q men ham sen bilan, bu ishga qiziqishim ortdi
-jon deb rozi bo'laman. Sen bilan yanada qiziqarliroq bo'ladi
-o'zingga keldingmi?
Bir necha soatdan so'ng nihoyat hushiga kelgan qiz biroz vaqtga o'zini anglay olmay qolgandi.
-oshxonaga tushsam hushsiz yotgan ekansan
-meni kechiring janob, biroz boshim aylangandi, ortiq takrorlanmaydi
Yoongi indamay oyna orqali tashqariga qarab hech nimani eshitmayotganday o'ychan turardi.
-bugundan shu uyda yashaysan
Bir necha daqiqali sukutdan so'ng horg'in tovushda huddiki hukmdek aytilgan bu so'zlar qizning aqlini shoshirib qo'ygan, hayratda qolgan qizning og'zidan biror so'z chiqmasdi. Nihoyat Yura o'zida jasorat topib miyasida aylanayotgan so'zlarni bir yerga jamlab so'zlay boshladi
-janob nima uchun? Axir singlimni yolg'iz qoldira olmayman
-yetim singlingdan xavotirga tushmasang ham bo'ladi. Tongda uni ham shu yerga olib kelishadi. shu kundan buyon bu uydan mening ijozatimsiz bir qadam ham yiroqlashmaysan.
-janob iltimos kechiring, aybimni tushundim axir
-men bir marta gapiraman, so'zimni takrorlashni yoqtirmayman. Mening farzandim shu uyda dunyoga keladi va ulg'ayadi. Sening ixtiyoring esa o'zingda, istasang shu uyda qolib bolani o'zing tarbiyalaysan, istamasang bolani dunyoga keltrgach boshing oqqan tomonga ketishing mumkin. Biroq o'sha kungacha shu uyda, mening ko'z oldimda bo'lishing kerak-yigit so'zlarini yakunlab xonani tark etdi.
Pov Yura
U nimalar deyapti? Yana nimalarni o'ylab topyapti? Hayotimni jahannamga aylantirgani yetmaganidek, endi uyida asira qilmoqchi. Uning qo'lida huddi qo'g'irchoqdekman. Istaganicha o'ynab, zerikkan vaqtida duch kelgan tomonga otib ketadigan oddiy o'yinchoq.Qanaqa bola haqida gapirdi? Nahotki men... Yo'q bo'lishi mumkin emas. Shu marazning farzandini dunyoga keltirishni istamayman. Mitti go'dakning hayotini ham barbod qilishini bila turib unga hayot bera olmayman.
O'z hayollari bilan o'tirgan qizning e'iborini stol ustida turgan shishali guldon o'ziga jalb qildi. Alamidan guldonni devorga uloqtirib yubordi va butun xonaga shisha bo'laklari sochilib ketdi. Yura bo'laklar ichidan eng kattasini qo'liga olib, o'ylab ham o'tirmay tomirlarini kesdi. Bir zumda oppoq marmar pol qirmizi qonga bo'yaldi. Ko'p qon yo'qotgan qiz poldagi shisha siniqlari ustiga quladi.
-salom qizaloq
Eshik ortida notanish insonni ko'rgach opasining gaplari yodiga tushgan Sena eshikni shartta yopib qo'ydi. Yuziga yopilgan eshikka biroz jahli chiqqan yigit o'zini bosib gapirishda davom etdi.
-seni opang chaqirtirdi, shunga keldim. Hozir men bilan ketishing kerak
-opam menga begona kishilarning so'zlariga quloq solmaslik va ularga eshik ochmaslikni tayinlaganlar. Shuning uchun sizning so'zlaringizga ishonmayman
-men esa yolg'on gapiryotganim yo'q. Chindan ham seni opang kutyapti, yangi uyingizda
Qizaloq eshitgan so'nggi so'zlaridan so'ng bolalarcha soddalik bilan quvonib eshikni ochdi
-chindanmi, opam bilan yangi uyga ko'chib o'tyapmizmi?
-ha shunday. Men seni u yerga olib boraman. Ho'sh rozimisan?
-roziman
-unday bo'lsa mashinamga o'tir
Mashina hovliga kirib kelgach qizaloq biroz vaqt ruldagi yigitga ijozat so'ragandek tikilib turdi.
-opang shu uy ichkarisida, kirishing mumkin- quvonchi ichiga sig'may uyga shoshib kirib ketdi. Bu vaqtda hovliga yana bir mashina kirib keldi va yigit mashinadan tushgan insonning yoniga shoshgancha xisob bera boshladi
-janob aytganingizdek qildim. Qizaloq uyda
-yaxshi, ketishing mumkin-deya u ham uy ichiga kirib yuqori qavatga ko'tarildi.
-xonim nihoyat hushingizga keldingiz. O'zingizni qanday xis qilyapsiz?
-men nega hali ham bu yerdaman? Nima uchun meni saqlab qoldingiz?
-xonim o'zingizni bosing, siz homiladorsiz. Bunday qaltis ishlarni qilmang.
-o'sha yaramasning ishi bu. Hatto o'limimni ham o'z nazoratiga solmoqchi
-janob Min sabab hozir bolangiz sog'-salomat. Yana biroz vaqt shunday qon yo'qotsangiz nafaqat farzandingiz balki o'zingiz ham jon taslim qilshingiz mumkin edi. O'z joningizni qadrlamasngiz ham vujudingizdagi murg'ak go'dakni o'ylang. U ham siz kabi bu hayotni ko'rishga haqli
-bunday jahannamni ko'rsatgandan ko'ra dunyoga keltirmaganim ma'qul
-esingiznizni yig'ib oling, shoshqaloqlik qilib xato qilmang
Yirik bino qarshisiga kelib to'xtagan mashinadan tushgan ikki yigit birgalikda bino ichkarisiga kirib borishdi. Bu ikki hushsurat yigit butun kompaniya hodimlarining e'tiborini qaratgancha lift tomon qadam tashlardi. Lift ko'tarilgach esa ularning yuzlardagi biroz avvalgi jiddiy qiyofa butkul yo'qolib ulgirgan edi.
-Jungkook bilasanmi otangning kompaniyasiga tez-tez kelib turishim kerak ekan, bu yerdagi barcha qizlar menga mahliyo bo'lib qolishdi
-ko'p havolanma, ular senga tikilgan bo'lsa bu chiroylisan degani emas. Kimsan Jeon Jungkook bunday tentak bilan do'st bo'lib yurganidan hayratlanib tikilishyapti.
-sendek ichi qora do'stim borki menga xasad qiluvchi dushmanning keragi yo'q
-jinnilarga hech kim dushmanlik qilib qasdlashmaydi
-shuning uchun sening duhsmaning yo'qmi?
-voy yaramasey senga gap ham topib bo'lmaydi. Tezroq yuraqol otam kutib qoldi
Jungkook to'g'ri yo'lak bo'ylab yurib borib, "Direktor Jeon Donsuk" yozuvli eshikni ochib xona ichiga kirib bordi
-xayrli kun otajon
-xayrli kun
-salom amaki- Jungkookning ortidan jilmaygancha Taehyung kirib keldi
-Taehyung o'g'lim hush kelibsan. Ishlaring yaxshimi?
-ha amaki, bir tentak do'stimni yetaklab yurganimni inobatga olmasak juda zo'r
-unda yaxshi. Bugun sizlarni chaqirtirishim sababi, ikkingizning tuzgan loyihangizni ko'rib chiqdim. Kamchilklar deyarli yo'q, umuman olganda yaxshi loyiha. Biroq buni keyinchalikka qoldirganimiz ma'qul, hozircha sizga boshqa bir topshiriq bermoqchiman. Huddi shu hududga boshqa bir obyekt qurilishi zarur. Restoran o'rniga tungi klub quramiz. Shu loyiha ustida ishlashingiz kerak
-ammo ota bizning kompaniya unday binolar uchun shu paytgacha sarmoya ajratmagan,biz turistik loyihalar bilan ishlaymizku
-sarmoyani kompaniya ajratmaydi, loyiha muallifi ikkingiz, sarmoyador esa Kimlar kompaniyasi
-nima? Otam shunday loyihaga sarmoya ajratmoqchilarmi?-Taehyung hayratini yashira olmay og'zidan chiqqan so'zlarni ham anglammay qoldi
-yo'q o'g'lim otang emas amaking. Sizning loyihangizni kompaniya vakili sifatida Seokjin nazorat qiladi. Endi esa yigitlar ishni boshlashingiz mumkin. Meni esa muhim majlisim bor
-Jungkook seni bundan xabaring bormidi?
-yo'q , to'g'risi otam loyihamni ma'qullashini kutgandim. Axir har tomonlama mukammal loyiha ediku. Tungi klubdan nima foyda?!
-bu amakimning ishi, u otangni yerni sotishga ko'ndirgan. Jin ham vaziyatdan foydalanib meni mazax qilish uchun bu ishga aralashgan, ablah. Axir men yolg'iz o'zim butun bir mehmonxona bunyod etganman, menga aql o'rgatishiga hojat yo'q.
-men yana bir bor otam bilan gaplashib ko‘raman, bu loyiha amalga oshishi shart.