When Time Stands Still
Sevgimiz abadiy bo'ladi, xoh kelajakda bo'lsin xoh o'tmishda...
Pov Aerin: Doimgidek xonamda hujjatlarga ko'milib o'tiribman, bular hech qachon tugamaydi. Bularni tugatsam yana bundanda ko'prog'i keladi. Shularni o'ylagancha xonamdagi divanga o'zimni tashladim, ish qochib ketmaydi ozgina dam olishim kerakku axir. Uxlamoqchi bo'lib endi ko'zlarimni yumib kipriklarimni jipslashtirganimda xonam eshigini kimdir taqillatdi. Bunga e'tibor bermaslikga harakat qilib yon tarafga burilib oldim, ammo eshik endi qattiq taqqillay boshladi. Jaxlim chiqqanidan qovog'imni solgancha o'rnimdan turib divanga suyanib o'tirib oldim va ''kiring'' dedim. Shunda eshik ochilib bir yigit kirib keldi.
?: Mm salom Selvyna xonim, men Kim Taehyungman yangi hamkoringiz.
Aerin: Salom janob Kim, Selvyna xonimning xonasi mening xonam qarshisida ko'zingizni kattaroq ochib qarasangiz ko'rar edingiz - majburan jilmayib.
Tae: Uzur ammo bir kichik bolakay shu xonani Selvyna xonimning xonasi deya ko'rsatdi.
Aerin: Aldanibsiz janob, marhamat qilib endi xonamni tark etsangiz - ko'zlari bilan eshikga ishora qildi.
Tae: Tinchingizni buzganim uchun uzur qo'pol xonim - shunday degancha xonadan chiqib ketdi.
Aerin: Hh hozir nima dedi u? Qo'pol xonim dedimi? Axmoq! - ohirgi so'zni baqirib aytgancha qayta divanga joylashdi.
Taehyung Aerinning xonasidan chiqqanidan so'ng to'g'ridagi xonaga qaradi. U rostan ham adashgandi, qo'li bilan peshonasini yengil silab Selvynani xonasi tomon borib eshikni taqillatdi. ''Kirishingiz mumkin'' degan javobni olganidan so'ng eshik tutqichini pastga tortib ichkariga kirdi. Selvyna unga hurmat yuzasidan tazim qildi javoban Taehyung ham, Selvyna uni Aerinnikidan yaxshiroq muomalada kutib oldi.
Selvyna: Siz janob Kim Taehyung bo'lsangiz kerak - divanga o'tirishini ishora qilgancha.
Selvyna: Tanishganimdan hursandman janob Kim.
Selvyna: Hozir hujjatlarni beraman - o'rnidan turib ish stoli tomon bordi ammo qo'ygan joyida yo'q, u hujjatlarni qidira boshladi. Lekin topa olmadi keyingi manzil Aerinning xonasi.
Taehyung: Nimadir bo'ldimi xonim?
Selvyna: Hujjatlar singlimni xonasida sheklli u yerdan olib kelgunimcha shu yerda kutasizmi yoki men bilan birga borasizmi?
Taehyung: Siz bilan borganim ma'qul, bahonada singlingiz bilan ham tanishib olaman - o'rnidan turib eshik tomon borib Selvynaga bir qaradi ikkisi ham xonadan chiqishdi, Taehyung boshqa tarafga ketayotgandi Selvyna esa to'g'ridagi xona eshigi yoniga yetib kelib Taehyungga qaradi.
Selvyna: Janob Kim qayerga ketyapsiz? Mana uning xonasi - qo'llari bilan xona eshigiga ishora qildi.
Taehyung hayron qolgandi o'sha qo'pol qiz bu xushmuomala qizning singlisimi? Deya o'ylangancha Selvynaning yoniga kelib to'xtadi. Selvyna eshikni ochib ichkarisiga kirdi hamma yerda hujjatlar, Aerin esa divanda uxlayapdi. Selvyna Aerinning ish stoliga borib hujjatlarni qidirishga harakat qildi ammo bu yerda hujjatlar haddan tashqari ko'p edi. U turgan joyidan singlisini uyg'otishga harakat qilishni boshladi.
Selvyna: Aerin - baland ovozda.
Aerin: Hmmm - g'inshigancha. Taehyung esa divanda ularni kuzatib o'tirardi.
Selvyna: Hamkorlik haqida hujjatlar qayerda?
Aerin: Bilmayman - ko'zlari yumiq holda.
Selvyna: Aytaqol, bu yerda hujjatlar juda ko'p uni topish esa amrimahol.
Taehyung: Axir u bilmayman dedi yaxshisi men ham sizga qarashib yuboraman - endi o'rnidan turayotgan Taehyungni Selvynaning gaplari to'xtatdi.
Selvyna: Yo'q o'tiravering, uning kayfiyati bo'lmasa yoki uxlayotganida biron nima so'rasak qayerdaligini aytish o'rniga bilmayman deb qo'ya qoladi.
Selvyna: O'sha narsa qayerdaligini aytishdan ko'ra ''bilmayman'' deyish osonroq emish - bu gapdan Taehyung ovoz chiqarib kulib yubordi.
Taehyung: Tushunarli - hali ham kulardi.
Selvyna: Hujjatlar qayerda ekanligini aytsang hozirni o'zida uyga ketishing mumkin - Aerin birdan o'rnidan turdi.
Selvyna: Ha faqat hujjatlar qayerda ekanligini aytsang.
Aerin: Chap tarafdagi ikkinchi tortmada - Selvyna o'sha tortmani qaradi ha hujjatlar o'sha tortmada edi.
Selvyna: Aerin - sumkasiga zaryadlagichini solayotgan qizga qarab mayin ovozda so'zladi.
Aerin: Yaxshi ushlang faqat bir safarga uni ehtiyot qiling - opasi nima so'rayotganini fahmlab unga hech kimga ishonmaydigan mashinasi kalitini berdi. Agar hozir kayfiyati yaxshi bo'lmaganda mashinasi kalitini umuman bermagan bo'lardi.
Selvyna: Rahmat o'zimnikini ertaga ustaxonadan olib chiqaman.
Aerin: Yaxshi men ketdim, hayr janob ovsar - Taehyungga kulib qo'l silkitgancha xonadan chiqib ketdi.
Selvyna: Uzur janob Kim unga e'tibor bermang, mana hujjatlar.
Taehyung: Yaxshi ertaga ko'rishguncha unda - Taehyung ham hujjatlarni olib xonadan chiqib ketdi. Selvyna ham o'z xonasiga borib ish stoliga joylashdi va ko'rib chiqishi kerak bo'lgan hujjatlarni tekshira boshladi.
Taehyung xonadan chiqqanidan so'ng lift tomon bordi u yerda Aerin ham lift kutayotgandi. Lift kelib ochildi Taehyung va Aerin liftga chiqishdi. Taehyung 1 tugmasini bosib gap boshladi.
Taehyung: Qo'pol xonim meni nega ovsar deyotganingiz tushunolmadim.
Aerin: Hozir siz bilan gaplashib kayfiyatimni buzish niyatim yo'q.
Taehyung: Meni kayfiyatimni buzib bo'lib aa?
Aerin: Kechirasiz-u janob o'zingiz birinchi meni ''qo'pol xonim'' dedingiz keyin men ham ''janob ovsar'' dedim 1:1 - lift birinchi qavatga yetib kelib ochildi Aerin liftdan birinchi bo'lib chiqdi Taehyung uh tortgancha ortidan chiqdi. Aerin kompaniyadan chiqib taksi to'xtatib uyiga yo'l oldi.
Ancha kech bo'lib qolgandi ammo Selvyna hali ham xonasida hujjatlarni tekshirib o'tirardi ohirgi hujjatlarni tekshirib chiqqanidan so'ng soatga qarab ko'zlari kattalashib ketdi. Soat allaqachon 23:18 bo'lgandi Aerindan esa ancha xabarlarlar kelgandi. O'rnidan turib sal mashq qilgancha ustki kiyimini olib xonadan chiqib ketdi, lift qarshisiga borib liftni chaqirish uchun mo'jallangan tugmani bosdi so'ng lift kerakli qavatda to'xtab ochildi. Selvyna liftga kirib 1 tugmasini bosdi, lift birinchi qavatga kelganidan so'ng Selvyna liftdan keyin esa kompaniya binosidan chiqdi. Aerinni mashinasi kalitini olib qolganidan hursand bo'lgancha mashinaga o'tirib uni o't oldirdi. Yo'lda ketarkan birdan mashina to'xtab qoldi Selvynaning boshi rulga kelib urildi, mashinaning yoqilg'isi tugagandi.
Selvyna: Aysh jin ursin seni Aerin, mashinangni yoqilg'isini to'ldirib yursang bo'lmaydimi? - taksi chaqirish maqsadida qo'liga telefonini oldi ammo quvvati tugagan ekan - lanati - asabiylashgancha mashinadan tushib bironta mashina o'tishini kutardi, nihoyat bittasi to'xtadi. Mashina ichidan 2ta yigit tushdi.
(Y - yigit, 1 2 sonlari. Y1 - birinchi yigit)
Selvyna: Iloji bo'lsa shunchaki telefoningizni berib turing qo'ng'iroq qilib olay.
Y1: Senga o'zimni ham berib yuboraman go'zalim - yigit Selvynani sochlariga tegmoqchi bo'lganida Selvyna o'zini orqaga oldi.
Selvyna: Yordamingiz kerak emas yo'lingizdan qolmang.
Y2: Nega ekan? O'zi zerkib turgandik shundaymi do'stim? Ko'nglimizni olasan.
Selvyna: Men senga bitch emasman to'nka, ko'nglingni oladigan bitchlarni klubdan izla.
Selvyna: Ha karmisan? mayli yana bir bor takrorlaganim bo'lsin ko'nglingni oladigan bitchlarni klubdan izla to'nka - Selvyna shu gaplarni baqirib aytarkan, yigitni jaxli chiqib ketgandi u Selvynaga tarsaki tushirmoqchi bo'lib qo'lini ko'targanida kimdir uni qo'lini ushlab qoldi.
?: Bir ojizaga qo'l ko'taradigan darajada pastkashmisan?
Y2: Sen qayerdan paydo bo'lding? Qo'limni qo'yib yubor va ishimizga aralashma.
?: Menga buyruq berma! - notanish yigit shunday degancha ikkinchi yigitning qo'lini qayirib so'ng qo'yib yubordi va yuziga musht tushurdi birinchi yigit esa mashinaga qulflanib oldi - hoziroq jo'na bo'lmasa bundan battari bo'ladi - yerda yotgan yigit boshini tez-tez ''yaxshi'' degandek silkitgancha o'rnidan turib mashina eshigini ochaman deganda ochilmadi.
Y2: Hoy qo'rqoq, eshikni ochsangchi jin ursin - baqirgancha eshikni ochish uchun qayta-qayta harakat qilardi birinchi yigit eshikni ochdi ikkinchi yigit ham tezda mashinaga mindi va ular ketishdi.
Selvyna: Sizga katta rahmat - deya tazim qildi.
?: Arzimaydi ammo kech bo'lganda bir o'zingiz ko'chada nima qilyapsiz?
Selvyna: Ishdan kech chiqqandim aksiga olib mashinani yoqilg'isi tugadi.
?: Xohlasangiz uyingizga tashlab qo'yaman.
Selvyna: Yo'q shunchaki telefoningizni berib turing.
?: Quvvati tugagan edi, yuring o'zim tashlab qo'yaman - Selvyna o'ylanib turardi - qo'rqmang yeb qo'ymayman.
Selvyna: Yaxshi ismingiz nima?
?: Jungkook, nega so'rayapsiz?
Selvyna: Haloskorimni ismini bilishga haqliman axir - deya kuldi.
Jungkook: Yaxshi unda ketdik - mashinaning eshigini ochib berdi, Selvyna ''rahmat'' degancha o'tirdi. Jungkook ham mashinani aylanib o'tib rulga o'tirdi. Ular u yerni tark etishdi.
Jungkook: Sizning ismingiz nima?
Jungkook: Chiroyli va noodatiy ismingiz bor ekan Selvyna.
Selvyna: Haa rahmat, shu yerdan chapga.
Ular 20 daqiqada Selvynaning uyiga yetib kelishdi. Aerin ko'chada u yoqda bu yoqqa yurardi. Uning yoniga mashina kelib to'xtadi ichidan Selvyna va Jungkook tushib keldi. Aerin Selvynani ko'rib sal bo'lsada yengil tortdi.
Aerin: Nega qo'ng'iroqlarimga javob bermaysiz? Qanchalik havotir olganimni bilasizmi? Soatga qaradingizmi o'zi?
Selvyna: Hoy hoy bo'ldi shu yerdamanku, telefonimni quvvati tugabdi.
Aerin: Bu yigit - u endi Jungkookga e'tibor bergandi.
Aerin: Yana qanaqa haloskor? Siz uni mashinasida kelgan bo'lsangiz meni o'g'lim qani? - haa Selvyna buni unitgandi.