Hayotim mo'jizasi💙💫
Tae: Rona nunani qanchalik sevasiz? - Rona bu gapni eshitib ko'zlarini olib qocha boshladi, Xeya va Jin uchun esa bu yangilik edi.
Suga: Unga bo'lgan sevgim cheksiz - deya ohista jilmaydi, Rona uni bu gapidan unga munchoq ko'zlari bilan tikilganda nigohlar to'qnashdi - Uning bu ko'zlari meni o'ziga sehrlagan
Xeya+Jin: Ooouuu - ular ikkisi baraviraga gapirib kulib yuborishdi.
Aerin: Endi men aylantiraman maylimi?
Xeya: Aylantiraqol - Aerin suv idishini aylantirdi Xeyaga katta tarafi Jinga kichkina tarafi.
Xeya: Yaxshi ko'rgan qizing bormi?
Jin: Haa - Xeya bu gapni eshitib shunchaki jilmaydi u Jinni sevardi lekin unga aytishga jur'ati yetmagan, hozir Jin aytgan gap uni yuragini sindirdi desa ham bo'ladi.
Xeya: Endi kim aylantirmoqchi?
Suga: Men aylantiraman - qo'lini ko'tarib keskin gapirdi u.
Xeya: Marhamat - qo'llari bilan suv idishiga ishora qildi, Suga suv idishini aylantirdi. Sugaga katta Taega kichkina tarafi tushdi.
Suga: Qo'lga tushdingku - deb kulib yubordi
Tae: Aka - noligan ovozda gapirdi Taehyung
Suga: Nima? - deya yana kulib yubordi
Tae: Jasorat - Taehyungni bu gapidan so'ng hamma Suga nima deyishiga qiziqishardi.
Suga: Raqsga tush - kulib gapirdi Suga
Tae: Ee aka men sizga unaqa narsa bermadimku - battar nolidi u.
Suga: Chunki men haqiqatni tanlagan edim, unda Aerin bilan valsga tushasan
Aerin: Hoy hoy meni aralashtirmang
Suga: Nima qilibdi, qani boshlang
Aerin: Yo hudo, hammasi seni deb Tae - qovug'ini solib o'rnidan turdi, Taehyung esa kulib yubormaslikga harakat qilardi.
Tae: Qo'lingni ber - Aerinning qovoqlari hali ochilmagandi ozgina raqsga tushib to'xtashdi.
Xeya: Balki o'yinni to'xtatib biron nima tanavvul qilarmiz
Tae: Ko'proq uxlash kerak edi - deb kulib yubordi u, Aerin uning gapiga javoban ensa qotirdi.
Suga: Sen ham ko'p uxlaysanku Tae
Tae: Aka, nega unaqasiza - yana nolib gapirdi u. Suga esa Taehyungning jaxli chiqishidan zavqlanardi.
Rona: Bo'ldi bas qiling ovqatlanamiz
Suga: Hopda go'zalim - hamma ularga huddi romantik film ko'rayotgandek tikilishardi.
Xeya: Qani edi meni ham shunday yigitim bo'lsa - Xeya ularga ko'z uzmasdan tikilardi
Jin: Hoyy bo'ldi - Xeya birdan qovog'ini solib unga o'g'rildi.
Xeya: Senga nima tavba qildim - qovog'ini solgancha ketib qoldi, Jin esa nima qilarini bilmay uni ortidan qarab turardi.
Aerin: Jin, uni ortidan bor - og'zidagi luqmani yutib, qo'li bilan ket degandek ishora qildi.
Tae: Anavi yerda lolalar bor ekan uni uzib olib bor - deb ko'z qisdi Tae.
Aerin: Ularni uzish mumkinmaskuya mayli nima ham qilardik, Taeni fikriga qo'shilaman.
Jin: Yaxshi omad tilang - qo'lini musht qilib huh deya o'rnidan turdi.
Jin lolardan birini uzib Xeya tarafga yurdi, Xeya unga qarab turardi va u tomonga kelayotganini sezib orqa o'girdi.
Xeya: Salom - Xeya Jinga e'tibor ham bermadi bir qiyo boqmadi ham.
Jin: Senga o'zinga o'xshagan lola keltirdim qara - Jin jilmayib lolani Xeyaga uzatdi va u oldi.
Xeya: Uni nimasi menga o'xsharkan - erkalanib gapirdi u.
Jin: Qara u juda chiroyli va nozikkina u bilan bo'lganda sal nojoya harakat qilib ehtiyotsizlik qilsang yaproqlari to'kilib hafa bo'ladi, u bilan bo'lganda ehtiyotkor bo'lish kerak.
Xeya unga e'tibor bilan tikilib turardi, uni bunchalik mayin ovozda tariflashi yuragini tub tubigacha yetib bordi. Jin ohirgi gapini tugatib bo'lgandan so'ng jilmayishi Xeyani yuragini larzaga soldi.
Jin: Xo'sh yarashdikmi? - jimjilog'ini unga qarata tutgancha jilmaydi Jin.
Xeya: Ko'ramiz - o'zi zo'rg'a hop demay turdi. Qiz bolani nozi bor degandek u ham noz qilib Jinga bildirmasdan kulib do'stlarini yoniga ketdi.
Jin: Qaysar - degancha kulib u ham Xeyani ortidan ketdi. Jin u yerga borib o'tirgandan keyin Aerin va Tae unga nima bo'ldi degandek qoshlari va ko'zlari orqali gapirishardi. Jin ham hammasi yaxshi degandek ko'z yumdi..........