October 23, 2025

Hayotim mo'jizasi💙💫

Sen mening hamma narsamsan....

18-qism🐋

Shifokor: Taziyamni qabul qiling, bu yigitchaga yana ko'p chidashingizga to'g'ri keladi - deya kulib yubor, Kim xonim va janob Kim chuqur nafas olishdi, Aerinning ko'zlaridan yana yosh tomchilay boshladi.

Kim xonim: O'g'lim hozir yaxshimi?

Shifokor: Ha xonim uni o'ng qo'li singan hozir palataga olamiz.

Aerin: Keyin uni ko'rsak bo'ladimi? - ko'zyoshlarini artgancha gapirdi.

Shifokor: Ko'rishingiz mumkin ammo u hozir uxlayapdi - Aerin javoban ''yaxshi'' degandek bosh irg'adi - mayli unda men bora qolay - shifokor tazim qildi javoban ular ham.

Kim xonim: Unda o'glimizni yoniga kirib chiqib so'ng uyga qayting men uni yonida qolaman, qizim siz ham - janob Kim bosh irg'adi.

Aerin: Yo'q holajon uni yonida men o'zim qolaman. Siz hali kiyimgizni ham alishtirmagan ekansiz sizga noqulay bo'ladi.

Kim xonim: Yo'q qizim o'zim qolaman sen endi uyinga borishing mumkin u yaxshi ertaga kelasan go'zal qizim.

Aerin: Yo'q men qolaman siz uyga boravering, undan havotir olmasangiz ham bo'ladi.

Kim xonim: Biram qaysar ekansanki, yaxshi unda biz uni yoniga kirib chiqaylik so'ng ketamiz.

Aerin: Yaxshi.

Kim xonim va janob Kim palataga kirib ketishdi 10 daqiqadan so'ng qaytib chiqishdi. Ulardan keyin Xeya va Jin kirib chiqishdi so'ngra Aerin bilan hayrlashib uyga ketishdi. Aerin esa Taehyungni oldida qoldi.

• Timeskip

Stulda uxlab o'tirgan Aerinning boshi Taehyungni qo'li ustida edi. U kelayotgan shovqindan uyg'onib ketdi va ularning palatasi eshigi ochildi ichkariga g'azablangan Suga uning ortidan esa Rona va Kim xonim kirib kelishdi. Aerin ko'zlarini ishqalab o'rnidan turib stulni Suga o'tirishi uchun bo'shatib berib unga o'tirishini imladi. Suga stulga o'tirgandan keyin Aerin yuzini yuvish uchun palatadan chiqib ketdi.

Palata ko'rinishi

Suga: Oyi nega buni menga kecha aytmadingiz? - uxlayotgan Taehyungdan nigohlarini olib Kim xonimga tikdi.

Kim xonim: Kechir o'g'lim kecha sizlarni bezovta qilmaylik dedik.

Suga: Oyi.. - u endi gap boshlaganidan uning gapini bo'lishdi.

Taehyung: Aka - sekin ko'zlarini ochib ularni ishqaladi.

Suga: Labbay ukajon, hech qayering og'rimayapdimi?

Taehyung: O'ng qo'lim salgina og'riyapdi, qolgan hammasi joyida.

Suga: O'tib ketadi.

Kim xonim: Taehyung o'g'lim, yaxshimisan?

Taehyung: Haa oyijon yaxshiman - eshik ochilib Aerin kirib keldi Taehyungni uyg'onganini ko'rib ko'zlari charaqlab ketdi.

Aerin: Taehyung o'zinga keldingmi? - jilmaygancha.

Taehyung: Kechirasan ammo siz kimsiz? - tushinqiramay Aeringa savol nigohi bilan qaradi.

Aerin: Tae o'zingni jinnlikga solma iltimos.

Taehyung: Bu nima deganingiz sizni tanimayman.

Suga: Taehyung bu nima deganing axir u sening eng yaqin do'sting.

Taehyung: Men uni birinchi marotaba ko'rib turibman - eshik ochilib shifokor va yonida 2ta hamshira kirib keldi.

Aerin: Doktor u meni eslay olmayapdi - doktor Taehyungni yoniga kelib kichik lampasini uni ko'zlariga tutib tekshirdi. (anaqa bemorlarni har doim shunaqa kichik lampani bemorlarni ko'zlariga tutib tekshiradiku o'shanaqa nomini bilmiman).

Doktor: Sizlarga kecha aytishni unutibman u 3 yillik xotirasini yo'qotgan.

Aerin: Nima? - u divanga o'tirib qoldi.

Suga: Demak shuning uchun ham meni eslayapdi ammo Aerin va Ronani eslay olmaydi shundaymi?

Doktor: Huddi shunday, bemor hech qayeringiz og'rimayapdimi? - Taehyungga yuzlanib.

Taehyung: Yo'q doktor hammasi joyida.

Doktor: Yaxshi unda men ketdim yana tekshiradigan bemorlarim bor - hamshiralari bilan xonadan chiqib ketdi.

Kim xonim: Suga o'g'lim, kelinim bilan uyga qayting 3 soatdan so'ng asal oyiga uchib ketasiz axir narsalaringizni tayyorlang.

Suga: Yo'q oyi avval ukam tuzalib olsin asal oyiga keyin boramiz Amerikaga qaytishingiz kerakligini bilaman.

Taehyung: Oouu aka qachon uylandingiz? Tabriklayman.

Suga: Kecha uylandim va kecha sen avtohalokatga uchragansan.

Taehyung: Asal oyiga bemalol boravering, oyi siz ham dadam bilan Amerikaga boravering o'zimni o'zim eplayman - deya jilmaydi.

Aerin: Men seni eplayman - Taehyungga qarab jilmayib so'ng Suga Rona va Kim xonimga yuzlandi - sizlar bemalol ketavering menga ishonsangiz bo'ladi.

Rona: Sen bu ta'tilda Jejuga ketmoqchi eding.

Aerin: Keyingi yil ta'tilda boraman, yoki Taehyung shifoxonadan chiqganidan so'ng birga boramiz.

Kim xonim: Yaxshi g'oya senga ishonaman qizim.

Taehyung: Hoy nimalar deyapsiz? Men unga ishonmayman uni birinchi marta ko'rib turibman axir.

Suga: Taehyung u seni yaqin do'sting, men ham bunga qarshi emasman.

Taehyung: Oyi hech bo'lmasa siz - deya umid ila Kim xonimga qaradi.

Kim xonim: Yo'q Taehyung men seni Aeringa ishonaman.

Taehyung: Aysh, hammangiz chiqib turing akamda gapim bor - buni eshitgan Suga menmi degandek bosh barmog'i bilan o'ziga ishora qildi Taehyung esa ''ha'' degandek bosh irg'adi. Xonadan hamma chiqib ketdi Sugadan tashqari.

Aerin: U meni eslay olmayotganiga ishonolmayman.

Rona: Aerin uning xotirasi albatta qaytadi - Aerinning yelkasiga qo'lini qo'yib sekin qoqib qo'ydi.

Aerin: Shunga umid qilaman - Ronaga qaradi.

Kim xonim: Aerin bu uning kitoblari bu sizlarga kerak bo'ladi - deya qo'lidagi sumkani Aeringa tutqazdi.

Aerin: Rahmat holajan - jilmayib qo'ydi.

Jin: Hammaga salom.

Xeya: Salom, Taehyung o'ziga keldimi?

Aerin: U bizni eslay olmayapdi.

Jin: Nima? Nega? Xotirasini yo'qotibdimi? - havotir olgancha.

Aerin: Haa faqat 3 yilligini - xona eshigi ochilib xonadan Suga chiqib keldi.

Suga: U bilan gaplashib oldim va ko'ndirdim Aerin uni senga ishondim biz 1 oyda qaytamiz - u endi Jin va Xeyaga qaradi - sizlar ham Aeringa ko'maklashib turing hopmi? - Jin va Xeya bosh irg'ashdi - Oyi Rona ketdik, hayr bolalar.

Aerin: Hayr yaxshi boring - ular ketishdi - yuringlar uni yoniga kiraylik - o'rnidan turib palataga kirdi uni ortidan Jin va Xeya ham.

Jin: Taehyung yaxshimisan do'stim? Bilaman bizni eslay olmaysan shuning uchun o'zimizni qayta tanishtiramiz. Meni ismim Kim Seokjin hamma Jin deb chaqiradi.

Xeya: Salom Taehyung mening ismim Xeya shunchaki Xeya.

Taehyung: Tushunarli tanishganimdan hursandman - u endi nigohlarini divanda o'tirgan Aeringa ko'chirdi - senchi enagaginam?

Aerin: Nima men? - qoshlarini chimirib.

Taehyung: Isming.

Aerin: Aerin - birdan xona eshigi ochilib bir hamshira Do kirib keldi.

Hamshira Do

Hamshira Do: Hayrli kun janob Kim, sizning telefoningiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatingizni olib keldim.

Taehyung: Salom, yaxshi uni menga bering - chap qo'lini cho'zib, hamshira Do ham so'zsiz hujjat va telefonni Taehyungga berib tazim qilib xonani tark etdi.

Jin: Taehyung qorning ochdimi ovqatlanasanmi? - qo'lidagi ovqatlarga ishora qilib jilmaydi.

Taehyung: Albatta - deya kuldi. Jin ovqatlarni chiqarib Taehyungni stolchasiga qo'ydi.

Jin: Yoqimli ishtaha biz Xeya bilan suv olib kelamiz, kettik Xeya - ular xonadan chiqib ketishdi.

Taehyung: Hoyy Aran menga ovqatlanishda yordamlash.

Aerin: Yana qanaqa Aran? Men Aerinman Aerin.

Taehyung: Yaxshi yaxshi kel endi yordamlashsangchi qornim ochdi - g'inshigancha. Aerin sekin o'rnidan turib Taehyungni yonidagi stulga o'tirdi. Qo'liga qoshiqni olib uni ovqatlantira boshladi.

Aerin: Keyin telefoningdagi suratlarni tomosha qil balki biron nima eslarsan.

Taehyung: Yaxshi Rin - og'zidagi luqmani yutgancha.

Aerin: Rin? - savol nigohi bilan qaradi.

Taehyung: Haa Rin axir isming Aerinku men esa ismingni qisqartirib Rin deb chaqiraman.

Aerin: Yaxshi yaxshi og'zingni och.

Aerin Taehyungni ovqatlantirib bo'lganidan keyin Jin va Xeya ham suvga deb ketib qo'lidan 2 paket narsalar bilan qaytishib Taehyung bilan suxbatlashib o'tirishdi. Sal kech bo'lib qolganligi sababli ular ham uylariga qaytishdi. Taehyung esa hozir zerikib o'tiribdi.

Aerin: Tae kitob o'qishni xohlaysanmi? - ertalab Kim xonim tashlab ketgan kitoblardan birini olib Taehyungga ko'rsatdi.

Taehyung: Haa beraqol - Aerin o'rnidan turib kitobni Taehyungga tutqazdi.

Aerin: Mevalarchi xohlaysanmi? - Taehyung bunga javoban boshini ''yo'q'' degandek silkitdi. Aerin hech narsa demasdan divanga joylashib olib qo'liga telefonini olib ko'ra boshladi. Taehyung esa unga qarab turardi.

Mana shunday qarab turibdi.

Oradan bir soat o'tib Aerin ko'zlarini telefondan uzmasdan Taehyungga gapira boshladi.

Aerin: Tae ochiqmadingmi? Biron nima yeysanmi? - javob kelmagandan so'ng Aerin o'rnidan turib Taehyungni yotog'iga yaqinlashdi, qarasa Taehyung yuzida kitob bilan uxlab yotardi.

Sekin jilmayib kitobni yuzidan olib kichik javon ustiga qo'ydi. Taehyungni ustini yaxshilab yopib divanga yaxshilab joylashib olib uxlab qoldi.

• Erta tong.

Ko'zlariga tushgan quyosh nuridan xohlamaygina o'rnidan turgan qiz yotoqda hali ham uxlayotgan yigitga nigohlarini qadadi. O'ziga eshitiladigan ovozda ''ayiq'' degancha o'rnidan turib palatani tark etdi. Yuz qo'llarini yuvib qahva sotib olish uchun shifoxona yaqinidagi kafega borayotganida unga qo'ng'iroq bo'lib qoldi. Bu Rona edi u video qo'ng'iroq qilayotgandi.

📲 Aerin: Salom onnie - qo'lini silkitgancha.

📲 Rona: Yaxshimisan?

📲 Aerin: Albatta juda yaxshiman.

📲 Rona: Taehyungchi?

📲 Aerin: U ham juda yaxshi havotir olmang, aytgancha sizlarda soat nechi bo'ldi o'zi?

📲 Rona: Ertalabgi 06:19

📲 Aerin: Nega buncha erta uyg'ondingiz? Bizda soat 08:19 demak Tailand va Koreya o'rtasidagi farq 2 soat ekan.

📲 Rona: Haa shunday negadir erta uyg'onib ketdim, qayergadir ketyapsanmi?

📲 Aerin: Haa qahva olish uchun shifoxona yaqinidagi kafega ketyapman.

📲 Rona: Yaxshi Taehyungga yaxshilab qara go'shakni qo'yyapman keyin yana gaplashamiz.

📲 Aerin: Yaxshi mazza qilib hordiq chiqaring o'pib qolaman.

📲 Rona: Yaxshi hayr men ham o'pib qolaman.

Qo'ng'iroq yakunlandi...

Aerin shifoxonadan chiqib piyodalar yo'lakchasi yoniga kelganda to'xtab svetaforga ko'z tashladi piyodalar uchun yashil chiroq yondi Aerin yura boshladi birdan uning yo'lidan mashina chiqib qoldi ammo mashina katta tezlikda to'xtadi Aerin yerga o'tirib qoldi shu sababli uni qo'li shilindi. Mashinadan bir yigit tushib keldi.

X: Xonim yaxshimisiz? Hech qayeringizga hech nima qilmadimi?

Aerin: Bu nima qilganigiz svetaforga qarasangiz ko'zlaringiz oqib tusharmidi? - g'inshigancha yigitga jaxl qilib o'rnidan turdi.

X: Xonim qayerga ketayotgandingiz ayting eltib qo'yaman.

Aerin: Shart emas yo'lingizdan qolmang - qovog'ini solib unga orqa o'girib ketishni boshladi.

X: Buncha qaysar bo'lmasangiz - shartda Aerinni kelin uslubida qo'llariga ko'tarib mashinaga o'tqazdi Aerin esa bo'lgan ishni tahlil qilib olgunicha mashinada paydo bo'lganini sezdi. Mashina allaqachon yurib ketayotgandi.

Aerin: Hoy mashinani to'xtat men tushib qolaman.

X: Qayerga ketyapsiz ayting olib boraman, balki aybim sal bo'lsada yengillashar.

Aerin: Yaxshi unda kafega haydang qahva olishim kerak keyin Seul tibbiyot markaziga boramiz - qo'llarini ko'ksiga chalishtirib qulayroq o'tirib oldi.

X: Yaxshi ammo shifoxonada nima qilasiz biron yeringiz og'riyapdimi?

Aerin: Bu bilan ishingiz bo'lmasin.

X: Hop juda qaysar va qo'pol ekansiz ismingiz nima? - Aeringa bir qarab qo'yib yana yo'lga qaradi.

Aerin: Bilishingiz shart emas.

X: Nega? Meniki Soobin.

Aerin: Tanishganimdan hursand emasman janob Soobin.

Soobin: Rasmiyatchilikni qo'yaylik oddiygina Soobin, va sening isming?

Aerin: Bilishing shart emas dedimku. Kafega yetib keldik to'xtat - mashina kafe yoniga to'xtadi. Aerin mashinadan tushib kafe ichkarisiga kirib ketdi ozginadan so'ng qo'lida ikkita qahva bilan qaytib chiqib mashinaga o'tirdi.

Soobin: Ou bittasi mengami? Qaysar va qo'pol bo'lsangda mehribon ekansan - kulib.

Aerin: Hech hamda senga emas, Seul tibbiyot markaziga hayda.

Soobin: Mehribon degan gapimni qaytarib oldim - Aerin birdan ovoz chiqarib kulib yubordi - kulganida chiroyli bo'lib ketar ekan - past ovozda.

Aerin: Nimadir dedingmi?

Soobin: Haa yo'q hech nima - ular 10 daqiqada shifoxonaga yetib kelishdi.

Aerin: Bo'pti men ketdim, svetaforga qarab yur.

Soobin: Hop ismingni aytsang bo'lardi.

Aerin: Hayr - degancha mashinadan tushib shifoxona ichkarisiga kirib ketdi.

Soobin: ahh Soobin bir qizni ismini bilolmadinga, shoshma bu uni telefonimi? Qolib ketibdiku - u ham mashinadan tushib shifoxona ichkarisiga kirdi va Aerinni liftga chiqayotganini ko'rib u tomon yugurdi ammo ulgirmadi u qaysi qavatda to'xtaganiga qarab u ham o'sha qavatga ko'tarildi.

•••

Aerin lift orqali Taehyungning palatasiga ko'tarildi uning palatasi yoniga kelib eshikni ochdi.

Aerin: Hamshira xonim Taehyung - ko'rgan manzarasidan hayron qoldi.

Soobin: Hoy telefoningni unitding - Aerinni ortidan palataga kirdi, Aerin ortidan kelgan ovozdan darrov ortiga qaradi.

Taehyung: Rin kim bu? - qoshlarini chimirib..........

Davomi bor...
#Aerin❤️‍🩹