Burch va muhabbat
~Bir yarim yil ilgari Begman qiroligi.
Hada Namjoon bilan tezroq koʻrishish uchun mashinani katta tezlikda haydab borar ekan ortidan yana bir qora rangli mers mashinasi kuzatib kelayotganini sezmasdi. Bu mashina Hadani qoʻriqchilarini javob berib yuborgandan buyon kuzatib yurgandi. Namjoonsiz dunyoni anglamay qolgan qiz aslo sezmagandi buni!
Mashinada ketib borar ekan old oʻrindiq ustida turgan chegara postiga kirish ruhsatnomasiga qarab sevinib qoʻyardi. Yoʻl yarmiga yetganda ortidan kelayotgan mashina yoʻlini kesib chiqdi. Hada mashinasini bir ammallab avariyadan saqlab qoldi. Mersni eshigi ochilib 4 erkak mashinadan tushib keldi. Qiz nimadir boʻlishini sezgandek mashinani yurgazishga shosharkan erkaklardan 2 tasi mashinani oldiga chiqib oldi qolgan 2 erkak mashinani eshigini ikki tomondan kelib tortib ochishdi.
Erkaklar jim edi qizni tortib mashinadan olib tushishdi.
~ qoʻyib yuboringlar dedim ...kimsizlar oʻzi ..
Qiz qancha qarshilik qilmasin ikki erkakka kuchi yetmasdi. Qancha qichqirdi qancha dod soldi foyda bermadi togʻlar qizni ovozini yutib yuborishdi. Burniga bosilgan xushsizlantiruvchi doridan qiz xushini yoʻqotdi. Erkaklardan biri qizni boʻynidagi qoʻlidagi qulogʻidagi taqinchoqlarni yechib olib oʻzlari bilan olib kelgan ayol kishini murdasiga taqishdi murdani rulga oʻtkazib rulni jarlik tomon toʻgʻirlab gazni bosib yuborishdi mashina jarlikka quladi, portladi, alangalanib yondi oʻzi bilan yaqinda daraksiz yoʻqolgan 21 yasharli Suyni olib ketgan boʻlsa, Hada ismli qizni ham oʻliklar qatoriga qoʻshdi.
Hada koʻzini osmonda uchib borayotgan xususiy samalyotda ochdi atrof gʻira shira koʻrinardi hali atrofni anglab ulgirmasidan burniga hushsizlantiruvchi dorini hidi urildi. Oʻz-oʻzini anglab oʻziga kelganda ustida bemorlar kiyimi qoʻl oyoqlari maxluqni sirtmoqlagandan zanjirlab tashlangandi tushgan ahvolidan koʻra qarshisida oyoq tomon kravat uchida turgan inson uni hayratga soldi.
Jimin Hadani qabrini onasiniki bilan yonma-yon qoʻydirdi. Endi u yaxshi koʻrgan 2 ayol yonma-yon mangu uyquda yotardi. Hayotdagi yagona ovunchogʻidan ayrilgan Janob Chon va Chon xonimni nollalari osmonni titratar edi.
Namjoon qizni oxirgi yoʻlga kuzatishga kechikib yetib keldi. Kelganida qabr boshida Jimin va qoʻriqchilari turardi. Namjoonni yuzlarida qon yoʻq koʻzlari burunlari qizarib ketgan yigʻlab hatto toʻkadigan yoshi qolmagandi. Ustida xarbiy libos qumga belangan motam libosini ham kiymagandi.
Jimin Namjoonni koʻrishi bilan u tomon katta-katta qadamlar bilan yurib borib jon boricha yuziga musht tushirdi. Namjoon yerga choʻkalab qoldi. Yigʻi oʻralgan ovoz bilan
Jm: bari seni qoʻrqoqliging deb boʻldi uni sevishingni oldinroq aytganingda u hozir oldimizda kulib yurgan boʻlardi
dedi Jimin ta'na qilgancha
Namjoon qaddini zoʻrgʻa koʻtardi u ham shahzodani yuziga musht urdi
Rm: men uni seni oldingda qoldirgandim omanatim edi u meni sen baxtli qilishingga ishongandim sen asrolmading.
Ikkisi rossa olishishdi va oxiri tinjishdi hech kim ularni oʻrtasiga tushmadi. Namjoon qabr tuprogʻini hovuchlab koʻz yosh toʻkkanini hech kim na Jimin na qoʻriqchilar unita olishmadi.
Endi hammasi oʻzgara boshladi qiziqqon lekin koʻngli boʻsh shahzoda tartibli va qattiq qoʻl boʻlib qoldi. Aqalli saroy havosida uchgan kichkina jang zarrasi uchun ham hammani jazolay boshladi. Tunlari qizni sogʻinib oʻrtanib chiqadigan qalbi tong yorishishi bilan toshga aylanardi.
Jimin sogʻinchdan qizni asrab qololmaganidan qiynalar ekan yonida Inhe turdi. U endi Jiminga oʻtmishni tana qilmas yonidan bir qadam ham jilmas yigitni sevintirish gʻamlarini unitishi uchun harakatda edi. Qattiq ishlab yuborganda yelkalarini uqalar chanqaganda suv tutar Jimin yoqtirgan kitobidan parchalar soʻzlar yigitni shular bilan chalgʻitishga urinar maktab va oliygoh yillaridagi qiziqarli voqealardan gapirardi. Jiminni xonasiga tinchlantiruvchi gullar bilan bezatib tashlagandi.
Jimin qizni bu harakatlarini juda qadrlar baʼzan koʻz yosh qilgisi kelganda Inheni yelkasiga bosh qoʻyardi shunday mahallarda Inhedan Hadani atrini ifori kelardi. Jimin qachondanligi bilmaydi Inhedan Hadani ifori kela boshlagandi bir gal buni sababini Inhedan soʻradi.
Jm: sen bunday parfumdan foydalanmasding senga oʻtkir hidlilari yoqardi shekilli..
Inhe: bir gal seni koʻrgani kelganimda Hada bilan toʻqnashib qolgandim undan shunday ifor kelib turardi sen unga shunday tikilardinki atrofingda undan boʻlak hech kim yoʻqdek keyin men ham shunday ifordan foydalana boshladim menga e'tibor qilarsan degan umid bilan.
Bir gal Inhe Jimin uchun Hadani surʼatini portret qildirib keltirdi va Jiminni ish stoli ustiga joylashtirib qoʻydi. Hadani surʼatini qoʻliga olib tikilib turgan Jiminga shu soʻzlarni aytdi.
Inhe: sen bu yoʻl bilan uni unitolmaysan sogʻinch seni yutib yuborgani qoladi. Yaxshisi uni surʼati oldingda boʻlsa biroz koʻngling taskin toparmidi qara surʼatda kulib turibdi qanchalar chiroyli tabassumi bor edi uni.
Jm: surʼatni qayerdan olding ?
Inhe: uyiga borgandim onasidan xabar olgani ado boʻlibdi bechora ayol sen uchun suratlardan birini soʻrab oldim.
Jm: Hadani ota-onasidan ham xabar olyapsanmi? Qanchalar toza yuraging bor Inhe.
Oradan bir yarim yil oʻtgach shahzoda qonunlarga binoan oila qurmasa boʻlmasdi. Bu vaziyatda Jimin ogʻir kunida birga boʻlgan Inheni tanladi.
Jiminni yonida Inhe bor edi hamma azob Namjoonga qolgandi u yolgʻiz edi. Yoshlik onlaridan sevgan bir qizi bor edi undan oʻzgasi koʻzlariga koʻrinmasdi. Qachondir u bilan birga va baxtli boʻlish ishqida yashayotgandi taqdiri azal peshonasiga shuni ham koʻp koʻrdi. Endi qaysi umidlar uchun yashaydi. Qoʻlida quroli edi uni doʻsti chegarada beʼdor turgan kezlari Hada shu yurtda uni asrashim kerak deya jon boricha chegarani qoʻriqlardi edi nimani qoʻriqlaydi sevganiga qabr qoʻlgan shu yurtnimi oʻzi ham bilmasdi bir kun bu azobli sogʻinchlar bitar der edi bir yarim yilki yarasi yangilansa yangilanar lekin bitmasdi.
Hada koʻzlarini ochganda roʻparasida Inhe turardi. Hada bu chehrani unita olmasdi bunchalar nazokatli va kibor qizni unitish qiyin edi.
~ qoʻyib yubor men seni tushinmayapman.!
Inhe: tushinasan... Oʻzingni jinnilikka solma suyuq oyoq sendaqalarni nima qilishni men yaxshi bilaman. Sen iflos kimsan oʻzi nega hayotimizda paydo boʻlding.. Jiminni men esimni taniganimdan buyon sevaman. Maktab yillari ham u faqat men bilan edi chanqasam shahzoda boʻlishiga qaramay suv tashir men uchun boshqa bolalarni kaltaklar yigʻlaydigan boʻlsam koʻz yoshlarimni artar sochlarimni silardi. Men ham faqat unga loyiq boʻlish uchun yashadim. Biz oliygohga oʻtdik senga oʻxshagan Yoncha ismli taviya unga oʻralashib qoldi uni nima qilganimni bilasanmi? Seni ahvoling unikidan a'loroq u ortiq Jiminni ortidan chopolmay qoldi nafaqat chopolmadi balki butunlay yurolmay nogironlar aravachasiga mixlanib qoldi oʻz avtosini tormozi ishlamay qoldi toʻgʻri men biroz bu masalada qarashib yubordim. Jimin menga e'tiborsiz edi u meni rashk qilar deya Liyan isimli yigit bilan uchrasha boshladim. Jimin boshida biroz qizgʻandi keyin taqdirga tan bermoqchidek boʻldi. Biz Liyon bilan ancha chuqurlashib ketdik bu esa Jimin bilan birga boʻlishga toʻsiq boʻlardi uni ham oʻz yoʻlimdan olib tashladim bir barda haddan oshiqcha narkotik isteʼmol qilgani uchun vafot etdi shunisi qiziqki u umrida narkotik modda isteʼmol qilmagandi. Koʻrdingmi ularni oldida seni ahvoling shoxona buni ham sababi bor sen tomoshabin boʻlasan uyqudagi tomoshabin biz Jimin bilan baxtli boʻlamiz sen shu yerda mendan rahm kutib yotasan qalbim yumshab qolganda seni qoʻyib yuboraman. Oʻzi seni yoʻq qilmoqchi edim lekin ahmoq Yondo eplolmadi lapashang bilmasdiki bu ishi jazoga loyiq qamoqxonada joniga qast qildi bilasanmi u oʻta egaist edi oʻzini sevardi oʻzini oʻldirishi aqilga sigʻmaydi nu mayli peshonasi ekan.
Hadani peshonasida Inhe mingʻirlar ekan Hadaga ilkbor uxlatuvchi dori yuborishdi Inheni barcha soʻzlarini koʻzlari yumiq boʻlsada miyyasi uygʻoq boʻlgan Hada tinglab turdi. Shu kundan boshlab oyiga bir bor Inhe qizni oldiga kelar turli Jimin bilan boʻlayotgan voqealarni soʻzlar Hadani ota-onasini qanday ado boʻlishayotganini tomosha qilgani har hafta borishini aytar qiz emas ilon oʻstirganlarini jazosi bu deya tana qilib xandon otib kulardi uyquda boʻlgan Hadani koʻzlaridan yosh tomchilardi.
Inhe sevinch bilan yaqinda Jimin bilan oila qurishini aytgandan buyon kasalxonaga qadam ham bosmay qoʻygandi. Toʻgʻrida Amerika va Koreani orasi yaqin masofa emas....
Jimin nigoh zaliga yetganda serena chalindi bu serenani bir bora Hada yonida boʻlganda tinglagan edi. Jimin marosim eshigidan ortiga qarab yugirdi. Uni xayolida xonada uni serena ohangi emas Hada kutardi ich-ichidan allanimalar gʻimirlab qiz vafot etganini ham unita yozdi. Xonasiga kirishi bilan aparatni oldiga chopdi yaxshi ham tashlab yubormagan ekan. Jimin xonaga kirishi bilan ortidan Yun xonim qoʻriqchilar chopib kelishdi ular ichkariga kirishga jurʼat etmay eshik ortidan..
Y: shahzodam marosim boshlandi bu yerda nima qilasiz.
buyirdi shahzoda.
Jimin ekrandagi lakatsiyaga qarab kayfiyati tushib ketdi. Ruyih kasalikklar shifoxonasi deb chiqib turardi. Korea boʻlganda ham ishonsa boʻlardi AQShda bu aqilga sigʻmaydi. Balki Hada oʻshanda kimdir adashib tersachi degan tahmini toʻgʻri boʻlsachi qizni marjon taqilgan qoʻlini oʻzi oʻz qoʻllari bilan turgandi bu mumkin boʻlmagan xol edi. Jimin xonada yarim soatcha turib chiqib ketish uchun eshik oldiga yetganda ortidan Hadani yigʻlab hiqilagan ovozi keldi. Jimin shoshib ortiga oʻgrildi ortida hech kim yoʻq edi lekin qizni zorlanib yigʻlaganini anniq eshitdi. Nima boʻlganda ham tekshirib koʻrish kerak degan qarorga keldi. Toʻyni toʻxtatib ham boʻlmaydi bu oddiy nigoh emas. Jimin ishona oladigan kimsalardan biri boʻlgan otasini oʻng qoʻli boʻlgan Janob Soni xonasiga chaqirtirdi. Janob So shahzodani jim tingladi.
Jm: janob So men buni shaxsan tekshirishni istayman.
So: agar u tasodifiy chaqiruv boʻlsachi jinnilardan biri oʻyin qilib tergan boʻlsachi toʻyni toʻxtatishga arziydimi? Inhe xonim bundan qattiq ranjiydi.
Jm: shu sabab ham uni bezovta qilmaydigan sabab toping. Men hoziroq uchaman menga sodiq va kuchli ikki jangchi bering xususiy samalyotni tayorlang.
So: yaxshi siz aytgancha boʻlsin lekin befoydami deb oʻylayapman.
Jm: balki befoydadir ammo bu men sevgan ayolni xotirasi uchun.
Eshikni aqalli taqillatmay kelinlik libosida Inhe xonaga urib kirdi.
Inhe: Jimin tinchlikmi? Fikringizdan qaytdingizmi?
Jimin qizni oldiga borib ikki yelkasidan tutdi.
Jm: sen xavotir olma men fikrimdan qaytmadim shimoliy chegarada portlash boʻlibdi men borib xabar olmasam boʻlmaydi Namjoon oʻsha yerda u meni akamdek meni toʻgʻri tushun shu kungacha tushundinku..
Jm: qaytib kelishim bilan oʻtkazamiz?
Jimin Inheni koʻndirish uchun peshonasidan oʻpdi.
Jm: xavotir olma eng mohir qoʻriqchilar men bilan boʻladi men ertaga tongda shu yerda yoningda boʻlaman. Janob So mehmonlarga vaziyatni tushintiring men yoʻlga chiqaman.
Jimin va Janob So eshik tomon yurar ekan Inhe Jiminni quchib oldi.
Inhe: men sizni sevaman Jimin..
Jm: sen men tanigan eng yaxshi qizsan!
Dedi shahzoda lekin sevaman deyolmadi.
Inhe Jiminni gaplariga ishondi dili ogʻridi shunday boʻlsada Jimin u bn oila qurishiga ishonardi.
Jimin xususiy samalyotdan tushganida uni FBRni odamlari kutib oldi. Ular toʻgʻri aytilgan manzilga yoʻl olishdi. Jimin hashamatli qilib qurilgan jinnixona oldiga yetganda mashinadan tushdi. Bu joy bir vaqtlar zodagon boʻlgan keyinchalik ruhiy xolati buzilgan shahxslarga moʻljallangandi shu sabab qariyalar juda koʻp edi. Jimin ichkariga kirdi. Bosh shifokorni xonasiga kirganida shifokorni yuzida bezovtalikni sezdiyu lekin bu oʻz salobati shifokorni bosyapti deb oʻyladi. U shifokorni uzoq soʻroq qilmadi chunki bu erkakni umrida birinchi bor koʻrishi Hadani bu erkakka aloqador joyi boʻlishi gumon edi.
Jm: bu yerda koreyes qizi ham davolanadimi?
Sh: yoʻq janob bizda faqat qariya inglizlar koryeslar ham yosh qizlar ham yoʻq biror kimni qidiryapsizmi?
Jm: yaxshi ! ...yolgʻon chaqiruv shekilli...
Jimin oʻrnidan qoʻzgʻalib xonadan tashqariga chiqdi u koʻchada xayoli oʻzi boʻlmagan qariyalarga biroz achinish bn boqdi. Ortidan 50 yaqin FBR xodimi bilan chiqib ketar ekan qoʻlida patnis koʻtarib olgan qora tanli ayol Donnani koʻzi osiyolik kelishgan yigitga koʻzi tushdi.
D: nahotki bu Hadaga yordam qilgani keldi dedi ichida chunki u Hadani qamab qoʻygan kimsa ayol kishi ekanligini bilardi chunki Inhe bu yerga kelganda bir gal koʻrib qolgandi.
deya Jimin tomon yugurdi FBR xodimlari Donnani ushlab qolishdi. Jimin Donna tomon burilib koʻzidan koʻz oynagini oldi. FBR xodimlari toʻsib turarkan Donna baqirib qoʻya qoldi.
D: Hadani oldiga keldingizmi ? Uni qutqargani keldingizmi?
Jimin Donna palitsiya Hadani xonasi tomon shoshishdi.
Inheni hamtovogʻi boʻlgan bosh shifokor Kolins Inhega qayta qayta tel qildi Inhe toʻy qoldirilgani sabab telini oʻchirib siqilib turardi. Kolins qancha urinmasin Hadaga taqdirni oʻzi yordam qildi. Jimin xonaga kirganda qimmatbaho atrini ifori xonani tutib ketdi. Hada bu iforni darov tanidi koʻzlarini ochib past ohangda
Jimin xonada sargʻayib yotgan Hadani koʻrib quvonchdan yigʼlab yubordi. U Hadani bagʻriga bosdi.
Jm: tirikmisan ... Tiriksan quchogʻimdasan !
D: uni qamab qoʻyishgan bu yerga bosh shifokor Kolins ham oʻsha ayolni sherigi qoʻlga olmasangiz qochib qoladi!
Gapga qoshildi Donna u shoshib gapirardi.
FBR xodimlari Kolinsni qoʻlga olishdi u chindan ham qochgandi uni qoʻlga olishga bir hafta ketdi. Jimin hammadan berkitib Hadani yozgi saroyga keltirib qattiq qoʻriqlay boshladi. Hada bir yarim yil yotoqda boʻlgani uchun tuzuk yurolmasdi. Kolins qoʻlga tushgach Inheni ham qilmishi ochildi bu Jiminga katta zarba boʻldi shunday boʻlsada endi u yiqilmaydi yonida Hada bor edi. Inhe javobgarlikdan qochish uchun oʻzini-oʻz xonasida otasini quroli bilan otib oʻldirdi. Bosh vazir qizini iflos ishlarida ham tovoq edi bu ham kamdek u vaqtida qirolichani zaharlab oʻldirishda ham qoʻli bor edi xoin vazirni oʻlim jazosiga mahkum qilishdi. Qizni tirik xolda koʻrgan janob Chon va ayoli hayotga qayta kelishgandek boʻlishdi. Endi janob Chon bosh vazir oʻrnini egaladi. Jimin Namjoonni yozgi saroyga chaqirtirdi. Namjoon kelganda unga isteʼfo xatini tutdi. Va qilgan xizmatlari evaziga yutuq uni yuqorida xonada kutayotganini aytdi.
Namjoon xonaga chiqanida qoʻltiq hassaga tayangacha Hada kutib turardi. Namjoon Hadani koʻrgach koʻzlariga ishonmay yerga oʻtirib qoldi Hada oʻzini sharpa emas ekanligiga ishontirishga yarim soatcha ovvora boʻldi.
Jimin sevgan ayolini yaqin doʻstiga qoldirdi. Jimin uchun qizni sogʻ-omon ekanligi yetarli edi. Hada avvalgidek chopqillab ketishiga 2oycha kerak boʻldi ular tuzalgach oila qurishdi Jimin doʻstini guvohi boʻldi soʻngra Hada va Namjoon Londonga koʻchib ketishdi orzu qilganlaridek.
Shahzoda biroz qiynaldi lekin Hada oʻlib qolgan mahalichalik emas. Koʻp oʻtmay shahzodani unashtiruv oqshomi boʻldi. Janob Chon kabi madaniyat vaziri jabob Min ham qizini yoshligidan buyon Irlandiyada yashirib kelgan ekan afsus oxirigacha yashira olmadi. Jimin va boʻlajak malikani ham nigoh kechasi ajoyib hikoyalarga boy boʻldi.
X: Jimin va boʻlajak malikani nigoh....
shu jumlalarni oʻqib tugatmasi eshikni sharaqlab ochilganidan devan ustida onasini kundaligini titkilayotgan qiz uchib tushdi.
D: nimalar qilyapsan tayor boʻlib qoldingmi
degan ovoz kelgach qiz biroz yengil tortdi.
X: uff Donna xola bu sizmi.? Oʻtakamni yorib yubordingiz oyim yoki Taehyung akammi debman.
D: akang Kim Taehyung Mayk togʻang bilan yangi qurilgan mehmonxonani tekshirishga ketishgan bugun kelishmaydi ota-onang ukang Kim Sobinni bayrami tugagan boʻlsa qaytishayotgandir oʻzing nima qilyapsan.
X: bugun kechga Koreaga uchaman-ku onam xonasida buvimga ukamni fotolarini tayorlab qoʻyganini olishimni aytgandi qarang nima topib oldim !
D; onangni kundaligimi? Tez joyiga qaytar onang 2mizni ham oʻldirardi.
X: yaxshi Donna xola bu yerda yozligani rostmi? Onamni chindan ham shahzoda sevib qolganmi?
X: oyim dadamga shahzoda uni bir necha bor oʻpganini aytganmikan ?
X: voy bu shahzoda menga juda yoqib qoldi u kelishgan boʻlganmikan? Men onami oʻrnida shahzodani tanlardim.
D: hoy tentak qiz shunday boʻlganida sen tugʻilmasding.
Rostini aytsam shahzoda juda kelishgan edi Kim Hari kundalikni joyiga qaytar. Tez boʻl bir nimalar yeb ol 3 soatdan soʻng samalyoting uchadi. Tongda Koreada boʻlasan.
Hari: toʻgʻri biram tezroq borishga oshiqyapmanki ..
D: yoshligindan majburlab ham ketisholmasdiku seni shu gal ham oʻzingni kasalga solarmikansan deb turgandim.
Hari: eh Donna xola bormaganimga qancha afsus yeyayotganimni bilganingizda edi. Mayli borib olay afsuslarga oʻrin qoldirmayman.
Kim Harini ilk marotaba Koreaga kelishi edi.
Uni ayraportda bosh vazir janob Chonni topshirigʻi bilan yosh qoʻmondon Jeon Jungkook kutib turardi.
Jk: salom Hari xonim xush kelibsiz ..
Jk: chemadoningizni menga bering
Hari: marhamat ..(bu kim boʻldi bunchalar kelishgan)
Ular eshikka yetishmasi Jeon Jungkookga qoʻngʻiroq boʻldi.
Jk: eshitaman ...yosh bolami aysh nega qochaveradi ..hoziroq yetib boraman ...
Yigit telini qoʻyib qizga yuzlandi.
Jk: meni zarur ishim chiqib qoldi sizni taksi bn yubora olmayman meni mashinam koʻchada bu kaliti buvingizni uyini lakatsiyasini mashinaga kiritsangiz oʻzi sizni olib borib qoʻyadi. Aybimni ertaga mashinani olgani borganda yuvaman..
Qiz kalitlar bilan shoshib ketib qolgan yigitni ortidan tikilib qoldi. Mashinaga yukini joyladi. Mashinani endi oʻt oldirmoqchi edi orqasidan kimdir tomoq qirdi qiz orqa oʻrindiqqa oʻgrildi.
Hari: voy tovba bu meni mashinam oʻzing kimligingni ayt .
X: yoʻgʻe mashina seniki boʻlsa men qanday oʻtirib oldim bu mashina saroyy...
Yigitni gapi ogʻziga qoldi Hari poshnali tuflisini oyogʻidan yechib olib yigitga oʻqtaldi.
Hari: bildim sen oʻgʻrisan shu poshina koʻzingga kirishini istamasang qani mashinadan tez tush men xarbiy odamni qiziman meni qoʻrqitolmaysan..
X: sen meni kimligimni bilasanmi?
Hari: bilishni ham istamayman qani yoʻqol...
Yigit ilojsiz mashinadan tushdi. Mashinani haydab ketar ekan. Hari oʻzi bn oʻzi gaplashib ketdi.
Hari: bu yerni oʻgʻrilari shunday kelishgan boʻlsa meni shahzodam qanday ekan tezroq uni koʻrsam edi.
Yigit mashinani ortidan termular ekan.
Suga: kimsan Shahzoda Min Yoongini koʻchada qoldirib ketib qoldi.
Suga: Oʻzini kim deb oʻyladi bu qiz .. hali qoʻlimga tushganingda poʻstagingni qoqaman sen qizni ortiq shahzodaga oʻdagʻaylamaydigan boʻlasan.