March 5, 2025

Burch va muhabbat

10-qism

Namjoon kelishini eshitgan Hada o‘rnidan qo‘zg‘alib shikafdan yangi kiyimlarini olib kiydi o‘ziga oro berdi. U hozir Namjoon keladi men qattiq sog‘inganini aytadi deya sevgilisidan izhor kutardi.

Namjoom Hadanikiga kelib avval ota-onasi bilan ko‘rishdi so‘ng qizni ko‘rgani xonasiga ko‘tarildi.
Eshik ochilganda Hada yotoq ustida sabrsiz telini soatiga qarab qo‘yardi go‘yo daqiqalar yillarga cho‘zilgandek uf tortardi. Qiya eshik oldida turgan Namjoonni ko‘rishi bilan sakrab tushdida yigitni quchdi. Qo‘llari yigitni bo‘ynida oyoqlari yerdan uzilgandi. Namjoon ham chidolmay qizni bag‘riga qattiq bosdi chuqur nafas olib qizni ifori bn bo‘g‘zini to‘ldirdi.

~ sizni juda juda sog‘indim

dedi qiz yigitni quloqlariga

Rm: men ham seni juda sog‘indim kunlarim va tunlarim sensizlikda aralashib ketdi

dedi yigit ichida so‘zlarni ko‘zlari so‘zladi. tilini esa aqli zanjirband qilib bo‘lgandi.

Rm: yaxshimisan ?

Dedi Namjoon sovuqonlik bilan

~ ha

dedi ajablangan nigohlar bilan Hada oyoqlarini yerga qo‘yib qo‘lini yigitni bo‘ynidan ogancha

Rm: o‘zingga kelib qoldingmi?

~ shukurki ancha yaxshiman istasangiz biror yerga aylangani borarmiz?!

Rm: yo‘q men shoshib turibman ketishim kerak !

~ qayerga ketishingiz kerak!

Rm: men shimoliy chegaraga ko‘chirtirildim sen bila xayrlashgani keldim.

~ yo‘q deng rad etsangiz bo‘ladi shahzoda do‘stingizku

Rm: men buni o‘zim istadim chalkash fikirlardan qutilib olishim kerak.

~ qanday chalkash fikrlar men ketishingizni istamayman.

Rm: men senga sevaman deb xato qildim.

~ nima?

Rm: men seni sevmayman Hada do‘stligimizni sevgi deb o‘ylab yurgan ekanman buni endi angladim.

~ a ..? Bu qanday gap hazilmi ? Agar hazil boʻlsa adashdingiz men bunday hazilni koʻtarolmayman bas qilganingiz tuzuk.

Rm: hazil qilayotgan odamga oʻxshayapmanmi? Biz yoshlikdan qalin doʻst eding sen meni qoʻllab turding har bir kunimda xastalanib qolganimda eng quvonchli onimda gʻamimda sen meni idealimdagi rafiqa eding lekin bu sevgi emas men yaxshilab oʻylab koʻrdim sen yoqolib qolgan kunlarda Chon Hada hayotimda boʻlmasa nima boʻladi deb seni qanchalar sevishim haqida oʻyladim va tushindimki bu doʻstlik bu sevgi emas.

~ bass ... Jim boʻling

qonga toʻlgan koʻzlar bilan qichqirdi qiz!

~ har bir soʻzingiz yuragimga tigʻdek botyapti pichoqsiz soʻyyapsiz meni bilsangiz sizni meni sevish sevmasligingiz muhim emas yonimda boʻlishingiz yetarli menda ikkimizga bir umirga yetadigan hislarim bor. Endi ortga qaytib ishingizga qayting hech qayerga ketmaysiz men bunga yoʻl qoʻymayman.

Rm: sen bilmaydigan narsalar bor bilsang ortiq yuzimga boqmay qoʻyasan.

~ xoʻsh yana ajralishga arziydigan qanday bahonangiz bor.

Rm: seni yozgi saroyga dam olgani olib bormagandim. Sen shahzodani unashtiruv marosimiga ishtirok etgani borgan eding. Bu bizni urf odatlarimiz seni xabaring boʻlmagan urf odatlar. Unga koʻra shahzoda tunda seni xonanga kirsa yaʼni seni tanlab sen bilan tunni oʻtkazishni istasa sen qonuniy qirolichaga aylanasan. Oʻsha kechada Jimin seni tanlagan edi seni baridan bexabarligingni bilgach teginmay qoʻya qoldi.

~ oʻzingizni pastkash Jmni oliyjanob qilib koʻrsatmoqchimisiz. ?

Rm: koʻrsatish shart emas; men bilaturib shahzoda bilan tunni oʻtkazishing uchun seni oʻz oyoqlarim bilan eltib topshirdim. Shahzodani oliyjanobligi boʻlmaganda biz allaqachon ayrilgan boʻlardik. Bu munosabatlar yakuni eng boshidan ayon edi.

Hadaga Namjoonni gaplari chindanda alam qila boshladi lablari titrab qoʻllari musht boʻlar ekan tilini tiyib turolmadi.

~ yaxshi ketmoqchi ekansiz keting yalinib kelar oningizda shuni bilingi osonlik bilan kechirmayman sizni.

Qiz mutloq oramiz ochiq degani choʻchidi. U Namjoonni aniq boʻlmagan sabab bilan jahil qilyapti deb oʻyladi.

Rm: men qaytmayman hattoki doʻst sifatida ham. Shunday ekan baxtli hayot kechir meni deb koʻz yosh toʻkib oʻzingni qiynab yurma...

Namjoon xonadan chiqib ketar ekan Hada uyni koʻchirib bor kuchi bilan qichqirgancha qoldi. Namjoon uyni shamol kabi tark etdi qizni zina ustida barcha gʻala gʻovurni tinglab turgan ota-onasiga xayr ham demay eshikdan otilib chiqib ketdi. Chon xonim qizini oldiga yugirdi eshik oldida tikka turib qolgan qiz onasini quchgancha dod solib yigʻladi.

Oxirgi 3 oy ham tinmay koʻz yosh toʻkish har kun ming bor Namjoonga qoʻnʼiroq qilish yalinib yolvorib xabar yozish bilan oʻtdi. Hada soʻngi uch oyda faqat bir narsadan afsus yedi oʻshanda Namjoonni oyoqlariga yiqilib yigʻlaganida edi balki yigit rahm qilib orani ochiq qilmasmidi. Hada baridan chalgʻish uchun bor eʼtiborini ishiga qaratdi endi Shahzodani ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari eng koʻp obunachilarga ega edi. Hadaga Namjoon yozganlarini oʻqib turib javob yozmayotgani juda alam qilardi.

Namjoon qizni uyidan chiqgach gʻururi berkitib turgan koʻzyoshlariga erk berib yubordi. Yigit kishi koʻz yosh qilmaydi degan aqida egasi boʻlgan Namjoon oʻz qoiqalarini oʻzi vayron qilib tashlagandi. U shimoliy chegarada eng qattiq qoʻl qoʻmondon nomini oldi soʻngi uch oyda shimoliy chegara eng xatarlidan eng xavfsiziga aylandi. Namjoon deyarli har kun dushman oʻq yomgʻiriga duch kelar lekin qiz yozgan xabarlarga javob yozmaslikdan ancha yengil ish edi bu Namjoon qizni doʻstiga shunday tashlab kelgani uchun oʻzini kechira olmas va bor alamini askarlardan olar tunlari qizni suratlariga termulish yozgan xabarlarini takror va takror oʻqib chiqish bilan oʻtkazardi.

Namjoon oʻzi bilan qizdagi shartakilik yuzidagi sababsiz paydo boʻluvchi kulgi salginaga arazchilik oʻziga juda yarashuvchi erkatoylik kabi xislatlarini oʻzi bilan olib ketdi qizni quruq jasadi Namjoonga bogʻlanib qolgan ruhi doim parishon boʻladigan xayollari qoldi.

Jimin ham birinchi bir oylikda Namjoonsiz juda qiynaldi ikkinchi oydan Namjoonni yoʻqligiga ham qizni oʻychan yurishi sal tiq etganda teliga qarayveradigan odatiga ham koʻnikib qoldi. Endi Jiminni hech qanday fobiya qiynamas faqat ishq dardi olovdek kuydirar qizni har kun yonida boʻlgani shu kuyib borayotgan yurakka malham edi.

Janob Chon Namjoonni oilasi bilan barcha doʻstlik rishtalarini uzdi u qizni koʻzi oldida soʻnib borayotganiga chidab turolmasdi Namjoon qilgan ishini oqlab boʻlmas deb hisoblardi. Qirol Park Hadani Jiminga uzatishlarini Janob Chondan iltimos qildi. Janob Chon ham koʻna qoldi sababi boshqa iloji yoʻq yoʻqsa xoin nomini olardi. Koʻzlarida sevgi oʻynayotgan Jimin qiziga baxt ulasha olar deb oʻylardi.

Bu tarixdagi ilk nigoh oqshomisiz boʻlayotgan rishta edi. Bu xabarni eshitgan Inhe uchun hayot millari yurmay qoʻydi dunyoni zulmat qopladi endi Inhe uchun quyosh ham porlamay qoldi. Namjoon olislarda endi qizni qoʻlini oʻzga inson tutishini oʻylab rashk va sogʻinch oʻtida yonardi. Hada uchun bu xabarni deyarli ahamiyati yoʻq Namjoon bilan atrofda boʻlayotgan barcha voqealarni mazmuni yoʻqolgan u oʻziga ajratilgan roʻlni hech etirozsiz oʻynab yurgandi 3lasini ham joni azobda faqat shahzoda Jimin baxt osmonida qanotsiz parvoz qilardi.

Hada shahzodani xonasida kompyuter titkilab turar ekan Jimin soniya ham qizdan koʻzlarini uzmasdi. Buni sezib turgan qiz axiyri tilga kirdi.

~ tinchlikmi tikilib qolding.

Jm: men sevib qoldim yuragimni qamal qilib olishdi endi meni kulishim ranjishim iztirob chekishim bir inson qoʻllarida boʻlib qoldi bilaman u meni istasa yashatadi istasa soniyalarda ado qiladi men oʻz qotilim va oʻz farishtamga tikilib turibman.

Jimin hissiyotlarini ilk bor oshkor etar ekan qiz sovuqonlik bilan turardi goʻyo Jimin qizga tongi salomni bergandek yuz ifodasi oʻzgarmadi ham..

~ demak meni sevasan !

Dedi keskinlik bilan Jimin dovdirab koʻzlarini pirpiratib.

Jm: ha men seni sevaman. Yana senga bir yangilik bor. Otam otangga seni menga uzatish taklifini beribdi.

~ otam nima debdi.

Jm: nima ham derdi rozi boʻlmay iloji qancha.! Oʻzing nima deysan ?

~ Namjoonni ham chaqirasanmi nigohga

dedi qiz koʻzlariga gʻoyibdan yosh paydo boʻlib..

Jm: albatta u meni akam seni doʻsting kelmasa toʻy boʻlarkanmi ?.

~ unda roziman..

Hada Namjoonni juda koʻrgisi kelgandi hatto bu uchrashuvga oʻzi sevmagan inson bilan umr oʻtkazish tikilgan boʻlsada rozi edi.

Jimin oʻrnidan qoʻzgʻalib qiz tomon shoshib keldi dvanda oʻtirgan qizni yoniga oʻtirib bagʻriga bosdi.

Jm: rahmat

dedi shivirlab

Jimin qiz sevinmaganini qizni xijolat tortgani deya hisobladi.
Jimin Yun xonimga oʻgʻlidek edi. Yun xonim bolasini toʻyiga tayorgarlik qilayotgan onadek shoshar eng kichik detalga ham eʼtibor qilar saroyni bezatmagan burchagi qolmagandi. Hada uchun mashhur mashhur dzayner kelinlik libosi tikar har biri oʻzgacha yarashsada qiz hech birini yoqtirmas shu injiqliklari bilan atay toʻy kunini choʻzar Namjoonni kelishini poylardi. Qizni yuragida hali ham umid uchqunlari bor boʻlib moʻjiza yuz berib toʻy toʻxtaydiyu Namjoon bilan baxtli boʻlaman deb oʻylardi.

Jimin xorgʻin xolda oʻtirar ekan Hadani xonasiga chaqirdi.

~ tinchlikmi

dedi qiz ichkariga kirib ulgirmay.

Jm: yoʻq Namjoondan xabar kelibdi u nigohda boʻlmaydi chegaradan bir on ham keta olmasligini yozibdi

dedi shahzoda labini biroz qiya qilib.

~ kelmaydimi ? Kelolmaydimi

dedi qiz eng soʻngi umidi soʻnib.

Jm: afsuski yoʻq.

~ men uyga ketmasam boʻlmaydi

dedi qiz nigohlarini Jimindan yashirib..

Jm: ha nega birdan

~ oyimni dzayner dugonasi bir ikki libos namunasi keltirgan ekan

dedi qiz bohona toʻqib..

Jm: hozir aytaman eltib qoʻyishadi.

~ yoʻq qoʻriqchilar ishdan ketgach oʻzim haydashga oʻrganib qoldim bu menga qulay ketdim meni kutishyapti..

Jm: aha yaxshi yetib ol boriboq qoʻnʼiroq qil.

Hada boshini sarak-sarak qilib shahzodani xonasidagi yogʻoch eshikni tashqariga chiqgach yugirib ketib qoldi.

Hada uyga kelishi bilan xonaga yugirdi Namjoonga qoʻngʻiroq qildi doimgidek aloqa yoʻq. Oxirgi 1 hafta xabarlarini ham oʻqimay qoʻygandi. Javoni ustida turgan Namjoonni suratini olib bagʻriga bosgancha yigʻlay boshladi.

~ Namjoon nega bunday qilyapsiz koʻzlaringizdan bilardim siz ham meni sevardingiz shunchalar oson kechasizmi siz siz nima qilaman boshqalar qoʻlimdan tutishi sizni zarracha qizitirmaydimi?. Rashk qilib ortingizga qaytasiz deb umid qilgandim.

Jimin qiz chiqib ketishi bilan ortidan ergashdi Hada tanlagan kelinlik koʻylagiga juda qiziqdi. U qizni uyiga kelganida eshikni xizmatchi ayol ochdi uyda Hadadan boʻlak hech kim yoʻqligi Hada 2 qavatda xonasida ekanligini aytdi. Jimin yuqoriga koʻtarilganda qiz xonasida talvasali bir xolda arzidod qilgancha yigʻlardi. Jimin qiz Namjoon deganini eshitmadi lekin oʻzgaga qilayotgan izhorlarini eshitib joni chiqib ketgandek boʻldi. Yurib bordida qizni qoʻlidagi suratni yulib oldi ne koʻz bilan koʻrsinki Namjoon xarbiyda tushgan surat Jimin qoʻllari titrab suratni orqasini ochdi surat orqasida Namjoonni dasxati turardi. Jimin barini yod oldi Namjoon bu suratni atayin sevgan qizi uchun tushgan Jimin tixirlik qilib qoʻlini quyoncha qilib olgandi keyin Namjoon surat orqasiga nima deb yozishni bilmay ikkilanganda Jimin oʻrgatib turgandi.. Jimin Namjoonni sevgisiga doimo havas qilardi lekin oʻsha qiz Hada ekanini bilmasdi. Barchasini koʻz oldiga keltira boshladi. Namjoon bejizga qizni ayraportga kutib olgani chiqmagan. Qiz olisdan sababsiz etiklarni koʻtarib kelmagan. Qiz mast boʻlib barda raqsga tushganda Namjoon oʻz -oʻzicha qizni olib ketgani shoshmagan. Hada yongʻoqli pechenelarni tanlagini shunchaki emas. Namjoon ketib qolganidan soʻng Jimin sevib qolgan Hada butunlay oʻzgarib qolgani ham bekorga emas bariga ikkisini oʻrtasidagi muhabbat sababchi faqat buni Jimin sezmagan.

Jiminni oʻy xayollari yakun topmay gʻazabi toshib kela boshladi va qizga qichqira ketdi.

Jm: sen hali Kim Namjoonni sevasanmi?

~ ha men senga necha bor aytdim sen ishonishni istamading..

Jm: sen sevgan inson Namjoon ekanini aytishing kerak edi..

~ qachon sevganing kim deya soʻrading gap boshlashim bilan yakunlayvergan oʻzingsan.

Jiminni gʻaxabdan qoʻllari musht boʻlarkan yashil tomirlar ham boʻrtib chiqa boshladi. Endi nima qilishini bilmay gangib qoldi qizga bir soʻz demay xonadan chiqib ketdi.

Jimin bu tun umuman uxlolmadi avvaliga Hada va Namjoonni xiyonatkor bildi keyin allaqachon boshlangan sevgi rishtasida ortiqcha suqilib kirib olgan odam oʻzi ekanligini bildi. Hadaku qiz bola Namjoon nega soʻz ochmaganini oʻyladi soʻngra xayoliga Namjoonga mashinada Hadani sevishini aytgandagi Namjoonni rangi oqarib ketganini birdan shimoliy chegaraga ketishni istab qolgani tushdi.

Jm: doʻstlik va sevgi tanlovida doʻstingni tanlabsanda koʻrib kuymaslik uchun ham toʻyga kelishni istamadingmi? Qanday oliyjanob odamsan Namjoon burching meni himoya qilish edi sevgi deya qiynalishimdan himoya qilish uchun oʻz baxtindan voz kechdingmi burching muhabbatingdan ham ustun edimi..

Tongda Jimin Hadani chaqirtirdi. Qiz aybdor boshini eggancha xonaga kirdi. Jimin hatto soʻrashmadi ham darrov maqsadga oʻtdi.

Jm: toʻy boʻlmaydi men buni istamasligimni otamga aytdim senga va oilangga zarar yetmaydi.

~ haligi buni keragi yoʻq edi men rozi boʻlib boʻldim..

Jm: men rozi emasman men akamni sevgan ayolini olib qoʻyolmayman !.

~ u meni sevmasdi men sevardim uni!

Jm: yoʻq men bu dunyoda bilgan eng buyuk muhabbat Namjoonda edi. Xarbiyda sevgan qizi haqida soʻz ochilsa milliard marta aytilgan hikoyasini qaytadan boshlardi. Kanfetini olib qoʻyishgan kichkina qizchani koʻrib qolgani ilk koʻtishda kichkina boʻlishiga qaramay oshiq boʻlib qolgani uni himoya qilishga soʻz bergani sabab ham xarbiy boʻlgani isʼtefoga chiqgach oʻsha qiz bilan oila qurib dunyo kezib baxtli saodatli yashashini aytardi. Men seni sevib qolganimni bilgach chekinishni maʼqul qilgan shunda ham turli qoʻrquvlardan qiynalgan doʻstini baxtli yashashini istagani uchun u men bilan eng yaxshi inson. U seni juda sevardi. Ma buni ol

deya Jm qizga kichik kartochka uzatdi..

~ bu nima ?

Jm: shimoliy chegara shtabiga kirishga ruhsatnoma bu mendan senga sovgʻa uni oldiga bor va oʻzing bilan qaytarib olib kel.

~ rahmat Jimin.

Jm: tez boʻl fikrim aynib qolmasidan yonimda qolishingni juda istayman. Hada bilib qoʻy men seni Kim Namjoondan koʻproq sevaman agar sen ham meni sevganingda Namjoon uyogʻda tursin butun dunyo soʻraganda ham bermasdim lekin sen uni sevasan men ojizman seni baxtli boʻlishingni istayman. Shunday baxtli boʻlki Namjoonni oldiga uzatganimga zarra afsuslanmay.

~ ishonaman sen ham bir kun mendanda koʻproq sevib qola oladigan birini uchratib baxtli boʻlasan.

Hada shu soʻzlarni aytarkan yugurib borib Jiminni bagʻriga bosdi. Jimin ham qizni bagʻriga bosdi istamasada qizni bagʻridan yuldi.

Jm: hozir yoʻlga chiqsang kech kirishi bilan yetib borasan.

Hada tabassum qilgancha xonadan chiqib ketdi. Jimin anchadan buyon ichmay qoʻygan uyqu dorisini qoʻliga olib bir dona ichib yubordi u ayni daqiqada uxlab barini unitishni juda istardi. Jimin kechkirguncha uxladi uyqudan uygʻonish bilan telidan qizni qoʻlidagi bilak uzuk orqali kuzatdi yetib borganmi yoʻqmi bilishni istardi lekin qiz togʻ ustidan oʻtuvchi katta trasada harakatsiz toʻxtab qolgandi. Jimin yarim tungacha qizni kuzatdi lekin qiz joyidan qoʻzgʻalmadi. U qizni mashinasiga nimadir boʻlgan deya tahmin qildi. Qoʻriqchilarga aytib vertalyotni tayorlatib 40 minutda kerakli manzilga yetib keldi kelganida hech qanday mashina yoʻq edi qorongʻu vertalyotni chiroqlari ancha joyni yoritib turardi. Qoʻriqchilardan biri yoʻl chekkasidagi jarlikka boqancha dod soldi.

Q: u yerda mashina avto halokatga uchragan.

Jimin yuqoridan turib jarlik tomon qaradi pastda bir mashina agʻdarila agʻdarila pachoqlanib ketgan va oxiri bir katta toshga borib tayangancha toʻxtagan yoqilgʻi baki yorilib qisqa tutashuv natijasida portlab yongʻin chiqan hali ham kichkina alangachalar koʻrinib turardi. Mashinani tekshirishga tushishdi Jimin yuqorida sabrsiz pastdagilarni kutardi sababi qizni koordinatlari shu nuqtani koʻrsatardi. Yarim soat oʻtgach qoʻriqchilar moʻngʻayib qoʻllarida bir nima koʻtarib chiqishdi. Aybdorona bosh egib gap boshlashdi.

Q: Janob bu Chon xonimni mashinasi boshqaruvni yoʻqotib yoʻldan chiqib ketgan.

Jm: oʻzichi

dedi Jimin ovozi titrab
Qoʻriqchilar Jiminga qiz bolani bilagidan uzilib tushgan qiz bolani qoʻlini koʻrsatishdi. Qopqora boʻlib mujmayib kuyib ketgan qoʻlni bilagida Jimin sovgʻa qilgan chipli bilak uzuk turardi yaxshi metaldan tayyorlangani un hech nima boʻlmagandi.

Q: qisqa tutashuv sabab mashina portlagan natijada ichidagi ....xonim ham boʻlaklarga boʻlinib ketgan qoʻlini mashinadan 10 metr uzoqlikdan topdik. Boshi ham parchalangan yuzini tanib boʻlmaydi.

Jimin bir soʻz demay dod soldi shahzodani ovozidan togʻlar aks sado qaytargancha titradi.

~~bir yarim yildan soʻng hozirgi kun AQSH RUHIY KASALIKLAR shifoxonasi~

Oʻzini uyquga solib yotgan Hada hamshira Donna kelgach eshitilar-eshitilmas shivirladi.

~ Donna xola iltimosimni bajardingizmi?

D: ha sen xavotir olma ikki soat oldin sen aytgan kodni kasalxona telidan terib qoʻydim. Endi nima boʻladi.

~ kutamiz agar u bariga qoʻl silkimagan boʻlsa tezda yetib keladi.

~Hozirgi kun Begman qirolligi shazoda Jiminni nigoh toʻyi.

Y: shahzodam marosim boshlanishiga 15 daqiqa qoldi hamma sizni kutyapti

dedi eshik oldida turgan Yun xonim.

Shahzoda Jimin xonasida bashang qirollik libosida turardi qoʻlida Hadadan qolgan taqimchoqni barmoqlari bilan silardi. Ayolni gapidan soʻng qoʻlidagi taqimchoqni Ish stolidagi Hadani surʼati yoniga qoʻydi. Tasvirni barmoqlari bilan silar ekan..

Jm: joying jannatda boʻlsin tinch orom ol qachon bilmayman lekin bir kun oldinga boraman va seni bu gal yolgʻiz jannat bogʻlariga qoʻyib yubormayman

dedi koʻziga oʻralgan yosh tomchisini artgach marosimga ketish uchun xonasidan chiqdi marosimlar zaliga endi yetay deganda qiyomat boʻlganday saroyni serena tutib ketdi. Jimin bu ogohlantirish signalini darrov tanidi bu Hada ogolantirish signali yuborishi uchun kerak boʻlgan aparatni ovozi edi.

#hada_ff
10-qism tugadi 🥹
Fikr!🗿