𝘕𝘖𝘔𝘜𝘚 𝘝𝘈 𝘔𝘜𝘏𝘈𝘉𝘉𝘈𝘛...
Soni politsiya idorasiga kirib borib, eshik yonidagi qo‘riqchidan kerakli xonani surishtirib, u tomon yo‘l oldi. Eshikni ko‘p bor taqqillatgach javob bo‘lavermagach xonaga kiraverishni ma'qul ko‘rdi. Eshik ichkarisidagi manzara esa qiz kutganidan anchayin farq qilardi. Xona o‘rtasida joylashgan stol va kreslo hamda devor yonidagi yagona shkafdan bo‘lak xonada jihoz ucharamasdi.Stol va shkafda ko‘plab qog‘oz hujjat va fayllar betartib holda yotardi. Xonadagi yagona oynaga qora rangli darparda tutilgan bo‘lib, butun xona tutun isiga to‘lgan, biroz o‘tirgan insonni diqqinafas qiladigan holda edi. Kresloda esa 30 yoshlar chamasi yigit sigarasini hissizlarcha tutatib, qizga tushunarsiz boqib turardi. Soni og‘ir yutingancha o‘zini qo‘lga olib so‘z boshladi.
Soni: salom janob, haligi... menga mayor kerak edi
Soni: men amaliyot bo‘yicha. Ismim...
-Chon Soni. Seul universiteti jurnalistika fakulteti talabasi. Kitoblar jinnisi, detektiv janr shaydosi-yigit qizni mensimay kesatiq ohangida so‘zlardi-Qizaloq politsiya idorasi senga bolalar o‘yingohi emas.
Soni: men ham o‘yingohda o‘ynaydigan bolakay emasman janob
-ishtiyoqi kuchli, shoshqaloq. Bu odatlar bilan uzoqqa bora olmaysan. Sening javobgarligingni bo‘ynimga olmayman. Yordam ham kutma
Soni: men o‘zimga javob bera olaman janob. Ko‘magingizga kelsak, qo‘shimcha intervyu kerak bo‘lsa albatta sizga murojaat qilaman mayor Park.
-yaxshi... -yigit qizga beparvolik bilan undan yuz o‘girib stoli tomon qadam tashladi va biroz unga tikilib turdi. Nihoyat ko‘zlari bilan saralab hujjatlar orasidan bir qog‘ozni ajratdi va eshik tomon yurib, xonani tark etdi. Hech qanday so‘z demasada uning maqsadini payqagan qiz mayorning ortidan ergashdi. Idora tashqarisida esa mayor Park mashinasi yonida qizni kutardi.
Soni: mayor hali kelmasimdan topshiriq berishni boshlaganingiz ayni muddao
-Jimin: albatta, vaqtni behuda o‘tkazish-u, tanishuv marosimlariga toqatim yo‘q
Qiz kinoyali tabassum qilgancha mashinaning old qismiga kelib o‘tirdi. Yigit ham rulga o‘tirib mashinani o‘t oldirdi. Shu tariqa ikkisi ham hech bir so‘zsiz yo‘l bosishdi. So‘ngida eski va nurab qolgan bino yonida to‘xtashdi. Bino juda xarob ahvolda bo‘lsada ko‘rinishidan bu yer hamon boshpana vazifasini o‘tardi. Bino atrofi sariq rangli lentalar bilan o‘ralgan, hovlida esa ustiga qora rangli mato tashlangan jasad yotar edi. Mayor qo‘li bilan qizni jasad tomonga imlab chaqirdi va uning ustidagi matoni olib tashladi. Ko‘rinishidan qiz yuqori qavatdan yiqilgani aniq bilinardi. Yon atrofdagi zobitlardan biri ular tomon kelib savolga tutdi
-janob mayor binoda yashovchilardan surishtirdik, qizning shaxsi aniqlandi. Lee Xana 22yosh. Oilasi Daeguda, bu yerda yolg‘iz o‘zi yashar ekan. Yon qo‘shnisining aytishiga qaraganda kecha yarim tunda uydan ketgach qaytib kelmagan. Tongi 5larda esa qo‘shnilardan biri uning jasadini ko‘rib qolgan va shu zaxotiyoq politsiyaga xabar bergan. Qizdan spirtli ichimlik isi anqayapti, uyini ham tekshirdik. Balkon panjarasi olib tashlangan ekan. Bundan kelib chiqadiki qiz uyga kelganda mast holatda bo‘lgan va o‘zi bilmagan holatda balkondan yiqilgan. 5-qavatdan yiqilganini hisobga olsak o‘limi tayin edi.
-zobit shu qadar ahmoqsizki jinoyatchilarning hiylasiga qarmoqqa ilingan baliqdek laqqa tushgansiz. Bu jinoyat ishi hali yopilmadi, aksincha endi ochildi
-biroq janob bu baxtsiz hodisa ekanini hatto yosh bola ham sezib turipti axir. Qizning oilasiga xabar berib, jasad eskirmasidan ularga topshirish kerak. Yo‘qsa ular bizni sudga berishlari mumkin
-zobit jasad o‘likxonaga yuborilsin, marhumaning oilasiga esa jinoyat qurboni bo‘lganligi xabar qilinsin.
-mening ruxsatimsiz jasad hech qayerga ko‘chirilmasin. Buyruqni zudlik bilan bajaring
Zobit o‘ziga yuklatilgan vazifani bajarishga kirishib ketdi. Bularni chetdan kuzatib turgan qiz esa nihoyat mayorning bo‘shaganini ko‘rib uni savolga tutdi
Soni: nega buni jinoyat deb o‘ylayapsiz? Axir zobit to‘g‘ri gapirdiku. Chindan ham qizdan spirtli ichimlik isi kelib turipti
Jimin: nega bunday o‘ylaganimni sababi va isbotini topish bu sening ilk vazifang kursant Chon. Ishni tugatishingga 3kun muxlat. Soat 14:30.Roppa rosa 3kundan so‘ng soat 14:00 da jinoyat ishi sodir etilganligini isbotlovchi hujjatlar stolim ustida bo‘lishi shart. Olg‘a qizaloq, o‘yinni boshla.
Yigit yoqasiga ilib olgan qora ko‘zoynagini taqib, mashinasiga o‘tirib bu yerni tark etdi. Soni esa hayratlangancha qoldi.
Voy yaramas, bezbet, to‘ng‘iz. Ishini menga yuklatib, o‘zi esa shunchaki ketib qoldiya. Men endi nima qilaman? Umrimda ilk bor bir insonning jasadini ko‘rib turishim axir, unga qanday qilib tashxis qo‘yaman? Kinolarda jasadni tibbiy ekspertizadan o‘tkazishardi. Demak dastlabki ishni ekspertizadan boshlash kerak.
Qiz hayoliga yashindek kelgan fikrdan quvonib tezda telefonini olib kerakli raqamni terdi
-alo dugonajon menga yordaming zarur bo‘lib qoldi. Hozir senga manzil yuboraman, tezroq yetib kel iltimos...
-soat 8ga tayyorlanib tur, seni olib ketaman
-ortiqcha gap so‘zsiz!-telefon ortidan kelgan qahrli tovushdan cho‘chigan qizning tili aylanmay qoldi
Yura horg‘in holatda buyurilganidek kechaga tayyorgarlik ko‘rdi. Biroz pardoz va yangi liboslar bilan yasandi. Yana bir bor kichik singlisini yolg‘iz qoldirayotganidan yuragi ezilardi. Bu uchun hayolida qayta va qayta marhum ota-onasidan uzr so‘rardi.
Bir zumda kun ham kechikdi, uy yonida odatdagidek qora rangli hashamatli mashina uni kutib turardi. Qiz ko‘z yoshlarini yuzidan sidirib tashlab, uyi tomon yana bir nigoh tashladi va mashinaning old o‘rindig‘iga kelib joylashdi. Yo‘l davomida qiz mayus ko‘zlarini oyna tashqarisiga tikkancha o‘yga cho‘mib ketdi.
Eng sevimli faslim, kuz fasli hozir eng go‘zal damlarini o‘tkazmoqda. Butun mamlakat, yosh-u qarilar yaqinlashib kelayotgan hosil bayramini intiqlik bilan kutishmoqda. Bir yil avval men ham huddi shular kabi bu bayramni intiqib kutardim. Har yilgi bayramdagi oilaviy sayllarimiz, birgalikda vaqt o‘tkazishimiz. Eng baxtli damlarimiz bo‘lgan edi. Hozirchi... Xuddi qafasga qamalgan qush kabiman. Bu qafasda na quvonchni xis qilasan, na qayg‘uni. Mana sevimli manzaramni tomosha qilmoqchimanu biroq bu qora rangli oynalar ortidan bu oltin yaproqlar, qizg‘ish tus barglar, rango-rang tabiat ko‘rinarmidi. Ko‘rinadi, biroq mutlaqo rangsiz. Xuddiki rassomlar faqatgina oddiy mo‘yqalam bilan chizadigan oq va qora rangdan iborat surat kabi.
Hayollar og‘ushidagi qiz mashina manzilga yetib to‘xtaganligini ham sezmadi. Uning bunday o‘tirishidan toqati toq bo‘lgan yigit unga g‘azabini socha ketdi.
-balki mashinadan tusharsan, yoki eshikni ochib berishimni kutayapsanmi?-to‘satdan kelgan qahr va kesatiq aralash ohangli so‘zlardan o‘ziga kelgan qiz hayollarini jamlab tezda mashinadan tushdi. Yana o‘sha mudxish uyni ko‘rganidan chuqur xo‘rsinib qo‘ydi va yigitning ortidan uyga kirdi.
Yigit kastyumini mehmonxonadagi divan ustiga uloqtirib, yuqori qavat zinasi yoniga bordi va horg‘in ovozda qizga so‘zlay ketdi
-men juda charchadim, dush qabul qilaman. Sen oshxonada bo‘l. Ovqat buyurtma qilganman, kuriyer kelgach qabul qilib ol
Dush xalatini ustiga ilib, nam sochlarini sochiqqa artgancha zinadan tushayotgan yigitning nigohi nogahon oshxona polida hushsiz holda yotgan qizga tushdi. Shoshgancha uning tepasiga kelib hushiga keltirishga qanchalik urinmasin qiz ko‘zlarini ochmasdi. Noiloj qolgach shaxsiy shifokoriga qo‘ng‘iroq qilib, uni uyga chaqirishga majbur bo‘ldi.
1soatdan so‘ng
Krovatda hamon hushsiz yotgan qizni shifokor qariyb 20daqiqadan buyon tekshirardi. Nihoyat tomir urishini qayta va qayta tekshirgach toqati toq bo‘lgan yigitga vaziyatni tushuntira boshladi
Shifokor: janob Min ayolingiz homilador. To‘satdan hushini yo‘qotishining sababi ham asli shundan biroq bu normal holat emas. Ona organizmi bu mas'uliyatga to‘laqonli tayyor emas. Bundan tashqari unda qandaydir kuchli bosim, siqilish ta'sirida ruxiy zo‘riqish yuzaga kelgan va bu uning uchun juda havfli. Bunday holat tez-tez takrorlanishi natijasida nafaqat bola balki onani ham yo‘qotish hech gap emas. Shu sabab sizga maslahatim endi uni asrab avaylang, stressga tushishiga umuman yo‘l qo‘ymang, qo‘lingizdan kelganicha hohish-istaklarini amalga oshirishga harakat qiling. Ovqatlanish tartibini ham nazorat ostiga oling. Ha yana bir nechta dorilar yozib beraman, ularni huddi qog‘ozda yozganimdek tartibda qabul qilishi zarur. Hozir esa kerakli muolajalarni qildim, biroz dam olgach o‘ziga keladi
Yoongi: bola qanchalik bo‘lgan?
Shifokor: taxminimcha 5haftalik
Yoongi: tushunarli. Ketishingiz mumkin
Shifokor: janob, xonim har hafta ko‘rikdan o‘tishi kerak va buning uchun shifoxonaga olib borganingiz ma'qulroq. Zamonaviy aparatlar yordamida bolaning salomatligi nazorat ostida bo‘ladi
Yoongi: kerak bo‘lsa ularni shu yerga, uyimga o‘rnatasiz. Nimayiki kerak bo‘lsa hammasi bo‘ladi. Ammo ayolim shu uydan bir qadam ham tashqariga chiqmaydi, tushuntira oldimmi?
Shifokor: ha janob, salomatlik tilayman- yengil ta'zim qilib xonani tark etdi
Pov Yoongi
Xomilador... Ya'ni uning vujudida mening zurriyodim ulg‘aymoqda. Kunlar kelib shaxsiy hayotim, oilam, farzandlarim bo‘lishi kerakligini nahot unutdim. Balki bu men uchun eslatmadir. Qaror chiqarishga aqlim lol.
Kotiba: janob Kim mana so‘ragan ma'lumotlaringiz.
Yana biror narsa kerak emasmi?
Taehyung: raxmat Jesica, hozircha shu. Bo‘shsiz
Kotiba qiz eshikni yopib chiqib ketdi
Taehyung: mana janob xona xizmatchisi so‘ragan ma'lumotnomangiz
Jungkook: hoy yaramas haddingdan oshma- do‘stining mazah qilishidan ham kulib ham jig‘ibiyron bo‘lgancha ogohlantirib, qog‘ozni uning qo‘lidan oldi.
Ho‘sh Chon Soni. 21yoshli Pusanlik talaba qiz. Seul universiteti jurnalistika fakultetining 4-bosqichida tahsil oladi. Oilasi yo‘q, ota-onasini chaqaloqligida yo‘qotgan va Pusandagi bolalar uyida ulg‘aygan ekan. Taehyung u sening mehmonxonangda 3yildan buyon ishlaydimi?
Taehyung: ha buning nimasi hayratlanarli?
Jungkook: qiziq, nega uni shu paytgacha ko‘rmaganman?!
Taehyung: men bilaman sababini, janob Jungkook uylanish yoshi yetganini xis qilib endi qizlarga ahamiyat qarata boshladilar, mana nima uchun-yigit o‘z so‘zlaridan zavq olgancha xandon otib kulardi
Jungkook: axborotingiz uchun direktor Kim sizning yoshingiz mendan katta. Menku hozir xis qilibman, o‘zingizchi? Qachon kelinoyilik bo‘laman a?
Taehyung: ho‘p, ho‘p. Ming bor uzr, ortiq kulish yo‘q, tavba qildim. Hoy yaxshisi menga gapirib berchi unga qanday e'tiboring tushdi o‘zi?
Jungkook: ilk uchrashuvimiz mehmonxonada emas, tongda mashina trassasida bo‘lgandi. Bir daqiqaga yo‘lning narigi betiga o‘tgandim. Qaytayotganimda esa bir qizga to‘satdan turtilib ketdim. Asli ayb menda emasdi, uning o‘zi kelib urildi va birdan menga baqirib ketdi. Keyin bilsam u seni mehmonxonangga kelgan ekan
Taehyung: ohh sen yaramas hali bolalikdan ulg‘aygan do‘stingning yoniga emas, ko‘chada to‘qnashib ketgan qizning ortidan bu yerga kelganmiding? Men esa do‘stim meni yo‘qlab kelibdi deb hursand edim
Jungkook: chindan sening yoningga kelgan edim. Uni tasodifan uchratib qoldim. Uning ko‘zlariga tikilib huddi sexrlangandek qotib qoldim. Bilasanmi ular menga huddi qandaydir juda yaqin insonimni eslatadigandek. Ko‘zlariga qaragan chog‘im esa yo‘qotgan insonimni topgandek bo‘laman. Umuman bu holatimga tushuna olmayapman.
-men tushundim. Mening og‘aynim sevib qolgan-yigit o‘zining to‘rtburchak tabassumini yasab kulib turardi