Hayotim mo'jizasi💙💫
Xonadagi shovqin surondan Aerin g'inshib uyg'onib ketdi. Nimalar bo'layotganini hech ham tushunmasdi, xonadoshlari oynaga qarab kiyimlarmi birma-bir o'ziga o'lchagancha kiyim tanlashardi, soatga qarasa 10:56.
Aerin: Qayergadir ketyapsizmi? - savol nigohi bilan qizlarga qarab turardi. Xonadoshi esa nigohlarini Aeringa qaratib gap boshladi
X: Tur sen ham tayyorlan, hammamiz ketyapmiz piknikga chiqar ekanmiz - gapini tugatib bo'lgan qiz oynaga qarab yana kiyim tanlashni boshlab yubordi.
Aerin esa nega uni ertaroq uyg'otmaganlaridan noligancha yuz qo'lini yuvib Ronani xonasiga borib eshik qo'ng'irog'ini chaldi, eshik sekin ochilib Rona chiqib keldi.
Rona: Va nihoyat turibsanda, qani endi tez tayyorlan
Aerin: Nega meni ertaroq uyg'otmadingiz - noligancha gapirarda u
Rona: Shirin bo'lib uxlayotgan ekansan indamadim, ha aytgancha shim kiya ko'rma piknikga mos chiroyli ko'ylak kiy senga juda yarashadi
Aerin: Ko'ylak? - savol nazari bilan qoshlarini chimirib Ronaga qaradi
Rona: Haa ko'ylak, ikkimiz birga olgan moviy kichik gullari bor ko'ylak esingdami?
Rona: O'shani olib kelganmisan?
Aerin: Aaa.. - endi gapirishga og'iz juftlaganda, Rona uning gaplarini bo'ldi
Rona: E'tirozlar qabul qilinmaydi tezlash, ha demay yo'lga chiqamiz - Rona unga ko'z qisgancha eshikni yopdi
Aerin: Jin ursin - asabiylashgancha o'z xonasiga qaytgan Aerin o'sha ko'ylakni kiydi, bu ko'ylak unga yarashgandi.
Rona ham o'ziga yoqqan chiroyli ko'ylakni olib kiydi va yengil pardoz qildi. Lekin unga pardozni hojati ham yo'q edi chunki shundoq ham quyoshdek porloq edi.
Hamma tayyorlanib pastga tushgan edi pastda Taehyung va Suga gaplashib turishardi, yonlariga kelayotgan ikki go'zallarni payqagach ular yonlariga kelguncha ko'zlarini ularda uzishmadi.
Rona: Hayrli kun janoblar - jilmayib turgan Ronaga boshqa yigitlar ham odam ko'rmagandek qarab turishardi. Suga uni yoniga o'tib qo'lidan ushlagancha sal chetroqqa olib ketdi.
Suga: Sizdan hech kim ko'z uzolmayapdi xonim - hafa bo'lgandek ensasini qotirib gapirayotgan Sugani ko'rgan Rona beixtiyor kulib yubordi.
Rona: Rashk qilyapsizmi janob, axir yopiq kiyingan bo'lsam yigitlarni ataylab o'zimga qaratmayapmanku.
Suga: Sen kulib qarading - yosh boladek qo'llarini ko'ksiga chalishtirdi.
Rona: Ularga emas sizga kulib qaradim axir
Tae: Taqinchoq... - Taehyungni gaplarini Aerin bo'ldi
Aerin: Haa mana shoshilganimdan qo'limga olib tez chiqdim - kaftini ochib Taehyungga taqinchoqni ko'rsatdi va taqib oldi
X: Anavi yigit chiroyli ekanmi? - pichir-pichirlab gaplashayotgan qizlarni gapini Aerin eshitib turardi
Aerin: Anavi qizlarni yuragidan urding sheklli - ko'zlari bilan o'sha qizlarni ishora qilgancha gapirdi
Tae: Juda ham kelishganmanda - qoshlarini bir ko'tarib sochlarini to'g'irlab qo'ydi
Aerin: Hh ko'nglimni ko'chasi - ensa qotirgancha Taedan uzoqlashdi.
Yuna: Taomlar va kerakli narsalarchi?
P: Mmm - o'ylanib qolgan professor Rona va Yanga qaradi.
P: Yan va Rona sizlar va kichik kursdagi ikki talaba do'konga borib kerakli narsalarni olib borolmaysizmi? - Sugani g'azabi qo'zib gap boshladi
Suga: Professor, Yan kechasi yaxshi uxlamagan ko'rinadi, yaxshisi Rona bilan men boraman
P: Hop yaxshi, unda kichik kursdan Taehyung va.... - Taehyung bilan qaysi qizni tanlashni bilmay qolgan Professor o'ylanib qoldi
P: Haa Aerin, sizlar to'rtalangiz do'konga borib kerakli narsalarni oling mana pullar - professor Sugaga pullarni uzatdi
P: Yo'q bo'lmaydi biz ko'pchilikmiz, qolaversa universitet bu sayohat uchun pul ajratgan
P: Qani talabalar biz esa kettik
Professor va 1-kurs va 2-kurs talabalari avtobusga chiqib piknik uchun mos bo'lgan joy, ko'l bo'yiga yo'l olishdi.
Taehyung, Aerin, Rona va Suga do'konga kirishdi va kerakli narsalarni olishayotganda Aerin bir yigitga urilib ketdi, lekin uni yuziga qaramadi.
Aerin: Kechirasiz janob uzur - Aerin yigitga tazim qilib yerga tushirib yuborgan narsalarini olish uchun cho'kkaladi.
X: Aerin - savol nigohi bilan qaradi yigit, Aerin ham endi uni yuziga qaradi
Aerin: Suho - hayronlik va quvonch aralash gapirdi.
Suho: Huddi o'zi - deb sochlarini to'g'irlab qo'ydi
Suho: Haa balki - kulimsirab gapirdi Suho shu payt ularni yoniga Taehyung kelib qoldi
Suho: Bu eringmi? - deb hazillashib haholab kulib yubordi, Taehyung esa unga tushinqiramay qarab turardi.
Aerin: Yo'g'e bu kursdoshim Taehyung - Taehyung ularga qovog'ini solib qarab turardi
Suho: Tanishganimdan hursandman, ismim Suho - unga qo'l cho'zdi.
Tae: Men ham - u ham majburan Suhoni qo'lini siqib qo'ydi
Suho: Aerin raqamingni ber - deb unga telefonini uzatdi
Aerin: Haa hozir, o'zi Pusanda nima qilyapsan? - u raqamini yozib telefonni unga qaytarib berdi. Taehyung ularga huddi odamni yeb qo'ygudek qarardi.
Suho: Ishlarim bor edi o'zingchi?
Aerin: Kursdoshlar va professorlar bilan kelgandik
Suho: Haa yaxshi, meni ishlarim bor edi qo'ng'iroq qilaman, ko'rishguncha.
Aerin: Hop ko'rishguncha. - Suho kassa tomonga qarab ketdi Taehyung esa Aeringa g'alati qarab turardi
Tae: Do'sting? - qoshlarini chimirib gapirdi
Aerin: Haa do'stim, bo'ldi kettik - deb oldinlab ketdi
Tae: Hoyy to'xta rostang do'stingmi? - deb Aerinni ortidan yetib oldi
Aerin: Taehyung yana nechi marta aytay do'stim dedimku - asabiylashgancha gapirdi Aerin
Ular kassadan o'tib professorga qo'ng'iroq qilishdi
📲 Suga: Biz hamma kerakli narsalarni oldik, lokatsiya tashlay olasizmi?
Sugaga lokatsiya keldi va ular o'sha joyga borishdi u yer juda go'zal edi. Choyshabni yoyib ustiga yeguliklarni qo'yishdi va hammalari o'tirishdi (ular ko'p choyshablar va yeguliklar olib kelishga shuning uchun hamma o'z do'stlari bilan o'tirishibdi)
Xeya: Keling birorta o'yin o'ynaymiz
Jin: Masalan? - qoshlarini chimirib ikki ko'zini ham Xeyadan uzmasdi
Xeya: Haqiqat yoki jasorat, rozimisiz - keng tabassum qilib ko'zlari bilan bo'shagan suv idishiga ishora qilardi
Aerin: Yaxshi men roziman, sizlar ham aynaysizmi?
Tae: Haa hammamiz o'ynaymiz - deb bo'shaga suv idishini aylantirdi, katta tarafi Jinga kichik tarafi Aeringa tushdi.
Jin: Taehyungni sochidan yaxshilab tort - deb kulib yubordi
Tae: Hoy Jin menda qasting bormi? - qoshlarini ko'tarib, qo'llarini boshiga qo'yib olgan holda gapirdi Taehyung
Jin: Kecha kechasi uxlatmasdan gapiraverib miyyamni qoqib qo'limga berding - noligancha gapirdi Jin, hamma bu gapdan kulib yubordi Taehyungdan tashqari albatta
Aerin: Taehyung yosh bolamisan, bo'ldi qo'llaringni ol sekin tortaman - Taehyung Aerinning mayin ovozidan o'zi bilmagan holda bosh irg'ab boshidan qo'llarini oldi. Va Aerin uning sochidan qattiq tortib kulib yubordi.
Tae: Aysh jin ursin, senga ishonmaslik kerak - ko'rsatgich barmog'ini Aeringa yo'naltirib gapirdi
Xeya: Endi men aylantiraman - u suv idishini aylantirdi, katta tarafi Taehyungga kichik tarafi esa Sugaga tushdi.
Tae: Yaxshi - Taehyung qanday savol berishni o'ylardi lekin sekin qulog'i yonida issiq nafasni sezdi, bu Aerin edi
Aerin: Rona onnieni qanchalik sevishini so'ra - deb pichirladi uni qulog'iga. Taehyung bo'lgan ishdan yangib qoldi va tezda o'zini yig'ib olib gap boshladi.
Tae: Rona nunani qanchalik sevasiz? - Rona bu gapni eshitib ko'zlarini olib qocha boshladi, Xeya va Jin uchun esa bu yangilik edi.......