June 9, 2025

Hayotim mo'jizasi💙💫

Hech kim tasodifan uchrashmaydi......

13-qism🧡

Ular ovqatlanib olishdi birga suhbatlashib hursandchilik qilishardi. Lekin negadir Aerin hech tinch o'tirolmasdi.

Tae: Aerin nimadir bo'ldimi?

Aerin: Yo'q hech nima bo'lmadi - ko'ylagini etagini g'ijimlagancha gapirdi Aerin.

Rona: Tae u ko'ylakda noqulay bo'lyapdi, kechir Aerin.

Aerin: Nega uzur so'raysiz onnie hech qisi yo'q - deya jilmaydi u.

Tae: Noqulay bo'lsa kiymasliging kerak edi - gapida sal g'azab aralash gapirdi Taehyung.

Aerin: Hoy nega g'azablanasan, hech nima bo'lmadi dedim senga - u ham javoban g'azab aralash gapirdi.

Xeya: Hoy bo'ldi jim urishib qolasizlar hozir - u ularni to'xtatishga harakat qilardi, chunki ular urushsa yarashishlari qiyin kechadi deb o'ylayotgandi.

Aerin: Menga gapira ko'rma Tae - qovog'ini solib yonida o'tirga Taega orqa burdi.

Tae: Ko'zim uchib turgani yo'q - deya u ham orqa burdi. Lekin bu yerda ularni kuzatib turgan 4 ta do'st o'zlarini kulishdan to'xtata olishmasdi.

Suga: Tae yosh bola bo'lma o'zing birinchi g'azab bilan gapirding uzur so'ra - deb battar kulib yubordi u.

Tae: Hoy bu hech ham kulguli emas, kulishni bas qiling - norozi ohangda gapirdi u.

Jin: Hop do'stim hop jimmiz - ko'rsatgich barmog'ini labiga bosgancha jim ishorasini qildi.

Butun suhbat davomida ular jim edi bir-birlariga qarashmadi ham. Ketadigan vaqt ham bo'ldi, hamma narsalarni yig'ishtirib avtobusga chiqishdi. Aerin borib o'rindiqqa o'tirdi keyin Tae chiqdi va u Aerinni yon tarafidagi o'rindiqda o'tirgan yigitni yoniga borib o'tirdi. Aerinni yonidagi o'rindiq esa bo'sh edi, lekin bir yigit kelib o'tirdi. Hamma joylashib oldi va avtobus yo'lga chiqdi.

X: Salom siz Aerin siz to'g'rimi? - Aerinni yonidagi yigit kutilmaganda gap boshladi.

Aerin: Haa Aerin - unga e'tibor ham bermay manzarani kuzatib ketardi u. Bu gaplar esa Taega eshitilib turardi ahir u yon tarafdagi o'rindiqda o'tiribdi.

X: Meni ismim Sanghun - Aeringa jilmayganchi qo'l uzatdi.

Sanghun

Aerin: Hursandman - degancha endi Sanghunni qo'lini siqmoqchi edi hamki Tae o'rnidan turib Aeringa uzatilgan qo'lni siqdi.

Tae: Men esa Taehyungman - hali ham uni qo'lini siqib turgan Tae hotirjam gapirishga harakat qildi. U Sanghunni qo'lini qo'yib yuborib qayta joyiga o'tirdi va ulardan ko'zlarini uzmasdi.

Pov Taehyung

Nega ham uni yoniga o'tirmadim hayronman, mana bu Sanghun deganlari rosa asabimga tegyapdi. Hech jim bo'lay demaydi bu ahmoq.

Sanghun: WeChatingizni berolmaysizmi? - zo'rg'a so'radi Sanghun. Buni eshitgan Taening esa qo'llari musht bo'lib tuguldi, hozir uni Aerinning javobi qiziqtirardi.

Aerin: Yo'q uzur WeChatimni hammaga ham bermayman - doimgidek e'tiborsizlik bilan gapirdi Aerin. Tae esa sal bo'lsada hovuridan tushdi.

Sanghun haydovchiga do'kon yonida to'xtashini iltimos qildi. Avtobus to'xtadi Sanghun va yana bir nechta talabalar do'konga kirib ketishdi. Tae esa vaziyatdan foydalanib Aerinning yoniga o'tirib oldi.

Aerin: Hoy tez borib joyinga o'tirchi - qovog'ini solib gapirdi u.

Tae: Nima o'sha Sanghun yoqib qoldimi senga - bir qoshini ko'tarib gapirdi Tae.

Aerin: Yo'q, bor endi joyinga o'tir sen bilan urushganmiz.

Tae: Yo'q shu yerda o'tiraman hali yo'l uzoq, sen anavi Sanghun bilan o'tirmaysan - o'rindiqqa suyangancha ko'zlarini yumdi Tae.

Aerin: Nima rashk qilyapsizmi janob? - sekingina Taega qaradi.

Tae: Yo'q shunchaki uni turqi menga yoqmadi - ko'zi yumiq holda gapirardi u.

Aerin: Nega chiroyli va kelishganku - bu gapni eshitib Tae birdan ko'zlarini ochib Aeringa qaradi.

Tae: O'sha chiroyli va kelishgan yigit bilan o'tiraqol unda - Tae o'rnidan turdi lekin joyidan siljimadi.

Aerin: Bo'pti boraqol

Tae: Rostan ketyapman lekin

Aerin: Hop, bo'ldi bor - Tae Sanghunni avtobusga chiqayotganini ko'rib qayta Aerinni yoniga o'tirib oldi.

Tae: Meni joyim shu yerda - Sanghun avtobusga chiqdi Aerinni yonida Taeni ko'rdi va qadamlarni tezroq bosdi.

Sanghun: Joyingizni adashtirib qo'ydingiz sheklli - qoshlarini chimirib gapirdi u.

Tae: Yo'q o'z joyimda o'tiribman, sen adashding boshidan bu yerga o'tirmasliging kerak edi! - g'azab aralash gapirdi Tae.

Aerin: Hoy Taehyung, Sanghun boshqa joyga o'tiraqol iltimos - Sanghun noiloj borib eng orqaga o'tirdi Taeni ko'rmaslik uchun.

Tae: Endi hamma o'z joyida - ohista jilmaydi Tae.

Aerin: Haa endi jim ket, esingda bo'lsa biz urishgandik - u yana oynadan manzarani tomosha qilib ketardi.

Tae: Hop meni kechir, senga g'azab bilan gapirmasligim kerak edi, kechir - Aerin darrov unga qaradi.

Aerin: Nima deding - u eshitdi lekin yana qayta eshitishni xohladi.

Tae: Kechir, bu ko'ylak senga juda ham yarashgan lekin noqulay bo'lsa kiymaslik kerak - mayin ovozda gapirib jilmaydi.

Aerin: Yaxshi - deya u ham jilmaydi.

•••

Suga: Azizam - deya jilmayib sevgilisiga qaradi.

Rona: Hoy bu nima deganing, boshqalar eshitib qoladi - uyalgancha gapirdi u.

Suga: Eshitishsa eshitaverishsin - deya Ronani qo'lidan ushladi.

Rona: Hoy - keskin gapirdi u.

Suga: Men nima dedim - ko'zlarini katta-katta qilib gapirdi, Rona esa kulib yubordi.

Rona: Tae va Aerin yarashib olishganmikin - havotir aralash gapirdi.

Suga: Ulardan havotir olma yarashib olishgani aniq - u boshini Ronani yelkasiga qo'ydi.

Rona: Balki - deya Sugani sochlarini siladi.

Avtobus mehmonxonaga yetib keldi hamma avtobusda tushib xonalariga yo'l oldi ertaga ertalab seulga jo'nab ketishadi.

Rona: Aerin ertaga Seulga jo'nab ketamiz.

Aerin: Haa 5 kun juda tez o'tdi.

Suga: Hali yana kelamiz - deya ko'z qisdi.

Tae: Endi hamma narsalarini yig'ishtirsin, Aerin sen ertalab uxlab qolma - ko'rsatgich barmog'ini unga qarata silkitdi.

Aerin: Vayy hop - orqa o'girib o'z xonasi tomon ketdi, Tae ham o'zini xonasiga ketdi.

Xeya: Menimcha ular yarashib olishgan - deya jilmaygancha ularni ortidan qaradi.

Rona: Haa ular ko'p urushib tez yarashishadi - deya kulib qo'ydi.

Jin: Endi men ham borib narsalarni yig'ishtiray, kechgi ovqatda ko'rishguncha - deya u ham xonasiga ketdi.

Xeya: Bo'pti men ham ketdim - ularga qo'l silkib u ham xonasiga ketdi.

Rona: Biz ham ketdik unda - Suga hop degandek bosh irg'ab Ronani qo'lidan ushladi, ular ham xonalariga ketishdi.

Hamma o'z xonasida narsalarini yig'ish bilan band. Xeya va Aerin bir xonada bo'lganligi uchun narsalarini gaplashib yig'ishayotgan edi.

Xeya: Aerin - kiyimlarini tahlash barobarida gapirdi u.

Aerin: Labbay - jilmaygancha Xeyaga qaradi.

Xeya: Senga bir gap aytsam hech kimga aytmaysanmi? - uyalgancha gapirdi Xeya.

Aerin: Yo'q hech kimga aytmayman, qanday gap ekan u? - qiziquvchanlik bilan Xeyaga yaqinroq o'tirdi.

Xeya: Menga Jin yoqadi - ko'zlarini yerga tikib gapirdi u.

Aerin: Haa bumi? Eee nima ekan debman - qiziqishi so'ngan Aerin yana qayta o'z joyiga joylashdi.

Xeya: Bilarmiding? - ko'zlarini katta-katta qilib Aeringa qaradi u.

Aerin: Haa bilardim, buni bilish qiyin emas edi lekin boshqalar bilmasligi aniq - kiyimlarini joylash barobarida gapirdi Aerin.

Xeya: Demak sezilarli bo'lgan shundaymi? Lekin Jin meni sevmaydi - yerga qarab gapirdi u.

Aerin: Sen buni qayerdan bilasan? Menimcha u ham senga befarq emas. Shunday go'zal qizni sevmasdan bo'ladimi ahir.

Xeya: Shunday deb o'ylaysanmi? - umid nigohlari bilan Aeringa qaradi.

Aerin: Sinab ko'ramizmi? - qoshlarini qoqib jilmaygancha Xeyaga yaqinroq o'tirdi.

Xeya: Qanday? - u ham Aeringa yaqinroq o'tirdi.

Aerin: Eng birinchisi bu rashk, buni kechgi ovqatda sinaymiz, hammasini menga qo'yib ber, hozir esa bularni joylaylik - o'rnidan turib kiyimlarini joylashda davom etdi.

Xeya: Sen eng zo'risan - deya turib Aerinni quchdi.

Aerin: Endi bildingmi? - ikki qiz ham qiqirlab kulib yuborishdi.

• Timeskip

Hamma pastda kechgi ovqat tanavvul qilishyapdi. Bizni qalin do'stlar ham ular qatorida edi lekin ular orasida Xeya va Aerin ko'rinishmaydi.

Rona: Xeya va Aerin qani? - uyoq-buyoqqa alanglagancha gapirdi Rona.

Suga: Hozir tushib qolishadi - Ronani qo'lini ustidan qo'lini qo'yib gapirdi u.

Jin: Ana tushishyapdi - ko'zlari bilan eshik yoniga ishora qildi.

Xeya: Kechikkanimiz uchun uzur - o'tirish barobarida qo'lidagi gulni ham stol ustiga qo'ydi.

Rona: Bu chiroyli gullar kimdan - qiziquvchanlik bilan so'radi Rona.

Xeya: Bilmadim, bu yerga kelayotganimizda bir kinchina bola kelib bu gullarni bir yigit berib qo'yishimni so'radi deb ketib qoldi.

O'sha gullar

Rona: Ohho, romantik yigit sheklli - deya kulib qo'ydi.

Aerin: Qara xat bor ekan - Jinga tekkizib gapirib gullar orasidan xatni oldi.

Xeya: Yo'g'e, o'qichi - o'zini bilmagandek tutib gapirdi Xeya, Lekin Jin hotirjam ko'rinardi.

Aerin: Hop - deya o'qiishni boshladi.

Xat

Azizam Xeya, bu gullar huddi senga o'xshab juda go'zal.

- Seni sevuvchi yigit -

Aerin: Ohho Xeya - deya yelkasi bilan uni yelkasiga urib qo'ydi.

Xeya: Lekin u kim? - o'ylanib gapirdi u.

Aerin: Rostan ham u kim? - u ham o'ylanib qoldi. Xeya Aerinni qo'lidagi xatni yirtib tashladi.

Xeya: Onnie gulni yonigizdagi chiqindi qutisiga tashlab yuboring iltimos - gulni Ronani qo'liga tutqazgancha gapirdi u.

[ Author: Bu gulni rostan ham bir yigit yuborgandi. To'g'ri Aerin ham Jinning rashkini tekshirmoqchi edi lekin bu gul uning ishi emas edi, buni Xeya yaxshi bilardi. ]

Rona: Hoy shunday chiroyli gullarni tashlab yubormoqchimisan? - Xeyani qo'lidan gullarni olish barobarida gapirdi u.

Xeya: Unda oling sizga, endi ovqatlanaylik.

Tae: Haa to'g'ri meni ham qornim ochdi - ular hammasi taomga buyurtma berib ovqatlanishdi. Ovqatlanib bo'lgach hamma o'z xonasiga ko'tarildi.

Xeya: Bu gul kimdan ekana - u hali ham o'ylardi.

Aerin: Sirli oshig'ing paydo bo'ldi sheklli - deya kulib yubordi.

Xeya: Hoy bu kulgili emas, lekin Jin e'tibor ham bermadi - hafa bo'lgandek o'tirardi u.

Aerin: Balki o'zi e'tiborsizdek ko'rinishga harakat qilgandir - deya Xeyani yoniga o'tirdi.

Xeya: Hop bo'ldi uxlaylik ertaga erta turishimiz kerak - deya o'rnidan turib yotog'iga yotdi.

Aerin: Haa to'g'ri aytasan, hayrli tun - deya u ham joyiga yotdi.

Xeya: Senga ham - deya ko'zlarini yumdi.

•••

Tae: Hoy bo'ldi yotsangchi endi - uyoqdan-boyoqqa yurayotgan Jinga qarata noligancha gapirdi.

Jin: O'sha yigit kim ekana? - o'ylangancha gapirdi Jin.

Tae: Qaysi yigit? - tushinqiramay Jinga qaradi u.

Jin: Xeyaga gul bergan yigitda - g'azab aralash gapirdi Jin.

Tae: Bilmadim, bu seni nega buncha o'ylantiryapdi? Xeyani sevib qoldingmi aa? - deya kulib gapirdi Tae.

Jin: Yog'e nimalar deyapsan? - boshini silagancha gapirdi u.

Tae: Unda uyoqdan-buyoqqa yurmasdan joyinga yot - yotog'iga yotib tungi chiroqni o'chirdi.

Jin: Hop - deya noligancha yotog'iga yotdi va tungi chiroqni o'chirdi.

•••

Buyoqda esa ikki sevishgan hech qanday g'amsiz xabarlashayotgan edilar.

~ Uxlayapsanmi? ) Suga

~ Yo'q endi ) Rona

~ Hayrli tun quyonchamđź’™

~ Hayrli tun mushukchamđź’—

#Aerin❤️‍🩹