Hayotim mo'jizasi💙💫
Tae: Yo'q! - qovog'ini solib - shoshma telefonim qolib ketyapdi - bu gapdan hamma kulib yubordi.Taehyung va Jin Aerinni uyini tark etishganidan so'ng ular birga Jinnikiga borishdi.
Tae: Qachondan beri Xeyani yoqtirasan? - divanga o'zini tashlash barobarida gapirdi.
Jin: Birinchi ko'rganimda beri - degancha ohista jilmayib o'sha kunni esladi.
Bugun universitetning birinchi kuni Jin uchun talabalik davri boshlandi. Ammo Jin darsga kirishni xohlamay univer yonidagi kirish taqiqlangan bog'ga kirishga qaror qildi. Jin o'sha bog'ga yetib borishi bilan ko'zlari baland to'siqdan oshib o'tishga harakat qilayotgan qizga tushdi. Hayron bo'lgancha qizga yaqinlashdi.
Jin: Hoy qiz nima qilyapsan? - Xeya orqasidan ovozdan seskanib ketib ortiga qaradi va yana qilayotgan ishida davom etib gap boshladi.
Xeya: Ko'rmayapsanmi? Bog'ga kirmoqchiman - va nihoyat u bog' eshigidan oshib o'tib yerga sakradi o'rnidan turib qo'lidagi qumni qoqdi - o'zing nima qilyapsan bu yerda?
Jin: Men ham bog'ga kirmoqchiman - degancha u ham bog' darvozasidan oshib o'tdi - ketdik.
Jin oldinga qarab yurib ketar ekan Xeya ham unga ergashdi. Bog' juda chiroyli edi qushlar sayrashi darxt barglari shitirlashi quloqqa xush yoqardi. Ular manzarani suratga olib kelishar ekan to'g'rida ko'l chiqdi. Xeyani ko'zlari quvnab ko'l yoniga tezroq borish maqsadida yugurib ketdi.
Jin ham uni ortidan borib daraxt yoniga o'tirdi, so'ngra Xeya ham uni yonidan joy oldi.
Jin: Seokjin lekin hamma qisqartirib Jin deb chaqiradi. Bu yerga nega kirmoqchi eding?
Xeya: Bog' qandayligini ko'rish uchun, va bu yer nihoyatda go'zal - deya jilmaydi.
Ular yana ozgina suxbatlashib bog'ga qanday kirishgan bo'lsa shunday chiqib ketishdi. Ertasi kuni esa Jin uni o'z auditoriyasida Xeyani uchratdi va ular bir kursda o'qishini bilib olishdi.
Jin: Hullas mana shunday tanishganmiz.
Tae: Tanishishingiz juda ajoyib va romantik bo'lgan ekan qoyil - deya lab chetida kulib qarsak chalib qo'ydi.
Jin: Rahmat rahmat - deya kulib Taehyungning qarsaklariga javoban tazim qildi.
Tae: Xeya ham seni sevadi! Bunga bugun amin bo'ldim. Balki unga sevishing aytarsan.
Jin: Avval sen Aeringa aytib olchi keyin bir gap bo'lar - kulib yubormaslikga harakat qilgancha.
Tae: Hoyy - deya yonida turgan yostiqni Jinga qarata otdi, Jin esa u yostiqni ushlab qoldi.
Qizlar birga Aerinning yotoqxonasida suxbatlashishardi. Shunda Aerin Taehyung Xeyaga bir yigit ko'z qisdi degan gapini eslab qoldi. Unga Jinning o'sha paytdagi reaksiyasi juda qiziq edi.
Aerin: Bugun bir yigit senga ko'z qisibdi, keyin Jin va Taehyung uni do'pposlashibdi.
Xeya: Taehyung aytdimi? - deya peshonasini siladi.
Aerin: Ha Taehyung aytdi, qani bir boshidan aytchi - qulayroq o'tirib oldi. Xeya unga hammasini sekin-sekin gapirib berar Aerin esa buni maroq bilan eshitardi ora-orada hayratlanob ham qo'yardi...
Ertasi kuni ular univerda ko'rishishdi. Suga va Rona hal o'sha yerda edi, Aerin va Xeyani Ronaga beradigan savollari talaygina edi. Shuning uchun o'rindiqda o'tirgan Rona va Sugani ko'rishlari bilan yonlariga yugurishdi.
Aerin: Salomlar, kecha Daeguga Suga oppani holam bilan amakimga tanishtirgani olib borgan edingiz a? Xo'sh ular nima deyishdi?
Xeya: Suga oppa ularga yoqdimi? Sizlarga rozilib berishdimi? To'y qachon? - ikki qizning tinmay gapirishidan Ronani boshi og'riy boshladi.
Rona: Qizlar sekin-sekin bitta-bitta gapiring iltimos - qizlar jim bo'lishdi orqadan Jin va Taehyung ham kelib ularga qo'shildi.
Suga: Hamma jam u jam ekan endi boshlaymiz, sevgilimning ota-onasi rozi - sevinib gapirardi - bugun ikki taraf to'y kunini belgilashadi - deya Ronaga qaradi, hamma hursand.
Tae: Endi sizni Rona nuna emas kelinoyi der ekanmanda - bu gapdan hamma bir barakayiga kulib yuborishdi.
Rona: Yo'q Taehyung to'ydan keyin ham nuna desang qarshi bo'lmayman.
Tae: Yo'q kelinoyi deyman, bu yil bitiruvchisizlar keyingi hafta bitiruv oqshomi deb eshitdim.
Suga: Haa shunday, keyin imtixonlar bor - boshini siladi.
Rona: Hammasidan o'tamiz - Sugani qo'lini ushlash baroborida, Suga ham unga ''albatta'' degandek bosh chayqadi.
Aerin: Unda biz ketdik bo'lajak yosh oilani yolg'iz qoldiraylik.
Ular o'z auditoriyasiga ketishdi darslar ham boshlandi 4 para darsdan so'ng darslar tugadi. Shu tariqa kunlar o'tdi Suga va Rona univerni bitirishdi. Jin Xeya Taehyung va Aerin ham 3-kursni eson omon bitirib olishdi va eng hayajonli bo'lgan narsa yaqinda Rona va Sugani to'yi. Bu orada Xeya va Jin ham sevgisini tan olishga muvaffaq bo'lishdi, ammo Taehyung haligacha aytolmadi. Uni shunchaki do'st ko'rinishida sevdi, sevishingni qancha sir tutsang u kuchlilashib boradi degan gap to'g'ri sheklli Taehyung Aeringa ipsiz bog'lanishga ulgurgandi.
Hamma o'z ishi bilan ovora har yerga yugurib yurishibdi. Kelin o'z dugonalari bilan suratga tushyapdi. Xonaga kostyum shimlari yarashgan Suga kirib keldi, Rona uni ko'rib yanada kengroq jilmaydi. Ikki yosh ham bir-biriga jilmayib turishar ekan kelinning dugonalari birin ketin xonani tark etishdi.
Suga: Juda ham ochilib ketibsan farishtam~ ko'zlarim qamashyapdi - kulgancha ko'zlarini huddi quyoshga qarayotgandek biroz qisdi. Bundan Rona ovoz chiqarib kulib yubordi.
Rona: Sen ham juda ko'rkamsan shahzodam.
Suga: Rahmat malikam, ozginadan so'ng shahzodam emas erginam deysan xotinjon.
Rona: Hoyy Suga - uyalib ketdi. Birdan xona eshigi ochilib xonani Aerinning ovozi tutib ketdi.
Aerin: Nimalarni gaplashyapsiz? Vaqt bo'ldi ketdik - degancha Ronani olib chiqib ketdi.
Rona dadasini qo'lidan tutgancha qadam-ma qadam Sugaga yaqinlashardi uning baxtli jilmayishi ota-onasiga ham quvonch baxsh etdi. Ular Sugani oldiga yetib kelishganidan so'ng janob Bae Ronani qo'lini Sugaga tutqazdi.
Janob Bae: U meni yakkayu yolg'iz qizim, uni asrab avayla - degancha jilmayib o'z joyini egalladi.
Nikoh o'qildi ular endi bir-birlarida bo'sa olishlari kerak, Suga sekin mayinlik bilan kaftini Ronani yuziga qo'yib Ronadan bo'sa oldi endi ular qonuniy er va xotin. Hamma hursand, Rona va Suganing bugun eng baxtli kuni ikkisi ham bir-birini kaftidan tutgancha jilmayib o'tirishardi. Taehyungning nigohlari bir qizda edi Aerin.
Pov Taehyung: Balki Aeringa bugun sevishimni aytarman. Lekin qanday aytaman? Yaxshisi to'y tugagandan keyin, haa aniq aytaman!
Shu payt Taehyungni kimdir chaqirib qoldi u ketdi. Juda kech bo'lib qolganligi sababli Aerin ham Rona va boshqalar bilan hayrlashib to'y xonani tark etdi. Taehyung qaytib kelganida esa Aerin yo'q edi, u qayerga ketganini Xeyada so'rab to'y xonadan chiqib mashinasiga o'tirdi u mashinani eng yuqori tezlikda haydab ketardi. U bugun aytishi kerak! Aytmasa bu ko'ngil tinchimaydi, tinchiyolmaydi. Taehyung tezlikni yanada oshirdi va kutilmaganda yon tarafidan mashina chiqib qolib unga uruldi. Boshqa mashinadagi odamlar tezda mashinalaridan tushib tez yordamga qo'ng'iroq qilishdi. Ozginadan keyin 2 mashinani odamlar o'rab olishgandi shu vaqtda tez yordam mashinasi sirenasi ovozi hamma joyni tutib ketdi. Tez yordam yetib kelib Taehyung va ikkinchi mashinadaga odamni zambilga olib shifoxonaga olib ketishdi.
Tez yordam mashinasi shifoxonaga yetib keldi, ularni shifokorlar kutib turardi. Feldsherlar zambilni ehtiyotkorlik bilan tez yordam mashinasidan tushirib doktorlarga topshirishdi, yana bir feldsher bemorning narsalarini hamshiraga topshirdi. Doktorlar ikki bemorni ham shifoxona ichkarisiga olib kirib ketishdi.
Doktor: Hamshira Do bemorlarning narsalari orasida telefonlari va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari bormi?
Hamshira Do: Ha xonim bor ekan - telefon va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ko'rsatgancha.
Doktor: Unda ularning oila a'zolariga xabar ber - gaplarini tugatganidan so'ng hamshirani javobini kutmasdan operatsiyaga tayyorlanish uchun bino ichkarisiga kirib ketdi.
Hamshira Do ham chuqur uhh tortgancha bino ichkarisiga kirib stullardan biriga joylashdi. Kech bo'lib qolganligi sababli shifoxonada odam kam va tinch edi. Hamshira Do Taehyungga urilib ketgan mashina egasini shaxsni tasdiqlovchi hujjatini olib ko'zdan kechira boshladi.
Hamshira Do: Demak Shin Minseok 37 yoshda - past ovozda, so'ngra uning telefonini olib uni ochdi va ''rafiqam'' deya saqlangan raqamga qo'ng'iroq qildi. Ozginadan keyin telefonga bir ayol javob berdi.
📲 Ayol: Boryapman deganingizga ancha bo'ldiku azizim, ammo hali ham sizdan darak yo'q.
📲 Hamshira Do: Salom xonim, sizni Seul tibbiyot markazidan bezovta qilyapman. Eringiz janob Shin Minseok avtohalokatga uchragan.
📲 Ayol: Nima? Nimalar deyapsiz? Bunday bo'lishi mumkin emas!
📲 Hamshira Do: Ammo shunday bo'ldi, eringiz hozir operatsiyada.
📲 Ayol: Hozir, hozir yetib boraman.
Hamshira Do: Endi ikkinchisiga - deya Shin Minseokni telefoni qo'yib Taehyungni shaxsni tasdiqlovchi hujjatini qo'liga oldi - Kim Taehyung avvv juda kelishgan yigit ekan.
Taehyungni hujjatdagi rasmiga qaragancha kulib turib uning telefonini olgancha ''Oyim'' deb saqlangan va eng ohirgi gaplashilgan raqamga qo'ng'iroq qildi, abonet aparati o'chirilgan degan javobni olganidan so'ng boshqaga qo'ng'iroq qilishga qaror qildi. Kontaktlaridan ''yuragi o'g'irlangan yigit'' deya saqlangan raqamga qo'ng'iroq qildi (bu Jin). Qarabsizki bu qo'ng'iroq javobsiz qolmadi.
📲 Jin: Eshitaman Taehyung nima bo'ldi?
📲 Hamshira Do: Salom janob sizni Seul tibbiyot markazidan bezovta qilyapman janob Kim Taehyung avtohalokatga uchragan, hozir operatsiya xonasida.
Hamshira Do: Qo'yib qo'ydimi? U meni gapimga ishonmadi yoki vaqt boy berishni xohlamay yo'lga chiqqan - deya o'rnidan turib hamshiralar xonasiga yo'l oldi.
Jin: Janob iltimos Seul tibbiyot markaziga haydang - Jinning bu gapidan Xeya hayron edi haydovchi ''yaxshi'' degandek yo'nalishni o'zgartirdi.
Xeya: Tinchlikmi? Taehyung nima dedi? U qo'ng'iroq qilganidan so'ng yuzing oqarib ketdi. Haydovchiga aytgan gaping - havotir bilan gapirardi.
Taehyung ketganidan so'ng to'y ham o'z nihoyasiga yetgandi. Hamma mehmonlar ularni yana bir bor tabriklab uy uyiga tarqalishgandi. Xeya va Jin ham ular bilan hayrlashib taksiga chiqishgandi. (O'shanda hamshira Do tel qilgandi).
Jin: Taehyung avtohalokatga uchrabdi, shifoxonadan qo'ng'iroq qilishdi, Suga hyongga aytishim kerak - deya Sugaga qo'ng'iroq qila boshladi. Xeya esa eshitgan gaplarini tahlil qilardi - Suga hyong javob bermayapdi.
Xeya: Unda janob Kim yoki Kim xonimga qo'ng'iroq qil men Aeringa qilaman - degancha u ham qo'liga telefonini olib Aeringa qo'ng'iroq qila boshladi. Va nihoyat Aerin qo'ng'iroqqa javob berdi.
📲 Xeya: Aerin tez Seul tibbiyot markaziga bor.
📲 Aerin: Uyim yaqinidagi Seul tibbiyot markazigami? Nega?
📲 Xeya: Taehyung avtohalokatga uchrabdi u o'sha shifoxonada ekan.
📲 Aerin: Bunday hazillar yaramaydi Xeya. Yana yarim tunga yaqin.
📲 Xeya: Aerin bu nima deganing qanaqa hazil? Rost aytyapman tezroq bor biz ham ketyapmiz.
Aerin eshitganlar gaplariga ishonmay uydan otilib chiqdi. Uning uyi shifoxonaga yaqin joylashgan ammo 15 daqida yugurib yetib borishi mumkin shuning uchun yo'lidan birinchi chiqqan taksiga o'tirgancha shifoxonaga yetib bordi taksi haqqini to'lagancha shifoxona ichkarisiga yugurdi. Ich-ichidan bu hazil bo'lishini juda xohlardi shunga umid qilardi. Hozir uning yonidan Taehyung chiqib ''Aerin chuv tushding'' deyishini juda xohlardi. Aerin yo'lidan chiqqan birinchi shifokorni to'xtatib Taehyung operatsiyada ekanligini bilib olganidan so'ng yuragiga g'ul-g'ula tushgandi. U shifokor aytgan yo'lak bo'ylab yurarkan hayolida faqat Taehyung edi, operatsiya xonasiga yetib kelarkan ko'zlari operatsiya xonasini yon tarafidagi kichik televizorga tushdi u yerda ''Bemor: Kim Taehyung. Shifokor: Chxve Junwoo'' deb yozilgandi. Aerin sekinlik bilan yerga o'tirdi ko'zlaridan yosh tomchilardi. Saldan keyin yo'laldan kelayotgan qadamlar tovushlari uni yo'lakga qarashiga majburladi, yo'lakdan Jin va Xeya kelardi. Xeya Aerin yig'layotganini ko'rib yugurib kelib tizzalab o'tirdi va uning ko'zyoshlarini bosh barmog'i bilan artgancha gap boshladi.
Xeya: Aerin nega yig'layapsan? Yig'lama hammasi yaxshi bo'ladi - uni sekin bag'riga oldi.
Aerin: Xeya T...Tae..hyung - ovoz chiqarib yig'lay boshladi - u...u o'lmaydi aaa?
Xeya: Yo'q shirinim o'lmaydi - Aerinning sochlarini silardi - tinchlan.
Jin: Men Aeringa suv olib kelaman - Xeya bu gapga javoban boshini tasdiq ma'nosida silkitdi, Jin endi ortiga o'grilganida yugurib kelayotgan janob Kim va Kim xonimni ko'rdi.
Kim xonim: Taehyung u yaxshimi? - hovliqqancha gapirdi.
Jin: Bilmaymiz Kim xonim, hali operatsiya tugamadi - Kim xonim chuqur uhh tortdi so'ngra ko'zlari yig'layotgan Aerin va uni ovitayotgan Xeyaga tushdi. Sekin qadamlar bilan ularni yoniga bordi.
Kim xonim: Qizim nega yig'layapsan? Tur stulga o'tir go'zal qizim - Kim xonim stulga o'tirdi va yonidagi joyga qo'li bilan urib qo'ydi - kelaqol - Aerin o'rnidan turib mayda qadamlar bilan Kim xonim qo'li urib qo'ygan joyga o'tirdi. Xeya esa Jin bilan birga suv uchun ketdi.
Kim xonim: Taehyung kuchli yigit havotir olma qizim - Aerinning qo'liga yengil urib qo'ydi, Kim xonim Aeringa shunday dedikuya ammo yuzidan havotir olayotgani sezilib turardi.
Aerin: Yo'q havotir olmayapman - ko'zyoshlarini artgancha - u mening baxtsiz bo'lajak erimni ko'rmasdan o'lmaydi.
Kim xonim: Nega aynan baxtsiz? - savol nigohi bilan qaradi.
Aerin: U doim menga sening bo'lajak eringa/yigitingga achinaman deb aytadi - Kim xonim endi gapirish uchun og'iz juftlaganida operatsiya xonasi eshigi ochilib shifokor chiqib kelib niqobini yechdi.
Shifokor: Kim Taehyungni yaqinlarmisiz?
Janob Kim: Haa bizmiz u yaxshimi? - Aerin va Kim xonim ham o'rnilaridan turishdi.