Burch va muhabbat
Hada ortiga qaytish uchun oʻgʻrilgandi. Roʻparasida Jimin turardi.
Jimin qizni bir urinish bilan bagʻriga oldi. Yigitni bu galgi boʻsasi oldingilariga oʻxshamas hissiyot bilan toʻla edi. Qiz yigitni yumuq koʻzlari lablarini erkalayotgan lablarini his qilar ekan sabri yakun topdi. Yonida turgan javondan qoʻl choʻzib qattiq muqovali 374 betli kitobni olib shahzodani boshiga urdi. Yigit koʻzlari yumiq hissiyotli holicha yerga yiqildi. Qiz qoʻlida kitob yerga yumalagan yigitni boshida tikka turardi.
~ battar boʻl, qani tur soʻlaxmonday yotib olma....hoy .....senga aytyapman.... Jimin.....Jimin..
Yigitdan javob boʻlmagach Hada yigitni bosh qismiga choʻkaladi. Yalinish ohangida yigitni chaqira boshladi.
~ Jimin....Jimin...tura qol ...oʻlib qolmadingku toʻgʻrimi?.... Nega meni bunday ishga majburlayverasan... tursangchi...
Qiz ingichka barmoqlarini yigitni yuziga qoʻydi. Qoʻllari ustiga yigitni qoʻllari tutashdi. Koʻzlari yuliq boʻlsada Jimin qizni qoʻllarini mahkam tutib turgandi. Lablari keng yoyilgan tabbasum qilardi. Yigitni oʻldirib qoʻydim deb oʻylagan qiz chuqur nafas oldi.
~ xayriyat....esingni yeganmisan qoʻyib yubor qoʻlimni...
Jm: qoʻyib yuborsam yana kaltaklamaysanmi?
~ kitob chap qoʻlimda turibdi peshonangni koʻkartirmasim qoʻyib yubor...
Jimin qizni siltalab oʻziga tortgandi qiz siltalnib ketdi yuzi borib yigitni yuziga qapishdi. Jimin qizni yuzidan ham oʻpib oldi. Hada shoshib oʻrnidan tikka turib oldi ortidan shahzoda ham turdi. Qiz qoʻlini paxsa qilgancha yigitga oʻqagʻaylay ketdi.
Jm: tasodif edi Hada oʻzing yiqilib tushding...
~ men seni maqsadingni tushinyapman bilib qoʻy vaqtida esingni yigʻ meni sevgan insonim bor..
Jiminni oʻz-oʻzidan qoni qaynab ketdi. Oʻzi ham anglab yetmagan qarh hissiyotlariga aralashib ketdi. Qizni iyagini bir qoʻlida mahkam qisdi. Jiminni dahshatli porlayotgan koʻzlari qizni hovuridan tushirib qoʻydi.
Jm: esimni yigʻib olmasam nima qilasan? Qani oʻsha sevganing atrofingda oʻzimdan boʻlak hech kimni koʻrmayapman. Sen menga oʻdagʻaylay olmaysan tugʻilgan oningdan boshlab sen menga dahldorsan. Ortiqcha zoʻravonlikni istamas ekansan chaqirganimda qarashimda boʻlishing lozim seni ortingdan tentirab yurmay.
Jimin buyruqlarini tugatmay turib Yun xonimni tomoq qirgan ovozi yangradi. Jimin qizni yuzidan qoʻllarini boʻshatdi. Hada Yun xonimdan xijolat tortgancha koʻzlarini qay burchakka olib qochishni bilmay tipirchilab qoldi.
Yun: hazrati oliylari sizni matbuot anjumanida kutishyapti.
Jimin yurib borar ekan javonga tayanib qolgan qiz tomon oʻgrildi. Ikki barmogʻini avval koʻzlariga keyin qiz tomon qaratdi
Bu ishora mualifi Hada boʻlib "koʻzlarim senda" degani edi. Hada Jiminni ortidan jim tikilib qoldi kechgacha kutibxonadan chiqmay Jiminni haqoratlab chiqdi hammadan ham Namjoonni koʻzlariga qanday qarashga hijolat edi. Namjoon hech nimadan xabari boʻlmasada qizni vijdoni azoblardi.
Jimin matbuot anjumani oʻtkazib qaytganida qiz yoʻq edi. Arazlab ketib boʻlgandi. Jiminni quloqlari ostida "esingni yigʻib ol meni sevgan yigitim bor" degan qizni ovozi yangrar shahzodani xotirjamligidan butunlay ayirib qoʻygandi. Hada keyingi kun ham ishga kelmadi u Jiminni doʻst deb qabul qilgandi yigitni shilqimligini hazm qilolmasdi. Jimin ham keyingi kun xonasidan qoʻzgʻalmay qizni telini kuzatdi baxtiga qiz ham uyidan tashqariga chiqmadi.
Namjoon qiz ishdan sovuganiga hotirjam tortib qoldi. Hada istirohat bogʻi ochilishiga ilojsiz keldi. Jimin bilan mashinani orqa salonida oʻtirar ekan qiz koʻzlarini telidan uzmas shahzodaga eʼtibor qilmaslikka urinayotgandi. Qizni qovoq tumshugʻidan Jiminni ham kayfiyati buzildi.
Jm: kelganidan buyon bir ogʻiz gapirmadi mum yutganmi?
Oʻz-oʻziga shivirladi yigit. Axiyri sabri chidamay oʻzi gap boshladi.
~ yoʻq men xizmat vazifasidaman bunday mahal koʻp gapirmagan maqul.
Jm: unda xizmat vazifangni toʻgʻri bajar menga xumrayganlar yoqmaydi kulib yur.
~ kulib yurish meni vazifamga kirmaydi!
Jm: voy ...xayolimdan koʻtarilganiga qara seni vazifang Jimin barmoqlarini labiga tekazib qizga qarab qosh uchirib qoʻydi.
~ b*ch .. meni vazifam shahzodani hayotini ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish.
Jm: ha qaraya.. bilmagan ekanman
Kinoya qildi yigit.
Qiz kichkina sumkasidan airpotsini chiqarib qulogʻiga taqdi qoʻllarini oʻzaro qovushtirib yigitni nazar pisand qilmay koʻzlarini yumib mashina oʻrindigʻiga suyandi.
Jm: betarbiya , jizzaki xunuk qiliq. Menga nima boʻlyapti nega kunim qanday oʻtishi shu qizga bogʻliq boʻlib qoldi. Xafa boʻlsa boʻlaversin.... Yuragini qattiq ogʻritib qoʻydimmikan umr boʻyi yuzimga qaramay oʻtsaya, u un dunyodagi eng yomon odamga aylanib qolmasam boʻldi balki uzur soʻrarman...kechirmasachi yalinganim qoladi bu ham menga toʻgʻri kelmaydi. U koʻzlarini yumgancha nimalarni oʻylayapti bir kichkina qiz seni ruhan qamal qilib azoblaydi deyishsa hech qachon ishonmasdim. U shu xolida ham juda yoqimli...
(Jimin ichida oʻylab ketardi)..
Jm: Agar hozir men tomon qarasa u ham meni oʻylayotgan boʻladi... 1...2...3..
~ ha... Nimaga tikilib turibsan,?! Menga qarab bunday sirli jilmayma ...nega kulasan tavba..
qiz yelkasini qisib asabiy oyna tomonga qarab oldi. Jimin "yes" deb qoʻlini musht qilib oʻziga oʻziga olqish oʻqidi
manzilga yetguncha orqa qilib turgan qizga termulib ketdi.
Katta istirohat bogʻi bunda yosh bolalar oʻyingohi ham katta yoshlilar argʻimchogʻi ham bor nihoyasi koʻrinmas ulkan va koʻzni quvontiruvchi manzaraga ega bir joy edi. Ilk ochilish kuni boʻlgani uchun odamlar bilan gavjum shahzoda yurib borar ekan qurollangan qoʻriqchilar odamlarni chekkaga yuborib Jimin uchun yoʻl ochib borishardi. Shahzoda yonida Namjoon orqadan hali arazi tarqamagan Hada yurib borishardi. Shahzoda ham 10 qadamda ta'zim qilar qoʻl silkir shu bilan xalqiga hurmatini izhor qilardi.
Shahzoda qay argʻimchoq yoniga bormasin bogʻ boshqaruvchisi argʻimchoq haqida qisqacha tushintirib borardi. Ular ancha markazga yurib borishdi.
Shahzoda va Namjoon argʻimchoq tarifini eshitar ekan Hada yoʻlakni bir chekasida bolalar yuziga kapalak turli naqishlar solayotgan qizga qarashar bir kichkina qizcha yuziga mushukchani moʻylovlarini chizib turardi. Jimin ortiga oʻgirilib qizga qarab kulib qoʻydi va e'tiborini kema shaklidagi argʻimchoqqa qaratdi.
Jiminni quloqlariga Namjoon shivirladi.
Rm: bu argʻimchoq xarbiydagi jarlik ustidagi osilma koʻprikka oʻxshab ketarkan.
Jm: oʻsha dahshatli koʻprikni endi unitay degandim eslatish shartmidi.
Jimin oʻn qoʻli bilan doʻstini chap koʻksiga kaftini yoygancha nomigagina urdi. Qoʻllari Namjoonni koʻksida ekan oppoq qoʻli ustida kun yorugʻida qizil nuqta zoʻrgʻa bilinib turardi. Jimin darrov angladi bu L96A1 Biritaniya miltig'i nishon chirogʻi edi Namjoonni koʻksini nishonga olib turgandi. Jimin qoʻli doʻstini koʻksidan olmay atrofga alangladi lekin biror bino yuqorisi biror shox orasida mergani koʻrolmadi. Mergan biror chora koʻrish uchun yetarlicha olisda hujumni toʻxtatish imkonsiz. Jimin bir qarorga kelishga uzoq qiynalmadi. Namjoon unga yer yuzida yolgʻiz jigari edi hech qachon boʻlmagan akasi oʻrnida oʻz akasidek edi. Namjoon Jimin uchun oʻzini koʻp bor qurbon qilgan Jimin doʻstini oʻlib ketishiga shunday yoʻl qoʻyib berolmasdi. Doʻsti uchun oʻlimni boʻyniga olib Namjoonni qarshisiga chiqib bagʻriga bosdi. Jimin ulgirib qoldi. Oʻq kelib Jiminni oʻng yelkasidan joy oldi. Soniyalar ichida boʻlib ketgan voqeani hech kim anglolmadi faqat bir narsa aniq Shazoda doʻsti uchun ajalga qalqon boʻldi. Birdan gʻalagʻavur boshlanib ketdi qoʻriqchilar atrofga alanglab mergani qidirishga tushib ketishdi. Qolgan yarim qoʻriqchilar Namjoonni quchib turgan shahzodani oʻrab olishdi. Jiminni badanidan oqib tushayotgan iliq qon Namjoonni qoʻllari ustiga tushayotgandi.
Rm: Jimin oʻzingizni qoʻlga oling
voqeani hali miyyasi toʻliq idroq etolmagan Namjoon hayotida ilk marotaba shoshib qoldi. Ogʻriqdan koʻzlarini yumib borayotgan Jiminni koʻzlari Namjoonni yelkasi oshib Hadaga qaratilgandi qizni ikki qirmizi shirinlik sotuvchi kiyimidagi erkak olib ketayotgandi. Jimin barisiga guvoh boʻlsada biror soʻz aytish uchun holsiz boʻlib borardi. Faqat Namjunga
deyoldi shu bilan koʻzlari yumildi.
Shahzodani saroyga yetkazishgach tezda operatsiya qilib oʻqni olib tashlashdi. Butun shaharda terevoga uyishtirildi uyma uy qurol va mergan qidirila boshlandi. Jimin ahvoli barqarorligini bilgach Namjoonni xayoliga sevgilisi keldi. Lekin qizni yeru koʻkni izlab topolmadi. Matbuot tv ekranlarda, ijtimoiy tarmoqlarda avvaliga shahzoda oʻlim bilan olishayotgani yozilgan boʻlsa ortidan tinmay Hadani rasmi aylanar qiz qidirilardi. Hali qiz yoʻqolganiga 18 soat boʻlolmay sanoat vazirini sochlari qordek oqarib ketdi ayolini qizimni topib beringlar deb talvasa tutgani uchun shifoxonada tinchlantiruvchi dorilar bilan uxlatib qoʻyishgandi.
Bir kunda doʻstidan judo boʻlishiga oz qolgan sevgilisi daraksiz yoʻqolgan Namjoon tik oyoqda ilojsiz yurgandi. Bosh qoʻyib yigʻlay desa suyanadigan doʻsti ham oʻlim bilan olishib yotibdi. Jurʼatsizlik qilishga esa burchi yoʻl qoʻymasdi yer yuzini oyoq osti qilib boʻlsada qizni topishi kerak edi.
Namjoon hisobot qabul qilardi.
Rm: xoʻsh bogʻ va yoʻl kameralarini koʻrib chiqdingizmi?
Z: ha hazrati oliylari nishonga olingan va Chon xonim oʻgʻirlangan maydon kameralari ishdan chiqarilgan ekan. Yoʻl kameralarida biror shubhali holat yoʻq.
Rm: jin ursin. Bogʻda boʻlgan odamlarchi
Z: ularni har birini shaxsi tekshirildi shubhali va ilgari sudlanganlari soʻroq qilinmoqda lekin janob bu ishga ancha tayyorgarlik koʻrishgan bu ishni oddiy yoʻllar bilan aniqlab boʻlmaydi.
Rm: ishga eng yaxshi detektivlar biriktirildimi shahzodani yelkasidagi oʻq raqami nima boʻldi u kimga tegishlli ekan.
Z: oʻq Begman nafaqat Korea hattoki butun yevropada roʻxatga olinmagan maxsus buyurtma asosida qoʻlda tayorlangan faqat bir aniq fakt L96A1 Biritaniya miltig'idan oʻq uzilgan. Bunday qurol esa butun boshli Koreada bor yoʻgʻi 1000 dona biz hammasini tekshirdik oʻq hech biridan otilmagan.
Rm: roʻxatda boʻlmagan bunday qimat qurolni Korea keyin Begmanga olib kirish darajasida ular katta odamlar boʻlishgan. Ishni har bir parlamentdagi amaldorni uyi, yaxta, dala hovlilarini tekshirishdan boshlaymiz.
Z: janob Kim parlament a'zolari bunga hech qachon rozi boʻlishmaydi.
Rm: hoziroq hujjat tuzing kimda kim qaysi alamdor boʻlmasin mulki tekshirilishiga qarshilik bildirsa davlat xoini deb e'lon qilinib ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolansin. Siz qarorni yozing men borib qirolga imzolatib kelaman..
Inhe: sen axmoq nima qilib qoʻyding men Chon Hadani hayotimizdan yoʻq qilndegandim nega Jiminga oʻq uzding u oʻlim bilan olishib yotibdi Jiminga nimadir boʻlsa seni oʻz qoʻllarim bilan oʻldiraman.
Yon: hoy Pak Inhe oʻpkangni bosib ol menga biror xavf boʻlsa seni oʻzim bilan jarlikka tortib ketaman. Bizni rejamiz bunday emasdi hammasi shu tariqa ketishini men ham bilmasdim.
Yon: uni ishonchli joyga berkitib qoʻyganman.
Inhe: men senga uni yashir deganmidim birgina oʻq bilan koʻp azoblamay jonini ol degandim asrab qoʻy deganmidim.
Yon: aqling yetmagan ishga nega aralashasan otib oʻldiramanmi, boʻgʻib oʻldiramanmi jasadidan ikki soniyada kim qilgani aniqlanadi. U qiz sanoat vazirini yakkayu yagona qizi va boʻlajak qirol sevib qolgan qiz osonlik bilan oʻldirib yuborolmayman.
Inhe: shaxsan oʻzing qil dedimmi?
Yon: kim qilganda ham arqoni uchi borib bizga ulanadi qizni tirik saqlaganimiz biz uchun eng xafsizi 6 yoki 7 oydan soʻng chegara postlari yumshagach chet davlatga chiqarib yuboramiz keyin bemalol surobini toʻgʻirlasak boʻladi.
Inhe: yaxshi lekin biror muamo tugʻiladigan boʻlsa oʻzingdan koʻr men kichkina odam emasman seni bir daqiqada yoʻq qilib yuboraman.
Yon: men oʻzimga foyda olib keladigan odamlar ortidan ish qilmayman agar ular haddini bilmay qolsa joyini koʻrsatib qoʻyish ham qoʻlimdan keladi. Park xonim qattiq harakat va koʻp bor ibodat qiling men qoʻlga tushib qolmay! yoʻqsa vaʼda beraman ikkimiz bir lahatda yotamiz
Inhe nafrat va alamli nigoh bilan yigitga oʻqraygancha poshnalarini yerga zarb bilan urib Xan Yondoni uyini tark etdi ayni daqiqada ikkisi ham bir-birini jon deb boʻgʻib oʻldirgan boʻlardiyu lekin ularni ikkisi jinoyatga botgan bir qayiqda edi qay biri boʻlmasin ham noxos qimir etsa suvga gʻarq boʻlishlari aniq edi.
Hada bogʻda kichkina qizchani mushukchaga aylantirgach oʻrnidan qoʻzgʻalib shahzoda tanishayotgan argʻimchoq tomon ketayotgan edi. Birdan gʻalagʻovur boshlandi qoʻriqchilar qurolini chiqarib qayerni moʻljalga olishni bilmay alanglab qolishdi faqat Namjoonni yelkalari oshib Jiminni koʻzlari unga tikilib turardi. Soʻng boʻyniga ari chaqandek ogʻriq boʻldi. Soʻngi bor koʻrgani Jimin va Namjoonni qoʻriqchilar oʻrab olgani niqobli bir erkakni quchogʻiga yiqilgani...
Koʻzini ochganida yotoq ustida qoʻl-oyoqlari bogʻlangan holda yotar katta xona zamonaviy dizaynda bezatilgan roʻparadagi bir devorni qoplagan shikaf yonida ustiga gulli rubashka keyib old tugmalarini oʻtkazayotgan Yondo turardi. Yigit oxirgi tugmalarini qadab boʻlgach shikafni surilma eshigini surib qiz tomon oʻgrildi. Qizni koʻzlari katta katta boʻlib tikilganini koʻrib kulgancha gap boshladi.
Yon: uygʻondingmi? Juda koʻp uxlading dorini koʻp yuborishibdi oʻzingga kelmaysan deb qoʻrqib turgandim.
Yondo qizga yaqin kelib qizni ogʻzidagi politelin plasterni oldi.
~ men bu yerda nima qilyapman senchi sen nima qilyapsan?
Yon: bu meni uyim va meni xonam sen mehmonga kelding. Meni nima qilayotganimga kelsak ustimga sharbat toʻkildi kiyiminni alishdim. Eʼtibor qilma yoqimsiz odamlarni koʻrsam qoʻlim qaltiraydigan odati bor hozir ham yoqimsiz bir qiz kelib ketdi natija meni kiyim ifloslandi.
~ qoʻllarim bogʻlanganga qaraganda irodamga qarshi bu yerda turibman. Yaxshilikcha qoʻyib yubor yoʻqsa...
Yon: obbo senga mehmonsan deyapman mezbonga tahdid qilish bu uyat oʻzingni bosib ol. Uzoq emas 6 oygina mehmonim boʻlasan. Aqilli qiz boʻlsang sogʻ-salomat uyingga qaytasan yoʻqsa istamasamda seni azoblashimga toʻgʻri keladi.
~ meni qamab qoʻyganingdan maqsading nima?
Yon: yagona maqsadim bor u ham boʻlsa taxt. Otang janob Chon amaldorlar qulogʻiga amaldagi valeahdan koʻngli toʻlmayotgani taxtga munosib deb meni koʻrayotganini shipshitib qoʻysa albatta qizi sogʻlom holda bagʻriga qaytishi evaziga!!! Agar otang qaysarlik qilsa shunday yoqimtoy qiziga jabr boʻladi.
Qizni haqoratidan jahli chiqan Yondo kamariga ilingan elektroshoker aparatini olib qizni qorin qismiga bosgancha bor kuchlanish bilan 30 soniyacha ushlab turdi. Hadani tish-tishidan kuchli ogʻriq oʻtib ketdi. Qiz yuborilayotgan toʻk natijasida butun tanasi titrab dod solib yubordi. Yondo aparatni qizdan olgach politelin plasterni takror qizni ogʻziga yopishtirdi. Eshik tomon ketar ekan ogʻriqdan koʻzlaridan yosh sizib chiqayotgan qizga :
Yon: gapirgan gapingga ehtiyot boʻl bu hali seni boshinga solmoqchi boʻlgan azoblarimni oʻndan biri ham emas. Qolganlarini ham ta'mini totib koʻrmaslik uchun odob saqla, ha bu xonada na internet na telefon va na televizor bor shunday ekan zerikib qolmaysan deb oʻylayman..
Yondo shu koʻyi ikki kun qizga koʻrinish bermadi. Hadani suvsizlik va ochlikdan deyarli sillasi quridi. Bogʻlangan oyoq-qoʻlida qon yurishmay koʻkarib toshday qota boshladi.
Hada yoʻqolib qolganiga 2 kundan oshdi. Namjoon qoʻlidan nima kelmasin barini qilayotgandi lekin biror iz topilmadi. Jimin xushsiz yotgan xonada tik oyoqda turar ekan qoʻlida qizni bogʻda tashlab ketilgan telefoni ekrani singan boʻlsada ishlab turgandi. Hadani suratlarini tomosha qilar ekan unsiz koʻz yosh toʻkardi. Xonani tashqari eshigi oldida Inhe Jiminni ahvolini bilish uchun qimir qilmay turardi. Inhega qancha uyiga borishi kerakligi tushintirilsada uni joyidan qoʻzgʻatib boʻlmas Jimin koʻzini ochgandan soʻng ketaman deb turib olgandi.
Jimin kipriklari pirpirab oʻziga kela boshladi.
Namjoon... Hada deya shivirlagan ovoz kelgach Namjoon shahzoda tomon qaradi.
Rm: Jimin oʻzingizga keldingizmi?
dedi Jimin biroz nim tabassum qilib..
Rm: oʻzingizni qanday his qilyapsiz shifokorni chaqiraymi?
Rm: sizga oʻq uzishgach uni ham oʻgʻirlab ketishdi..
Jimin osma ukollar ulangan boʻlsada qaddini koʻtardi toʻshagi yonidagi stakanga solingan suvni hech kim ta'tib koʻrmasada olib lablari chekasidan tomizgancha ichdi.
Namjoon yigit qaddini koʻtarganiga hayotida ilk bor tekshiruvdan oʻtmagan suvni ichganiga biroz ajablandiyu keyin shahzodani savollariga javob bera boshladi..
Rm: 2 kundan oshiqroq yelkangizni koʻp qimirlatmaganingiz maqul
Jm: hammasi joyida izini topdingizmi?
Rm: yoʻq ular juda yaxshi tayorlanishgan.. Shahzodaga oʻq uzib vazirni qizini biror iz qoldirmay oʻgʻirlashganiga qaraganda juda mohir boʻlishgan. Keyin sizni qayerga borishingizni ham aniq bilishgan kameralarni ishdan chiqarishgan bogʻ ustidagi dronlar ham oʻsha nuqtadan uchmagan bundan kelib chiqadiki boshida turgan odam juda davlatmand boʻlgan biz parlament a'zolarini uylari koʻchmas mulklarida taftish olib boryapmiz eng yaxshi tergovchilar shu ish bilan mashgʻul.
Jm: ularni nishoni men emasdim sen eding Namjoon nishon chirogʻi seni yuraging ustida turgandi.
Jm: sen oʻz dushmanlaringni tintuvdan oʻtkazishing kerak ammo ularga Hada nega kerak boʻlib qoldi.
Namjoon doʻsti qalqon boʻlib qolganini bilgach hissiyotlarini yashirolmadi. Oʻzi endi oʻziga kelgan Jiminni borib quchdi.
Rm: rahmat Jimin meni deb hayotingizni xavfga qoʻymasligingiz kerak edi.
Jm: sen meni deb deyarli harkun joning xatarda bir bor men ham seni asrab qolsam bu hech nima emas sen menga akamdeksan.
Rm: siz ham dunyodagi eng yaxshi ukasiz Jimin..
Jm: ha detiktivlarga yetkaz xushimni yoʻqotishimdan avval Hadani "Candy Bar" deb yozilgan qirmizi kiyimli ikki erkakni olib ketayotganini koʻrgandim tezda shu qandolat fermasini nechta sotuvchisi bogʻda boʻlgan ularni shaxsi haqida aniqlashsin.
Namjoon tashqariga chiqib shahzoda oʻziga kelganini xabar qildi. Inhe xonaga otilib kirdi
Inhe: Jimin oʻzingizga keldingizmi?
Jm: boʻldi yigʻlama tuzikman endi uyinga bor..
Inhe: jarohat olganingizni eshitganimdan buyon xushingizga kelishingizni kutdim shuncha kutganimga yarasha oldingizda biroz oʻtirgani ruhsat bering.
Jm: Inhe ket dedimmi ket hozir kayfiyatim yoʻq dilingni ogʻritib qoʻyishim mumkin.
Inhe: eshitdim Hada yoʻqolibdi shu sabab kayfiyatingiz yoʻqmi.
Inhe: Jimin men sizni esimni taniganimdan buyon sevaman qachondir meni sevib qolarsiz deya umid qilgandim
endi qiz yigʻidan oʻpkasini ololmay qoldi.
Jm: meni kechir ma'lum onlarda sevgingni ragʻbatlantirgandirman. Jonim yo sevgilim deb ataganingda shu bilan tinjir deya qarshilik qilmagandirman bu meni aybim. Men seni emas Hadani sevaman u siz menga hozir zamin qorongʻu boʻlib ketyapti bu gaplarimni senga eshitish oson boʻlmaganday menga ham seni dilingni ogʻritadigan haqiqatni aytish oson emas..
Inhe: Jimin sizga nima boʻldi oʻsha qizni deb yumshab qoldingizmi boshqalar dili ogʻrishini oʻylab qoldingizmi?
Jm: balki u Park Jiminni qaytadan yaratdi.
Inhe: men sizdan bir nima soʻrayman faqat haqiqatni ayting.. Agar hayotimizga Chon Hada kirib kelmaganda yozgi saroyda meni tanlarmidingiz.
Jm: hech ikkilanmay tanlardim chunki bu qirollikda sen men uchun eng munosib nomzod eding toki u kelgunicha..
Inhe: u kelgunicha...u kelgunicha qiz bir soʻzni takror takror qaytarib xonadan chiqib ketdi.
Jimin qizni dilini ogʻritib qoʻyganiga oʻzini kechirolmay turdi. U kimnidir dilini ogʻritib xudoni qahriga uchrashdan qoʻrqib qolgandi. Ollohni gʻazabi kelib Hadani undan butunlay olib qoʻyishidan qoʻrib qolgandi qizni joniga qast qilishgan boʻlsa Jimin uchun yashashni ma'nisi qolmasdi.
Namjoon Jiminni xonasiga qaytib kelganida Jimin allaqachon kiyinib boʻlgandi.
Jm: uni birga qidiramiz men bu yerda kutib turolmayman.
Jm: ichimdagi boʻron oldida bu hech nima emas xoʻsh Candy Bar haqida nima aniqlading.
Rm: yaxshi xabar yoʻq. Kampaniya bogʻga 30 ta qizni ishga yuborgan. Ikki erkak ishchilar roʻxatida yoʻq boʻlgan kuzatuv kameralaridan tongdagi tasvirlarni topdik 2 yigit ham bogʻga hammadan keyin deyarli boshqalarnikidan farq qilmaydigan qirmizi furgonda kepka va niqobda hech kim tanimaydigan qiyofada kelishgan furgon raqamini aniqlab mashinani topdik afsus mashina butunlay yoqib yuborilgan ichida ikki erkak bilan birga mashinani mikro chipi yoqib yuborishdan ilgari olib qoʻyilgan shu sabab mashina qayerdan kelib qayerga ketgani no'malum biz aniqlaganimiz svetafor kameralaridan mashina bogʻdan chiqib "avtomorkka"cha borgan va oʻsha joyda yoqib yuborilgan. Hadani boshqa mashina bilan olib ketishgan.
Jm: balki "avtomorkni' oʻzida saqlashayotgandir.
Rm: yoʻq mork boshdan oyoq nina qidirgandek titib tashlandi biror dalil ham Hada ham yoʻq eng qizigʻi ford kirgach boshqa mashina u yerdan qaytib chiqmagan.
Jm: ufff demak hammasi oʻta mukammal oʻylangan. Kameralarni ishdan chiqarish, shirinlik firmasi niqobi bilan niqoblanish, qimmatbaho qurol qoʻlda yasalgan oʻq, furgonni butun boshli odamlar bilan yoqib yuborish va Hadani havoda erigandek yoʻq qilib yuborish bu juda katta mablagʻ ta'lab qiladi. Mayli parlament a'zolarini oʻyini tintuv qilishga men ham shaxsan boraman.
zorlandi Namjun. Jimin parvo qilmay xonadan chiqib ketdi. Shahzodaga shaxdiy shifokori ham ergashdi.
Jiminni qadamlari avvalgidanda shahdamroq edi u yelkasidagi kuchli ogʻriqni pisand qilmasdi. Tashqariga chiqishi bilan 50 yaqin mohir xarbiylar ortidan kuzatib borishardi. Mashinaga oʻtirishdan ilgari xarbiylar tomon yuzlandi. Jimin ilk bor yuz koʻzidan qon tomayotgan odamlar yuziga tik boqdi. Atrof koʻz oldida qonga belanib borar borgan sari galutsinatsiya kuchlayib odamlar erib oyoqlari ostida qon boʻlib oqardiyu erib ketayotgan odamlar orasidan Hada unga jilmayib turardi. Shu xol uni butun qoʻrquvlarini yengib askarlarga bemalol gapirishga undardi.
Jm: biz 72 soatga kechikdik. Endi hammangizni 4 soat vaqtingiz bor shu toʻrt soat ichida Chon xonim topilmas ekan hammangiz jazolanasiz.
Jimin mashinaga oʻtirar ekan. Namjoon bilan shifokori ham unga ergashdi..
Jm: shifokor Do siz boshqa mashinada keting men janob Kim bilan ketaman hozir ahvolim joyida...
Jimin bilan Namjoon mashinaga oʻtirishdi. Jimin haydovchi va yoʻlovchi oʻrtasidagi oynani koʻtardi. Boshini hovuchlari orasiga olgancha sasiz yigʻlay boshladi.
Jm: unga nimadir boʻlsa qanday yashayman Namjoon Hada bu hayotda boʻlmasa men qanday nafas olaman.
dedi Namjun Jiminni soʻzlaridan soʻng boshiga osmon qulaguday boʻlib..
Jm: men uni sevaman shunchalar sevamanki u yonimda boʻlsa men uchun daxshatli boʻlgan barcha narsalar meni tashvishga solmaydi. U yonimda boʻlsa hatto kipriklari qimirlashi ham meni baxtli qilaveradi. U uchun u borligi uchun tongda uygʻongim keladi. Sen birgal oʻzgarib qolganim ahvolim yaxshiligi sababini soʻraganding men dori topib oldim degandim. Meni sirli malhamim bu Hada u men sevgan ayol. Senga nima bo‘ldi Namjoon butun dunyoying ostun-ustun bo‘lgandek hayratdan qotib qolding kutmaganmiding.
Jimin qizg‘ish ko‘zlari bilan Namjoondan javob kutib termulib turar ekan. Namjoon uchun hayotni rangin uchqularini oxirgisi ham butunlay so‘ldi. Uning miyyasi hech nimani idrok qilolmas quloqlari ostida jiminni so‘zlari aylanardi xolos. Hozir haqiqiy kurash Namjoonni yuragida boshlandi tarozini bir pallasida do‘sti bo‘lsa birida sevgilisi turardi qaysi tomon og‘iroq kelishini aniqlash uchun yuragi va aqli jang qilib ham topolmay qolgandi. Ammo Jiminni savolli boqishlariga ham javob topib berish kk edi.
Rm: yo‘q to‘g‘risi kutmagandim
dedi Namjoon nigohlarini charm poyavzaliga qaratgancha..
Shazodani odamlari tintuv qilmagan amaldorni uyi va mulki ham qolmadi hatto qirol saroyigacha tekshirishdi. Navbat Xan Yondoni uyiga keldi. Askarlar atrofni bog‘ni oshxonani tekshirib chiqishar ekan Jimin va Namjoon uyni aylanib chiqishardi hammom xalatida ho‘l sochlari bilan Yondo ularga ergashar ekan o‘z xonasi eshigiga kelganda Yondo qarshilik qildi.
Yon: aqilga sig‘adigan ishni qiling u meni xonamda nima qiladi quchoqlab uxlarmidim vaziringizni qizini
pisandi qildi Yondo gaplari yakunida Jimin oyog‘i bilan Yondoni ichiga tepdi zarbadan eshik ochilib Yondo xona ichkarisiga uchib tushdi. Xonada hech kim yo‘q edi.
Yon: ana ko‘rdingizmi ? Hali bu qilgan ishingiz uchun javob berasiz.
Jimin endi chiqib ketmoqchi edi xonadagi berk eshik ortidagi hamomdan suvni shitirlagan ovozi keldi.
Jimin tezlik bilan yurib borib eshikni ochdi ichkarida malasochli yalang‘och ayol cho‘milardi Jiminni ko‘rishi bilan dod soldi. Jimin eshikni qaytib yopdi.
Yondoni xonasini tark etar ekan xona eshigini o‘ng tomonida Hadani tuflisi turardi. Jimin tufliga tikilib qoldi chunki bog‘ ochilishi kuni Hadani oyoq kiyimiga ahamiyat bergandi. Poyavzalga biroz termulib turgach balki Yondoni jazmaninikidir deya tashqariga chiqib ketdi.
Yon: qanday kelgan bo‘lsangiz shunday yo‘qoling
`~ Jimin tintuvga kelishidan biroz avval
Inhe: allo Yondo Jimin seni uyingga tintuv qilgani ketdi shaxsan o‘zi hozirgina bizni uyni tekshirishdi qo‘riqchisiga endi Xan Yondonikiga boramiz deganini eshitdim. Qizni qayerga yashirganding o‘zi faqat uyimga dema.
Yon: xavotir olma u aslo topolmaydi.
Yondo xizmatkorlaridan birini qo‘ldan tortib xonasiga olib kirdi bu vaqtda butunlay holdan to‘ygan Hada ko‘zlarini yumib yotardi.
X: Janob bu kim ? Ajablandi ayol
Yon: sen kimligiga ishing bo‘lmasin bu yerda ko‘rganlaringni birovga gullasang butun boshli oilangni yo‘q qilib yuboraman.
Yondo hammomga kirib sochini ho‘lladi qo‘lida hammom xalatini ko‘tarib chiqdi. Hadani qo‘lida ko‘tarib vanna ichiga yotqizdi va xizmatchiga buyirdi
Yon: endi sen ham yechinib shu vannaga kirasan tikka turgan holda men bo‘ldi degunimcha boshingdan suv quyib turasan tushindingmi meni
Xizmatchi Ayol yechinib vannaga kirdi Hadani bosib yubormaslik uchun oyog‘ini avaylab joylashtird
Hada yuziga tushayotgan tomchilardan ko‘zini ochdi boshi ustida bir ayol cho‘milib turardi. Qiz suvsizlikdan qiynalgan edi hozir shu iliq tomchilar unga juda yoqardi.
Jimin va Namjoon pastga tushishdi Yondo xonasida qoldi.
Rm: madaniyat vazirinikiga qani yigitlar
hammani chorladi Namjoon..
Yigitlar darrov qo‘mondon oldiga yugirib kelishdi.
Rm: hech kim shubhali va g‘ayri tabiiy biror nima topmadimi ?
so‘z boshladi askarlar yetakchisi
Z: faqat janob Xan juda baliq sevar ekan kattagina naxang baliqni bo‘laklarga bo‘lib muzlatgichga joylab qo‘yibdi xizmatchilarni aytishicha buni xo‘jayinlari yaqinda dengiz safarida bo‘lganda tutib kelgan ekan.
Jm: katta naxang vazni tahminiy qancha
Jm: 50 kg baliqni bo‘yi qancha bo‘ladi
Z: 2yu 70 smdan oshiqcharoq naxangni bolasi bo‘lsa kerak.
Jm: bunday baliqni ichiga L96A1 Biritaniya miltig'i bemalol sig‘adi.
Rm: Yondo amaldor u baliq oviga chiqsa hech kim kemasini tekshirmaydi...
o‘z taxminidan Namjoonni qoni qaynab
deb qichqirgancha Jimin bilan zinadan Yondoni xonasiga yugurishdi.
Eshikni sindirguday ochib kirishganida Yondo kiyim boshi va o‘zi suvga bo‘kkan Hadani yotoq ustiga yotqizar xizmatchi ayol kiyim boshini kiyib hamomdan chiqardi.
deb yubordi Jimin Yondo yostiq ostidan to‘ponchani olib shahzodaga o‘qtaldi qo‘lga tushganini bilgach o‘zini asrab qolish yo‘lini izlab qolgandi. Qo‘riqchilar Jiminni o‘rab olishdi.
Rm: Xan Yondo sen shahzodaga suyqasd qilish va vazirni qizi o‘g‘irlash kabi jinoyatlar bilan qo‘lga olinding
buyirdi Namjoon.
Yondo to‘ponchani Hadaga o‘qtaldi.
Yon: hozir men va qizni qo‘yib yubormasangiz uni miyyasidan darcha ochib qo‘yaman.
Yondoni ortida turgan xizmatkor ayol tokchada turgan suvener bilan Yondoni boshiga urdi shu yo‘l bilangina ayol jinoyi sheriklikdan qutilib qolishi mumkin edi.
Jimin qo‘riqchilar orasidan yugirib chiqib Hadani oldiga keldi. Namjoon koʻrib tursada qimir qilmadi. Jimin shosha pisha qizni ogʻzidagi plasterni yulib oldi qoʻllari qizni nam sochlarini silardi.
Jm: Hada.....seni topdim qoʻrqma men yoningdaman hozir ketamiz..
Qiz bir soʻz demas yigʻlardi. Qizni qoʻl va oyogʻidagi palastik bogʻichni yechib olishdi Jimin qizni dast koʻtarib mashinaga olib keldi. Ortidan tushib kelayotgan Namjoonga
Jm: Yondoni mahkamaga olib boring Chon xonimni oʻzim bilan olib ketaman. Ha janob Chonga qizni topganimizni xabar bering..
Jimin qizni saroyga oʻz xonasiga olib kelib joylashtirishdi shaxsiy qirol shifokori qizni koʻrib qoʻydi. Qiz osma ukol olgancha uxlab yotardi Jimin qizni qoʻllaridan tutib olgandi endigina yelkasidagi ogʻriq uni bezovta qila boshladi.
Namjoon Yondoni mahkamaga kelib xavfli shaxslar uchun moʻljallangan kameraga joylashtirdi. Janob Chonga qizi topilgani hozir shahzodani saroyida saroy shifokori koʻrayotganini oʻziga kelgach uyiga salomat yetkazilishini tayinladi.
Keyin Kim Namjoon ilk bor ichish uchun bir barga bordi alohida kabinada oʻtirar ekan qoʻlida ichkilik boʻlganlarni oʻylardi Jimin qizni yoqtirib qolganini sezgandiyu lekin bu darajada ruhan bogʻlanib qolganini bilmasdi. U tushingandi hech qanday imkoni yoʻq qizni jonidan ortiq koʻrsa Jimin ukasidek boʻlib qolgan kechagina u uchun qurbon boʻlib ketishiga oz qolgandi nahotki yuragidagi muhabbatni oliyjanob inson uchun qurbon qilolmaydi.
Rm: bu dunyoda unitilmaydigan narsani oʻzi yoʻq. Vaqt degan charxpalak aylanib turar ekan asta-asta boʻlganlarni qum ostiga koʻmaveradi u hoh insonlar boʻlsin hoh toʻlib toshgan tuygʻular. Kuz qish bahor yoz fasllar aylanaveradi. Barglar kuzda takror va takror toʻkiladi bahorda chechaklar takror ochiladi. Insonlar oʻladi insonlar tugʻiladi. Tuygʻular paydo boʻladi vaqt oʻtib koʻnikiladi. Odamlar gʻazablanadi vaqt oʻtib gʻazab qaxrlari yumshab boradi. Oʻlmas ekan inson barini boshdan oʻtkazadi. Qattiq boʻron koʻp joyni vayron qilsada bir kun tinadi. Sogʻinch ham odamni ado qilsada bir kun tinadi bir kun kamroq sogʻina boshlaysan Men ham bir kun qalbimni oʻtlarga yoqadigan qizni unitaman. Ortiq sogʻinich hayotimni bir qismiga aylanadi. U meni emas oʻzga bilan baxtli ekaniga koʻnikaman rashk oʻrnini beparvo nigohlar egalaydi. Men hammasini qila olaman faqat men qila olmaydiganim... Doʻstimni ukamni men uchun qurbon boʻlgan insoni yagona natjotidan hamma qatori yashay olish imkonidan ayira olmayman u darajada berahm va beshavqat emasman.
Namjoon shu jumlalarni takrorlar ekan qadah toʻla ichkilini bir koʻtarishda ichdi.
Jimin ilk bor uyqu dorilarsiz qizni qoʻlidan tutgancha uxlab qoldi. Namjoonni ichkilik mast qilolmadi miyyasidagi oʻy xayollari sarkush boʻlgani ham yoʻl bermadi. Saroyga qaytganida Yun xonim yorishgan chehra bilan kulib turardi. Namjoonni koʻrishi bilan quvonchini boʻlishgisi kelib qoldi.
Yun: janob Kim keldingizmi koʻrganingizda edi.
Rm: tinchlikmi Yun xonim nimani koʻrishim kk?
deya erkalab shahzodani alqadi xotin
Yun: ilk bor hech qanday dorilarsiz shiringina boʻlib Chon xonimni qoʻlidan tutgancha uxlab yotardi. Chon xonim sogʻ-salomat ekanligiga ham xursandman.
Yun: ha goʻyo ikki kabutardek. Voy janob Kim ichkilik ichdingizmi
Yun: xizmat vaqtida bu mumkin emas-ku
Rm: menda boʻsh vaqtni oʻzi yoʻq!
Ikkisi suhbatlashib turar ekan. Jimin katta yogʻoch eshik ochilib chiqib keldi. Namjoonni koʻrishi bilan toʻgʻri Namjoonni yoniga keldi.
Jm: Xan Yondoni soʻroq qildingizmi? Senda nima qasdi bor ekan ? Hadani nega oʻgʻirlab ketibdi. !
Rm: hazrati oliylari u qirol avlodidan uni biz soʻroq qilolmaymiz uni qirol hazrati oliylari devoni soʻroq qiladi. Shu siz ham Chon xonimni topamiz deya juda koʻp qonunlarni yetarlicha buzdik. Uni erta tongda soʻroq qilishadi barini shunda bilib olasiz.
Jm: aha... ha men maxsus buyurtma asosida bir ikki moslama buyirtirdim kelishi bilan tezda xonamga olib kiring.
Jm: qayerdandir spirt hidi kelyaptimi
Yun: men dzenfeksiya qilish un spirtdan foydalangandim
tirjaydi Yun xonim Namjoomni yonini olib
Jm: ha mayli men xonamda boʻlaman.
Jimin endi ketayotgandi Namjoon toʻxtatdi.
Rm: vazir qizini oʻz uyida davolatmoqchi qizni uyiga olib borishimizni tayinladi.
Jm: a? Biroz sabr qilib tursin qizi oʻziga kelsin sogʻ salomat uyiga yetkazamiz.
Jiminga yigitni soʻzlari yoqmay afti burishib xonasiga kirib ketdi.
Kelganida hali ham qiz uxlab yotardi. Barmoqlari bilan qizni yuzlarini silab uzoq tomosha qildi. Joʻnatma kelganda ham iloji boricha sekinlik bilan xonaga joylashtirishdi.
Hada qoʻliga teginganlarini his qilgach koʻzini ochdi. Jimin qizni qoʻliga marjon taqib qoʻyardi. Hafa Yondoni uyida ochlik yolgʻizlik va suvsizlikdan juda qiynalgan va qoʻrqib ketgani uchun qarshisida oʻziga tanish boʻlib ketgan Jiminni koʻrishi bilan shosha pisha bagʻriga bosdi.
Jm: hoy sen xavfsiz joydasan qoʻlingda igina bor teringni yorib chiqadi atrofga qara biz saroydamiz...
Qiz atrofga alanglab qoʻlini boʻshatdi.
dedi Jiminga koʻzini jovdiratib
Jm: men yoningdaman xavotir olma. Hozir ahvoling yaxshimi
Jm: u Yondoni tergov ishi bilan ovvora boʻlib yuribdi. Yondo sendan nima istashini aytmadimi?
~ dardi taxt men va otam orqali taxtga oʻtirmoqchi ekan. Ha qoʻlimdagi bu nima ?
deb Jimin qoʻlidagi munchoqni koʻrsatdi ikkisiniki ham bir hil edi.
Jm: bu oddiy marjon emas bu yerini bosang sen qayerda boʻlma meni marjonim lipilab belgi beradi telim va komputerimda sen turgan joy koordinatlari kelib tushadi va men seni QAYERDA BOʻLMA TOPIB OLAMAN!
~ agar bosolmasamchi qoʻlim bogʻlangan boʻlsachi quvvati tugasachi juda olisda boʻlsamchi ?
Jm: bosa olmasangda men seni koordinatlaringni kerak boʻlganida marjon ichidagi chip orqali aniqlayman bu buyimni hech qachon quvvati tugamaydi inson tana isiqligi orqali zaryadlanadi va bu zaryad yillarga yetadi keyin sen hatto olis muzliklarda boʻlsang ham seni aniqlay olaman.
~ yaxshi marjoni oʻgʻirlatsam yoki yoʻqotib qoʻysamchi ?
Jm: uni ham oʻylab qoʻydim tura olasanmi ?
Jm: shoshma qoʻlingdagi ukoldan seni xalos qilaylik ....ana boʻldi qani endi men bilan yur...
~ yo tavba bu nima muzlatgichmi na muncha katta..
Jm: yoʻq bu bu Maxpi101 qurilmasi u yer yuzida yagona.
Jm: xavf ostida qolganingda #$@__-_-@(#+$-$-$ shu kodni tersang kod yuborgan manzilingni aniqlab qurilmaga signal keladi va men seni topib olaman.
~ bu kodni boshqalar oʻynab terib qoʻyishsachi
Jm: bu ehtimol 0%ga teng. Qani sinab koʻr Jimin qizga telini uzatdi Hada teldan kodni tergandi butun saroyni larzaga keltirib qurilmadan ogohlantirish signali yangray boshladi. Qurilmani kattagina ekranida tel rusimi kimga tegishli ekanligi qayerda turgani aniq koordinatlar bilan koʻrsatilgandi.
~ bu qurilmadan har bir kishi uchun polisa boʻlimlarida foydalanishsa jinoyatchilik butunlay yoʻq boʻlar ekan.
Jm: narxi qirollikni bir yillik daromadiga teng boʻlmaganida balki mumkin edi. Kodni yodlab ol!
Jm: sen bunga arzishingni bilsang boʻldi. Ahvoling yaxshi ekan endi seni uyinga eltib qoʻyishadi ota-onang juda xavotir olishdi.
Hada uyiga ketdi shahzoda tun boʻyi qizni teli orqali marjoni orqali kuzatib chiqdi. Qiz tinmay bir yerda aylangani koʻrinib turardi.
Jm: unga nima boʻldi biror yeri ogʻridimikan. Koʻp uxlab yuborib endi uyqusi kelmayotganidan raqsga tushyaptimi?
Hada esa tun boʻyi koʻrinish bermagan Namjoondan xavotir olib yurib chiqandi.
Jiminni tongdagi ikki xabar dilini xira qildi. Biri Yondo oʻzini qamoq kamerasida tomirini kesib joniga qasd qilgancha nobud boʻlgani boʻlsa ikkinchisi Namjoon shimoliy chegarada xizmat vazifasini oʻtash uchun ariza topshirgani boʻldi. Jimin xabarni eshitishi bilan Namjoonni oldiga chaqirdi.
Rm: chaqirtirgan ekansiz hazrati oliylari !
Jm: rasmiyatchilikni yigʻishtir qanday sababki dafatan shimoliy chegaraga xizmat qilging kelib qoldi.
Rm: men bu yerda imkoniyatlarimdan toʻliq foydalanolmayapman. Yaqinda boʻlgan baxtsizliklarda shuni tushindimki tajribam yetarli boʻlmay turib avlodlar meros boʻlgan qoʻmondonlikni egallagan ekanman. Men shimoliy chegarada tajriba ortirishim kerak deb hisoblaganim bois shu qarorga keldim.
Jm: menchi Namjoon doʻstingiz va birodaringizni yolgʻiz tashlab ketaverasizmi?
Rm: ahvolingiz yaxshilandi sizni endi fobiyalar bezovta qilmayapti Hada ham yoningizda (Namjoon shu jumlalarni zoʻrgʻa aytdi) sara askarlar sizni qoʻriqlaydi Yun xonim borlar men ularga sizni qoldiraman.
Jm: shimoliy chegarada joningiz har daqiqada xatarda boʻladi men sizni xavfga roʻparama-roʻpara qilib yuborolmayman.
Rm: Jimin meni doʻst deb hisoblar ekansiz istaklarimga qarshi bormang men shimoliy chegarada xizmat qilishni xoxlayman uzoq emas 3 yil xolos keyin nafaqaga chiqaman va Begamanga qaytaman.
Jm: nima demay sizni koʻndirolmas ekanman qachon yoʻlga tushasiz !
Rm: bugun ruhsat bersangiz yaqinlarimni koʻrib kelsam kechga yoʻlga chiqaman.
Jm: oʻzingizni ehtiyot qiling Kim Namjoon
Ikki doʻst bir-biri bilan quchoqlashib xayrlashishdi.
Hada uyida derazadan tushayotgan quyosh nurini tomosha qilib yotar ekan. Namjoon koʻrgani borayotganini xabar qilib yubordi.