Hayotim mo'jizasi💙💫
Erta tong. Ba'zilar uyg'ongan ba'zilar esa hali ham uxlayapdi, ular orasida Aerin ham bor edi. Uyquchi qiz hali ham tushlar olamidan chiqib uyg'ongisi kelmasdi.
Xeya: Aerin turrrrrrr ketishimiz kerak - Aerinning tepasida baqirayotgan Xeyani asablari taranglashib borardi.
Aerin: Hozirr ozgina sabr qil - ko'zlari yumiq holda g'inshigancha gapirdi.
Xeya: Ozginadan keyin avtobus jo'naydi, tursangchi endi - gapirish barobarida Aerinni turishi uchun uni silkirdi. Va eshik qo'ng'irog'i chalindi Xeya eshik yoniga borib sekin ochdi, bu Taehyung edi.
Xeya: Hayrli tong - asabiy ovozda gapirdi u.
Tae: Hayrli, asabiy gapirayotganingga qaraganda uyqichi malika hali ham uxlamoqda - deb baland ovozda kulib yubordi.
Xeya: Bu qizni turg'izishni iloji yo'q - deya peshonasini siladi.
Tae: Narsalari tayyormi ishqilib? - jiddiy qiyofasiga qaytib.
Xeya: Haa kecha tayyorlagandik - deya yerdagi sumkalarga ishora qildi.
Tae: Haa yaxshi, turg'izolmagan bo'lsang men urunib ko'raman qarshi emasmisan.
Xeya: Yo'q qarshi emasman - deya sumkalaridagi narsalarni qayta tekshirishga tushdi. Tae esa Aerinni yotog'iga yaqin keldi va gap boshladi.
Tae: Aerin tur seni deb qolib ketamiz - sokin ovozda gapirdi Tae.
Aerin: Xeya ovozingni Taeni ovoziga o'xshata olishingni bilmagan ekanman - ko'zlari yumiq holda uyqusirab gapiradi u. Buni eshitgan Xeya kulib yubordi.
Tae: Aerinnnnnnn - deya baland ovozda gapirdi u. Aerin esa sekin ko'zlarini ishqalab ochdi.
Aerin: Tae - Taehyungni ko'rgan Aerinning ko'zlari katta-katta bo'lib uyqusi uchib ketdi.
Tae: Va nihoyat, tezlash endi - o'rnidan turib shu so'zlarni aytgancha eshikdan chiqib ketdi.
Aerin: Xeya boyadan beri u Aerinlab yotganmidi? - keskin Xeyaga qaradi.
Xeya: Haa - deya yana kulib yubordi.
Aerin: Jin ursin - deya o'rnidan turib hammomga kirib ketdi.
Tae o'z xonasiga kirdi va Jin yo'qligini ko'rib u ham sumkasini olib zinalardan pastlab pastga tushdi, u yerda Suga Rona va Jin suxbatlashib turishardi.
Tae: Hayrli tong hammaga - deya jilmaydi ular ham javoban Taega hayrli tong tilashdi.
Rona: Tae Aerin turdimikin? - sal havotir aralash gapirdi u.
Tae: Havotir olmang nuna hozir o'zim turg'izib chiqdim - deya kuldi.
Runa: Bu yaramas qiz qachon o'z vaqtida turishni o'rganar ekana?
Tae: Shuni ayting nuna bu ketishda yigit topolmaydi bu qiz - deya kulib yubordi.
Aerin: Topolmasam sen borsanku do'stim - deya uning yelkasiga qo'lini qo'ydi. Bu yerda Tae hech narsaga tushunmasdan yangib qoldi.
Suga: Biz kettik, Rona kursdoshlarimiz avtobusga chiqishyapdi - deya avtobusga ishora qildi.
Rona: Yaxshi, bolalar to'palon qilmanga - deya kuldi.
Xeya: Onnie yosh bola emasmizku ee - deya qovog'ini soldi.
Rona: Sizlardan kutsa bo'ladi - deya kulib Suga bilan avtobus tarafga borishda avtobusga chiqib sumkalarini joylashtirib o'z joylariga o'tirishdi.
P: 3 - kurs talabalari siz ham o'z avtobusingizga chiqing - deya baland ovozda gapirdi professor
Jin: Ana bizni ham chaqirishyapdi kettik.
Tae: Kettik - deya ular ham o'z avtobuslariga chiqib sumkalarni joylashtirib o'z joylariga o'tirishdi. Hamma chiqib bo'lgandan so'ng avtobus Seulga qarab yo'lga chiqdi.
Xeya: Uyqim kelyapdi - deya esnadi, u ertalab erta turgandi. Aerin va Xeya Tae va Jin birga yonma yon o'tirib ketishardi.
Aerin: Uxlayqol - deya jilmaydi.
Xeya: Yaxshi - deya bosh irg'ab sekin uyquga ketdi. Uni uxlaganiga ishonch hosil qilgan Aerin yon tarafidagi 2ta o'rindiq oldinda o'tirgan Jin-ni turtdi.
Aerin: Jin, Xeyani yoniga o'tirolasanmi Taeda gapim bor edi - deya sekin gapirdi.
Jin: Yaxshi - deya sekin o'rnidan turib Aerinni joyiga o'tirdi, Aerin esa Jinning.
Tae: Xo'sh menda qanday Gaping bor edi - ohista jilmayib Aeringa qaradi.
Aerin: Ularni birga qilishni xohlagandim - Taega hatto qaramasdan Jin va Xeya o'tirgan o'rindiqqa qarardi. Xeyani boshi Jinning yelkasiga tushdi Jin birdan Xeyaga qaradi.
Pov Jin: U juda go'zal, uning kipriqlari, kichkina burunchasi, lablari meni o'ziga sehrlamoqda. Hoy Jin o'zingni qo'lga ol, ammo qanday? Qanday qilib bu mo'jizakor qiz yonida o'zimni qo'lga olishim mumkin? Unga sevishimni aytishga qachon o'zimda jur'at topa olar ekanman aa?
Xeyaning boshi Jinning yelkasiga tushganidan foydalanib Aerin ularni rasmga oldi.
Aerin: Qara ular juda yoqimli ko'rinadi - deya jilmaygancha rasmga tikilardi.
Tae: Ha rostan ham ular juda yoqimli - deya ohista jilmaydi.
Aerin: Xeyaga qarab meni ham uyqim keldi - deya esnadi.
Tae: O'zi ertalab kech turgan bo'lsang uyqim keldi deysanmi? - deya koyigandek gapirdi.
Aerin: Bo'lajak qiz do'stinga achinyapman, bechoragina ertalab uyquga to'ymaydi - deya g'azab aralash gapirdi.
Tae: Men ham seni bo'lajak yigitinga achinaman.
Aerin: Nega ekan? - savol nigohi bilan qaradi.
Tae: Chunki sen uyqichisan - deya kulib yubordi.
Aerin: Men sen bilan o'tirmayman - deya atrofga alanglab bo'sh joy qidira boshladi.
Tae: O'tirmasang o'tirma - deya yuzini burdi.
Aerin: Oo Sanghunni yonidagi o'rindiq bo'sh ekan - u endi turgandi hamki uni qo'lidan Tae ushlab qoldi.
Tae: Yana qanaqa Sanghun? Shu yerda o'tirasan - deya jaxl aralash gapirdi, Aerin o'rindiqqa qayta o'tirganidan so'ng uning qo'lini qo'yib yubordi.
Aerin: Bu nima qilganing? O'zing biroz avval o'tirmasang o'tirma deb aytdingku.
Tae: U biroz avval edi - deya telefonini yoqib kontaktlaridagi Rona nuna deb saqlangan raqamga qo'ng'iroq qildi.
Rona: Suga qara Tae qo'ng'iroq qilyapdi - deya havotirli ohangda gapirdi.
Suga: Menimcha Aerin yana bir baloni boshlagan - deya kulib yubordi. Rona telefonni ko'tardi.
📲 Rona: Yoboseyo eshitaman Tae.
📲 Rona: Yana nima qildi u yaramas?
📲 Tae: Gapimga quloq solmayapdi
📲 Rona: Aerin Taeni gaplariga quloq sol!
📲 Aerin: Men uni aytganlarini qilyapman onnie havotir olmang bye bye - deya go'shakni qo'yib qo'ydi.
Suga: Nima bo'libdi? - qoshlarini chimirib Ronaga qarab turardi.
Rona: Aerin Taeni gapiga quloq solmabdi - deya peshonasini siladi.
Suga: Axir Aerin ham yosh bola emasku namuncha Tae ikkingiz uni tergayverasiz.
Rona: Baribirda - Suga Ronani qo'llaridan tutdi.
Suga: Yaxshi, undan havotir olma uni yonida Xeya Tae va Jin bor axir.
Rona: Yaxshi - deya Sugani yelkasiga boshini qo'ydi.
Aerin: Hoyy darrov Rona onniega qo'ng'iroq qilishing shartmidi? - deya qovog'ini solib oldi.
Tae: Haa shart edi, endi jimgina ket - deya deraza tarafga yuzini burib atrofni kuzatishni boshladi.
Aerin: Men deraza yonida o'tirmoqchiman tur - hali ham qovog'i ochilmagan qiz Taega turishini imlardi.
Tae: Injiq, undan ko'ra Jin bilan o'tirganim yaxshi edi - deya o'rnidan turib Aerin bilan o'rin almashishdi.
Aerin: Bo'pti men ketdim unda - deya endi turmoqchi edi Taeni gapi uni to'xtatdi.
Tae: Bo'ldi jim o'tir endi meni ham uyqim keldi erta turganman.
Aerin: Xo'sh nima qilay shunga - qoshlarini bir ko'tarib qo'ydi.
Tae: Shunchaki jim o'tir, bo'ldi - deya ko'rsatgich barmog'ini labiga olib borib jim ishorasini qildi. Aerin unga javoban '' yaxshi '' degancha manzarani tomosha qilib ketdi.
Xeya uyg'ondi lekin ko'zlarini ochmadi, u boshini Aerinning yo'lkasida turibdi deb o'ylabman qo'lidan ushladi. U Aerinning qo'llari emasligini sezgandan so'ng ko'zlarini ochdi.
Xeya: Jin - hayron qolgan yuz ifodasi bilan Jinga qarab turdi.
Pov Xeya: Bu nimasi bo'ldi? Qarshimdagi inson rostan ham Jinmi? Shuncha paytdan beri boshim uni yelkasidamidi? U yonimda nima qilyapdi o'zi? Aysh darrov shuncha savollar. To'g'risi men buni kutmagandim ammo u menga chiroyli ko'zlari bilan tikilyapdi, hozir erib ketaman.
Jin: Haa uyg'ondingmi? - deya u ham unga qaradi, u o'zini noqulay his etayotgandi.
Xeya: Lekin sen nega bu yerda o'tiribsan? Aerin qani?
Jin: U Taeni yonida o'tiribdi, Taeda gapi borligini aytdi va biz joy almashdik.
Xeya: Haa tushunarli, boshingni yelkanga qo'yganim uchun uzur so'rayman - deya sekin ovozda o'zini koyib deraza tarafga qaradi.
Jin: Xeya men ham ozgina uxlab olmoqchi edim boshimni yelkanga qo'ysam maylimi?
Xeya: H..haa albatta - bu gaplarni kutmagan Xeya sal duduqlanib javob berdi.
Jin boshini Xeyani yelkasiga qo'ydi, bundan hayajonlanyotgan Xeyaning yuragi tez urardi. Albatta Jinda ham huddi shu holat. Ikkisi bir-birini sevadi lekin buni tan olishga jur'atlari yetmaydi.
Kechga yaqin Seulga yetib kelishdi, hamma avtobusdan tushib uy-uylariga tarqaldi. Xeyani Jin Aerinni Tae Ronani Suga uyiga kuzatib qo'ydi. Suga uyga qaytganida Tae ham endi mashinadan tushayotgandi. Ular uyga birga kirishdi, endi chiroqni yoqishgan edi hamki paq etib paqildoq otildi.
Kim xonim: O'g'illarim - Kim xonim jilmaygancha o'g'illarga qarab hech ko'zlari to'ymasdi.
Janob Kim: Bizni kutmagan edingiza - Janob Kim ham juda hursand ko'rinardi.
Suga: Oyi dada - uning ko'zlari katta-katta bo'lib ketgandi. U buni kutmagandi va yugurib borib oyisini quchoqladi.
Tae: Qachon keldingiz? Aytganingizda kutib olardik - deya u ham yugurib borib dadasini quchoqladi
Ular bir-birlarini diydorlariga to'yganlaridan so'ng ovqatlanish uchun stol atrofida jamlanishdi. Xizmatkorlar ovqatlarni tortiq qilib xonadan chiqib ketganlaridan so'ng, Kim xonim gap boshladi.
Kim xonim: Suga o'g'lim, uylanadigan vaqting kelmadimikin? - o'g'liga qarab kulgancha gapirdi Kim xonim. Qarabsizki Taehyung va janob Kim ham kulib yubordi.
Suga: Ko'z ostingizga kimni olib qo'ygan bo'lsangiz ham undan vos keching - yuzida hech qanday o'zgarishsiz javob qaytardi u.
Tae: Men ham bu gapga qo'shilaman - Tae kulib gapga qo'shildi.
Kim xonim: Bu nima deganingiz bolalar? Meni ham buvi dadangi esa bobo bo'lgisi keladi axir. Sevgan qizing bo'lsa ayt - ohirgi gapdan Tae kulgancha akasiga qosh qoqdi.
Suga: Haa bor - og'zidagi luqmani chaynab bo'lib oyisiga qaradi.
Kim xonim: Qanday yaxshi uni biz bilan tanishtirmaysanmi? - o'g'lining gaplaridan Kim xonimning yuziga kulgu yugurdi.
Suga: Yaxshi tanishtiraman oyijon.
Kim xonim: Dadasi eshitdingizmi yaqinda to'y - kulgancha janob Kimni turtdi.
Janob Kim: Eshitdim eshitdim, keyin kenjatoyni uylantiramiz - kulgancha ovqatlanayotgan Taega ishora qildi.
Tae: Dada bu nima deganingiz hali yosh bo'lsam - uning bu gapidan hamma kulib yubordi. Oilaviy kechgi ovqat tugagandan so'ng hamma o'z xonasiga kirib cho'zildi.
Rona: Ota-onam sen bilan ko'rishmoqchi deganing nimasi? Uyalaman axir - ertalabdan beri shu mavzuda gapirib charchamaydigan Rona hech tinmasdi.
Suga: Rona yagonam iltimos o'tir, ular seni yeb qo'yishmaydi shunchaki ular bilan birga kechki ovqat qilamiz - bu gaplar sevgilisini hayajonini sal bo'lsada yengishiga ishongancha gapirdi. Rona uni yoniga joylashdi.
Rona: Ammo baribir men hayajondaman.
Suga: Senga aytdimku bu oddiy kechki ovqat, hayajonlanma - mayin ovozda gapirardi u Rona ham unga '' hop '' degancha bosh silkidi.
Tae: Ouu yoshlar, qalaysiz? Rona nuna yaqinda sizni kelinoyi deb chaqiraman - kulgancha gapirdi.
Rona: Uyaltirma - degancha u ham jilmaydi - aytgancha Aerin qani? - Taeni orqasiga alanglagancha gapirdi.
Tae: Men ham shuni so'ramoqchi edim, u qani?
Rona: Men uni bugun ko'ramaganim uchun sen bilan deb o'ylagandim.
Tae: Yo'q men ham bugun uni ko'rmadim, hozir unga qo'ng'iroq qilaman.
Taehyung unga qo'ng'iroq qilishni boshladi, u javob bermadi yana qayta qildi yana bo'lmadi va yana qayta qildi va nihoyat u javob berdi.
📲 Aerin: Yo hudo Taehyung kasal holimda ham meni tinch qo'yma hopmi? - u beixtiyor kasal ekanligini aytib qo'yganidan lablarini tishladi.
📲 Aerin: Kasal holimda? Qanaqa kasal holimda?
📲 Tae: Hozir shunday dedingku.
📲 Aerin: Menmi? Yo'q unday emas.
📲 Tae: Mayli, lekin nega bugun univerda yo'qsan?
📲 Aerin: Ishlarim chiqib qoldi.
📲 Aerin: Seni bilishing shart emas! Bo'pti o'chiryapman, kuning hayrli o'tsin - deya go'shakni qo'ydi.
Tae: Hoyy Aerin, Aerin - hali ham gapiryotgan Taehyung ovoz kelmaganidan u go'shakni qo'yganini sezib uhh tortdi.
Tae: Ishlari chiqib qolibdi, mayli hozir dars boshlanadi men ketdim - deya ularga orqa burib ketdi.
Suga: Ketdik sevgilim, biz ham kech qolmaylik - deya Ronani qo'lidan tutdi va ular ham univerni ichkasiga kirib ketishdi.