Hayotim mo'jizasi💙💫
Bu paytda janob Kim va Kim xonim restoranda ularni kutib o'tirardi. Shu payt ular ham kelishdi. Kim xonim ular tomon kelayotgan ikki go'zal juftlikni ko'rib ko'zlari quvnadi.
Kim xonim: Qarang ular kelishyapdi - Suga va Ronada ko'zlarini uzmasdan gapirayotgan Kim xonim janob Kimni turtardi. So'ngra janob Kim ham rafiqasi ko'zlarini uzolmay qarayotgan joyiga qaradi.
Janon Kim: Ular juda ajoyib ko'rinishadi.
Kim xonim: Haa huddi bir-birlari uchun yararilgandek - deya jilmaydi. Va nihoyat Suga va Rona janob Kim va Kim xonim o'tirgan stolga yetib kelishdi.
Suga: Oyi dada bu Rona mening sevgan qizim - jilmaygancha ikkala qo'li bilan Ronaga ishora qildi.
Rona: Yaxshimisiz xonim, yaxshimisiz janob - deya jilmayib ularga qarab tazim qildi ( Anaqa Koreyslar ko'rishayotganda bir-biriga qarab tazim qiladiku, bosh egib qo'yadi. Shundayda ).
Kim xonim: Biz yaxshimiz, seni ko'rib yanada yaxshi bo'ldik qizim - deya ohista jilmaydi, bunga javoban Rona ham jilmaydi.
Janob Kim: Nega turib qoldingiz? Qani o'tiring - shunda Suga ham hali ham o'tirishmaganini angladi va Ronani o'tirishi uchun stulni surib berdi va o'zi ham joylashdi.
Pov Rona: To'g'risi bu yerga yetib kelguncha yuragim siqildi. Ularga yoqamanmi yo'qmi? Degan savollar ich etimni yedi. Ammo ular juda xushmuomala ekanlar. Albatta shunday bo'lishi kerak ham edi chunki ularning ikki o'g'li ham juda mehribon. Kim xonimning ''seni ko'rib yanada yaxshi bo'ldik qizim'' degan gapidan keyin ishonasizmi yo'qmi ammo rosa quvonib ketdim. Endi sal bo'lsada yengil bo'ldim.
( Nima deb yozishni bilmadim Kim xonim Ronaga qanaqadir savollar beradi. Qisqasi shundayda, keyin ovqatlanib hamma uy-uyiga qaytadi.)
Xeya va Jin bog'dagi o'rindiqlardan birida o'tirishardi. Ikkisi ham jim ammo yuraklari hapqirib urardi. Ularni sukunatini Taehyungni ovozi buzdi.
Tae: Salom yoshlar, nega jim o'tiribsiz?
Xeya: Salom - Taehyungni ortiga qarab alanglagancha. Taehyung uni nega bunday qilayotganini tushunib gap boshladi.
Tae: Aerin kasal edi, menimcha bugun ham kelmaydi.
Xeya: Buni bilaman, lekin anavi yigit menga ko'z qisyapdi - yuzini sal burishtirib qayta avvalgi holiga qaytdi. Lekin Taehyung va Jin u aytgan tarafga qarab turishardi.
Birdan Jin o'rnidan turib o'sha tarafga keta boshladi uni ortidan Taehyung ham. Ular nima qilmoqchiligini tushungan Xeya ham tezda ularga yetib oldi.
Xeya: Hoyy siz ikkingiz nima qilmoqchisiz o'zi? Ortga qaytamiz.
Jin: Nega ekan? U nega senga ko'z qisib, suqlanib qaraydi? Uni bunga haqqi yo'q! - Jinning bu gapidan Taehyung miyig'ida kulib qo'ydi.
Xeya: Hoyyy, bo'ldi kettik ortga qaytamiz, yaxshigina o'tirgandik - Xeya hali ham yurgancha unga gapirardi, va uning qo'llar Jinning bilagidan tutgandi.
Jin: Yaxshi o'tirgandik, u senga yomon ko'zlar bilan qaramagunicha - Jinning ko'zlardan jaxli chiqqani sezilib turardi.
Xeya: Taehyung sen ham biron nima de - endi u Taehyungga qarab uni yo'ldan qaytirishini tushintirgandek bo'ldi.
Tae: Uni yaxshilab do'pposla do'stim, zora Xeyaga umuman qaramasdi - Taehyungning bu gapini eshitgan Xeya ko'zlarini katta-katta qilib keskin unga qaradi.
Xeya: Hoy sen jinnimisan? Uni bu yo'ldan qaytar desam olovga benzin sepyapsanku. Seni Aeringa aytib beraman.
Jin: Bo'ldi qil Xeya! Bor sen boraver, yigitlarni ishiga aralashma.
Tae: Uni gapiga qo'shilaman bor sen chetroqda kutib tur.
Xeya: Hech bo'lmasa univerda urushmang - degancha jaxl qilib ketib qoldi.
Xeya ketganidan so'ng Jin ham o'sha do'stlari bilan turgan yigit yoniga shahdam qadamlar bilan borib o'sha yigitga yuzlandi, Jinning yuzidan jaxli chiqayotganini sezish qiyin emas edi.
Jin: Sen - ko'rsatgich barmog'ini o'sha yigitga yo'naltirdi - univerning orqa tarafiga yur gapim bor - deya uni javobini kutmasdan univerning orqa tomoniga qarab ketdi, uni ortidan Taehyung ham.
Yigit o'ylangancha qolib ohiri do'stlari bilan Jinning ortidan ketdi. Univerning orqa tomonida Jin o'sha yigitni kutib turardi, mana ular ham kelishdi. Jinning qo'llari musht bo'lib tugulgandi, unga qo'yib bersa o'sha yigit o'lgunicha urardi.
( O'sha yigit = Y, do'stlari = D)
Y: Oramizda Xeyani ortidan yuradigan itlar paydo bo'libdi.
Tae: Biz ham o'shalarni ko'rgani keldik - Taehyungning bu gapidan Jinning yuzida kulgu paydo bo'ldi.
Y: Xo'sh menda qanday gapingiz bor ayting vaqtim kam - kerilib qo'l soatiga qarab qo'ydi.
Jin: Tushunarli, demak vaqting kam. Mayli unda maqsadga o'tamiz - deya o'sha yigitni yuziga bir musht tushurdi u yigit ham javoban musht tushurdi.
Uning do'stlari esa Taehyungga tashlandi. Shunday qilib jang boshlandi. Jin o'sha yigitni ayamasdan urardi, yigit ham hech bo'sh kelmasdi. Bu yoqda uning hamma do'stlari Taehyungga tashlanayotgandi. Taehyung ham ularga birin ketin zarbalar berardi. Bir vaqtda qadamlar tovushlari eshitila boshladi.
D: Qochdik professor kelyapdi - deya baqirdi va ularning hammasi huddi shamol kabi tezda ketishdi albatta Jin va Taehyung ham.
Xeyaning yuragi notinchlikni sezib univer binosidan shoshilib chiqdi ne ko'z bilan ko'rsinki hamma yeri shilingan qonayotgan ikki yigitga ko'zi tushdi. Xeya ularning yoniga tezda yugurdi kaftlari orasiga Jinning yanoqlarini oldi.
Xeya: Hoy nega urushasizlar aa? Jin qara yuzingni - so'ngra kaftlarini Jinning qo'llari tomon olib bordi ular ham qonayotgandi - yur shifoxonaga boramiz.
Jinga Xeyani undan tashvishlanayotgani unga juda yoqardi. Xeyani kaftlari uni yuziga tekkanida bir ajib hisni tuydi. Huddi hozir dunyoda u ikkisidan boshqa odam yo'qdek edi. Xeyani yana shunday ko'rish uchun har kuni janjallashishga rozidek edi. Ularni Taehyungning ovozi chalg'itdi.
Tae: Men o'zimni ortiqchadek his qilyapman. Sizlar o'zi qachon apoq-chapoq bo'lib oldingiz? - deya kulib yubordi, ammo tezda avvalgi holiga qaytdi chunki uni labi jarohatlangan edi kulganida esa bu unga og'riq berdi.
Xeya: Qanaqa apoq-chapoq? - deya yuzini burdi.
Tae: Bildik bildik, Jin seni rashkingdan seni esa havotir olishingdan hammasini tushinib bo'ldim yoshlar - birdan uni telefoni jiringlay boshladi bu Rona edi.
📲Rona: Salom Tae yaxshimisan?
📲Tae: Haa yaxshi o'zingizchi bugun univerda ko'rmadim sizni, akam ham ertalab uyda yo'q ekan.
📲Rona: Haa Biz Daeguga ketyapmiz. Aerinda bir xabar ololmaysanmi qo'ng'iroqlarimga javob bermayapdi.
📲Tae: Nima? Nega javob bermaydi? Hozir uni yoniga yetib boraman hayr.
Tae: Mayli yoshlar men ketdim, professor so'rasa kasal deb qo'ying - Taehyung ularni javobini kutmasdan yugurib ketib qoldi.
Xeya: U qayerga ketdi? - shoshib yugurib ketayotgan Taehyungdan ko'zlarini uzmasdi.
Jin: Bilmadim, aysh - gapirayotganida labi chetidagi jarohat achishganidan yuzlari burishdi. Xeya birdan unga qaradi.
Xeya: Yaxshimisan - havotir bilan tikilib turardi.
Jin: Ha yaxshiman havotir olma.
Xeya: Yo'q bunaqasi ketmaydi, yaxshisi biz ham kettik. Avval dorixonaga boramiz qani ketdik - Jinning qo'lidan tortib univer darvozasi tomon ketdi.
Taehyung univer darvozasidan chiqib shoshib mashinasiga o'tirdi. U hozir tanasida hech bir og'riqni his qilmasdi ammo yuragi g'ash edi. Mashina shinalarini asfaltga ishqalagancha universitetni tark etdi. Mashinani juda tez boshqarganidan 20 daqiqada Aerinning uyi binosi yonida to'xtadi. Tezda mashinadan tushib bino ichiga kirdi liftni chaqirib yetib kelishi bilan kirib 6 tugmasini bosdi. Lift 6-qavatga yetib kelganidan so'ng ochildi Taehyung liftdan yugurib chiqib Aerinning uyi eshigi qarshisiga turib olib qo'ng'iroqni jiringlata boshladi. Qayta va yana qayta jiringlatishlardan so'ng eshik ochilib kichik qadamlar bilan ko'zini ishqalagancha Aerin chiqdi.
Aerin: Taehyung bu yerda nima qilyapsan? - uyqusi hali yaxshi ochilmagan qiz hali Taehyungni yuziga uncha e'tibor bermagandi.
Tae: Axmoq qiz - deya Aerinning peshonasiga chertdi - nega Rona nuna qo'ng'iroq qilganida ko'tarmading? - jaxlini tiyishga harakat qilgancha.
Aerin: Aysh og'ridi - peshonasini silagancha gapirdi - telefonim tovushsiz rejimda edi.
Tae: Telefon nima uchun kerak? Tovushli rejimga o'tkaz! Sendan qancha havotir olganimni bilasanmi? - bu safar jaxlini tiyolmasdan Aeringa baqirib yubordi, Aerin esa bir uchib tushdi.
Aerin: Nega menga baqirasan? - sal baqirib - shoshma yuzinga nima qildi? Kim bilan urushding? - u endi Taehyungni yuziga yaxshilab e'tibor bergandi.
Tae: Nima? Hech nima qilmadi bo'pti men ketdim - endi orqa o'girib ketayotganida Aerin uni qo'lidan ushlab to'xtatdi.
So'ng uni uy ichiga tortib eshikni yopdi. Taehyungga divanga o'tirishini imlab o'zi xonasiga kirib ketdi. Xonadan esa dori qutisi bilan birga chiqib Taehyungni yoniga joylashdi. Dori qutini ochib kerakli malhamlarni olganidan so'ng uni yuziga yaqinlashdi.
Aerin: Hoyy bola nega ishkallarga aralashib yuribsan? Qara yuzingni qay ahvolgan solishibdi - g'azabdan malhamni jarohatlarga qattiq bosardi.
Tae: Aysh Aerin achishyapdi sal sekin - og'riqdan yuzi burishib gapirdi - keyin faqat bitta mushtni o'tkazib yubordim, aysh.
Aerin: Haa demak faqat bitta musht, nega urushding yaramas?
Tae: Bir yigit Xeyaga yomon ko'z bilan qaradi, biz Jin bilan u va do'stlarini do'pposladik. Ko'rib turganingdek ular ham bo'sh kelishmadi.
Taehyungning bu gaplarini eshitgan Aerin jarohatlarga puflay boshladi. Malhamlarni surib bo'lganidan so'ng ularni yana dori qutiga joylashtirdi. Taehyung esa Aerindan ko'zlarini uzmasdan tikilib turardi.
Tae: Yo'q endi ketmayman, shu yerda qolaman - divanga suyangancha.
Aerin: Nima? Sal avval ketmoqchi eding - tushinqiramay Taehyungga qaradi.
Tae: Endi ketmayman Rona nuna kelsa keyin ketaman.
Aerin: Unda Rona onniega qo'ng'iroq qilaman tezroq kelsin - endi telefonini qo'liga olayotganida Taehyungning gapi uni to'xtatdi.
Tae: Rona nuna va akam Daeguda - divanga yanada qulayroq joylashdi, yuzida hech qanday ifoda yo'q edi.
Aerin: Nima endi ular qachon kelishadi? - ko'zlarini katta-katta qilib.
Tae: Menimcha ular kechga yaqin kelishadi.
Aerin: Ishonmayman hozir o'zim Rona onniega qo'ng'iroq qilib so'rayman.
Taehyungning bu gapidan u rostan ham Rona Daeguda deb deb o'ylay boshladi. Savollariga javob olish uchun kontaktlariga kirsa Rona unga 27 marta qo'ng'iroq qilgan ekan, Aerin chuqur uh tortgancha o'sha raqamga qo'ng'iroq qilishni boshladi, bir necha soniyadan so'ng esa Rona javob berdi. Aerin esa Taehyung ham eshitish uchun ovozni balandlatdi.
📲Rona: Aerin tirikmisan o'zi? Nega qo'ng'iroqlarimga javob bermading? Sendan qancha havotir... - u davom etayotganida Aerin uni gaplarini bo'ldi.
📲Aerin: Hoy hoy hoy bo'ldi onnie tirikman, yaxshiman shunchaki telefonim ovozsiz rejimda qolgan ekan.
📲Rona: Ahhh sendan qancha havotir olganimni bilasanmi? Telefoning tovushli rejimga o'tkaz!
📲Aerin: Yo hudo nega bugun hammangiz menga shu gapni aytyapsiz?
📲Rona: Haa men unga qo'ng'iroqlarimga javob bermayotganingni aytgandim, tez yetib boribdi.
📲Aerin: Buni qo'yib turaylik, Daegudamisiz?
📲Aerin: Nega menga aytmadingiz?
📲Rona: Qo'ng'iroqlarimga javob bermadingku.
📲Aerin: Aysh, qachon kelasiz? Tae menikidan siz kelgandan so'ng ketar emish - deya Taehyungga qaradi.
📲Rona: Ertaga boraman, Taega keladigan bo'lsak o'sha yerda qolaversin. Senga ko'z quloq bo'ladi - bu gaplarni eshitgan Taehyung Aeringa qosh qoqdi.
📲Rona: Nima onnie? Telefonni Taehyungga ber.
📲Rona: Men borgunimcha uni yonidan jilma.
📲Aerin: Bu nimasi? O'zimni o'zim eplay olaman.
📲Rona: Ko'rdik. Taehyung meni tushunding shundaymi? Aerin unga quloq sol hayr.
Aerin: Hey onnie onnie, Qo'yib qo'ydi - asabiylashgancha gapirib o'rnidan turib keta boshladi.
Aerin: Xonamga mumkinmi? - zahrini Taehyungga sochib xonasiga kirib ketdi.
Xeya va Jin dorixonadan kerakli bo'lgan malhamlarni olib ko'chadagi o'rindiqlardan biriga o'tirishdi. Xeya sekinlik bilan Jinning jarohatiga malham qo'yib so'ng achishishni oldini olish uchun puflardi. Bu esa Jinga xush yoqardi. Xeya ishini tugatganidan so'ng ikkisi ham o'rnidan turishdi.
Jin: Balki birga ovqatlanarmiz saldan keyin tushlik vaqti ham bo'ladi.
Xeya: Jon derdim ammo Aerindan xabar ololmadim, shunga hozir bormoqchi edim.
Jin: Unda birga boramiz, men ham hali undan xabar olmadim. Xo'sh rozimisan?
Xeya: Mayli hop, unda nima olamiz? u bilan birga tushlik qilamiz.
Jin: O'zing tanlay qol nima yeging kelyapdi? - deya jilmygancha tikildi.
Xeya: Mm unda, achchiq tovuq oyoqlarini olamiz - deya hursandligidan o'zi bilmagan holda sakrab yubordi. Buni ko'rgan Jin esa kulib yubordi Xeya biroz noqulay bo'ldi.
Ular tovuq restoraniga kelishib uch quti tovuqqa buyurtma berishdi.
Buyurtma tayyor bo'lganidan so'ng tovuqlarni olib Aerinni uyi tomon yo'l olish tahminan 30 daqiqadan so'ng Aerinni uyi binosiga yetib kelishdi. Bino ichiga kirib liftni chaqirish uchun mo'jallangan tugmani bosishib liftni kuta boshlashdi. Liftni birinchi qavatga yetib kelib ochildi, ikkisi ham liftga kirib 6 tugmasini bosib ko'tarila boshlashdi. Lift kerakli qavatda to'xtab ochildi, liftdan chiqib Aerinning eshigi qo'ng'irog'ini jiringlatishdi.
Tae: Aerin eshik jiringlayapdi - Aerinning xonasiga yetib boradigan darajada baqirdi. Aerindan javob kelmaganidan so'ng chuqur uh tortgancha eshikni ochdi. Ne ko'zlar bilan ko'rsinki bu Xeya va Jin.
Xeya: Taehyung sen bu yerda nima qilyapsan? - hayron qolgancha savol berdi.
Tae: Rona nuna qo'ng'iroq qilib Aerin qo'ng'iroqlarga javob bermayotganini aytgandi, shunga kel... - Taehyungning gapini orqadan kelgan ovoz bo'ldi.
Aerin: Salomlar - jilmayib - qani ichkariga kiring.
Xeya: Aerin yaxshimisan? Sendan xabar ham ololmadim kechir - Jin va Xeya ichkariga kirib divanga joylashishdi.
Aerin: Ko'rib turganingdek sog'man.
Jin: Aerin uzur men ham xabar ololmadim.
Aerin: Hoyy nega unday deysan? Mana keldingizku - deya kulib yubordi.
Xeya: Hali tushlik qilmadingizmi? Biz tovuq oyoqlarini olib keldik - ko'zlari tovuq oyoqlariga ishora qildi.
Aerin: Yo hudo, Xeya ichimsanda tovuq oyoqlarini yegim kelayotganini qayerdan bilding?
Xeya: Sezdimda, qani o'tir sen ham ovqatlanamiz - deya divanga ishora qildi Aerin ham ''hop'' degandek bosh irg'agancha divanga joylashdi.
Ular birga ovqatlanib suxbatlashishdi, soat ham darrov 15:18 bo'lib qo'yibdi. Ammo ularni suxbati hali ham qizg'in ketardi.
Aerin: Taehyung sen ketsang ham bo'ladi, men bilan Xeya qoladi. Shundaymi Xeya? - deya Xeyaga qosh qoqdi.
Xeya: Haa Taehyung men unga ko'z quloq bo'laman, ketishing mumkin - Taehyung endi gapirishga og'iz juftlayotganida Jin gapira boshladi.
Jin: Yaxshi u men bilan ketadi, ohho soat 15:21 bo'libdi Taehyung qani tur ketaqolamiz - o'rnida turib Taehyungga ham turishni buyurgancha uni o'zi turg'izib qo'ydi. Taehyung noroziligini yuzidagi ifodadan bilish qiyin emas edi.