Qiz tushib ketgach Chanyol toʻxta deyishiga qaramay ketib qoldi. Lift eshigi yopilgach Chanyol 1-qavatga oʻz xonasiga tushish uchun tugmani bosdi. Xonasiga kirganda ish stoliga oʻtirib tortmani ochdi va tortma ichidan oʻzi va Herrini boshini boshiga qoʻyib tushgan suratini olib tikildi koʻziga yosh oraladi.
- joying jannatda boʻlsin. Nahotki sevgimizdan meva qolgan boʻlsa .... u seni xuddi oʻzing.
Soʻng koʻz oldiga xotiralar jonlandi. Herri yoqolib qolgach rossa qidirgandi topolmagach onasi qizga juda katta pul bergach Chanyolni tashlab chet elga ketganini aytgandi. Sevgisini pulga alishib yuborgani sabab hali ham Herrini kechirolmagandi. Bugun qarshisidan qizi chiqib kelishi endi butun umr koʻrolmaydigan sevgilisiga boʻlgan ishqini qayta olovlantirib yubordi. Chanyol suvga boʻkib buklanib ketgan daftarni yuzini siladi eslaydi bu daftarni oʻzi oʻqib yurgan yillari Herriga sovgʻa qilgan faqat yaxshi kunlarni yozib borishini takidlagandi. U daftarni oʻqib barisini yana oʻsha ishq muhabbatga toʻla boʻlgan kunlarni qoʻl ushlashib yurishganlari birga yashaganliklari hech vaqosiz boʻlganlarida ham ularchalik baxtli inson yer-yuzida boʻlmaganini esladi. Va Herrini satrlari...
- sevgilim Chanyol bilanman yozganlarimni oʻqish senga nasib qilmaydi. Lekin bularni ichimda ham saqlab turolmay shu qogʻozga bittim. Sen yaxshi hayotda oʻsgan yigitsan, bilaman sevgimiz uchun ancha narsaga chidading yoʻqchilik onangni taqirlashlariga bardosh berding ammo men ortiq seni azob chekishinga jim qarab turolmayman. Sen xonada oʻsgan gulsan keng dala va yovoyi gullarni yonida senga joy yoʻq endi ikkimiz ham oʻz oʻrnimizga qaytish vaqti keldi. Sen orasta xonanga men keng dalamga meni kechir bergan va'damda turolmadim. Sevgimiz uchun har qanday toʻsiqqa chidab berolmadim..... Sen men sevgan yagona insonligingcha qolasan....
Chanyol shu jumlalarni oʻqib keng yelkalarini silkigancha yigʻladi. Shu varoqdan soʻng kundalikni ancha qismi yirtib tashlangan unda nimalar yozilgani qorongʻu edi. Va yakunda birgina varoq. Va yana Herrini satrlari...
- Azizim Park Chanyol yaqinda men shifoxonaga bordim. Menda nafas yoʻllari ragini aniqlashdi bor yoʻgʻi 6 oy umrim qolibdi. Bilishing kerak boʻlgan bir inson bor bu bizni qizimiz Hada iltimos umrim yakunlanib bu olamdan koʻz yumishimdan ilgari bu kundalikni Hada bilan senga joʻnataman oʻzing qizimga gʻamxoʻrlik qil bularni oʻqiyotgan mahalingda men allaqachon olamdan oʻtgan boʻlishim mumkin. Qoʻlingdan kelsa qizimni senga topshiraman. U bizni qizimiz...
Chanyol kundalik orasidan chiqgan oʻz suratini olib qoʻli bilan gʻijim qildi.
-ming lanat boʻlsin menga u qizni ... qizimni endi qayerdan topaman..
Chanyol xonadan chiqib xizmatchilarga boyagi qizni yerni tagidan boʻlsa ham topib kelishni buyirdi...
Hada liftdan chiqib alanglab yurardi binoni 3 qavati Park Investni bosh ofisi boʻlib qolgan 77 qavati mehmonxona edi. Qiz 55-qavatda kezib yurardi. Hamma joy tinch kelgan mehmonlar yoki uxlashar yoki ish bilan chiqib ketishgandi. Hada tinmay yaratgandan af soʻrardi.
~ oʻzing kechir xudoyim qilgan aybimni kechir. Rahmatli otam va onam siz ham meni kechiring qizingizni boshqa iloji yoʻq edi. Men faqat va faqat sizni qizingizman. Pulga muhtoj edim bu yengilik qilishdan yaxshiku shundaymi. Park Chanyol oʻzi ham rossa maraz kimsa ekan onam nimasini sevgan..... onam bilan ayrilgandan 2 yil oʻtib tugʻilganimni bilsa nima qilar ekan. U shu yolgʻonga loyiq kimsa..
Hada oʻzi bilan oʻzi gaplashib ketar ekan qarshisidan bir mehmonxona xizmatchisi chiqdi. Ayol yonidagi aravacha yonida bukchayib yotardi.
~ xonim yaxshimisiz
tashvishlandi Hada..
- ichim sanchib ogʻriyapti..
~ terlab ketyapsiz turing sizga yordam beraman ..
- yoʻq.. menga yordam bermoqchi boʻlsangiz shu aravachani 5001 luks xonaga yetkazing yoʻqsa meni ishdan haydashadi ishsiz qololmayman. Ahvolim ogʻirlashgani sabab siz yuborganimni ayting.
~ oʻzingizchi ...
- iltimos...men emaglab liftgacha yeta olaman yoʻq demang xonim
~ yaxshi...
Hada aravachani surgab 5001-xonaga ketdi borib eshikni taqilatdi.
- kim
dedi erkak kishi ....
~ xona xizmati...
Qisqa signal boʻlib eshik ochildi. Hada aravachani ichkariga olib kirganda xona yuzida ayol kishini kiyimlari sochilib yotar katta devan ustida hammom xalatida hoʻl boshlari bilan bir yigit turar qoʻlida xonani jihozlariga moʻljalangan unversal pult turardi. Xalatdan erkakni koʻkrak qafasi koʻrinib turar Hada xijolat boʻlib nigohlarini boshqa yerga burdi.
- sen kimsan hecham xizmatichi emassan?. Yo menda xusumati qolgan sevganlarimdan birimisan! Balki muxbirdirsan!
~ hech biri emas... Men ketdim..
- hoy devorga tikilma menga qara.. qarshingda kelishgan erkak turibdi devorga boqishdan nima naf ... .unda kimsan.?
~ xizmatchini tobi qochib yoʻlakda bukchaygan xolda uchratdim u yetkazib berishni iltimos qildi...
- sen mexmonxona mehmoniga oʻxshamaysan.. bu yerda nima qilayotganding ....
~ men ish bilan kelgandim bunday joylar menga qimmatlik qiladi...
- yoʻq sen notoʻgʻri tushinding seni koʻrganimda unitmasdim...
~ Obbo xira pashayey xushomad qilyapsanmi? - men ketadim...
Hada endi eshik tomon burilayotgandi. Yigit yugurib kelib quchdi. Endi baqirmoqchi edi bir qoʻli bilan ogʻzini berkitdi. Hada koʻzlari joyidan chiquvdek yigitga tikilar tipirchilardi. Yigit boʻlsa
- tish....
Dedi va ortidan yana bir qiz hammom xalatida chiqib keldi. Hammomdan chiqan qiz hayron qoldi. Yigit tik xolda turar uni orqasidan qiz bolani sochlari va oyoq kiyimi koʻrinib turardi.
- Jimin....
Dedi qiz . Soʻng yigit tilga kirdi.
Jm: azizam meni kechir.. bu yerga kelmasliging kerak edi bari tushinmovchilik. Nega muhbirlarni chaqirding. Menku mayli lekin bu qiz mashhur aktirisa uni shu xolda matbuotga chiqarishsa koreyerasi tomom..
Hamomdan chiqan qiz
-Jimin nima boʻlyapti .. biz hali hech nima qilmadik-ku
Jm: Leyla tez ket muhbirlar yuqoriga koʻtarilyapti kunimiz bitadi. Sevgilim asabiy tipirchilama Leyla bilan oramizda hech nima yoʻq..
Aktrisa qiz hamom xalatiga boʻlishiga qaramay kiyimlarini yerdan terib xondan yugirib chiqib ketdi. Jimin Hadani qoʻyib yuborib qichqirib kuldi...
~ esingizni yeganmisiz..?
Jm: haya uzur ... Senga rahmat meni bir balodan qutqarib qolding sendan butun umr qarzdorman bu soatni ol senga sovgʻa qilgan yaxshiling uchun..
~ kerak emas jinni ... Men ketdim..
Jm: yaxshi bor rahmat yana bir bor...
Hada endi ketmoqchi edi. Aktirsa qizni Jimin deb qichqirgani eshitib qoldi.. Jimin yana borib Hadani quchdi.
Jm: iltimos yana bir marta ketishi bilan tarsaki tushirsang ham roziman.
Yigit bu gal qizni quchish bilan birga peshonasidan barmoqlarini yurgizib sochini ham silardi. Bexos tinjib qolgan qizni koʻzlari kattarib qorachiqlari oʻynashini lablari gapirgani ham ojiz qolib titrashi. Peshonasida turgan yigitga bosh koʻtarib qarab turarkan yigitni jigar tus koʻzlarini uzmay qarashi qora sochlari qoshlarini toʻsib olgani labida paydo boʻlgan chiroyli tabassum sochlari va peshonasini oxista silashi.. ikki yosh bir-biriga parvona boʻlib qolgandi. Mahliyo boʻlib boqishlar tasirida Leyla xonada qolgan sumkasini olib chiqib ketganini ham sezishmadi. Jimin qizni endi oʻpmoqchi edi Hada esini yigʻib uni itardi.
Jm: uzur
Dedi yigit xushini yigʻish uchun bosh silkirkan..
~ tavba bu qanday .... Yoʻq unga nayrang qilar ekansan nega tushlik buyirtirding
dedi Hada qizib ...
Jm: ha .. umi aktirisa ekan osilib oldi. Mehmonxonaga olib keldim endi quchgandim undan bad boʻy ifor keldi men nodon ungacha tushlik buyirtirib qoʻygandim avval oʻzim choʻmildim uni ifori ustimga oʻtirib qolgandi bundan qutilish lozim edi. Keyin uni hammomga yubordim. Endi nima qilsam deb turgandim baxtimga sen kelib qolding. Uni oʻpganda bazoʻr chidadim meni tushinasan deb oʻylayman.
~ yoʻq men bunday narsalarni tushinmayman. Lekin bu odobsizlik menga nisbatan ..
Jm: uzur .. meni qizlardan foydalanib haqini bermaydiganlardan deb oʻylamasang boʻldi shu sabab aytyapman senga ...
~ men ketdim.... tez-tez pulga yuradigan qizlar bilan munosabat qilish men uchun aslida juda daxshatli. ...
Hada chiqib ketdi
Jm: buchi
Jimin soatini choʻzgancha qoldi...
Keyin soatini qaytib qoʻliga taqar ekan qizni silagan barmoqlarini hidladi.
Jm: bu qanday ifor juda yoqimli qanday shampoon boʻldi barmoqlarimga ham oʻrnashib qolibdi. Ismini soʻramadimku..
Hada tashqariga chiqib yana lift qidirib ketdi. Bu vaqtda zalni boshqa tomonidan Seokjin kelib Jiminni eshigini taqillatdi.
Hada liftga kirib lift devoriga suyangancha oʻziga tanbeh bera boshladi. Har fikridan keyin qoʻli bilan boshini urib qoʻyardi.
~ oʻlganing yaxshi Hada oz qoldi mahliyo boʻlib oʻpishiga yoʻl qoʻyib berarding. Yuragim guppilab ketdi san'at asarini oʻziya tavba mukammal yuz chiroyli koʻzlar boshimni silagan qismidan hali ham alanga chiqyapti... Esingni yigʻsangchi Hada qachondan bunchalar yengiltak boʻlib ulgirding.. Axmoqsan oʻzi soatni olishing kerak edi hech boʻlmasa yuz dollarga sotsam ham qarzni foizini bir qismi boʻlardi....
Jimin oʻtirgan joyidan taqillagan eshikni ochdi. Jin xonaga kirganida Jimin kiyinib boʻlgan barmoqlariga qarab kulib turardi.
Jin: xayrli kun
Jm: kel....
Jin: tinchlikmi tongdan kayfiyatingiz osmonda ..
Jm: shunchalar sezilyaptimi hozir bir qizni uchratdim.. uni qarashlarini unitolmayapman...
Jin: ha .. kecha men ham bir qizni uchratgandim sizga oʻxshaganlarga uchragan shekilli oʻzini oʻldirmoqchi boʻlib turgandi.
Jimin afti burishib Jinga yuzlandi.
Jm: menga nima boʻlibdi?
Jin: betaynsiz janob Park...
Jm: men koʻp qizlarni koʻrganman u boshqacha edi. Ismini ham soʻrolmadim ketib qoldi..
Jin: toʻgʻri u boshqalardan farq qiladi peshonasi yarqiragonroq ekan sizdan qutilib qolibdi . Yuring endi ketdik otangiz tongda mehmonxonaga kelgan sizni bu yerda koʻrib qolsa yaxshi boʻlmaydi u sizni Busanga ish bilan ketgan deb oʻylaydi. Siz boʻlsa tungi kuliblarda masalaringizni hal qilib yuribsiz.
Jm: sen bilan men bir insonmiz men uchun Busanga borib kelding-ku menham borgandek boʻldim. Bizni doʻstligimiz kabi hislarimiz ham bir xil..
Jin: iltimos hislarimni tinch qoʻying meni hislarim sizni soatiga oʻzgaradigan oyimchalaringizni koʻtarolmaydi.
Jm: yaxshi ketdik unda...
Jimin bilan Jin liftda ketishardi. Jimin Jinni boshini iskay boshladi.
Jin: tinchlikmi?
Hayron yuzini burishtirdi Jin
Jm: bu oʻsha ifor mana hidlab koʻr...
Jimin barmoqlarini Jinni burniga tekazdi
Jin: oling qoʻlingizni
Jin Jiminni qoʻlini itardi. Jimin barmoqlarini hidlab
Jm: toʻgʻri uchib ketibdi. Qanday shampun ishlatasan.... shoshma tagʻin u seni qiz doʻsting boʻlib seni izlab kelgan boʻlmasin.
Jin: meni sevgan qizim yoʻq. Keyin nega meni sevgan qizim deb oʻylayapsiz.?
Jm: chunki ikkingizni boshingizdan ham bir xil ifor kelyapti. 1 shampoondan foydalangansiz!
Jin: janob men sizdan farqli bir nusxali narsalardan foydalanmayman. Boshi bunday iforga ega insonlar koreada millionga yaqin men shampoonni supermarketdan sotib olganman. Va koreani 95% aholisi oʻsha shampoondan sotib olgan boʻlishi mumkin. Qolgan 5% sizga oʻxshagan mansabdorlar.
Jm: ha demak u oddiy aholi vakili yaxshi topib olish ancha oson boʻldi.
Jimin toʻgʻri taxmin qilgandi. Hada va Jin bir xil shampoondan foydalangandi chunki Jin oʻzi va mehmonlar uchun ajratilgan dushga bir xil shampoon keltirib qoʻygandi. Hada nima qilarini bilmay yoʻlda ketib borardi. Bir mashina toʻxtab ichidan ikki yigit chiqib unga ta'zim qildi.
- xonim janob Park Chanyol bizni yubordilar siz bilan koʻrishmoqchi ekanlar..
~ yaxshi
- marhamat mashinaga oʻtiring..
Hada Chanyolni oldiga kelganda erkak shoshib keldi va qizni qoʻlidan tutdi.
- kechir meni. Qani oʻtir sen bilan gaplashib olaylik.
Ikkisi keresloga yonma-yon oʻtirishdi.
- buni qachon bilding!
Dedi erkak tikilib .. Hada bir yutindi va yolgʻonlar toʻqiy boshladi.
~ kecha... Oyimni davolatamiz deb sutxoʻrdan qarz olgandik foizini toʻlagani qoʻlga iladigan narsa qidirayotib topib oldim keyin oʻqib chiqdim.
- ha qancha kerak degan eding.
~ dollarda oʻttizming ishlab qaytaraman albatta..
- puling kerak emas. Qachon tugʻulgansan nechanchi sanada qayerda.?
~ aslida 1995-yil tugʻilganman. 10- dekabrda peguda lekin oradan 7 yil oʻtib menga Seuldan guvohnoma olishgan 1997-yilda tugʻilgan deb boshida sababini tushinmagan kecha anglab yetdim sizdan yashirmoqchi boʻlishgan !
- shunaqasi ham boʻlar ekanmi?
~ ha ishonmasangiz mana guvohnomam unda takror berilgan deb yozib qoʻyilgan.
Hada sumkasidan guvohnomasini olib erkakka uzatdi. Chanyon guvohnomaga tikilib turarkan. Hada otasi guvohnomasi uylariga qoʻshilib yonib ketganini aytganini esladi hozir unga qayta berilgan guvohnoma ham qoʻl kelayotgandi. Miyyasida hisoblab erkakka tugʻilgan yilini xato aytdi. Lekin ich-ichidan erkak denka qildiramiz deb qolishidan choʻchirdi.
- eng muhimi yonimdasan. Yur hoziroq borib sutxoʻrdan qarzingni uzaylik keyin menga yashagan uyingni koʻrsatasan.
Hada ishi oson bitganiga sevinardi. Ular sutxoʻrdan qarzni qoplab ikkisi Hadani uyiga borishdi. Janob Park xojatxonasidan ham kichik boʻlgan uyni koʻrib yuzida norizolik alomatlari paydo boʻldi.
- bu yerda qanday yashadingiz?
~ hamma qatori ...
Erkak javon ustida turgan oilaviy suratni qoʻliga oldi
- bu Herrini erimi?
~ ha meni otam.
- seni otang menman.
~ kechirasiz bergan pulingizni albatta qaytaraman. Men bir umr shu insonni otam deganman sizni bialogik otam ekanligingiz deyarli koʻp narsa anglatmaydi . Otamsiz deb buyningizga yopishib olmayman.
- meni kechir meni irodasizligim sababli oʻzingga begona boʻlgan odamni ota deb oʻsding yana shunday xarob ahvolda endi bunday boʻlmaydi narsalaringni yigʻ ketamiz.
~ men hech qayerga ketmayaman menga shu yerda yashash qulay taklif uchun rahmat..
- gapni koʻpaytirma men seni shunday qoʻyib qoʻymayaman haqing boʻlgan hayotda yashashing lozim. Bilasanmi? Hatto seni ismingni ham men shunday boʻlishini istardim Herriga qiz farzandimiz boʻlsa ismini Hada deb qoʻyamiz derdim.
Tavba bu amaki otalik roʻliga kirishib ketdiku agar unga bari yolgʻon desam meni necha yilga qamatib yuborarkin ah.. Hada nimalar qilib qoʻyding hozir bu erkakka ergashmay ilojing yoʻq.
~ yaxshi lekin bolalaringiz tinjini buzgim yoʻq.
- meni birgina oʻgʻlim yani seni akang bor xolos u bundan bezovta boʻlmaydi qani tezroq bu toʻzgʻigan joyda uzoq qolmaymiz koʻp narsa olma faqat hujjatlar va suratlar kiyim kechaklaringni barini axlatga tashlaysan olib oʻtirma
~ janob meni sizni ota deyishimni kutmayapsiz shekinli.
- qizim deyishga ruhsat bersang boʻldi sen menga Herrimdan yodgorliksan.
Hada yolgʻonlari ochilib qolmasligi uchun ham erkak bilan birga ketdi. Chanyolni uyiga borgach oʻzi toʻqib chiqargan yolgʻondan choʻchib ketdi. Uy binosiga yetish uchun ham hovlidagi bogʻdan mashinada 20 minutcha yurishdi shu bogʻni oʻzida 7 yoki 8 kishi ishlab turardi. 6 etajli saroy ularni qarshiladi. Ikki qoʻriqchi uy eshigini ochdi. Hada uyni eshigidan kirishi bilan oʻtirib qoldi.
~ ular haqiqatni bilishsa meni shu bogʻni oʻziga koʻmishadi oʻligimni itlar ham topib ololmaydi...nimalar qilib qoʻydim..
- qizim tursangchi nimalar deb shivirlayapsan..
Hadani yelkasidan 2 oq soch xotin ushlab turgʻazdi. Bu vaqtda Jimin oʻzini Busandan qaytayotgan koʻrsatib uyga qaytardi u uyda oʻzini surpiriz singil kutayotganini bilmasdi ham.