August 14, 2025

Hayotim mo'jizasi💙💫

Ko'zlar so'zlar ayta olmaganini aytadi....

15-qism🪽

Aerin Taehyung qo'ng'iroq qilganidan so'ng dorilarini qabul qilib yana yotog'iga borib o'ranib uxlab qoldi.

Universitet

Darslar tugadi Rona Suga va Taehyung universitetning darvozasi tomon suxbatlashib ketishardi.

Tae: Nuna Aerinni qanday ishi chiqib qolgan bo'lishi mumkin? Sizning xabaringiz yo'qmi? - savol nigohi bilan Ronaga yuzlandi.

Rona: Menimcha uni hech qanday ishi chiqib qolmagan - yo'lga qarab gapirdi - u kasal bo'lib qolgan - deya Taehyungga qaradi.

Tae: Nima? Nima? - tushunqiramay, ko'zlarini katta-katta qilib Ronaga qaradi.

Rona: Haa u menga xabar yozdi - deya telefoniniga ishora qilib xabarlarni ko'rsatdi - va hozir men uni yoniga ketyapman.

Tae: Men ham boraman - qat'iy gapirdi u.

Rona: Mayli, Suga sen bilan keyinroq ko'rishamiz hozir Aerindan bir xabar olib kelaylik.

Suga: Xohlasangiz men ham bora... - uni gapini telefon qo'ng'irog'i bo'ldi, ekran ustida '' Oyim '' yozuvi paydo bo'ldi va u javob berish uchun kerakli bo'lgan tugmani bosdi.

📲 Suga: Labbay Oyijon eshitaman.

📲 Kim xonim: Suga o'g'lim darsdan chiqqan bo'lsang uyga kel, sendan kelinim haqida so'raydigan gaplarim bor.

📲 Suga: Oyi axir bugun kechga ko'rishasizlarku, o'shanda bilib olasiz - Sugani bu gapini eshitgan Rona gap o'zi haqida ketayotganini sezdi.

📲 Kim xonim: Yo'q uyga kel! Qaysi restoranni band qilishni hali tanlamadik, bir nechta variantlar bor o'shani tanlashga yordam berishing ham kerak.

📲 Suga: Yo hudo, hop oyijon hozir boraman.

📲 Suga: Yaxshi o'g'lim tezroq kel.

Qo'ng'iroq yakunlandi...

Suga: Men borolmas ekanman unga salom ayting, sizlarni tashlab qo'yardim-u lekin oyim chaqiryapdilar tezroq boray - Ronaga yaqinroq kelib peshonasidan o'pib qo'ydi va uzoqlashdi - ehtiyot bo'ling - deya univer darvozasidan yugurib chiqib ketayotganida Rona uni ortidan ''sen ham ehtiyot bo'l'' degancha jilmayib qo'l silkidi bunga javoban Suga ham qo'l silkidi.

Tae: Ehh sevishganlar - u ham kulgancha ularni kuzatardi. Suga mashinasiga o'tirib uyga ketdi Rona va Taehyung ham mashinada Aerinni uyi tomon ketishyotgandi.

Rona: Taehyung avval unga dorilar olaylik, dorixonaga hayda - Taehyung unga javoban '' yaxshi '' degancha birinchi dorixonaga haydadi. Dorixonaga yetib kelishgandan so'ng Rona kerakli dorilarni olib qayta mashinaga o'tirdi.

Taehyung

Tae: Nuna nega Aerin menga kasal ekanligini aytmasdan ishim chiqib qoldi deb aytdi? - yo'ldan ko'zlarini uzmasdan gapirdi.

Rona: Bilmadim, balki shunchaki buni bilishingni xohlamagandir.

Taehyung: Nega bilishimni xohlamas ekan? Axir men ham uni do'stiman - sal jaxl aralash gapirib ko'zlarini yo'ldan olib Ronaga tikdi.

Rona: Hoyy Taehyung jinnimisan yo'lga qara - ko'zlarini katta-katta ochib Taega yo'lga qarashini buyurdi. Taehyung ko'zlarini qayta yo'lga tikdi va gap boshladi.

Tae: Savolimga javob bermadingiz.

Rona: Bilmadim hozir yetib borsak o'zidan so'raysan - shundan keyin ikkisi ham jim ketishdi.

10 daqiqalardan keyin uning uyi binosiga yetib kelishdi. Lift orqali ko'tarilib Aerinning uyi eshigini jiringlatishdi. 5 marta qayta-qayta jiringlatishdan so'ng eshik sekin ochilib holsiz qadamlar bilan Aerin chiqib keldi, va kirishlarini imladi. Sekin qadamlar bilan xonasiga ketayotgan qizni Taehyung borib kelin uslubida qo'llariga dast ko'tardi. Albatta Rona bundan hayron qolgandi.

Aerin: Hoyy Taehyung jinni bo'lganmisan tushur meni - Taehyung uning gaplariga e'tibor bermasdan xonasiga shu holatda olib kirib yotog'iga yotqizdi. Ularning ortidan Rona ham kirib keldi.

Tae: O'rningdan turma - deya Aerinning ustiga ko'rpani yopdi.

Aerin: Onnie nega uni olib keldingiz? - g'inshigancha Ronaga qaradi. Rona unga ''o'zi xohladi'' degancha xonadan chiqib ketdi.

Tae: Nega kelmasligim kerak ekan? Nega menga kasal ekanligingni aytmasdan ishim chiqib qoldi deding? Nega?

Aerin: Shunchaki - deya yuzini burib oldi.

Tae: Shunchaki? Aerin ustimdan kulyapsanmi?

Aerin: Yo'q shunchaki bilishingni xohlamadim, havotir olasan deb o'yladim bo'ldimi?

Tae: Havotir olsam nima bo'libdi aa? Nima bo'libdi? Havotir olsam sen uchun havotir olyapman - Aerinning gaplardan jaxli chiqqan Taehyung jaxlini nazorat qilishga harakat qilib qo'lidan kelgancha sokin gapirdi.

Aerin: Hop kechir, keyingi safar kasal bo'lsam birinchi bo'lib senga xabar beraman - degancha yuzini burib oldi. Rona xonaga dori va iliq suv bilan kirib kelib Aeringa ichishini buyurdi.

Rona: Aerin qani buni ich - Rona mayin ovozda so'zladi. Aerin yotog'iga suyangancha Rona bergan dorini ichib suvdan ho'pladi va qayta joyiga yotdi.

Aerin: Ketishingiz mumkin, men uxlamoqchiman - Aerin endi kipriklarini birlashtirib ko'zlarini yumganida, peshonasiga qo'yilgan kaftni sezib kipriklarini bir-biridan ayirib ko'zlarini ochdi.

Tae: Issig'ing bor ekan, men qolaman - deya xonadan chiqib ketdi.

Aerin: Onnie uni olib keting iltimos - ko'zlarini mo'ltillatib Ronaga qaradi.

Rona: Aerin axir.... - Rona endi gap boshlaganida xonaga qo'lida o'rtacha kattalikda bo'lgan ichiga sovuq suv solinga idish va sochiq bilan kirib kelgan Taehyung bo'ldi.

Tae: Aerin sal avval meni gapimni eshitmading chog'i, men senga qolaman dedim - deya qo'lidagi suv solingan idishni yerga qo'ydi, unga sochiqni solib namlab nam bo'lgan sochiqni Aerinning peshonasiga qo'ydi.

Rona: Aerin men senga sho'rva tayyorlayman, uyg'onguningcha pishadi bemalol uxlayver - deya xonadan chiqib ketdi.

Aerin: Hoyy ikkingiz... - u endi gapirishga og'iz juftlaganda Taehyung ko'rsatgich barmog'ini uning lablariga bosdi.

Tae: Uxla, qancha chiranma biz baribir ketmaymiz - deya jilmaydi, Aerin ularga gap tasir qilmasligiga ishonch hosil qilib kipriqlarini qayta birlashtirib uxladi. Taehyung esa undan ko'zlarini uzmasdan tikilib o'tiraverdi.

•••

Suga univerdan chiqganidan so'ng mashinasiga o'tirib uyga yo'l oldi, uyga kirib kelishi bilan qaysi restoranni band qilish haqida baxslashayotgan ota-onasiga ko'zi tushib ohista jilmayib ularni yoniga borib o'tirdi.

Suga: Xo'sh qaysi restorandan joy band qilamiz? Tanlab bo'ldingizmi?

Janob Kim: Oying Jongno tumanidagi Imnun Seolnongtang restoranini band qilamiz deb turib oldi.

Kim xonim: Hoyy nima qilibdi? Axir u yer Koreya tarixidagi eng qadimgi faoliyat ko'rsatayotgan restoran. Taxminan 1904-yilda tashkil topgan. Mashhur seolnongtang (mol suyak sho'rva) taomi bilan tanilgan. Retsept va usullar asrlar davomida o'zgarmagan - maqtangancha gapirib janob Kimga qosh qoqib qo'ydi.

Suga: Yo hudo, oyi shuncha ma'lumot qayerdan a? Qoyil lekin - oyisining aytgan ma'lumotlaridan hayratda qolgan Suganing og'zi ochilib qoldi.

Janob Kim: Nima bo'lajak kelining bilan mol suyak sho'rva ichib o'tirmoqchimisan? - janob Kimning bu gapidan Suga haholab kulib yubordi, oyisining yomon qarashlaridan so'ng kulishni to'xtatib gap boshladi.

Suga: Haa bu ham to'g'ri, xo'sh dada o'zingiz qaysi restoranni ma'qullaysiz?

Janob Kim: Menga qolsa Gangnam tumanidagi Kwonsooksoo restoranidan joy band qilganimiz yaxshi.

Kim xonim: O'sha restoran haqida ma'lumot bermaysizmi janob Kim? - janob Kimga yomon qarash qilib gapirdi Kim xonim.

Janob Kim: Ma'lumot beraman Kim xonim beraman - Kim xonimga qarab jilmaygancha gapida davom etdi - 2015 yilda ochilgan fine-dining restorani bo'lib, Koreya qirollik oshxonasiga asoslangan zamonaviy yondashuv bilan mashxur. 2017 yildan beri ikki Michelin yulduziga ega.

Suga: Ohho siz ham qolishmaysizku dadajon - deya kulib qoshlarini janob Kimga qarata qoqib qo'ydi. Bunga javoban janob Kim ham jilmaydi.

Kim xonim: Yo'q bo'lmaydi, menikini ma'qullamadingiz siznikini ham ma'qullamayman. Suga o'g'lim o'zing tanlayqol.

Janob Kim: Haa o'g'lim o'zing tanla - ko'zlarini Kim xonimdan uzmasdan gapirdi.

Suga: Dada oyi urushmasangizchi.

Kim xonim: urushmayapmiz o'g'lim shundaymi dadasi? - janob Kim bunga javoban '' u haq '' dedi holos.

Suga: Yaxshi ammo menda variantlar yo'q, yaxshi Taehyungga qo'ng'iroq qilib so'rayman. U qaysi restoranni tavsiya qilsa o'sha yerdan stol band qilaman - janob Kim va Kim xonim '' yaxshi '' degandek bosh irg'ashdi. Suga esa kontaktlaridan Taehyungni topib qo'ng'iroq qilish tugmasini bosdi.

•••

Taehyung hali ham Aerinni yonida o'tirardi, birdan telefoni jiringlay boshladi. Telefon ekranida ''Suga hyung'' yozuvi paydo bo'ldi, o'rnidan tez turib xonadan chiqdi va telefonni ko'tardi.

📲 Taehyung: Eshitaman.

📲 Suga: Taehyung bizga yordaming kerak.

📲 Taehyung: Qanday yordam ekan?

📲 Suga: Xabaring bor bugun dadamiz va oyimizni Rona bilan tanishtirmoqchi edim. Shunga stol band qilish uchun bironta restoranni tavsiya qil.

📲 Taehyung: Gangnam tumanidagi Mingles restoranidan band qiling unda.

📲 Suga: Aniq manzilni aytolasanmi?

📲 Taehyung: Gangnam tumani, Cheongdam-dong, Dosan-daero yaqinida.

📲 Suga: Yaxshi rahmat.

📲 Taehyung: Hop hyung omad.

📲 Suga: Rahmat.

Qo'ng'iroq yakunlandi.....

Qo'ng'iroq yakunlanganidan so'ng Taehyung yana xonaga qaytib kirib sal avval qanday o'tirgan bo'lsa yana shunday joylashib oldi.

•••

Suga: Ana muammo hal - deya jilmaydi.

Kim xonim: O'sha restoran haqida ma'lumot qidirib ko'rchi.

Suga: Hop hozir - u ma'lumotni topganidan so'ng ovoz chiqarib o'qiy boshladi - ''Mingles'' zamonaviy Koreya oshxonasi, xalq taomlari va boshqa uslublar uyg'unlashtirilgan. 2025-yilda uch Michelin yulduziga sazovor bo'lgan. 2024-yilda ''Asia's 50 best Restaurants'' ro'yxatida Koreyaning eng yaxshi restorani deb tan olingan.

Kim xonim: Oouu zo'rku, shu restorandan stol band qil men esa tayyorlanaman - deya hursand holda o'rnidan turib xonasiga chiqib ketdi. Janob Kim va Suga Kim xonimning ortidan jilmaygancha qolishdi.

•••

Rona sho'rva tayyorlashi uchun kerak bo'ladigan bir ikkita narsalar Aerinnikida bo'lmagani sababli do'konga borib keldi va sho'rvani tayyorlab bo'lganidan so'ng uni patnisga joylashtirib Aerinning xonasi tomon bordi, yetib kelganidan so'ng eshik tutqichini pastga tortdi. Eshikni sekin ochib o'rtacha qadamlar bilan xona ichigi kirdi, Aerinni yotog'i yoniga yaqinlashib qo'lidagi patnisni kichik javonni ustiga qo'yib Aerinni uyg'otishga kirishdi.

Rona: Aerin tur, sho'rva pishirdim issiqligida yeb ol - Aerinni ohista turtgancha gapirdi. Aerin esa biroz g'inshidi ammo uyg'onmadi - hoy qiz tursangchi.

Tae: Uyquchi malika - deya jilmayib Aerinning yotog'iga sal egildi - Aerin tur.

Aerin: Yo hudo nima xohlaysiz mendan? - g'inshigancha gapirdi ko'zlari yumiq holda.

Rona: Turib ovqatlanishingni xohlaymiz.

Aerin: Hech nima yegim kelmayapdi - deya sekin ko'zlarini ishqalab ochdi.

Rona: Hech bo'lmasa ikki qoshiq yesangchi? - yotog'iga o'tirib Aerinni tik holatda o'tirishiga yordam berib, suyanishi uchun ortiga yostiq qo'ydi.

Aerin: Xohlamayman.

Rona: Ozgina - qo'liga sho'rva solingan kosani oldi va birdan telefoni jiringlay boshladi bu Suga edi - Tae o'zing ovqatlantirib tur hozir kelaman - deya xonadan chiqib telefonni ko'tardi.

📲 Suga: Salom sevgilim.

📲 Rona: Salom.

📲 Suga: Soat 18:00 ga restorandan stol band qildim 17:30 da seni olib ketman.

📲 Rona: Yo hudo atigi 2 soat vaqt qolibdiku.

📲 Suga: Menimcha bu senga yetadi malikam.

📲 Rona: Men hozir Aerinni yonidaman, shoshilishim kerak. Ko'rishguncha sevgilim.

Qo'ng'iroq yakunlandi...

•••

Rona chiqib ketganidan so'ng Taehyung Ronaning joyiga joylashdi va patnisni javon ustidan olib tizzasiga qo'ydi.

Tae: Aerin qani og'zingni och.

Aerin: Xohlamayman - deya yuz burdi.

Tae: Ammo yeyishing kerak hech bo'lmasa ikki qoshiq, qara undan mazali ifor taralyapdi Rona nuna sen uchun tayyorladi axir - qoshiqni uning og'iziga yaqinlashtirdi - qani - ohiri taslim bo'lgan Aerin og'zini ochdi.

Aerin: Mmm mazali - deya yana og'zini ochdi, Taehyung esa uni ovqatlantirishda davom etdi. Va birdan xonaga Rona yugurib kirib keldi va sumkasini olib gap boshladi.

Rona: Aerin meni kechir hozir shoshilishim kerak, keyin senga barini tushuntiraman, hayr Tae - deya endi xona eshigidan chiqmoqchi bo'lganida qayta to'xtab Taehyungga yuzlandi - ovqatlanib bo'lganidan keyin dorilarini olib ber, hayr - deya xonadan chiqib ketdi. Aerin ham uni ortidan ''ehtiyot bo'ling'' degancha qoldi.

Tae: Menimcha Rona nuna uchrashuvga tayyorlanish uchun shoshib ketdi.

Aerin: Yana qanaqa uchrashuv? Nega meni xabarim yo'q? - qoshlarini chimirib gapirdi.

Tae: Bugun ota-onam Rona nuna bilan tanishishadi - kosadagi ovqatdan qoshiqqa yana ozroq olib Aeringa yaqinlashtirdi, Aerin ham uni yeb gap boshladi.

Aerin: Ohho, Rona onnie shuning uchun shoshib ketdimi? - deya jilmaydi - qaysi restoranga borishar ekan?

Tae: Mendan restoran tavsiya qilishimni so'rashdi men esa ''Mingles'' ni tavsiya qildim.

Aerin: Ouu zo'rku.

Tae: Ana kosada bir qoshiq ham sho'rva qolmadi - kosaga ishora qildi - endi aqlli qiz bo'lib dorilaringni ichsang bo'ldi.

Aerin: Yaxshi dorilarni olib ber.

Tae: Hozir olib kelaman - deya qo'lida pantnis bilan xonadan chiqib ketdi. Va ikki daqiqa o'tmasdan qo'lida bir stakan suv va dori bilan kirib keldi - mana ichib ol.

Aerin: Rahmat - Taehyungning qo'lidagi dori va stakanni oldi, og'ziga dorini solib so'ng suvni ichdi.

Tae: Boshqa biron nima kerak emasmi? - Aerinning qo'lidagi stakanni olgancha gapirdi.

Aerin: Yo'q rahmat, endi sen ham ketishing mumkin. Shundoq ham ko'p vaqtingni oldim.

Tae: Hoy bu nima deganing? - qoshlarini chimirdi - nega unday deysan sen mening qadrli insonlarimdan birisan axir - bularni eshitgan Aerin ho'rsinib qo'ydi.

Aerin: Hop yaxshi endi ketishing kerak, mehribonchiliging uchun minnatdorman katta rahmat.

Tae: Hop yaxshi, biron nima kerak bo'lsa darrov menga qo'ng'iroq qil hopmi?

Aerin: Hop endi bor, yo'lda ehtiyot bo'l - uning bu gapidan Taehyungning yuziga tabassum yugurdi.

•••

Rona shoshib uyiga kirib keldi. Tezda dushga kirib ketdi, dush qabul qilib chiqqanidan so'ng ko'ylak tanlash uchun kiyim javonini ochib qo'liga ikki ko'ylakni oldi biri pushti biri oq. Qaysi birini kiyishni bilmagan ikkisini ham emas boshqa qora ko'ylagini kiyishga qaror qildi. Kiyim muammosini hal qilgan Rona sochlarini quritib boshladi. So'ng kiyimlarini almashtirib pardoz stoliga o'tirdi, bo'rttirib yubormagan holda ozgina pardoz qilib oynadagi aksiga qarab jilmaydi. Va nihoyat u tayyor. Saldan keyin esa uning telefoni jiringlay boshladi, haa bu Suga edi.

📲 Rona: Eshitaman sevgilim.

📲 Suga: Vaqt bo'ldi yagonam, uying binosi qarshisida turibman.

📲 Rona: Hop hozir tushaman.

📲 Suga: Kutaman.

Qo'ng'iroq yakunlandi.....

Rona qo'liga sumkasini olib uyidan chiqib lift yoniga bordi va lift chaqirish uchun mo'jallangan tugmani bosdi, lift ochildi Rona lift ichkarisiga kirib 1 tugmasini bosdi so'ng lift kerakli qavatda to'xtab ochildi Rona avval liftdan so'ng binodan chiqdi va qarshisida turgan kelishgan shahzodaga ko'zi tushi beixtiyor jilmaydi.

Suga: Juda ham ochilib ketibsan yagonam - jilmayib turgan Ronaga javoban u ham jilmaydi.

Rona: Sen ham juda ko'rkamsan.

Suga: Rahmat - u mashinaning oldi eshigini ochdi - marhamat malikam.

Rona: Iltifot uchun rahmat shahzodam - deya kulgancha mashinaga joylashdi.

Suga: Arzimaydi malikam - degancha mashinani aylanib o'tib rulga o'tirdi. Va u yerni tark etishdi.

Bu paytda janob Kim va Kim xonim restoranda ularni kutib o'tirardi. Shu payt ular ham kelishdi. Kim xonim ular tomon kelayotgan ikki go'zal juftlikni ko'rib ko'zlari quvnadi.......

Davomi bor...


#Aerin❤️‍🩹