March 24, 2025

Burch va muhabbat 2-fasl

1-qism

Qora BMW moʻjazgina uy qarshisida to'xtadi va ichidan yoshgina qizaloq tushdi. Koʻzidan qora koʻz oynagini olib

Hari: Ehhh qanday yoqimli havo

Qiz mashinadan endigina yukini tushirgandi buvisi eshikdan chiqib

Chon xonim: Hariii qizalogʻim🥹

Hari: Buvijooooon

Qiz yuklarini qoʻyib buvisini bagʻriga otildi ular bir muddat bir birlarini maxkam bagʻirlariga bosishdi. Soʻng qiz asta buvisini bagʻridan chiqib

Hari: Buvijon men avvalroq sizni oldingizga kelmaganimdan pushaymonman😁

Chon xonim: Yuraqol ichkariga kiraylik buvangga ham aytay erkasi kelganini😁

Qiz darrov yuklarini olib ichkariga kirdi. Buvisi unga xonasini koʻrsatdi u xona avval Hadaga tegishli boʻlgan edi.

Hari: Biram shinam xona ekan😊

Pastda Chon xonim suyunib Janob Chonga qoʻngʻiroq qildi.

Chon xonim: U keldi hozir xonasida

Xursandligi ovozidan bilinardi.

Janob Chon: men ham tez orada uyda boʻlaman.

Ular juda qisqa gaplashishdi. Sababi Chon xonim nabirasini qosh u koʻziga toʻyishni oʻylardi xolos. Bir pasda kech tushdi. Janob Chon kechki ovqat paytiga taqab kirib keldi Hari va Chon xonim dasturxon atrofida Janob Chonni kutishardi Janob Chon eshikdan kirishi bilan Hari joyidan sakrab turdiyuu

Hari: Buvaaajooooon

Deb yugurib borib quchdi. Janob Chon xuddiki hali qariganini tan olgisi kelmaydigandek uni koʻtarib aylantirib qoʻydi.

Janob Chon: Erkatoyim kelibtiku

Hari: ha keldim buvajon

Janob Chon: xoʻsh u yerda nima gaplar

Janob Chon ortiga ishora qildi xuddiki ota onang oilang vataning tinchmi degandek qilib

Hari: 15 ta kam tinchlik buva😂

Janob Chon: aa🙄

Janob Chon hayratda edi Hari va Chon xonim birdan kulib yuborishdi va

Hari: qoʻyayvering buvajoon😂 bu meni odatiy gaplarimdan biri oʻrganib qolganmanda😂

Janob Chon: ha mayli qizalogʻim kel ovqatlanaylik😁

Ular dasturxon atrofida birga oʻtirib maroqli suxbat ila ovqatlanib boʻlishgach Hari juda charchaganini aytib xonasiga dam olish uchun chiqib ketti u bir deganda uhlab qoldi. Chon xonim va Janob Chon uni bezovta qilishmadi. Tong otdi Janob Chon ishga yoʻl oldi Chon xonim nonushtadan keyin Harini uygʻotmoqchi boʻldi ammo yoʻl sabab charchagan deb uni bezovta qilmadi. Harini oʻzi tushlikdan keyin uygʻondi. Telefon ekranidagi soatni koʻrib

Hari: Yo Hudoyim agar uyda boʻlganimda Dona xolam xozir menga 2 soatlik dakki oʻqiyotgan boʻlardi

Qiz oʻziga oʻzi gapirib dushga kirib ketti dushdan chiqishi bilanoq buvisi unga tushlik tayyorlab turganini sezib pastga tushdi. Nonushta va tushlik bir biriga ulanib ketganidan avvaliga xijolat boʻldi keyin esa bu uni uyi ekanligini yaʼni onasini uyi ekanligini eslab xijolat boʻlishga xojat yoʻqligini oʻziga oʻzi taʼkidladi.

Chon xonim: seni bezovta qilishni xohlamaganim sabab seni uygʻotmadim

Hari: raxmat miriqib dam oldim

Ularni gapi hali tugallanmay eshik taqilladi negadir Hari men ochay degandey ishora qildi Chon xonim esa ixtiyoring degandey qosh koʻtarib qoʻydi. Hari eshikka qarab yurdi. Eshikni ochgandi hamki kechagi koʻrkam yigit ammo kechagidek oddiy kiyimda emas xarbiy kiyimda edi bu unga juda yarashgandi Hari jimgina unga qarab turardi shu payt

Chon xonim: kim ekan Hari?

Hari: a ha bu kechagi yigit meni ayraportda kutib olgan

Jk: Jungkook

Hari hayrat ohangida

Hari: Nima?

Jk: ismim Jungkook Jeon Jungkook

Hari: Ha meni ismim Hari Kim Hari tanishganimdan xursandman

Jk: sizni taniyman

Hari: Ha unda yaxshi kel kira qol

Jk: yoʻq men mashinani olish uchun kelgandim....... A ha bu sizga

Yigit qoʻlidagi gullarni Hariga uzatdi. Harini gullarga alirgiyasi borligi sabab koʻzlari katta katta boʻlib ketdi va birdaniga

Hari: katta raxmat Jungkook ammo men bularni ololmayman kechir

Jk: hech qisi yoʻq

Hari: meni alirgiyam bor tobim qochib qolishi mumkin

Jk: a uzr men buni bilmagandim

Yigit juda hijolat boʻldi. Chon xonim ostonada gaplashib turgan ikki yoshlarni oldiga borib ichkariga taklif qildi jk chiroyli tarzda rad etib gullarni Chon xonimga berdi va oʻzi mashinani olib u yerni asta tark etdi.

Xuddi shunday qilib 3 kun ham oʻtdi. Hari televizor tomosha qilib yotar ekan telefoni jiringlab qoldi u buvasi edi.

Janob Chon: qizalogʻim mening hujjatlarimni saroyga olib kelib berolmaysanmi? Ular menga juda zarur edi

Hari saroy soʻzini eshitgan zahoti shahzoda yodiga tushib biram sevindi va darxol olib borishini aytdi. U chiroyli kiyinib buvasini ish stoli ustidan hujjatlarni olib buvasi joʻnatgan mashinada yoʻlga tushdi. U juda xayajonlanardi yarim soatlik yoʻldan soʻng saroy xovlisiga mashinada kirib borardi.

Hari: Muncha chiroyli😍

Mashina toʻxtadi eshikni xizmatkor ochdi. Hari qizil gilam boʻylab saroyga kirib bordi. Xizmatkor unga yoʻl koʻrsatib borardi. Ancha yurgandan soʻng Hari buvasini koʻrdi

Hari: Buvajoon

Janob Chon: keldingmi qizalogʻim

Hari: ha mana aytgan hujjatlariz

Janob Chon: raxmat qizalogʻim sen shu yerda turib tur men qirolni oldiga kirib chiqaman

Hari: hoʻp mayli

Janob Chon qirol oldiga kirib ketti Hari esa yoʻlak boʻylab osilgan surʼatlarni tomosha qilib yoʻlak oxirigacha bordi u yerdan tepaga qarab chiqadigan zina orqali tepaga chiqdi qiziquvchanlik kuchlilik qilib xar bir xonani eshigini ochib koʻra boshladi. Bir eshikni ochib moʻralagan edi hamki xona ajoyib tarzda bezatilgan edi qora va qizil ranglar uygʻunligidagi jihozlar pardalar hattoki yotoq ham huddi shu rangda ajablanib ichkariga kirdi. Xonani chetidagi kompyuter oldiga bordi unga endi tegingandi. Eshik ochilib bir kishi kirdi. Xona sal qorongʻu edi yuzi koʻrinmasdi.

X: kimsan? Yangi xizmatkormi?

Hari: Men Hariman xizmatkor emasman

X: Nima sen oʻzingni mashxur yulduzman deb oʻylaysanmi ismingni aytsang odamlar seni taniydigan?

Hari: Nima demoqchisan bu gaping bilan???

Yorugʻroqqa chiqib yuzini koʻrsatdi bu Yoongi edi.

Suga: Shahzodani sen deyishga qanday hadding sigʻdi??

Hari: Shahzoda🗿

Suga: toʻxta sen oʻshansan ...... Ha ha oʻshasan men ayraportda mashinadan haydab tushurgan

Hari: bu yerga qanday kirding oʻgʻri???

Suga: men oʻgʻri emasman men shahzodaman

Hari: rossa ishondim 🗿

Suga: hoooooy

Hari: nimaaa?

Yigit birdan jim boʻldi chunki u bu darajadagi qoʻpol qizni koʻrmagandi

Suga: haligi .... Haligi men

Hari: nima sen??

Yigit boʻynidagi tumorni koʻrsatib

Suga: men shahzodaman sen esa oddiy fuqaro lekin xonamda nima qilyapsan??

Hari: Hoʻp seni shahzodasan deylik ammo oʻsha kuni mashinada nima qilayotganding???

Suga: hoooy yana bir bor sen desang tilingni sugʻurib olaman😡

Hari: 😝

1-qism tugadi#hada_ff Fikriylarni kutaman 🫠🌷